Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy (arabcha: محمد بن اشرف حسيني سمرقندي — Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy (vafoti 1203 yoki 1291-yili)) — Mutakallim, faylasuf, notiq, mufassir, mantiq, falakiyot, handasa va axloq ilmlari olimi.
Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mufassir, mantiq, falakiyot, handasa, axloq ilmlari olimi |
Muhammad ibn Ashraf Husayniy Samarqandiy "Shamsuddin Samarqandiy" nomi bilan tanilgan. Alloma Samarqandda tugʻilib voyaga yetgan. Manbalarda tavallud topgan yili koʻrsatilmagan, balki, Salb urushi davri boʻlgani sabab koʻp maʼlumotlar yoʻqolgandir. Muhammad Samarqandiy mantiq, astronomiya, handasa ilmlari olimi boʻlgan. Ustoz va shogirdlari toʻgʻrisida maʼlumotlar topilmadi. Alloma yashagan davr tafsir, qiroat, hadis, fiqh, jadal, usulu din, falsafa, riyozat, kimyo, lugʻat va boshqa ilmlarning yashnagan davri boʻlgan. Oʻsha vaqtdagi allomalarning har biri turli xil ilmlar sohibi boʻlgan. Muhammad Samarqandiy ham turli ilmlar bilan shugʻullanib, koʻplab asarlar tasnif etgan.
Asarlari
tahrirAllomaning asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi: tugallanmay qolgan „As-sahoif fi-t-tafsir“ („Tafsir sahifalari“), bu asarni ''Shayx Ahmad ibn Mahmud Qurmoniy (vaf. 1564 y.) tugallagan. „Risola fi odobi-l-bahsi va-l-munozara“ („''Bahs va munozara odobi haqida risola''“). Ushbu asarning qoʻlyozmasi Misrdagi „Doru-l-kutubi-l-misriyya“ kutubxonasida 364 raqam ostida va Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyod shahrining „Markazu-l-malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosoti-l-islomiyya“ kutubxonasida 04177 raqam ostida saqlanmoqda. Asarda mantiq va odob borasidagi masalalar yoritilgan. Asar uch boʻlimga ajratilib tasnif etilgan. Birinchi qismi — tanishtirish haqida boʻlib, bu qismda muallif munozara, dalil, tuzatuv, umumiy illat, asoslash, xoslash, muomala, ziddiyat, eʼtiroz va rad etish haqidagi maʼlumotlarni bayon qilgan. Ikkinchi qismi — muhokama tartibi haqida. Uchinchi qismi — muallif kashf qilgan masalalar haqida. Yana ushbu asarning birinchi qismi kalom ilmiga, ikkinchi qismi hikmatga va uchinchi qismi xilof ilmiga tegishli ekani zikr etilgan[1]. Mantiq va odobga tegishli „Kitob ayni-n-nazar fi-l-mantiq“ ("Mantiq ilmiga oid „aynu-n-nazar“ kitobi") yoki „Aynu-n-nazar fi ilmi-l-jadal“ („Mubohasa ilmidagi ayni nazar qilingan narsa“). Bu asarning qoʻlyozmasi Misrdagi „Doru-l-kutubi-l-misriyya“ kutubxonasida 197 raqam ostida saqlanmoqda. Muallif ushbu asarni ham uch qismga boʻlgan: Birinchisi — ikki narsani bir-biriga moslash. Ikkinchisi — ikki narsaning bir-biriga toʻgʻri kelmay qolishi haqida. Bu qism nomuvofiqlikka tegishli bir necha boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. Uchinchisi — muomala haqida. Bu qism ham bir qancha boʻlimlardan iborat. „Ashkolu-t-taʼsis fi-l-handasa“ („Geometriyada asoslanuvchi shakllar“). Geometriya shakllari haqida maʼlumot beruvchi mazkur qoʻlyozma „Doru-l-kutubi-l-misriyya“ kutubxonasida 61, 98 raqam ostida hamda Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoz shahrining „Markazu-l-malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosoti-l-islomiyya“ kutubxonasida 03430, 05729-8 raqamlar ostida va Oʻz FA ShI xazinasida (inv. № 3373/III) saqlanmoqda. Asar haqida Hoji Xalifa (vaf. 1657 y.): oʻttiz besh shakldan iborat ekanligini, asarga Qozizoda Rumiy (vaf. 1413 y.) nomi bilan mashhur boʻlgan alloma Muso ibn Muhammad sharh yozganini, yana bir qancha olimlar tomonidan hoshiyalar bitilganini aytib oʻtgan[2]. „Favoidu-l-jamoliy fi usuli-l-handasa“ („''Geometriya usulidagi chiroyli foydalar“). Asar fors tilida boʻlib, uning qoʻlyozma nusxasi Britaniya kutubxonasining „Sharq qoʻlyozmalari“ boʻlimida saqlanmoqda. Mantiq ilmiga oid „Qustot“ („Tarozi“) asari. Bu asarning ham qoʻlyozmasi Misrdagi „Doru-l-kutubi-l-misriyya“ kutubxonasida 38 raqam ostida saqlanmoqda. Kalom ilmiga tegishli „As-sahoifu-l-ilohiyya“ („Ilohiy sahifalar“). Asarning qoʻlyozma nusxalari „Maʼhad al-maxtutot al-arabiya“ kutubxonasida 160 raqam ostida, „Doru-l-kutubi-l-misriyya“ kutubxonasida 1011 va 1565 raqamlari ostida va „Maktaba talaat“ kutubxonasida 452 raqam ostida mavjud. „Al-maʼorif fi sharhi-s-sahoif“ („Sahifalar sharhidagi bilimlar“), „Sharhu-l-muqaddima fi-l-jadal li-n-Nasafiy“ („''Nasafiyning jadalidagi muqaddimasiga sharh“), „Majmaʼu-l-hakami-s-sultoniya va manbau-l-maorifi-r-ruhoniya“ („Sulton hukmlari majmui va ruhoniy bilimlarining manbai“) kabi asarlari bizga maʼlum. Allomaning ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha qilingan ishlardan koʻrsatish mumkin boʻlgan „As-sahoifu-l-ilohiya“ („Ilohiy sahifalar“) boʻlib, asarni ar-Riyoddagi pedagogik oʻrta taʼlim bilim yurtining aqida boʻyicha ilmiy xodimi doktor Ahmad Abdurrohman Sharif tadqiq qilgan. Shuningdek, ushbu asarni Ahmad Farid Mazidiy ham tadqiq etgan. Asar 2007-yil bir jildda Doru-l-kutubi-l-ilmiyya nashriyotida chop etilgan. Allomaning vafot etgan sanasi toʻgʻrisida ikki xil yondashuv bor. Hoji Xalifa (vaf. 1657 y.)ning „Kashfu-z-zunun“ va Umar Rizo Kahholaning (1905—1987) „Muʼjamu-l-muallifiyn“ asarida 600/1203-yil atrofida vafot etgani keltirilgan[3]. Ismoil Posho Bagʻdodiyning „Hadiyyatu-l-orifiyn“ asariga qarab allomaning 690/1291-yilda hayot boʻlganini bilamiz. Ismoil Posho Bagʻdodiy bunday deydi: "Muhammad ibn Ashraf Samarqandiy Shamsuddin Hakim Husayniy 600/1203-yil vafot etgan. Ammo uning „Sharhu-l-muqaddima li-n-Nasafiy“ asarini koʻrganimda 690/1291-yilda tugatgani yozilgan"[4]. Mutafakkir, yozuvchi va arab siyosatchisi doktor Qadariy Tuqon (1910—1971): „Muhammad Samarqan-diy 690/1291-yilda vafot etgan“[5], — degan. [[Bagʻdodiy aytgan gap toʻgʻri chiqishiga allomaning „Al-maʼorif fi sharhi-s-sahoif“ („Sahifalar sharhidagi bilimlar“) asarida yozgan: „Zamonamizning baʼzi ulamolari“ deb, Imom Nosiruddin Tusiyni nazarda tutganini dalil qilish mumkin. Imom Nosiruddin Tusiy 594/1197-yil tugʻilib, 672/1273-yilda vafot etgan[6]. Nosiruddin Tusiy oʻsha davrda yashagan. Bundan kelib chiqib, allomaning vafoti 600/1203-yilda emas, balki 690/1291-yilgacha yashaganligini tushunishimiz mumkin.[7]
Asarlari
tahrir- “As-sahoif fi-t-tafsir”,
- “Risola fi odobi-l-bahsi va-l-munozara”,
- “Kitob ayni-n-nazar fi-l-mantiq”,
- “Ashkolu-t-ta’sis fi-l-handasa”,
- “Qustot”,
- “As-sahoifu-l-ilohiyya”,
- “Al-ma’orif fi sharhi-s-sahoif”,
- “Sharhu-l-muqaddima fi-l-jadal li-n-Nasafiy”,
- “Majmau-l-hakami-s-sulto-niyya va manbau-l-maorifi-r-ruhoniyya”.
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Шамсуддин Самарқандий. Ас-саҳоифу-л-илоҳия. Доктор Аҳмад Абдурраҳмон Шариф тадқиқи. – Риёз: – Б. 22-23.
- ↑ Ҳожи Халифа. Кашфу-з-зунун. Ж.1. – Байрут. Дору-л-фикр. – Б.81.
- ↑ Ҳожи Халифа. Кашфу-з-зунун. Ж. 1. – Байрут: Дору-л-фикр. – Б. 81. // Умар Ризо Каҳҳола. Муъжаму-л-муаллифийн. Ж. 9. – Байрут: Дор иҳёу-т-туроси-л-арабий, 2009. – Б. 63.
- ↑ Исмоил Пошо Бағдодий. Ҳадияту-л-орифийн. Ж. 2. – Истанбул: Маориф босмаси, 1955. – Б. 106.
- ↑ Туросу-л-араби-л-илмий фи-р-риёзати ва-л-фалак. – Қоҳира: Дору-л-қалам, 1963. – Б. 328.
- ↑ Шамсуддин Самарқандий. Ас-саҳоифу-л-илоҳия. Доктор Абдурраҳмон Шариф тадқиқи. – Риёз: – Б.22-30.
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 572.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |