Lamia Al-Gailani Werr (8-mart 1938-yil, Bagʻdod, Iroq – 18-yanvar 2019-yil, Amman, Iordaniya) – qadimgi Mesopotamiya antikvarlarini oʻrganish boʻyicha iroqlik muataxassis hamda arxeolog.

Lamia Al-Gailani Werr
arabcha: لمياء الكيلاني

Al-Gailani 2019-yilda
Tavalludi 1938-yil 8-mart
Bagʻdod, Iroq
Vafoti 2019-yil 18-yanvar
Amman, Iordaniya
Fuqaroligi Iroq
Kasbi Arxeolog
Ish joylari Iroq muzeyi
Taʼlimi
Tezis sarlavhasi Studies in the Chronology and Regional Style of Old Babylonian Cylinder Seals
Akademik rahbarlari Barbara Parker-Mallowan
Turmush oʻrtogʻi
  • Abd al-Rahman Al-Gailani
  • George Werr

Al-Gailani Bagʻdodda tavallud topgan va oʻqishini Iroq va Buyuk Britaniyada tamomlagan. Uning Qadimgi Bobil silindrlari muhrlari boʻyicha doktorlik ishi bu sohada muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Arxeolog Londonda Saddam Husayn boshqaruvi vaqtida Britaniya va Iroq arxeologiyasi oʻrtasidagi aloqalarni saqlab qolish va Iroq urushidan keyin madaniy merosni saqlashga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan tanildi. Professor 1960-yillarda Iroq Milliy muzeyini rekonstruksiya qilishda va Basra muzeyini tashkil etishda yaqindan ishtirok etgan.

2009-yilda Britaniya-Iroq oʻrganish instituti tomonidan Gertrude Bell xotirasiga bagʻishlangan beshinchi oltin medal bilan taqdirlangan.

Taʼlimi va faoliyati

tahrir

Al-Gailani 1938-yil 8-martda Bagʻdodda tugʻilgan. U Bagʻdod universitetida bir yil oʻqigan, soʻngra Kembrij universitetida bakalavr darajasini tamomlagan[1]. 1961-yilda Iroq milliy muzeyida kurator sifatida ishlay boshladi. Mazkur muassasa professor uchun keyingi faoliyatining asosiy qismiga aylanadi. Arxeolog 1970-yillarda Britaniyaga qaytib, Edinburg universitetida magistrlik darajasini, keyin esa Londondagi Arxeologiya institutida doktorlik (PhD) darajasini oldi[2][3][4]. Uning Barbara Parker-Mallowan rahbarligidagi doktorlik dissertatsiyasi Iroq muzeyida eski Bobil silindrli muhrlarini oʻrganish haqida boʻlgan. Uzoq kechikishdan soʻng asar 1988-yilda nashr etildi[5]. Britaniya muzeyining Gʻarbiy Osiyo qadimiy yodgorliklari rahbari Dominik Kollon bu asarni „kelajakdagi barcha tadqiqotlar uchun namuna boʻlishi“ kerak boʻlgan „qisqa va maʼlumotga boy muhokama“ deb taʼrifladi[6].

Al-Gailani 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritgach, Londonda UCL Arxeologiya institutida faxriy ilmiy xodim va Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabida (SOAS) ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi[7][8][9]. U tez-tez Iroqqa qaytib, Saddam Husayn boshqaruvi davrida iroqlik arxeologlar va keng ilmiy tadqiqotlar oʻrtasidagi aloqani saqlab qolish uchun ishlagan[10][11]. 1999-yilda Salim al-Alusiy bilan birgalikda Mesopotamiyadagi ilk arab madaniyati arxeologiyasi haqida arab tilida mashhur boʻlgan „Birinchi arablar“ kitobiga hammualliflik qildi[12]. 2003-yildan boshlab uning faoliyati Iroqdagi qadimiy yodgorliklarni saqlashga qaratilgan. Arxeolog 2003-yilda Amerika boshchiligidagi bosqinda talon-taroj qilingan va vayron boʻlgan Iroq muzeyini qayta tiklashda yordam bergan[13] va urushdan soʻng Iroqda muzeylar hamda merosni himoya qilish uchun duch kelgan qiyinchiliklar haqida tezkor maʼlumotlarni yetkazib turgan[14][15][16][17]. Al-Gailani Iroq Madaniyat vazirligi maslahatchisi boʻlgan va 2015-yilda Iroq muzeyining qayta ochilishida hamda 2016-yilda Basra muzeyining tashkil etilishida yaqindan ishtirok etgan[18][19][20].

Professor 2019-yilda Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida tadqiqot olib borayotgan va u yerda Iroq muzeyi tarixi boʻyicha kitob yozayotganda vafot etgan[21].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Taniqli Iroq oilasining aʼzosi boʻlgan Al-Gailanining nasl-nasabiga Qodiriy soʻfiy ordeni asoschisi Abdul Qodir Gʻiloniy va Iroqning birinchi bosh vaziri Abdurrahmon Al-Gʻiloniy kiradi. Al-Gailani Ahmad Jamoliddin Al-Gailani va Madiha Osif Mahmud Orif-ogʻa oilasida dunyoga kelgan.

Al-Gailani ikki marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush oʻrtogʻi Abdurrahmon Al-Gailani iroqlik islom meʼmorchiligi tarixchisi boʻlgan. Professorning ikkinchi turmush oʻrtogʻi iordaniyalik tadbirkor Jorj Werr 2003-yilda vafot etgan[22]. Uning uchta qizi bor: Nurah Al-Gailani, Azza Al-Gailani va Hesn Werr[23]. 2019-yildan boshlab Nura Al-Gailani Glazgo muzeylarida islom sivilizatsiyalari rahbari vazifasida faoliyat olib bordi[24].

Vafoti

tahrir

Al-Gailani 2019-yil 18-yanvarda Ammanda vafot etdi[25]. Professor Iroq muzeyidagi dafn marosimidan soʻng Bagʻdoddagi AbdulQodir Gʻiloniy[25] maqbarasiga dafn etilgan[21][26][27].

Al-Gailani Britaniya Iroqni oʻrganish institutining yagona faxriy aʼzosi boʻlgan va 2009-yilda Gertrude Bell memorial oltin medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  2. Kadi, Samar „Iraq bids farewell to archaeologist Lamia al-Gailani“ (en). The Arab Weekly (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  3. Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  4. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  5. Al-Gailani Werr, Lamia. Studies in the Chronology and Regional Style of Old Babylonian Cylinder Seals, Bibliotheca Mesopotamica 23. Malibu: Undena, 1988. 
  6. Collon, Dominique (1991). "Review of Studies in the Chronology and Regional Style of Old Babylonian Cylinder Seals by Lamia al-Gailani Werr". Orientalia (Nova Series) 60 (4): 366–369. 
  7. Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  8. „Iraqi 'treasure' Lamia Al Gailani Werr dies in Amman“ (en). The National (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  9. „Patrons“. The Enheduanna Society. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  10. Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  11. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  12. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  13. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  14. Conant, Eve „Q&A: Why Sunni Extremists Are Destroying Ancient Religious Sites in Mosul“. National Geographic News (2014-yil 1-avgust). 2017-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  15. Ghazal, Rym „In defence of history: Iraq Museum reopened“ (en). The National (2017-yil 21-iyul). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  16. Tharoor, Kanishk; Maruf, Maryam. „Museum of Lost Objects: Looted Sumerian Seal“ (en-GB). BBC News (2016-yil 11-mart). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  17. Arraf, Jane „Hobby Lobby's Illegal Antiquities Shed Light On A Lost, Looted Ancient City In Iraq“ (en). NPR (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  18. Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  19. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  20. „Iraqi 'treasure' Lamia Al Gailani Werr dies in Amman“ (en). The National (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  21. 21,0 21,1 Kadi. „Iraq bids farewell to archaeologist Lamia al-Gailani“ (en). The Arab Weekly (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  22. Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  23. Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  24. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  25. 25,0 25,1 Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
  26. Porter MacIver. „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
  27. Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“. The Washington Post (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.

Havolalar

tahrir