Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi (mold.: Република Молдовеняскэ Нистрянэ, ukraincha: Придністровська Молдавська Республіка; yoki Dnestrboʻyi, mold.: Нистрянэ, ukraincha: Придністров'я) — Sharqiy Yevropadagi tan olinmagan davlat. Asosan Dnestrning chap qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, oʻng qirgʻogʻidagi Bender shahrini ham oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqishga imkoni yoʻq.

Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi
Mold.Република Молдовеняскэ Нистрянэ
Ukr.Придністровська Молдавська Республіка
Location of Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi
Maqom Tan olinmagan davlat
Joylashuv Sharqiy Yevropa
Poytaxt Tiraspol
Eng katta shahar Tiraspol, Benderiy, Ribnitsa
Rasmiy til(lar) Moldavancha, Ruscha va Ukraincha
Yetakchilar
• Prezident
Vadim Krasnoselskiy
Aleksandr Rozenberg
Aleksandr Korshunov
Tashkil topgan (Moldovadan)
• Moldova SSR dan mustaqilligi eʼlon qilindi
1990-yil 2-sentyabr
• Sovet Ittifoqi dan mustaqillik eʼlon qilindi
1991-yil 25-avgust
1992-yil 2-martdan — 1-iyulgacha
Maydon
• Butun
4163 km2 (186-oʻrin)
• Suv (%)
2.35
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
465 200
• Zichlik 134/km2
YIM (XQT) 2013-yil roʻyxati
• Butun
1052,2 mln. dollar
• Jon boshiga
2074 kishi
Pul birligi Dnestrbo'yi Rubli
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Telefon prefiksi +373 5xx xxxxx
+373 21x xxxxx
+373 77x xxxxx

Moldova maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga koʻra, hududning katta qismi DMR tomonidan nazorat qiladi, Moldova Respublikasi tarkibiga muxtor hududiy birlik sifatida koʻriladi; boshqa qismi Bender munisipalitetlari sifatida Moldova tarkibiga kiradi. DMR daʼvo qiladigan hududning bir qismi Moldova tomonidan nazorat qilinadi. Ukraina bilan chegaradosh.

2015-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Dnestrboʻyini aholi soni 475 665 kishini tashkil etdi va taxminan teng nisbatda moldovanlar, ukrainlar va ruslardan iborat edi. Millatlararo muloqot tili koʻpincha rus tilidir (birinchi yoki ikkinchi ona tili darajasida).

Davlat statistika xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda aholi soni 465,8 ming kishini tashkil etdi. Rasmiy tillari — moldavan, rus, ukrain. Aholining aksariyati pravoslavlikni qabul qilgan.

DMR unitar prezidentlik respublikasi. 2021-yilda Vadim Krasnoselskiy prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. 2020-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra, „Yangilanish“ partiyasi koʻpchilik oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

1990-yil iyun oyida Moldova parlamenti Moldova SSR tashkil etilishini „noqonuniy“ deb tan olganidan soʻng, DMR 1990-yil 2-sentyabrda Moldovadan mustaqilligini eʼlon qildi.

Shunday qilib, Moldova 1940-yilda Bessarabiyaning bir qismini va Dnestrning chap qirgʻogʻidagi MASSR viloyatlarini birlashtirgan holda tuzilgan MSSR tarkibidan chiqdi. Bu „suverenitetlar paradi“ va SSSR parchalanishi fonida sodir boʻldi va 1992-yildagi qurolli mojarodan soʻng DMR Moldovadan butunlay ajralib chiqdi. Moldova DMRning ajratilishini tan olmadi va bu hududning maqomi masalasi hal etilmadi. Oʻshandan beri mojaroni hal qilish uchun sust muloqot davom etmoqda. Dnestrboʻyini atrofidagi vaziyat koʻpincha „muzlatilgan mojaro“ sifatida tavsiflanadi.

2016-yil 7-sentabrda PMR Prezidentining 348-sonli „2006-yil 17-sentabrda oʻtkazilgan respublika referendumi natijalarini amalga oshirish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra, Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi Rossiya Federatsiyasiga yanada qoʻshilish maqsadida qonunchilik bazasini Rossiya qonunchiligiga muvofiqlashtirish jarayonini boshladi. Shunday qilib, 2017-yildan beri Dnestrboʻyi ikkinchi davlat bayrogʻi sifatida Rossiya bayrogʻidan foydalanmoqda.

2017-yilda Dnestrboʻyi hududida Rossiya Federatsiyasining 213 ming fuqarosi yashamoqda.

NOMI 1990-yil 2-sentyabrda Tiraspolda Dnestrboʻyining barcha darajadagi xalq deputatlarining II favqulodda syezdi boʻlib oʻtdi. SSSR tarkibida poytaxti Tiraspol shahrida boʻlgan Dnestrboʻyi Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasini (DMSSR) tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qildi.

1991-yil 5-noyabrda DMSSR Oliy Kengashining „Respublika nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi qarori bilan „Dnestrboʻyi Moldava Respublikasi“ (PMR) nomi tasdiqlandi.

Tarixi

tahrir

Dnestrboʻyi Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi (DMSSR) 1990-yil 2-sentyabrda Tiraspolda Dnestrboʻyi barcha darajadagi deputatlarning II navbatdan tashqari s’ezdida SSSR tarkibidagi Sovet respublikasi deb eʼlon qilindi. 1990-yil 22-dekabrda SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov „Moldova SSRdagi vaziyatni normallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonni imzoladi. Farmoning 4-bandida „Turli darajadagi Kengashlar deputatlari II qurultoyining 1990-yil 2-sentyabrdagi Dnestrboʻyi Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

1991-yil 25-avgustda DMSSR Oliy Kengashi „DMSSR Mustaqillik Deklaratsiyasini“ qabul qildi, ammo Dnestrboʻyi hududida SSSR Konstitutsiyasi va qonunchiligi oʻz kuchini saqlab qoldi.

1991-yil 5-noyabrda SSSR parchalanishi voqealari munosabati bilan DMSSR Dnestrboʻyi Moldaviya Respublikasi (DMR) deb oʻzgartirildi. Moldaviya tilida bu nom „Dnestr Moldova Respublikasi“ kabi deb yoziladi.

1992-yil mart-avgust oylarida mintaqada qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi.

2006-yilda DMRda referendum boʻlib oʻtdi, eʼlon qilingan natijalarga koʻra, saylovchilarning 97,2 foizi Rossiyaga qoʻshilish uchun ovoz berdi.

2013-yil dekabr oyida Dnestrboʻyi Oliy Kengashi birinchi oʻqishda Rossiya federal qonunchiligini tan olinmagan respublika hududida qoʻllash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. 2014-yil mart oyida Dnestrboʻyi Oliy Kengashi Rossiya Davlat Dumasidan tan olinmagan respublikaning Rossiya tarkibiga kirishiga ruxsat beruvchi qonun ishlab chiqishni soʻradi.

2020-yil 7-fevral kuni Moldova prezidenti Igor Dodon oʻzining videomurojaatida Kishinyov uzoq davom etgan mojaroni hal qilish uchun Dnestrboʻyi Moldova Respublikasiga (DMR) „keng muxtoriyat“ berishga tayyorligini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ikkala hudud ham yagona davlat va Dnestrboʻyining Moldovasiz kelajagi yoʻq, "Biz oʻtirib gaplashishimiz kerak, vaziyatdan chiqish yoʻllarini izlashga tayyormiz, kafolatlar va yetarlicha keng avtonomiya berishga tayyormiz. "

2022-yil 26-aprelda Dnestrboʻyida terrorchilik tahdidining „qizil“ darajasi belgilandi. Avvalroq portlashlar shu joyda boʻlgan edi: Parkanadagi harbiy qism, Mayak qishlogʻidagi radio minora, Tiraspoldagi Davlat xavfsizlik vazirligi binosi. Keyinroq Moldova prezidenti Mayya Sandu portlashlarni „Dnestrboʻyi ichidagi urush tarafdori va vaziyatni beqarorlashtirishdan manfaatdor boʻlgan kuchlar“ bilan bogʻladi.

Davlat Tuzilishi

tahrir

Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi, uning konstitutsiyasiga koʻra, suveren, demokratik, huquqiy davlat, demokratiya davlat hokimiyatining asosidir.

Prezident

tahrir

Davlat boshligʻi — Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi Prezidenti, hozirda Vadim Krasnoselskiy.

DMR Prezidenti umumiy toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlarda yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi, bir shaxs bu lavozimni ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.

Ijroiya hokimiyat

tahrir

Ijroiya hokimiyati rahbari — Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi hukumati raisi, hozirda Aleksandr Martinov.

Hukumat tarkibiga vazirlar, shuningdek, vazirlik lavozimiga ega boʻlmagan, lekin maqomi boʻyicha vazirlarga rasman teng keladigan idoralar rahbarlari kiradi. Hukumatning miqdoriy tarkibi va tuzilishi qonun bilan tartibga solinmaydi va prezident tomonidan belgilanadi.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat

tahrir

Qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi — Dnestrboʻyi Moldaviya Respublikasi Oliy Kengashi. Hozirda Aleksandr Korshunov — Oliy Kengash raisi.

Oliy Kengash oʻzining navbatdagi sessiyalarida saylangan respublika rahbarining lavozimiga kirishish marosimini oʻtkazadi va u tomonidan besh yil muddatga taklif etilgan davlat kursining asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi. DMR Prezidenti Oliy Kengash oldida javobgar boʻlib, uni navbatdan tashqari sessiyada yigʻilish orqali impichment qilish mumkin.

Oliy Kengash deputatlari bir mandatli okruglar boʻyicha oʻtkaziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri umumiy parlament saylovlari jarayonida besh yil muddatga saylanadi. Amaldagi qonunchilik bilan tartibga solingan Kengashning miqdoriy tarkibi 43 nafarni tashkil etadi.

Oliy sud hokimiyati

tahrir

Oliy sud hokimiyati Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud va Hakamlik sudiga tegishli.

Xalqaro Maqomi

tahrir

Xalqaro tan olinishi

tahrir

Diplomatik tan olinishi Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi butun mavjudligi davomida tan olinmagan davlat boʻlib qoldi. U nazorat qiladigan hudud Moldova va boshqa barcha BMTga aʼzo davlatlar tomonidan Moldovaning bir qismi sifatida tan olingan.

Respublika mustaqilligini hozirgi kunga qadar faqat ikkita qisman tan olingan va bitta tan olinmagan postsovet makonidagi davlatlar tan olgan, ular Dnestrboʻyi singari „muzlatilgan mojarolar“ zonasi hisoblanadi.

  •   Janubiy Osetiya Dnestrboʻyi mustaqilligini 2006-yil 17-noyabrda tan oldi. Bu mamlakatda DMRning rasmiy vakolatxonasi mavjud.
  •   Abxaziya Dnestrboʻyi mustaqilligini 2006-yil 17-noyabrda tan oldi. Bu mamlakatda DMRning rasmiy vakolatxonasi mavjud.
  •   Togʻli-Qorabogʻ Dnestrboʻyi mustaqilligini 2006-yil 17-noyabrda tan oldi.

Xalqaro tashkilotlar

tahrir

Oʻzining tan olinmagan maqomi tufayli respublika BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo emas.

1992-yildan buyon Tan olinmagan davlatlar ittifoqining aʼzosi, 2000-yildan keyin esa Tan olinmagan Davlatlar Hamdo'stligi yoki MDH-2 nomi bilan tanilgan. DMRga qoʻshimcha ravishda bu tashkilotga Abxaziya, Janubiy Osetiya va Togʻli Qorabogʻ Respublikasi kiradi.

Turli vaqtlarda DMR MDH, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Bojxona ittifoqiga, Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga qoʻshilish, Yevroosiyo Ittifoqini yaratishda ishtirok etish istagini eʼlon qildi. Bu bayonotlar amaliy oqibatlarga olib kelmadi.

Rossiya maʼlumotlariga koʻra, 2006-yilning bahoridan boshlab Moldova va Ukraina tan olinmagan DMRga nisbatan „iqtisodiy blokada“ siyosatini olib bormoqda. Biroq, Moldova uyushmasi Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvidan soʻng, DMR Yevropa mamlakatlari bilan savdoda faol ishtirok etmoqda. Moldova va Ukraina blokada mavjudligini rasman rad etib kelmoqda. 2006-yil 17-sentyabrda boʻlib oʻtgan xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan referendum natijalariga koʻra, DMR aholisining 97,1 foizi „Dnestrboʻyi Moldova Respublikasining mustaqilligi va keyinchalik Dnestrboʻyining Rossiya Federatsiyasiga erkin qoʻshilishi uchun“ kursini qoʻllab-quvvatlagan.

2018-yil 12-aprel kuni Ukraina prezidenti Poroshenko Moldova-Ukraina chegarasida qoʻshma nazorat toʻgʻrisidagi bitimning kuchga kirishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. DMR va Rossiya rasmiylari nuqtai nazaridan, bu Dnestrboʻyini toʻliq blokadaga tengdir.

2022-yil 15-martda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi yigʻilishida Ruminiya, Ukraina, Fransiya, Estoniya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Turkiya vakillari DMRni „Rossiya Federatsiyasining okkupatsiya zonasi“ deb tan olishni taklif qildilar va shu kunning oʻzida qaror qabul qildilar.

Tinchlikparvar kuchlar

tahrir

1992-yil 21-iyuldagi kelishuvga muvofiq, tan olinmagan respublika hududida 1992-yilda qurolli mojaroda qatnashgan 14-armiya bazasida tuzilgan Rossiya qurolli kuchlarining kichik tinchlikparvar kontingenti mavjud. YeXHTning 1999-yildagi Istanbul yigʻilishi qaroriga muvofiq, Rossiya 2002-yil oxirigacha DMR hududidan qurol va barcha shaxsiy tarkibni olib chiqish majburiyatini oldi, ammo Rossiya oʻz vaʼdasini bajarmadi. 2001-yildan keyin Moldova hukumati armiyani olib chiqish va keyinchalik fuqarolik kuzatuvchilari xalqaro missiyasi bilan almashtirishni bir necha bor yoqlab chiqdi. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi (2004) maʼlumotlariga koʻra, Dnestrboʻyini „samarali boshqaruv ostida yoki hech boʻlmaganda Rossiya Federatsiyasining hal qiluvchi taʼsiri ostida“ va Rossiyaning harbiy, iqtisodiy va siyosiy yordami tufayli mavjud boʻlib qolmoqda. 2018-yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani Dnestrboʻyidan qoʻshinlarini olib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Qurolli kuchlari

tahrir
 
Dnestrboʻyi askari (2013-yil)

Dnestrboʻyi qurolli kuchlari zaxira sifatida motooʻqchi, artilleriya, havo kuchlari va maxsus otryad kuchlari, xalq militsiyasi tuzilmalaridan iborat.

DMRda umumiy harbiy xizmat mavjud, xizmat muddati — 1 yil. Muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlganlar zaxiraga olinadi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarning bir qismi shartnoma asosida xizmat qilmoqda. DMR Qurolli Kuchlarining umumiy soni 15 000 kishini tashkil qiladi. Toʻqnashuvlar boʻlsa, ularning soni tezda 80 ming kishiga koʻpayishi mumkin. DMR Qurolli Kuchlaridagi eng katta tuzilma — bu brigada, eng kichigi — otryad. Otryadda 10 kishi ishlaydi. Uchta otryad vzvod tarkibiga kiradi. Bir vzvodda 32 kishi bor. Uchta vzvod batalon tarkibiga kiradi. Batalon tarkibiga 4 ta rota, minomyot batareyalari va alohida boʻlinmalar (vzvodlar) kiradi.

DMR Qurolli Kuchlarida 4 ta motooʻqchi brigadalari mavjud boʻlib, ulardan biri Tiraspol, Bendera, Dubossari va Ribnitsada joylashgan gvardiya (Tiraspol shahrida) joylashgan. Shuningdek, artilleriya va zenit artilleriya polklari, maxsus kuchlar batalyonlari, razvedka, tank, muhandislik, aloqa va taʼmirlash batalyonlari mavjud.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

tahrir

Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi unitar davlatdir. Respublikaning asosiy qismi, Benderi shahri va Slobodzeya tumanining bir qismi bundan mustasno, Dnestr daryosining chap qirgʻogʻida joylashgan.

Dnestrboʻyi hududi 7 maʼmuriy birlikka boʻlingan: 5 ta tuman — Grigoriopol, Dubossari, Kamenskiy, Rubnitskiy va Slobodzeya, shuningdek, respublikaga qarashli 2 ta shahar — Benderi va Tiraspol.

Aholisi

tahrir

Davlat statistika xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholi soni 465,1 ming kishini tashkil etadi. (shundan 211,1 ming nafari erkaklar, 254,0 ming nafari ayollar), shu jumladan, 326,5 ming nafari shaharda istiqomat qiladi (70,2 foiz).

Manbalar

tahrir