Muhammad ibn al-Qosim as-Saqofiy (arabcha: محمد بن القاسم الثقفي; 31-dekabr 695-yil – 18-iyul 715-yil) – Umaviylar xalifaligida xizmat qilgan arab harbiy qoʻmondoni. Sindni (shuningdek, qadimgi Sindning bir qismi hisoblangan Panjobni) musulmonlar tomonidan zabt etilishiga boshchilik qilgan va shu tariqa Umaviylarning Hindistonga yurishlarini boshlagan. Uning harbiy yurishlari ortidan islomiy Sind viloyatining barpo etilishiga va mintaqaning Sind Brahmanlar sulolasi va uning hukmdori Raja Dahirdan tortib olinishiga olib keldi. Keyinchalik boshi kesilgan holda Basradagi al-Hajjoj ibn Yusufga yuborildi. Arab kuchlari tomonidan oʻsha paytdagi poytaxt Arorning zabt etilishi bilan Muhammad ibn al-Qosim Hindiston yerlarini muvaffaqiyatli egallagan birinchi musulmon boʻldi. Bu voqea Janubiy Osiyoda musulmonlar hukmronligining boshlanishini belgiladi.

Muhammad ibn al-Qosim
Muhammad ibn al-Qosim
محمد بن القاسم
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 31-dekabr 695-yil
Toif, Hijoz, Umaviylar xalifaligi
(hozirgi Saudiya Arabistoni)
Vafoti 18-iyul 715-yil(715-07-18)
(19 yoshda)
Mosul, Umaviylar xalifaligi
(hozirgi Iroq)
Turmush oʻrtogʻi Zaynab (Hajjoj Ibn Yusufning qizi)
Munosabatlari Sulb, al-Hajjaj (akasi)
Onasi Habibat al-Uzma
Otasi al-Qosim ibn Muhammad ibn al-Hakam
Harbiy xizmatlari
Taxallus(lar)i فاتح سندھ

Muhammad ibn al-Qosim gʻarbiy Arabistondagi Toif shahri atrofida joylashgan arab qabilasi – Banu Saqif qabilasidan boʻlgan. Musulmonlar Fors yerlarini zabt etgach, u amakisi Muhammad ibn Yusuf as-Saqofiyning oʻrniga Fors viloyatining hokimi etib tayinlandi. 708-yildan 711-yilgacha Muhammad ibn al-Qosim Sindni bosib olish harbiy yurishiga boshchilik qildi. U butun mintaqada islom hukmronligini oʻrnatdi va 712-yildan to 715-yilda vafot etgunicha Sind viloyatining hokimi boʻlib xizmat qildi. Moʻltonni bor zabt etgach, Arabistonga qaytdi. Yoʻlda, hozirgi Iroq hududidagi Mosul shahrida vafot etdi. Biroq, baʼzi manbalarda uning jasadi Balujistondagi yarim choʻl sohil mintaqasi boʻlmish Makronda dafn etilganini qayd etilgan.

Al-Qosim haqida turli manbalar

tahrir

Oʻrta asr arab manbalarida Muhammad ibn al-Qosim va Sindning arablar tomonidan bosib olinishi haqidagi maʼlumotlar, hozirgi zamon musulmonlarining Movarounnahrni bosib olishi bilan taqqoslaganda, ancha cheklangan hisoblanadi[1]. Al-Balozuriyning „Futuh ul-buldon“ („Yerlarni fath etish“) asarida Sindning zabt etilishi va al-Qosim haqida bir necha sahifa mavjud. Al-Qosimning Sindni fath etishi va uning vafoti haqidagi batafsil maʼlumot XIII asrga oid forscha „Chach Nama“ asarida keltirilgan. „Chach Nama“ dagi maʼlumotlar goʻyoki VIII asrda Sindni fath etgan arab askarlarining avlodlari – Aror va Bhakar shaharlaridan boʻlgan qozilar va imomlardan olingan. Ular oʻzlarini Muhammadning Banu Saqif qabilasidan ekanligini daʼvo qilishgan[1]. Sharqshunos Francesco Gabrieli bu hikoyalar taxminan 1000-yildan soʻng paydo boʻlgan deb hisoblaydi va „Chach Nama“ ni „tarixiy roman“ hamda al-Qosim haqidagi maʼlumotlar uchun „ishonchsiz manba“ deb baholaydi[2].

Biografiyasi

tahrir

Muhammad taxminan 694-yilda tugʻilgan[3]. Tugʻilgan joyi deyarli, Hijozda (gʻarbiy Arabiston). Bu joy yo oʻzining Saqif qabilasining anʼanaviy vatani boʻlmish Toif shahri, yoki Makka yoxud Madina boʻlishi mumkin[4]. Taxminan 630-yilda islomni qabul qilganidan soʻng, Saqif qabilasi aʼzolari asta-sekin yangi shakllangan xalifalikda yuqori harbiy va maʼmuriy lavozimlarga erishdilar. Ular musulmonlarning dastlabki zabt etish harakatlari davrida va undan keyin, ayniqsa Iroqda, muhim harbiy va iqtisodiy vazifalarni bajardilar. Qabila Hindiston yarimoroliga qarshi dastlabki arab harbiy harakatlarida samarali qoʻmondonlarni yetishtirib chiqardi[5]. Jumladan, 636-yil atrofida Bahrayn (Sharqiy Arabiston) hukmdori boʻlgan saqiflik Usmon ibn Abulas Hindistonning Debal, Sane va Baruch portlariga dengiz yurishlarini uyushtirdi[6]. 661-yilda Umaviylar xalifaligi tashkil topishi bilan qabilaning nufuzi yanada oshishda davom etdi[6].

Muhammad Saqiflarning ikkita asosiy tarmogʻidan biri boʻlgan Banu Avfning Abu Aqil oilasiga mansub edi[6]. Al-Hajjoj Ikkinchi fitna paytida Umaviylar xalifasi Abdulmalik (685—705) tomonidan qoʻmondon etib tayinlangan va 692-yilda Umaviylarning xalifalik uchun asosiy raqibi Abdullloh ibn az-Zubayrni oʻldirgan, ikki yildan soʻng esa Iroq va sharqiy xalifalik noibi etib tayinlangan[7][4]. Lavozimi koʻtarilgandan soʻng, al-Hajjoj Saqifning homiysi boʻldi va Iroq hamda uning qaramliklarida bir nechta aʼzolarni muhim lavozimlarga tayinladi[8]. Muhammadning otasi Basra hokimi oʻrinbosari etib tayinlangan, ammo uning faoliyati boshqa jihatdan ajralib turmagan[9]. Chach Namada keltirilishicha, Muhammad va al-Hajjoj oʻrtasidagi maktubga koʻra, Muhammadning onasi Habiba al-Uzma (Buyuk Habiba) boʻlgan[9]. Chach Namada Muhammadning Sulb ismli tengdosh ukasi borligi, shuningdek arab manbalarida uning ancha yosh al-Hajjoj ismli ukasi ham borligi va u 740-yilgi Zayd ibn Ali qo‘zg‘oloni paytida Umaviylar qoʻmondoni sifatida xizmat qilganligi koʻrsatilgan[9].

Muhammadning bolalik va oʻsmirlik davri haqida arab manbalarida maʼlumotlar keltirilmagan. Zamonaviy tarixchi Nabi Baxsh Balochning taʼkidlashicha, Muhammad avval Toifda, keyin Basra va Vositda oʻsgan. Oʻsha paytda islom dunyosining harbiy va intellektual markazi boʻlgan Basradagi faoliyati Muhammadning martabasini oshirgan boʻlishi mumkin, Vasitda esa u al-Hajjoj homiyligida taʼlim olgan[10].

Al-Hajjoj Muhammad ibn Yusufni juda yaxshi koʻrar va uni singlisi Zaynabga uylanishga munosib deb bilardi. Biroq Zaynab keksa saqifiylardan boʻlgan al-Hakam ibn Ayyub ibn al-Hakamni afzal koʻrdi va u bilan turmush qurdi. „Kitob al-agʻoniy“da 17 yoshli Muhammad „oʻz davrining eng olijanob saqafiysi“ deb taʼriflanadi. Baluchning xulosasiga koʻra, „Muhammad qulay sharoitlarda iqtidorli, gʻayratli va nozik didli madaniyatli yigit boʻlib voyaga yetdi.“

Fors rahbari

tahrir

Muhammad ibn al-Qosimning ilk vazifasi hozirgi Eron hududidagi Fors viloyatida boʻlib, u yerda undan kurdlar guruhini itoat ettirish talab qilingan. Vazifa muvaffaqiyatli bajarilgach, u Forsga rahbar etib tayinlangan[11]. Ehtimol, amakisi Muhammad ibn Yusuf al-Saqofiyning oʻrnini egallagan boʻlib, u al-Hajjojning ukasi va ilgarigi hokim edi. Sheroz shahrini Muhammad ibn al-Qosim qayta jonlantirgan, degan fikrlar mavjud. U shaharda shohona qarorgohi va undan biroz narida harbiy lager qurdirgan[12][13][14]. Shuningdek, unga Sherozning janubidagi hududni hamda Kaspiy dengizi yaqinidagi uzoq Goʻrgon mintaqasini boʻysundirish vazifasi ham topshirilgan[15].

Bu vaqtda Forsda Ibn al-Ash’as qoʻzgʻolonidan qolgan baʼzi isyonchilar ham boʻlishi mumkin edi. Bu qoʻzgʻolon al-Hajjoj hukmronligini deyarli agʻdarib tashladi. Qoʻzgʻolonchilarning keksa tarafdori va oʻsha davrning nufuzli shia vakili, Jabir ibn Abdulloh al-Ansoriyning shogirdi hamda mashhur hadis roviysi Atiyya ibn Saʼd Al-Hajjojning buyrugʻi bilan Muhammad ibn al-Qosim tomonidan qamoqqa olingan[16]. Undan jazo tahdidi ostida Alini laʼnatlash talab qilingan. Atiyya Aliga laʼnat aytishni rad etgan va jazolangan. Maclean jazoning tafsilotlarini keltirmasa-da, Ibn Hajar Al-asqalani va Tabariy kabi dastlabki tarixchilar uning 400 qamchi bilan savalanganini, tahqirlash maqsadida boshi va soqoli qirib tashlanganini qayd etishadi. Shuningdek, u Xurosonga qochib ketgani va hokimiyat oʻzgarganidan soʻng Iroqqa qaytib kelgani haqida maʼlumot berishadi[17][18].

Sind fonida

tahrir

Hindu Sind va Islom oʻrtasidagi aloqa Roshidun xalifaligi davridagi ilk musulmon missiyalari tomonidan oʻrnatilgan. 649-yilda Makronga hujum qilgan Hakim ibn Jabalo al-Abdiy Ali ibn Abu Tolibning dastlabki tarafdorlaridan biri edi[19]. Ali xalifaligi davrida Sindning koʻplab jatlari Islom[20] taʼsiriga tushgan va ularning ayrimlari hatto Tuya jangida ishtirok etib, Ali uchun jang qilib halok boʻlgan[21]. Ali qoʻshinining zobitlari Haris ibn Murra al-Abdiy va Sayfiy ibn Fasayl al-Shayboniy 658-yilda Makranga hujum qilishdi[22]. Sayfiy 660-yilda Damashq yaqinida Hujr ibn Adi al-Kindiy bilan birga boshi kesilgan yetti shiadan biri edi[23]. Umaviylar davrida koʻplab shialar nisbatan tinch yashash uchun Sind hududidan boshpana izladilar. Ziyod Hindi ana shunday qochqinlardan biri edi[24].

Umaviylarning Sindga qiziqishi

tahrir

Winkning taʼkidlashicha, Umaviylarning mintaqaga boʻlgan qiziqishi medlar (Sindda yashovchi skiflar qabilasi) va boshqalarning faoliyati tufayli kuchaygan[25]. Ilgari medlar oʻz bavarijlarida Dajla daryosining quyilish joyidan Shri Lanka qirgʻoqlarigacha boʻlgan hududda Sosoniylar kemalariga qarshi qaroqchilik qilishgan. Endi esa ular Kutch, Debal va Katxiyavardagi bazalaridan arab kemalariga hujum qilish imkoniga ega boʻlishgan[26].

Islom manbalarining taʼkidlashicha, Debal qaroqchilari va boshqalarning tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan hind savdo yoʻllari boʻylab muntazam olib borgan bu faoliyati arablarni hududni boʻysundirishga majbur qilgan. Buning sababi Sindning asosiy vazifasini oʻtagan dengiz portlari va yoʻllarini, shuningdek, quruqlikdagi oʻtish yoʻllarini nazorat qilish zaruriyati edi[27]. Hajjojning rahbarligi davrida Debaldagi medlar oʻz bosqinlaridan birida Shri Lankadan Arabistonga sayohat qilayotgan musulmon ayollarni oʻgʻirlab ketishgan. Bu voqea Umaviylar xalifaligining kuchayib borayotgan hokimiyatiga asos yaratib, ularga Makron, Balujiston va Sind hududlarida mustahkam oʻrnashish imkoniyatini bergan[28][29][30].

Ushbu kampaniyaning yana bir sababi sifatida arab bosqinidan qochayotgan sosoniylar va Umaviylar hukmronligini mustahkamlashga qarshi chiqqan arab isyonchilariga boshpana berish siyosati ham koʻrsatilgan[oydinlashtirilsin].

Mavlalar (yangi arab boʻlmagan musulmon kelgindilar) koʻpincha Al-Hajjojning siyosiy raqiblari bilan ittifoq tuzgan va shu sababli Umaviylar xalifaligining Kobul, Sind va Movarounnahr kabi chegaralarida boʻlgan janglarda ishtirok etishga majbur boʻlgan[31]. Bu mintaqaga haqiqiy yurish Roshidun xalifasi Umar ibn Xattob davridan beri arab siyosatida maʼqullanmagan edi. U bu yerning yashash uchun noqulay va qashshoq yer ekanligi haqidagi maʼlumotlarni olgach, mintaqaga keyingi harbiy yurishlarni toʻxtatgan[manba kerak].

Sind vodiysining zabt etilishi

tahrir

Hajjoj bu yurishga ikkinchi yurishga qaraganda koʻproq eʼtibor qaratib, puxta rejalashtirdi[32]. 708- va 711-yillar oraligʻida, u mos ravishda atigi 15—17 yoshda boʻlganiga qaramay, Muhammad ibn al-Qosimni yurishga rahbar etib tayinladi. Buning sababi, oldingi ikki Umaviy qoʻmondoni Sind hukmdori Raja Dahirni musulmon kemalariga Sind qirgʻoqlari yaqinida qaroqchilar hujumiga yoʻl qoʻygani uchun jazolay olmagani edi[33]. Al-Hajjoj bu harbiy yurishni Kufadan boshqargan boʻlib, Muhammad ibn al-Qosim bilan muntazam aloqada boʻlgan. Buning uchun Basra va Sind oʻrtasida maxsus choparlar yuborilgan[34]. Muhammad ibn al-Qosim rahbarligida Sherozdan yoʻlga chiqqan qoʻshin 6000 nafar suriyalik otliq askar va Iroqdan kelgan mavla boʻlinmalaridan tashkil topgan edi[35]. Sind chegarasiga yetgach, unga oldindan yuborilgan qoʻriqchilar va olti ming tuyali otliq askar qoʻshildi. Keyinchalik, Makran hokimining qoʻshimcha kuchlari dengiz orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Hind daryosining quyilish joyidagi Debal (Daybul) shahriga beshta manjaniq (tosh otuvchi qurol) bilan birga yetkazildi[36]. Pirovardida Sindni zabt etgan qoʻshinga Jatlar va Medlar, shuningdek, arablarning Sinddagi muvaffaqiyatlari haqida eshitgan boshqa tartibsiz guruhlar ham qoʻshildi[37]. Muhammad ibn al-Qosim oʻz qoʻshinlarini toʻplab, Makron sahrosidan oʻtayotganida, ilgari arablar tomonidan bosib olingan Fannazbur va Arman Belah (Lasbela) shaharlarini qayta boʻysundirishga majbur boʻldi[38].

Muhammad ibn al-Qosimning Sind yurishida birinchi boʻlib hujum qilingan shahar Debal edi. Al-Hajjojning buyrugʻiga koʻra, u Debaldan qasos oldi: shahar aholisi va ruhoniylariga shafqat qilmadi hamda ulkan ibodatxonani vayron qildi[39][33]. Debaldan soʻng arab qoʻshini shimoli-sharq tomon yurish qilib, Nerun va Sadusan (Sehvan) kabi shaharlarni jang qilmasdan egalladi[40]. Urush oʻljalarining beshdan bir qismi, jumladan qullar, al-Hajjoj va xalifaga yuborildi[41]. Bu shaharlarni bosib olish nisbatan oson kechdi, biroq Dahirning Hind daryosining[lower-alpha 1] narigi tomonida tayyorgarlik koʻrayotgan qoʻshinlari bilan hali toʻqnashuv boʻlmagan edi. Ularga qarshi kurashishga tayyorgarlik koʻrish uchun Muhammad al-Hajjoj yuborgan taʼminot va qoʻshimcha kuchlarni qabul qilish maqsadida Nerunga qaytib keldi. Hind daryosining sharqiy qirgʻogʻida qarorgoh tuzgan Muhammad ibn al-Qosim elchilar yuborib, daryo boʻyidagi Jatlar va qayiqchilar bilan kelishdi[42]. „Bet oroli podshohi“ Mokah Basayaning koʻmagini olgach, Muhammad daryodan oʻtdi va u yerda unga Bhattaning Thakore hamda gʻarbiy Jatlarning kuchlari qoʻshildi[43].

Arorda (Rohri) Muhammad ibn al-Qosim Dahir qoʻshinlari va sharqiy jatlar bilan jangga kirdi[44]. Dahir jangda halok boʻldi, uning kuchlari magʻlubiyatga uchradi va Muhammad ibn al-Qosim Sind ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi[45].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Gabrieli 1965, s. 281.
  2. Gabrieli 1965, ss. 281–282.
  3. Baloch 1953, s. 244.
  4. 4,0 4,1 Gabrieli 1965, s. 282.
  5. Lecker 2000, s. 432.
  6. 6,0 6,1 6,2 Baloch 1953, s. 243.
  7. Baloch 1953, ss. 243–244.
  8. Baloch 1953, s. 244, note 11.
  9. 9,0 9,1 9,2 Baloch 1953, s. 245.
  10. Baloch 1953, ss. 245–246.
  11. Asani, Ali (2006), „Muhammad ibn al-Qasim“, in Meri, Josef W. (muh.), Medieval Islamic Civilization: L-Z, Taylor & Francis, 524–525-bet, ISBN 978-0-415-96692-4
  12. Durrani, Ashiq Muhammad Khān (1991), History of Multan: from the early period to 1849 A.D., Vanguard, 10-bet, ISBN 9789694020457
  13. Limbert, John (2004), Shiraz in the Age of Hafez: The Glory of a Medieval Persian City, University of Washington Press, 4-bet, ISBN 978-0-295-98391-2
  14. The Silk Road Encyclopedia, Seoul Selection, 18 July 2016, 1622-bet, ISBN 978-1-62412-076-3
  15. Asani, Ali (2006), „Muhammad ibn al-Qasim“, in Meri, Josef W. (muh.), Medieval Islamic Civilization: L-Z, Taylor & Francis, 524–525-bet, ISBN 978-0-415-96692-4
  16. Maclean, Derryl N. (1989), Religion and Society in Arab Sind, BRILL, pp. 126, ISBN 90-04-08551-3
  17. History of al-Tabari Vol. 39, pp. 228, under „Those Who Died in the Year 111“, State University of New York Press, (1998).
  18. Ibn Hajar al-‘Asqalani, „Tahdhib al-Tahdhib“, Volume 7, pp 226, narrator no. 413.
  19. MacLean1989, s. 126
  20. S. A. A. Rizvi, „A socio-intellectual History of Isna Ashari Shi’is in India“, Volo. 1, pp. 138, Mar’ifat Publishing House, Canberra (1986).
  21. MacLean1989, s. 126
  22. MacLean1989, s. 126
  23. MacLean1989, s. 126
  24. S. A. N. Rezavi, „The Shia Muslims“, in History of Science, Philosophy and Culture in Indian Civilization, Vol. 2, Part. 2: „Religious Movements and Institutions in Medieval India“, Chapter 13, Oxford University Press (2006).
  25. Wink 2002, s. 164
  26. Wink 2002, s. 164
  27. Wink 2002, ss. 51–52
  28. Wink 2002, s. 164
  29. Nicholas F. Gier, From Mongols to Mughals: Religious violence in India 9th-18th centuries, Presented at the Pacific Northwest Regional Meeting American Academy of Religion, Gonzaga University, May 2006.
  30. Shoeb, Robina (2016). "Female Sufism in Pakistan: A Case Study of Bibi Pak Daman". Pakistan Vision 17 (1): 229. "But this version of the story is almost absent and not accepted by many historians, because Muhammad bin Qasim attacked Sindh to punish the then ruler of Sindh Raja Dahir who captured some Muslim women, and to release them he attacked Sindh." 
  31. Wink 2002, ss. 201–205
  32. Wink 2002, ss. 201–205
  33. 33,0 33,1 Friedmann 1993, s. 405.
  34. Wink 2002, ss. 201–205
  35. Wink 2002, ss. 201–205
  36. Wink 2002, ss. 201–205
  37. Wink 2002, ss. 201–205
  38. Wink 2002, s. 131
  39. Wink 2002, ss. 201–205
  40. Wink 2002, ss. 201–205
  41. Wink 2002, ss. 201–205
  42. Wink 2002, ss. 201–205
  43. Wink 2002, ss. 201–205
  44. Wink 2002, ss. 201–205
  45. Wink 2002, ss. 201–205


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found