Kobul aeroporti
Hamida Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti - Afgʻoniston poytaxti Kobul shahridagi aeroport. Milliy aviakompaniyalar uchun baza hisoblanadi: Ariana Afghan Airlines, Kam Air, Safi Airways. 2014-yil oktabr oyida Afgʻoniston Vazirlar Mahkamasi Afgʻoniston Milliy Assambleyasi yuqori palatasining Kobul aeroportiga Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay nomini berish taklifini maʼqulladi[5].
Kobul xalqaro aeroporti pushtucha: د کابل نړیوال هوايي ډګر dariycha: فرودگاه بین المللی کابل | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
2012-yil yanvar oyida Kobul xalqaro aeroportidagi parvoz liniyasi | |||
IATA kodi: KBL – ICAO kodi: OAKB | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Afgʻoniston hukumati | ||
Operator | GAAC Holding[1] | ||
Xizmat doirasi | Kobul va yaqin-atrofdagi viloyatlar | ||
Joylashuvi | Kobul, Afgʻoniston | ||
Havo yoʻli tuguni | * Ariana Afghan Airlines | ||
Qurilgan | 1960[2] | )||
Dengiz sathidan balandligi | m / 5 877 ft | ||
Koordinatalari | 34°33′57″N 069°12′47″E / 34.56583°N 69.21306°E G OKoordinatalari: 34°33′57″N 069°12′47″E / 34.56583°N 69.21306°E G O | ||
Xaritas | |||
![]() | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
11/29 | 3 511 | 11,519 | Asfalt |
Manba: Landings.com[3], AIP Afgʻoniston[4] |
Tarixi tahrir
1960-yilda Kobul aeroporti SSSR muhandislari tomonidan qurilgan. Shu yili Afgʻoniston barcha sohalarda, jumladan, turizmda ham boshqa rivojlangan davlatlarga yetib olishga harakat qilardi. Tranzit reyslar orqali hukumat AQSh, Hindiston va Yevropadan sayohatchilarni jalb qilishni rejalashtirgan.1979-yilda Afgʻonistonda fuqarolar urushi boshlanganida davlatning rejalari barbod boʻldi.
1992-yilda Kobul aeroporti mujohidlar qoʻliga oʻtdi va Tolibon hokimiyatni egallab olguncha bir necha yil davomida ular tomonidan nazorat qilindi.
2001-yil 11-sentyabrda AQShga qarshi teraktlardan soʻng, NATO qoʻshinlari Afgʻonistonga kirib keldi. Bir oydan keyin AQSh harbiylari Kobul aeroportini va aerodrom platformalarida turgan samolyotlarni yoʻq qildi.
Afgʻoniston hukumati Kobul xalqaro aeroportini qayta tiklash va rivojlantirish loyihasini 2006-yilda qabul qildi va Yaponiya yordamga kirib keldi. Rejaga 35 million dollarlik yangi zamonaviy terminal qurish va 2011-yilga kelib yoʻlovchilar tashish hajmini yuz mingga oshirish kiradi.
2008-yilning 6-noyabrida yangi xalqaro terminal Afgʻoniston prezidenti Hamid Karzay ishtirokida ochilgan edi. Mavjud terminal yangilandi va ichki reyslar uchun foydalanilmoqda[6]. 2010-yil fevral oyida yangi radar tizimi[7] oʻrnatildi va yil oxiriga qadar aeroportni barcha xalqaro standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan edi[8].
Afgʻoniston va Kobuldagi notinch vaziyat tufayli aeroport xavfsizligini Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari va vaqti-vaqti bilan boshqa davlatlar, jumladan: Ispaniya, Bolgariya[9], Polsha[10], Turkiya qoʻshinlari taʼminladi. Biroq, terroristik hujumlar hali ham sodir boʻlmoqda. Oxirgi terakt 2021-yilning 26-avgustida sodir boʻlgan, uning davomida 200 ga yaqin odam halok boʻlgan edi[11][12].
Yoʻnalishlar va aviakompaniyalar tahrir
Yoʻlovchi tashish tahrir
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Ariana Afghan Airlines | Al-Ayn[13], Dehli, Doha[14], Dubay–Xalqaro, Hirot, Islomobod, Mashhad, Moskva–Sheremetyevo, Mozori-Sharif, Qandahor, Tehron–Imom Xumayniy Mavsumiy: Urumchi |
Kam Air[15] | Abu-Dabi, Anqara, Bomiyon, Dehli, Dubay–Xalqaro, Dushanbe, Hirot, Islomobod, Jidda, Kuvayt, Lashkargoh, Maymana, Madina, Mozori-Sharif, Najaf, Qandahor, Qunduz, Tarinkot, Toshkent, Xost, Sharja, Chagʻcharon |
Manbalar tahrir
- ↑ „Taliban to sign contract with UAE's GAAC Holding over airspace control at Afghan airports“. Reuters (8-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2022-yil.
- ↑ Smith, Harvey Henry. Area Handbook for Afghanistan, fourth, Washington, D.C.: U.S. Government Printing Office, 1969 — 35 bet. „The Kabul airport, completed in 1960.... The airport and the terminal building were constructed and financed by the Soviet Union.“
- ↑ Airport record for Kabul Khwaja Rawash International Airport (Wayback Machine saytida 2015-07-02 sanasida arxivlangan) at Landings.com. Retrieved 2013-08-01
- ↑ AIP Afghanistan - Important Information (Wayback Machine saytida 2016-06-17 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Cabinet names Kabul Airport after Karzai“. 6-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-sentyabr 2016-yil.
- ↑ „В Кабульском аэропорту заработал новый пассажирский терминал“. 22-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2017-yil.
- ↑ „США установили в кабульском аэропорту новую радарную систему“. 22-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2010-yil.
- ↑ „Лондонская конференция: Третий этап реконструкции Афганистана“. 22-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2010-yil.
- ↑ „Болгария: ВВС страны возьмёт под свой контроль международный аэропорт в Кабуле“. 25-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2010-yil.
- ↑ „Польша увеличит контингент в Афганистане“. 21-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2010-yil.
- ↑ Media.Az. „Число жертв взрывов в Кабуле возросло до 200 человек - ОБНОВЛЕНО“ (ru). media.az. 28-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-sentyabr 2021-yil.
- ↑ „Девять членов одной семьи погибли от авиаудара США по автомобилю смертника в Кабуле“ (ru). fergana.media. 10-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-sentyabr 2021-yil.
- ↑ „ARIANA AFGHAN AIRLINES NS23 AL AIN OPERATIONS“. Aeroroutes. Qaraldi: 8-mart 2023-yil.
- ↑ https://m.facebook.com/188946317906665/posts/2472818822852725/?d=n Andoza:User-generated source
- ↑ „Kam Air route map“. 16-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2022-yil.