Lyej aeroporti, ilgari Lyej-Bierset aeroporti deb atalgan, (IATA: LGGICAO: EBLG) – Belgiyaning Lyej shahridan 5 dengiz milyasi (9,3 kilometr; 5.8 milya) gʻarbda[1] Grâce-Hollogneda joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport, asosan, aviayuklarni tashishga ixtisoslashgan. 2021-yil yakuniga koʻra, aeroport orqali 1 412 498 tonna (+26%) yuk tashiklgan. Lyej aeroporti yuk tashish boʻyicha Yevropadagi 5-, dunyodagi 22-eng yirik aeroport hisoblanadi[2].

Lyej aeroporti
Aéroport de Liège
IATA kodi: LGGICAO kodi: EBLG
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Vallon hukumati & xususiy investorlar
Operator Liege Airport s.a.
Xizmat doirasi Lyej
Joylashuvi Grâce-Hollogne, Lyej provinsiyasi, Belgiya
Havo yoʻli tuguni
Dengiz sathidan balandligi  m / 659 ft
Koordinatalari 50°38′11″N 005°26′34″E / 50.63639°N 5.44278°E / 50.63639; 5.44278
Vebsayti liegeairport.com
Xarita
LGG/EBLG (Belgiya)
LGG/EBLG
Aeroportning Belgiya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
04R/22L 3,690 12,106 Asfalt
04L/22R 2,340 7,677 Asfalt
Maʻlumotlar (2018)
Yuk (tonna) 871,000
Yoʻlovchilar soni 299,292
Manbalar: Belgiya AIP[1]

Umumiy maʼlumotlar

tahrir

Aeroport Lyej provinsiyasining Grâce-Hollogne munitsipalitetida, Lyej shahrining shimoli-gʻarbida, Belgiyaning sharqida joylashgan. Bu hududdagi birinchi terminal 1930-yilda faoliyat boshlagan[3].

Aeroport, asosan, yuk/kargo maqsadida foydalaniladi, biroq yoʻlovchilar uchun ham bir qator yoʻnalishlarga (asosan charter) xizmat qiladi. Lyej Yevropa yuklarining 66% (London bilan qoʻshib hisoblaganda 75%) tashiladigan Parij – Amsterdam – Frankfurt oltin uchburchagining markazida joylashgan. 2018-yilda Yevropadagi yettinchi eng yirik kargo aeroporti boʻlgan. Lyej aeroporti Belgiyadagi eng yirik yuk aeroporti hamda Brussel va Brussel-Sharlerua aeroportlaridan keyin uchinchi eng yirik yoʻlovchi aeroportidir[4]. Bu ASL Airlines Belgium aviakompaniyasining (sobiq TNT Airways) global markazi boʻlib, shuningdek, bir nechta boshqa yuk tashuvchilar tomonidan muntazam yoki nomuntazam foydalaniladi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir

Yoʻlovchi tashish

tahrir

2023-yil iyul holatiga koʻra, TUI fly Belgium Lyej aeroportidan muntazam va mavsumiy yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradigan yagona aviakompaniya hisoblanadi[5].

Aviakompaniya Manzillar
TUI fly Belgium[5]  Alikante,  Gran Kanariya,  Qayseri,  Malaga,  Tenerife–Janub
Mavsumiy:  Kasablanka,  Djerba,  Enfida,  Iraklion,  Nador (2025-yil 25-iyundan boshlanadi)[6],  Palma de Mallorka,  Rodos, Tanjer

Yuk tashish

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Air Canada Cargo[7]  Bazel/Mulhouse,  Toronto–Pearson
Air China Cargo[8] Xanchjou[9], Shanxay–Pudong
ASL Airlines Belgium[10]  Halifaks,  Jinan, Nyu-York–JFK, Xanchjou, Shanxay–Pudong, Tokio–Narita,  Chikago–OʻHare
Atlas Air,   AQSh[11][12]  Atlanta,  Birmingem (AL),  Indianapolis,  Mayami,  Mexiko–AIFA, Milan–Malpensa, Olmaota,  Saragosa, Seul–Inchxon, Singapur, Tel-Aviv,  Shtutgart,  Chikago–OʻHare
Beijing Capital Airlines,   Xitoy [13]  Nanchan
CAL Cargo Air Lines,   Isroil[14]  Atlanta, Larnaka,  Mexiko, Nyu-York–JFK,  Oslo, Tel-Aviv,  Toronto–Pearson
China Cargo Airlines[15]  Yantay
CMA CGM Air Cargo,   Fransiya[16]  Atlanta,  Chikago–OʻHare, Hong Kong
Compass Cargo Airlines,   Bolgariya Sofiya,  Chenjou[17]
Ethiopian Cargo[18]  Abidjan,  Akkra,   EfiopiyaAddis-Abeba, Budapesht, Guanchjou, Hong Kong,  Juba,  Kopengagen, Lagos (  Nigeriya ),  Mayami, Nyu-York–JFK,  Saragosa,  Yohannesburg–O. R. Tambo, Shanxay–Pudong, Chunsin
FedEx Feeder[19]  Gyoteborg,  Kopengagen, Myunxen, Milan–Malpensa,  Nuremberg, Vena,  Shtutgart
Icelandair Cargo[20]  Reykyavik–Keflavík
Magma Aviation[21] Abuja (  Nigeriya ),  Akkra,  Atlanta,  Bamako, Brazzavil (  Kongo Respublikasi ), Duala (  Kamerun ), Dubay–Al-Maktum,  Entebbe,  Greenville/Spartanburg, Hong Kong,  Kigali,  Kinshasa–Nʼdjili, Lagos (  Nigeriya ),  Lilongve,  Lusaka, Mumbay,  Nayrobi–Jomo Kenyatta,  Niamey,  Uagadugu,  Yohannesburg–O. R. Tambo,  Chikago–OʻHare
MSC Air Cargo[22]  Atlanta,  Indianapolis,  Mexiko–AIFA, Seul–Inchxon
MyFrieghter Toshkent
Network Aviation Group[23] Abuja (  Nigeriya ),  Akkra,  Bangi, Brazzavil (  Kongo Respublikasi ), Dubay–Al-Maktum,  Entebbe, Hong Kong, Lagos (  Nigeriya ),  Librevil,  Luanda,  Nayrobi–Jomo Kenyatta, Nyu-York–JFK, Port-harkort (  Nigeriya )
Qatar Airways Cargo[24]  Atlanta, Doha,  Hyuston–Intercontinental,  Los-Anjeles,  Mexiko,  Chikago–OʻHare
SF Airlines,   Xitoy [25]  Sindao
Uzbekistan Airways Toshkent

Yer usti transporti

tahrir

Mashina

tahrir

Aeroport E42 (3-chiqish) yonida, muhim magistral kesishmasiga yaqin joylashgan.

Avtobus

tahrir

Ekspress avtobus (57-raqamli) aeroportni Lyej-Guillemins bilan bogʻlaydi, u yerda mahalliy, milliy va tezyurar xalqaro poezdlar (Thalys, ICE) bilan ulanish mumkin. 53-raqamli avtobus Lyej shahar markaziga (Place Saint-Lambert) boradi, u yerda Lyej-Saint-Lambert temir yoʻl vokzali va avtobus markaziga, Pont-de-Seraing temir yoʻl stansiyasi va avtobus markaziga ulanish mumkin. 83- va 85-sonli avtobuslar aeroportni Lyej shahar markazi (Place Saint-Lambert) bilan bogʻlaydi, u yerda Lyej-Sent-Lambert temir yoʻl stansiyasi va avtobus markazi hamda Bierset-Avans temir yoʻl stansiyasi bilan aloqa mavjud.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

tahrir
  • 2021-yil 20-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt Axen aeroportidan Nyu-York shahridagi Jon F. Kennedi xalqaro aeroportiga yoʻl olgan Longtail Aviation aviakompaniyasining 5504-reysini[26] amalga oshirayotgan Boeing 747-400 yuk tashuvchi samolyoti bir dvigateli yonib ketgandan yoʻnalishini boshqa tomonga oʻzgartirishga majbur boʻldi va uning qoldiqlari Meerssen shahri ustiga qulab tushdi. Yerdagi ikki kishi jarohatlandi[27].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Andoza:AIP BE
  2. „Top Europe Cargo Statistics“. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. „Liege Airport“. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  4. 2009 report
  5. „Flight plan“. tuifly.be.
  6. „TUIfly Belgium Adds Liege – Nador in NS25“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.
  7. „AIR CANADA CARGO ADDS BASEL/MULHOUSE SERVICE IN APRIL 2023“. AeroRoutes (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
  8. Ltd, DVV Media International „Air China Cargo lands at Liege Airport“. Air Cargo News.
  9. „Cainiao adds new route with Air Cargo China connecting Hangzhou, Liege“. www.stattimes.com (2020-yil 14-avgust).
  10. aslairlines.be – Scheduled retrieved 4 November 2021
  11. aircargonews.net retrieved 7 January 2020
  12. „Atlas Air Schedule“. Atlas Air. Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
  13. „Beijing Capital brings another freighter service to Liege“. Air Cargo News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  14. cal-cargo.com – Network retrieved 17 November 2019
  15. „Shandong launches new air cargo route to Belgium“. ecns.cn. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  16. CMA CGM | Regular flights retrieved 14 May 2022
  17. https://www.ch-aviation.com/news/146517-bulgarias-compass-cargo-airlines-launches-china-ops
  18. cargoethiopianairlines.com – Cargo Network retrieved 28 March 2020
  19. aerotelegraph.com – „FedEx expands in Stuttgart“ (German) 28 February 2023
  20. icelandaircargo.com – Flight schedule retrieved 28 October 2018
  21. magma-aviation.com – Schedule retrieved 21 August 2023
  22. „Schedule“. MSC Air Cargo. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  23. network-airline.com - Schedule retrieved 21 August 2023
  24. qrcargo.com – Schedule retrieved 16 July 2020
  25. „SF Airlines launches new China-Belgium air cargo route“. Air Cargo News (2023-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  26. „Engine parts drop from Boeing 747 cargo plane in Netherlands“ (2021-yil 22-fevral).
  27. „Two injured after cargo plane's engine bursts into flames, drops debris over Dutch town“. www.msn.com.

Havolalar

tahrir