Marrakesh-Menara (aeroport)

Marrakesh-Menara — Marokashdagi Marrakesh-Safi mintaqasining poytaxti Marrakesh shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport Yevropadan bir nechta reyslarni, shuningdek, Kasablanka va arab dunyosining ayrim davlatlaridan reyslarni qabul qiladi. 2019-yilda aeroport 6,3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

Menara aeroporti
IATA kodi: none – ICAO kodi: none
Qisqacha bayon
Joylashuvi Marokash, Marrakesh
Ochilgan 1942-yil
Roʻyxatga olish zali
Aeroport platformasi

TarixiTahrirlash

Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh armiyasi havo kuchlari havo transporti qoʻmondonligi tomonidan yuk, tranzit samolyotlar va xodimlar uchun markaz sifatida ushbu aeroportdan foydalanilgan. Bundan tashqari aeroport, Shimoliy Afrikaning Qohira-Dakar transport yoʻnalishida Kasablanka hamda Agadirga yoʻlda yuk, tranzit samolyotlar va xodimlar uchun toʻxtash joyi vazifasini ham bajargan.

XususiyatlariTahrirlash

TerminallarTahrirlash

Menara aeroportida bitta katta binoda joylashgan 2 ta yoʻlovchi terminali mavjud. 3-terminal hozirda qurilish jarayonida. Mavjud terminallar yiliga 9 million yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Alohida yuk terminali 340 m2 yopiq maydonga ega[1]. Aerovokzal maydoni 22 000 m2 boʻlib, yiliga 2 500 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Menara Marokashdagi 6 ta aeroportlardan biri boʻlib, u yerda ONDA „Salon Convives de Marque“[2] maxsus VIP xizmatlarini taklif qiladi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagiTahrirlash

125 000 m2 samolyotlar toʻxtash joyi 14 ta Boeing 737 va 4 ta Boeing 747 samolyotlarini sigʻdira oladi. Yuk terminali 340 m2 yopiq maydonga ega. Asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlagi 10/28 yoʻnalishi boʻyicha yotqizilgan va oʻlchamlari 3100 × 45 m. U Boeing 747 gacha boʻlgan barcha zamonaviy reaktiv laynerlarni sigʻdira oladi. Aeroport ILS Cat II qoʻnish tizimi bilan jihozlangan va quyidagi radionavigatsiya vositalaridan foydalanadi: RGA — RMD — PRS.

ManbalarTahrirlash

  1. ONDA Website: Presentation RAK, visited 10 June 2012
  2. ONDA website on the VIP service, visited 17 March 2012