Nurmuhammad Taraqqiy
Nurmuhammad Taraqqiy (نور محمد ترکی; 1917-yil 14-iyul — 1979-yil 9-oktyabr) afgʻon kommunist siyosatchisi, jurnalist va yozuvchi. Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining taʼsischi aʼzolaridan biri boʻlib, 1965—1979-yillarda partiya bosh kotibi, 1978—1979-yillarda esa Inqilobiy kengash raisi lavozimlarida ishlagan.
Nurmuhammad Taraqqiy | |
---|---|
نور محمد ترکی | |
Taraqqiy tax. 1978—1979-yillarda | |
Afgʻoniston xalq demokratik partiyasi Bosh kotibi | |
Mansab davri 1965-yil 1-yanvar – 1979-yil 14-sentyabr | |
Oʻtmishdoshi |
Lavozim taʼsis etilgan Muhammad Musa Shafiq (Bosh vazir sifatida, 1973) |
Vorisi | Hafizulloh Amin |
Afgʻoniston inqilobiy kengashi raisi | |
Mansab davri 1978-yil 30-aprel – 1979-yil 14-sentyabr | |
Afgʻoniston vazirlar kengashi raisi | |
Mansab davri 1978-yil 1-may – 1979-yil 27-mart | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-iyul 1917-yil Nava tumani, Gʻazni viloyati, Afgʻoniston amirligi |
Vafoti |
9-oktyabr 1979-yil (62 yoshda) Kobul, Afgʻoniston demokratik respublikasi |
Oʻlim sababi | Boʻgʻib oʻldirilgan |
Siyosiy partiyasi | Afgʻoniston xalq demokratik partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Nur Bibi |
Kasbi | Siyosatchi, jurnalist, yozuvchi |
Taraqqiy Gʻazni viloyatining Nava shahrida tugʻilgan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Balujistonning Pishin tumanida olgan. Kobul universitetini bitirgach, jurnalist vazifasida siyosiy faoliyatini boshlagan. 1940-yillardan boshlab Taraqqiy sotsialistik realizm uslubida romanlar va qisqa hikoyalar yozgan [1]. Kobuldagi qarorgohida Babrak Karmal bilan birga AXDPni tuzib, partiyaning birinchi qurultoyida bosh kotib etib saylangan. 1965-yilgi Afgʻoniston parlament saylovida nomzodini qoʻygan, ammo magʻlubiyatga uchragan. 1966-yilda sinfiy kurashni targʻib qiluvchi Xalq gazetasini nashr qilgan, ammo koʻp oʻtmay hukumat gazetani yopib qoʻygan. 1978-yilda Hafizulloh Amin va Babrak Karmal bilan birgalikda Savr inqilobini uyushtirib, Afgʻoniston demokratik respublikasini tuzishdi.
Taraqqiyning qisqa hukmronlik davri qarama-qarshiliklarda oʻtgani bilan ajralib turardi. Hukumat ikkita AXDP fraksiyasiga boʻlinib qolgan edi. Ular koʻpchilikdan iborat xalqchilar (Taraqqiy boshliq) va kamchilikdan iborat parchamiylar edi. Taraqqiy oʻz himoyachisi Amin bilan birga partiyada tozalash boshladi. Bu jarayon natijasida koʻplab yuqori martabali parchamchilar chet davlatlarga elchi etib tayinlash bahonasida mamlakatdan surgun qilindi. Keyinchalik esa, Taraqqiy va Amin parchamning ichki aʼzolarini qamoqqa ola boshladi. Taraqqiy rejimi dissidentlarni qamoqqa tashladi, qishloq aholisini ommaviy qirgʻin qildi. Ushbu harakatlarni esa Sovet Rossiyasidagi bolsheviklar qoʻllagan Qizil Terror zaruriyati bilan oqlab, Savr inqilobiga qarshi chiqqanlarni yoʻq qilish kerakligini taʼkidladi[2]. Bu omillar, boshqa omillar bilan bir qatorda qoʻzgʻolon boshlanishiga turtki boʻlgan xalq noroziligini keltirib chiqardi. Taraqqiy takroriy urinishlarga qaramay Sovet Ittifoqini fuqaroviy tartib tiklashni qoʻllab-quvvatlash uchun aralashuvga koʻndira olmadi. Amin bu siyosatlarning katta qismini parda ortidan amalga oshirgan edi[3].
Taraqqiyning hukmronlik davri Amin tomonidan yaratilgan amaldagi rahbar shaxsiga sigʻinish bilan ajralib turardi. Davlat matbuoti va targʻibot mashinasi Taraqqiyni „Buyuk yoʻlboshchi“ va „Buyuk ustoz“ deb atay boshladi. Uning portreti esa butun mamlakat boʻylab eng koʻp uchraydigan ramzga aylandi[4]. Taraqqiyning Amin bilan munosabatlari keskin tus oldi. Natijada, 1979-yil 14-sentyabrda Taraqqiy taxtdan agʻdarilib[5], Aminning buyrugʻi bilan oʻldirildi. Kobul matbuoti esa davlat rahbarining kasallikdan vafot etgani haqida xabar berdi. Taraqqiyning oʻlimi 1979-yil dekabr oyida Sovet Ittifoqining aralashuviga olib keldi.
Yoshligi va karyerasi
tahrirTaraqqiy 1917-yil 14-iyulda oʻsha paytda Afgʻoniston amirligi tarkibida boʻlgan Gʻazni viloyatining Nava tumanida Xiljiy pushtun Tarakai qabilasiga mansub dehqon oilasida tugʻilgan[6]. Uch farzandning eng kattasi boʻlib, Navadagi qishloq maktabida oʻqigan[7]. Afgʻoniston qirollik boʻlgach, 1932-yilda Hindistondagi Bombey port shahriga ishlash uchun ketgan. U yerda qandahorlik savdogarlar oilasi bilan tanishgan. Ushbu oila uni pushtun savdo kompaniyasiga kotib lavozimiga ishga olishgan. Taraqqiyning kommunizm bilan ilk bor tungi kurslarda tanishgan. Ushbu kurslarda Hindiston kommunistik partiyasining bir nechta aʼzolari bilan uchrashib, ularning ijtimoiy adolat va kommunistik qadriyatlar haqidagi suhbatlari kuchli taʼsir qilgan. Yana bir muhim voqea Taraqqiyning pushtun millatchisi va Hindistondagi Qizil koʻylaklar harakati rahbari, Vladimir Lenin asarlarining muxlisi boʻlgan Abdulgʻafforxon bilan uchrashuvi boʻldi[8].
Taraqqiy 1937-yilda iqtisodiyot vaziri Abdul Majid Zabuliy qoʻlida ishlay boshladi. Vazir uni bir nechta ruslar bilan tanishtirdi. Taraqqiy keyinchalik Baxtar axborot agentligi rahbari oʻrinbosari boʻlgach, butun mamlakatga yozuvchi va shoir sifatida tanildi. Eng mashhur kitobi De Bang Mosaferida afgʻon ishchi va dehqonlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklari yoritilgan[8]. Sovet Ittifoqida Taraqqiyning asarlari ilmiy-sotsialistik mavzularni mujassam etgan deb hisoblangani uchun rus tiliga tarjima qilingan. Sovet hukumati uni „Afgʻoniston Maksim Gorkiysi“ deya olqishladi[9]. Sovet Ittifoqiga tashrifi chogʻida Taraqqiyni Kommunistik partiya xalqaro boʻlimi rahbari Boris Ponomarev va boshqa Kommunistik partiya aʼzolari kutib olgan[10].
Sardor Muhammad Dovud Xon bosh vazirligi davrida radikallarni bostirish odatiy holat boʻlgan. Biroq, til bilgani tufayli Taraqqiy 1952-yilda Afgʻonistonning AQShdagi elchixonasiga joʻnatildi. Bir necha oy ichida Taraqqiy Zohirshoh boshliq Afgʻoniston qirollik hukumatini qoralay boshlab, uni avtokratiya va diktaturada aybladi. Afgʻoniston qirollik hukumatini fosh qilishi AQShda katta shuhrat keltirdi. Bu voqea Afgʻonistondagi hukumat vakillarining jahlini chiqardi. Ular Taraqqiyni lavozimidan chetlatib, yurtiga qaytishni buyurishdi. Biroq, vaziyat qamoqqa olishgacha bormadi. Qisqa muddat ishsiz qolgan Taraqqiy Qoʻshma Shtatlarning Kobuldagi missiyasida tarjimon vazifasida ish boshladi. 1958-yilda bu ishdan ketib, oʻzining Noor tarjimonlik byurosini tashkil qildi. Toʻrt yil oʻtgach, AQShning Kobuldagi elchixonasida ish boshladi. 1963-yilda kommunistik siyosiy partiya Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasini (AXDP) tashkil etishga eʼtibor qaratish uchun ishdan ketdi[10].
1965-yil 1-yanvarda AXDP taʼsis qurultoyi Kobulning Karte Char tumanidagi Taraqqiyning uyida oʻtkazildi[11]. Unda Taraqqiy bosh kotib lavozimi uchun Babrak Karmalga qarshi boʻlgan saylovda gʻalaba qozondi. Karmal ikkinchi kotib etib saylandi[12]. Taraqqiy 1965-yil sentyabr oyida oʻtgan parlament saylovlarida AXDPdan oʻz nomzodini ilgari surdi, ammo parlamentda oʻrin egallay olmadi[13]. Saylovdan koʻp oʻtmay, Taraqqiy birinchi afgʻon soʻl qanot gazetasi boʻlgan Xalq gazetasini ishga tushirdi. Gazeta ilk nashr qilinganidan bir oy oʻtgach, taqiqlab qoʻyildi. Tashkil etilganiga ikki yil boʻlmay, 1967-yilda AXDP ikkiga boʻlinib ketdi. Ulardan eng yirigi Taraqqiy boshliq Xalq boʻlsa, ikkinchisi Karmal boshliq Parcham (Bayroq) edi. Mazkur fraksiyalar oʻrtasidagi asosiy farq mafkuraviy boʻlib, Taraqqiy leninistik davlat yaratishni qoʻllagan boʻlsa, Karmal „keng demokratik front“ yaratmoqchi edi[14].
1978-yil 17-aprelda Mir Akbar Haybar ismli taniqli soʻlchi oʻldirilib, qotillikda Muhammad Dovudxon boshliq Afgʻoniston Respublikasi ayblangan. Uning oʻlimi kommunistparast afgʻonlar birlashuviga sabab boʻldi. Kommunistik davlat toʻntarishidan xavotirga tushgan Dovudxon AXDP rahbarlaridan ayrimlari, jumladan Taraqqiy va Karmalni qamoqqa olishni, Hafizulloh Amin kabilarni esa uy qamogʻiga olishni buyurdi[15]. 1978-yil 27-aprelda Savr inqilobi boshlangan. Xabarlarga koʻra, bu vaqtda Amin hali uy qamogʻida boʻlgan. Dovudxon ertasi kuni aksariyat oila aʼzolari bilan birga oʻldirilgan. AXDP tez orada nazoratni qoʻlga olib, 1-may kuni Taraqqiy [[Inqilobiy kengash raisi boʻldi. Bu lavozim prezident va Vazirlar Mahkamasi raisi (bosh vazir) lavozimlarini qamrab olardi. Shu bilan Afgʻonistonda 1992-yil aprelgacha davom etgan rejim oʻrnatilib, mamlakat nomi Afgʻoniston Demokratik Respublikasi (ADR) deb oʻzgartirildi[16].
Rahbarlik davri
tahrirLavozimi taʼsis etilishi va tozalash
tahrirTaraqqiy AXDP raisi lavozimini saqlab qolgan holda Inqilobiy kengash raisi (davlat rahbari) hamda Vazirlar kengashi (hukumat rahbari) raisi lavozimlarini egalladi. Dastlab xalqchilar va parchamchilardan iborat hukumat tuzildi[18]. Karmal Inqilobiy kengash Prezidiumi raisining oʻrinbosari[19], Amin esa Tashqi ishlar vaziri[18] va Vazirlar kengashi raisining oʻrinbosari boʻldi[20]. Tez orada ichki muammolar paydo boʻlib, bir qancha taniqli xalqchilar Parcham fraksiyasini Taraqqiy hukumatiga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblashdi. Shundan soʻng Xalq fraksiyasi tomonidan Parcham aʼzolarini tozalash boshlanib, fraksiyaning eng koʻzga koʻringan aʼzolari mamlakatdan chiqarib yuborildi. Jumladan, Karmal Afgʻonistonning Chexoslovakiyadagi elchisi etib tayinlandi. Muhammad Najibulloh esa Afgʻonistonning Erondagi elchisi lavozimiga oʻtkazildi. Ichki kurash nafaqat xalqchilar va parchamchilar oʻrtasida, balki Xalq fraksiyasi ichida Taraqqiy va Amin oʻrtasida hokimiyat uchun keskin kurash koʻrinishida ham boshlangan edi[18]. Karmal Chexoslovakiyadan Afgʻonistonga chaqirilganda, ortga qaytish oʻrniga doʻsti va Afgʻonistonning Yugoslaviyadagi sobiq elchisi Anahita Ratebzad bilan yashirindi. Chunki Karmal vatanga qaytgach, qatl etilishidan xavotirda edi. Muhammad Najibulloh ham xuddi shunday yoʻl tutdi. Natijada, Taraqqiy ularni barcha unvonlar va siyosiy hokimiyatdan mahrum qildi[21][22]. Taraqqiy boshliq yangi hukumat Savr inqilobiga qarshi chiqqanlarni qatagʻon qilish kompaniyasini boshladi. Bu kompaniya natijasida minglab odamlar, asosan Puli Charxiy qamoqxonasida halok boʻldi[23]. 1978-yil apreldan 1979-yil dekabrgacha mazkur qamoqxonada qatl etilganlar soni 27 ming kishini tashkil qildi[24].
Ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar
tahrirYer islohoti
tahrirTaraqqiy hukumati 1979-yil 1-yanvarda bir oila egalik qilishi mumkin boʻlgan yer miqdorini cheklashga doir yer islohoti tashabbusi bilan chiqdi. Mulki meʼyordan ortiq boʻlganlarning mol-mulki davlat hisobga kompensatsiyalarsiz musodara qilinardi. Afgʻon hukumati mazkur islohot qishloq aholisi tomonidan maʼqullanib, burjuaziya kuchiniz zaiflashtirishiga ishongan edi. Islohot 1979-yil oʻrtalaridan yakunlangan deb eʼlon qilinib, hukumat 665 000 gektar (taxminan 1 632 500 akr) yer qayta taqsimlangani aytildi. Hukumat, shuningdek, yer islohoti atigi 40 000 oilaga yoki umumiy aholining 4 foiz qismiga salbiy taʼsir qilganini eʼlon qildi[25].
Hukumat kutganidan farqli oʻlaroq, islohot ommabop ham, samarador ham boʻlmadi. Islohot natijasida qishloq xoʻjaligida hosildorlik keskin kamayib, afgʻonlar orasida norozilik kuchayib ketdi[25]. Taraqqiy xalqning islohotdan noroziligini anglagach, tezda mazkur siyosatdan voz kechdi[26]. Biroq, yer islohoti Karmal maʼmuriyati davrida ham bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Yer islohotining ushbu bosqichi qancha yer maydoniga taʼsir qilgani haqida esa maʼlumot mavjud emas[27].
Boshqa islohotlari
tahrirToʻntarishdan keyingi oylarda Taraqqiy va boshqa partiya rahbarlari an’anaviy afgʻon qadriyatlariga hamda qishloq joylardagi mustahkam oʻrnashgan an’anaviy hokimiyat tizimlariga qarshi chiquvchi boshqa radikal marksistik siyosatlarni joriy eta boshladilar. Taraqqiy ayollarni siyosiy hayotga yaqinlashtirib, majburiy nikolarni bekor qilish tizimini qonuniylashtirdi. Biroq, Taraqqiy chuqur islomiy madaniyat va uzoq tarixga ega boʻlgan hamda har qanday kuchli markazlashgan hokimiyat nazoratiga qattiq qarshilik koʻrsatgan xalqni boshqargan[28]. Shu tufayli Taraqqiy islohotlarining aksariyatini amalda butun mamlakat boʻylab joriy etish imkoni boʻlmagan. Taraqqiy siyosatidagi keskin oʻzgarishlardan norozilik butun mamlakat boʻylab tartibsizliklarga sabab boʻlib, mamlakat hududlarining katta qismi amalda hukumat nazoratidan chiqib ketdi[29]. Islohotlarga qarshi kurashning kuchayib borishi oqibatida Afgʻonistonda fuqarolar urushi kelib chiqish xavfi yuzaga keldi[30].
Hukumat feodal deb hisoblagan ayrim amaliyotlar, jumladan, sudxoʻrlik, qalin puli va majburiy nikoh kabi odatlar taqiqlandi hamda nikoh uchun belgilangan minimal yosh chegarasi oshirildi[31][32]. Hukumat ham ayollar, ham erkaklar taʼlimiga katta eʼtibor berib, savodxonlik boʻyicha yirik kompaniya boshladi[33].
Muhammad Dovudxon hukmronligi davrida 20 yil ichida savodsizlikni tugatish maqsadida UNESCO tomonidan yaratilgan savodxonlik dasturi ishga tushirilgan edi. Taraqqiy hukumati 20 yillik muddatni toʻrt yilgacha qisqartirishga uringan. Biroq, oʻqituvchilar yetishmovchiligi va hukumatning bunday yirik tashabbusni nazorat qilish imkoniyati cheklangani bois ushbu maqsad real voqelikka toʻgʻri kelmasdi. Mazkur loyiha muddati keyinchalik Sovet Ittifoqi aralashuvidan soʻng, sovetlar tomonidan yetti yilga uzaytirildi. Taraqqiy UNESCO dasturining madaniy qismini „choʻpchak“ deb eʼlon qilib, uning oʻrniga siyosiy qismini joriy etishni maʼqul koʻrdi. Ushbu yoʻnalish uchun asosiy oʻqitish materiallari esa AXDP varaqalari va soʻl qanotga oid risolalar orasidan tanlandi[29].
1978-yil 19-avgust, Afgʻoniston mustaqilligi kunida Taraqqiy mamlakatdagi birinchi telekanal Afgʻoniston milliy televideniyesining eshittirishlarini boshlab berdi[34].
Afgʻon—Sovet aloqalari
tahrirTaraqqiy 1978-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi bilan yigirma yillik doʻstlik shartnomasi imzolash orqali oʻz rejimiga Sovetlar yordamini sezilarli darajada kengaytirishga erishdi[35]. Hirot qoʻzgʻolonidan soʻng, Taraqqiy SSSR Ministrlar soveti raisi Aleksey Kosigin bilan bogʻlanib, „odamlar va qurol-yarogʻ tomonlama amaliy va texnik yordam“ soʻradi. Kosigin bunday harakat oʻz mamlakatiga salbiy siyosiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli sabab mazkur taklifni yoqtirmay, Taraqqiyning Afgʻonistonda Sovet harbiy yordamini soʻrash boʻyicha keyingi barcha urinishlarini rad etdi[36]. Kosigin rad etgandan soʻng, Taraqqiy Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Bosh kotibi va Sovet davlat rahbari Leonid Brejnevdan yordam soʻradi. Brejnev esa Sovet Ittifoqining toʻliq aralashuvi „faqat dushmanlarimizga – ham sizning, ham bizning dushmanlarimizga qoʻl keladi“, deya Taraqqiyni ogohlantirdi. Shuningdek, Brejnev Taraqqiyga radikal ijtimoiy islohotlarni yengillashtirish va oʻz rejimini koʻproq qoʻllab-quvvatlashni maslahat berdi[37].
1979-yilda Taraqqiy Kubaning Gavana shahrida boʻlib oʻtgan Qoʻshilmaslik harakatining konferensiyasida ishtirok etdi. Ortga qaytishda 20-mart kuni Moskvada toʻxtab, Brejnev, tashqi ishlar vaziri Gromiko va boshqa sovet amaldorlari bilan uchrashdi. Mish-mishlarga koʻra, Karmal Taraqqiyning Xalq fraksiyasi bilan Parcham oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etib, ularni Amin hamda uning tarafdorlariga qarshi birlashtirish maqsadidagi yigʻilishda ishtirok etgan[38]. Uchrashuvda Taraqqiy Sovet Ittifoqining qoʻllab-quvvatlashiga erishgani, jumladan, Sovet—afgʻon chegarasida ikkita sovet qurolli diviziyasini qayta joylashtirish, 500 nafar harbiy va fuqaroviy maslahatchilar hamda mutaxassislar yuborish, zudlik bilan sovet qurol-yarogʻlarini asl narxidan 25 foiz arzonroqqa yetkazib berish boʻyicha muzokaralarda muvafaqqiyat qozongani haqida aytgan. Biroq, Afgʻonistondagi voqealar sovetlarga yoqmay, Brejnev Taraqqiyga partiyaviy birlik zarurligini taʼkidladi. Taraqqiy bilan kelishuvga qaramay, Sovetlar Afgʻonistonga ortiq aralashishni istashmadi va Taraqqiy hukmronligi davrida, shuningdek, Aminning qisqa hukmronlik davrida ham Afgʻoniston chegaralarida Sovet harbiy aralashuvi haqidagi soʻrovlarni qayta-qayta rad etishdi[39].
Taraqqiy va Amin oʻrtasidagi ajralish
tahrir1978-yil aprel inqilobidan keyingi dastlabki oylarda Hafizulloh Amin va Taraqqiy juda yaqin munosabatda boʻlishgan. Taraqqiy „Amin va men tirnoq va etga oʻxshaymiz, ajralmasmiz“, deya taʼkidlagan. Amin Taraqqiyga asoslangan shaxs kultini yaratishga kirishdi[40]. Partiya va hukumat yigʻilishlarida Amin har doim Taraqqiyni „Buyuk yoʻlboshchi“, „Sharq yulduzi“ yoki „Buyuk mutafakkir“ deb atagan boʻlsa[41], Aminga „Haqiqiy shogird va oʻrganuvchi“ unvoni berilgan. Keyinchalik Amin oʻzi yaratgan Kim II Sung uslubidagi shaxsga sigʻinish Taraqqiyni haddan ortiq oʻziga ishonish va oʻz porloqligiga shubha qilmaslikka ilhomlantira boshlagach, Amin haqiqiy maxluq yaratganini anglaydi[40]. Taraqqiy Aminning takliflariga eʼtiborni kamaytibi, Aminda kuchli norozilik hissini uygʻotdi. Ularning munosabatlari tobora keskinlashib borar ekan, ikki lider oʻrtasida Afgʻoniston armiyasini nazorat qilish uchun hokimiyat kurashi boshlandi[40]. Munosabatlar oʻsha yil oxirida Amin oilasining bir necha aʼzolarini yuqori lavozimlarga tayinlagach, Taraqqiy uni nepotizmda ayblagach, yanada keskinlashdi[42].
1978-yil 3-avgust kuni KGB delegatsiyasi Afgʻonistonga tashrif buyurdi. General Oleg Kalugin dastlabki taassurotiga asoslanib, Taraqqiy „mamlakatni uzoq vaqt boshqarish uchun jismoniy kuch va tayanchga ega emas“, shu bilan birga Amin esa „juda taʼsirchan shaxs“ ekanligini taʼkidlagan[3].
Taraqqiy Aminga qarshi kurashda toʻrtta mashhur armiya zobitining qoʻllashiga ishonishi mumkin boʻlib, ular Aslam Vatanjar, Sayid Muhammad Gulabzoy, Sherjon Mazdoryor va Asadulla Sarvariylar edi. Ushbu shaxslar AXDPga mafkuraviy sabablar tufayli emas, balki oʻzlarining yuksak siyosiy ambitsiyalari tufayli qoʻshilishgan edi. Ushbu guruh, shuningdek, Sovet Ittifoqining Afgʻonistondagi elchisi Aleksandr Puzanov bilan yaqin aloqada boʻlib, undan Aminga qarshi harakatda foydalanishga tayyor edilar. 1979-yil 17-martdagi Hirot qoʻzgʻolonidan soʻng, AXDP siyosiy byurosi va Inqilobiy kengash Vatan Oliy mudofaa kengashini tashkil etdi. Kengash raisligiga Taraqqiy saylandi. Amin esa unga oʻrinbosar boʻldi. Taxminan shu vaqtda Taraqqiy Vazirlar kengashi raisi lavozimini tark etib, uning oʻrniga Amin qoldi. Ushbu yangi lavozim Aminga real siyosiy kuch bermadi. Buning sababi Amin Vazirlar kengashi raisi lavozimida hukumat aʼzolarining barchasini tayinlash huquqiga ega boʻlsa-da, ushbu tayinlovlarning barchasini davlat rahbari Taraqqiy tasdiqlashi shart edi. Aslida, bu manyovr orqali Taraqqiy Aminning taʼsir doirasini sezilarli darajada cheklab qoʻygan edi. Taraqqiy Aminni yangi, ammo amalda siyosiy taʼsiri yoʻq lavozimning “ogʻir” masʼuliyatini oʻz zimmasiga olish uchun afgʻon armiyasi nazoratidan voz kechishga majbur qila oldi[43].
Taraqqiy Kubadagi Qoʻshilmaslik harakatining 6-sammitiga tashrif buyurgan vaqtda prezidentning „Toʻrtlik“ nomini olgan guruhi Amin ularni qamoqqa olish yoki oʻldirish rejasini tuzayotgani haqidagi razvedka maʼlumotini olishdi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, mazkur xabar notoʻgʻri ekan[43]. Shunga qaramay, Toʻrtlikka Aminni oʻldirish buyurildi. Guruh rahbari Sarvariy qotillikni amalga oshirish uchun jiyani Aziz Akbariyni tanladi. Biroq, Akbariyga u tanlangan qotil ekanligi yoki vazifaning maxfiy ekanligi aytilmagan edi. Shu tufayli Akbariy mazkur maʼlumotni Sovet elchixonasidagi hamkorlariga ishonib aytib qoʻygan. Elchixona Aminni ogohlantirib, uni muqarrar oʻlimdan qutqarib qoldi[38].
Oʻldirilishi
tahrir1979-yil 11-sentyabrda Moskvadan Qobulga qaytib kelgan rais Taraqqiyni aeroportda Amin kutib oldi. Samolyot soat 2:30da qoʻnishi kerak edi. Biroq, hukumat ustidan nazorat oʻrnatgani haqida bildirishni istagan Amin qoʻnishni bir soat kechiktirishga majbur qildi. Koʻp oʻtmay, Taraqqiy Vazirlar kengashiga Gavan sammiti natijalari haqida maʼlumot berish oʻrniga, Sovetlar fitnasi boʻyicha Aminni oʻz lavozimidan chetlatishga urindi. Taraqqiy Aminning qudrati va taʼsirini cheklash maqsadida chet elda elchilik lavozimini taklif qildi. Amin bu taklifni qatʼiy rad etib, „oʻzingiz ketishingiz kerak. Ichkilikbozlik va qarilik tufayli aql-hushingizni yoʻqotib qoʻygansiz“, deya baqirgan. Ertasi kuni Taraqqiy Aminni oʻzi va toʻrtlik toʻdasi bilan birga tushlik qilish uchun Argga (Prezident saroyi) taklif qildi. Amin taklifni rad etib, ular bilan tushlik qilishdan koʻra, isteʼfoga chiqqani maʼqul ekanini aytdi. Sovet elchisi Puzanov Aminni politsiya boshligʻi Sayid Dovud Tarun va Navab Ali (razvedka xodimi) hamrohligida saroyga borishga koʻndira oldi. 14-sentyabr kuni saroy ichidagi qoʻriqchilar tashrif buyuruvchilarga qarata oʻt ochishdi. Tarun halok boʻldi. Amin esa jarohat olganiga qaramay, Mudofaa vazirligiga borib, oʻz mashinasida qochib keta oldi. Koʻp oʻtmay, Amin armiyani yuqori darajada shaylik holatiga keltirdi. Taraqqiyni hibsga olishni buyurib, voqea haqida telefon orqali Puzanovga maʼlum qildi. Kechqurun soat 6:30 da 4-zirhli korpus tanklari shaharga kirib, hukumat pozitsiyalarida turardi. Amin armiya zobitlari kontingenti bilan Argga qaytib, Taraqqiyni hibsga oldi. Biroq, toʻrtlik toʻdasi Sovet elchixonasidan panoh topib, „gʻoyib boʻlishdi“[44].
Sovetlar Aminni Taraqqiy va uning hamkorlarini lavozimlaridan chetlatish niyatidan qaytarishga urinishdi. Biroq, Amin buni rad etdi. 15-sentyabr kuni Bagram aerodromidagi Sovet batalyoni va elchixona Taraqqiyni qutqarish uchun tayyor holga keltirildi, ammo ularga harakat qilish haqida hech qanday buyruq berilmadi. Chunki, Sovetlar Amin kuchlari ustunlikka ega ekanini his qilib turishgan edi[45]. 16-sentyabr kuni soat 20:00 da Kobul radiosi Taraqqiy AXDP Siyosiy byurosiga oʻz vazifalarini davom ettira olmasligini va Siyosiy byuro Aminni yangi bosh kotib etib saylagani haqida maʼlum qilganini eʼlon qildi. Taraqqiy hibsga olinganidan soʻng, Amin voqeani Brejnev bilan muhokama qilgani aytiladi. Muhokamada Amin „Taraqqiy hamon tirik. Uni nima qilsam ekan“, deb soʻraydi[44]. Brejnev esa savolga javoban „Bu sening tanloving“, deb aytgan. Oʻzini Sovetlar toʻliq qoʻllab-quvvatlashiga ishongan Amin Taraqqiyni oʻldirishga buyruq berdi. Taraqqiyning oʻldirilishi 1979-yil 8-oktyabrda sodir boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, Aminning buyrugʻi bilan uch kishi uni yostiqlar yordamida boʻgʻib oʻldirgan. Qotillar Taraqqiyga boʻgʻib oʻldirishlari uchun toʻshakka yotishni buyurishganda qarshilik qilmadi va hech narsa demadi[46]. Uning jasadi tunda yashirincha koʻmilgan. Bu xabar Taraqqiyni himoya qilishga ont ichgan Brejnevni larzaga soldi. Bu voqea, shuningdek, ikki oydan soʻng sodir boʻlgan Sovet Ittifoqi harbiy aralashuvining sabablaridan biri edi. Ikki kundan soʻng, Afgʻoniston ommaviy axborot vositalari bemor Taraqqiy „jiddiy kasallik“ tufayli vafot etgani haqida xabar berdi. Xabarlarda prezidentning oʻldirilgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻq edi[44][47].
Oʻlimidan keyingi voqealar
tahrirTaraqqiy qatl etilgan kun, uning katta oilasidan 28 kishi (jumladan, uning xotini va akasi ham) Puli Charxiy qamoqxonasiga qamab qoʻyilgan[48]. Karmal hokimiyat tepasiga kelgach, Taraqqiyning qamoqqa olingan qarindoshlari, shu jumladan, bevasi ham ozod qilingan[49].
Kabul New Times gazetasining 1980-yil 2-yanvardagi (AXDP tashkil topganining 15 yilligi kuni) sonida taʼlim vaziri Anaxita Ratebzad Taraqqiyni „vatanning jafokash farzandi“, deya ulugʻlab, Hafizulloh Aminni „Amerika imperializmining yovvoyi zolimi, vahshiy, aqldan ozgan va tan olingan aygʻoqchisi“, deya qoralagan[50].
Kitoblari
tahrirRomanlari
tahrir- De Bang musāfirī birinchi mashhur romani. 1957-yilda nashr etilgan. Bang safari asarida pushtun dunyosiga marksistik nuqtai nazardan qaralgan. Asar „sovet yozuvchisi Maksim Gorkiy asarlarining pushtun tilidagi taqlididir“[51].
- Ṡaṛah afgʻon feodallari tanqid ostiga olingan asar.
- Sangsār
- Spīn
- Be tarbiyatah zoy
Qisqa hikoyalari
tahrir- Mochī : da lanḍo kīso ṭolagah
Esseylari
tahrir- Pahāṛon̲ kā baiṭā : ek Pukhtun kī dāstān-i alam urdu tilida yozilgan. Asosan, Balujistondagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy sharoitlar haqida.
Manbalar
tahrir- ↑ Shaista Wahab & Barry Youngerman, A Brief History of Afghanistan, Infobase Publishing (2007), p. 137
- ↑ „The World Was Going Our Way: The KGB and the Battle for the Third World“.
- ↑ 3,0 3,1 The Intervention in Afghanistan and the Fall of Detente: A Chronology
- ↑ Edwards, David B.. Before Taliban. Genealogies of the Afghan Jihad. University of California Press, 2002 — 72-bet. ISBN 0-520-22861-8.
- ↑ Hafeez, Malik. Soviet-Pakistan Relations and Post-Soviet Dynamics, 1947–92. Springer, 1994 — 263-bet. ISBN 978-1-349-10573-1.
- ↑ Arnold, Anthony. Afghanistan's Two-Party Communism. Parcham and Khalq. Hoover Institution Press, 1983 — 15-bet. ISBN 0-8179-7792-9.
- ↑ Reddy, L.R.. Inside Afghanistan: End of the Taliban Era?. APH Publishing, 2002 — 79-bet. ISBN 978-8176483193.
- ↑ 8,0 8,1 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 107-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 107–108-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ 10,0 10,1 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 108-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 103-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 101-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Dorronsoro, Gilles. Revolution Unending: Afghanistan, 1979 to the Present. C. Hurst & Co. Publishers, 2005 — 74-bet. ISBN 978-0231136266.
- ↑ Gladstone, Cary. Afghanistan Revisited. Nova Publishers, 2001 — 113-bet. ISBN 978-1590334218.
- ↑ Gladstone, Cary. Afghanistan Revisited. Nova Publishers, 2001 — 116-bet. ISBN 978-1590334218.
- ↑ Gladstone, Cary. Afghanistan Revisited. Nova Publishers, 2001 — 116–117-bet. ISBN 978-1590334218.
- ↑ Adamec, Ludwig. Historical Dictionary of Afghanistan. Scarecrow Press, 2011 — xlix–lii-bet. ISBN 978-0-8108-7815-0.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Gladstone, Cary. Afghanistan Revisited. Nova Publishers, 2001 — 117-bet. ISBN 978-1590334218.
- ↑ ; Wilkenfeld, JonathanA Study of Crisis. University of Michigan Press, 1997 — 356-bet. ISBN 978-0-472-10806-0.
- ↑ ; Nirmal, A.Urban Terrorism: Myths and Realities. Pointer Publishers, 2009 — 219-bet. ISBN 978-81-7132-598-6.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 319-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Refugees, United Nations High Commissioner for „Refworld | Women in Afghanistan: Pawns in men's power struggles“. Refworld.
- ↑ Kepel, Gilles. Jihad: The Trail of Political Islam. Harvard University Press, 2002 — 138-bet. ISBN 978-0-674-01090-1. OCLC 685132509.
- ↑ Kaplan, Robert D., Soldiers of God: With Islamic Warriors in Afghanistan and Pakistan, New York, Vintage Departures, (2001), p. 115
- ↑ 25,0 25,1 Amtstutz, J. Bruce. Afghanistan: The First Five Years of Soviet Occupation. DIANE Publishing, 1994 — 315-bet. ISBN 978-0788111112.
- ↑ Amtstutz, J. Bruce. Afghanistan: The First Five Years of Soviet Occupation. DIANE Publishing, 1994 — 315–316-bet. ISBN 978-0788111112.
- ↑ Amtstutz, J. Bruce. Afghanistan: The First Five Years of Soviet Occupation. DIANE Publishing, 1994 — 316-bet. ISBN 978-0788111112.
- ↑ Ishiyama, John (March 2005). The Sickle and the Minaret: Communist Successor Parties in Yemen and Afghanistan after the Cold War. 19. Middle East Review of International Affairs. http://meria.idc.ac.il/journal/2005/issue1/jv9no1a2.html. Qaraldi: 19 April 2011.Nurmuhammad Taraqqiy]]
- ↑ 29,0 29,1 Amtstutz, J. Bruce. Afghanistan: The First Five Years of Soviet Occupation. DIANE Publishing, 1994 — 317-bet. ISBN 978-0788111112.
- ↑ Brown, Archie. The Rise & Fall of Communism. London: Bodley Head, 2009 — 356-bet. ISBN 978-0-224-07879-5.
- ↑ „Women's Rights in the PDPA“. En.convdocs.org (1978-yil 4-noyabr). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
- ↑ „Secular PDPA“. Countrystudies.us. Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
- ↑ „Women in Afghanistan: Pawns in men's power struggles“. Amnesty International (1999-yil noyabr). Qaraldi: 2009-yil 24-mart.
- ↑ „Taraki opens Afghanistan's TV station“. The Kabul Times (1978-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ Rubinstein, Alvin. Moscow's Third World Strategy. Princeton University Press, 1990 — 134-bet. ISBN 978-0-691-02332-8.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 134-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Grigory, Paul. Lenin's Brain and Other Tales from the Secret Soviet Archives. Hoover Press, 2008 — 121-bet. ISBN 978-0817948122.
- ↑ 38,0 38,1 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 124-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Rasanayagam, Angelo. Afghanistan: A Modern History. I.B.Tauris, 2005 — 86–88-bet. ISBN 978-1850438571.
- ↑ 40,0 40,1 40,2 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 122-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 119-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 122–123-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ 43,0 43,1 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 123-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ 44,0 44,1 44,2 Misdaq, Nabi. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. Taylor & Francis, 2006 — 125-bet. ISBN 978-0415702058.
- ↑ Braithwaite, Rodric. Afgantsy. The Russians in Afghanistan 1979–1989. Oxford University Press, 2011 — 67–68-bet. ISBN 978-0-19-983265-1.
- ↑ Edwards, David B.. Before Taliban. Genealogies of the Afghan Jihad. University of California Press, 2002 — 89–91-bet. ISBN 0-520-22861-8.
- ↑ Byrne, Malcolm; Zubok, Vladislav „The Intervention in Afghanistan and the Fall of Detente – A Chronology [Prepared for a Nobel Symposium in 1995“]. National Security Archive (1995).
- ↑ My Three Lives on Earth: The Life Story of an Afghan American by Tawab Assifi
- ↑ https://www.scribd.com/document/345774276/washingtons-secret-war-against-afghanistan[sayt ishlamaydi]
- ↑ „VOL. XVII NO. 2“. Kabul New Times (1980-yil 2-yanvar).
- ↑ Kakar, M. Hassan. The Soviet Invasion and the Afghan Response, 1979-1982. University of California Press, 1995 — 317-bet. ISBN 0-520-20893-5.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Nur Muhammad Taraki mavzusiga oid fayllar bor
- Vikiiqtibosdagi Nurmuhammad Taraqqiy bilan bogʻliq iqtiboslar
- History of the brief period of Communist-controlled Government in Afghanistan
- Biography of President Taraki (Wayback Machine saytida 21 February 2008 sanasida arxivlangan) at Afghanland.com
- Telephone Conversation Between Kosygin and Taraki