Savda binti Zamʼa

Islom dini paygʻambari Muhammadning ikkinchi xotini

Savda binti Zamʼa (arabcha: سودة بنت زمعة) Islom dini paygʻambari Muhammadning ikkinchi xotini boʻlgan va shuning uchun u „Umm-ul-Mu’minin“ (arab. أمّ المؤمنين, rom. ʾumm al-muʾminīn), yaʼni „Moʻminlarning onasi“ hisoblanadi.

Savda binti Zamʼa
Moʻminlarning onasi
سَوْدَةُ بنت زَمَعَةَ
Tavalludi
Savda binti Zamʼa

Milodiy 566–580-yillar
Makka, Hijoz, Arabiston
(hozirgi SAQ)
Vafoti Shavvol 22-hijriy yil;
tax. Sentyabr/Oktyabr 644-674-milodiy yillar
Jannat ul-Baqiy,
Madina, Hijoz, Arabiston
(hozirgi SAQ)
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Unvoni Umm-ul-Muʼminin;
Islom dini paygʻambari Muhammadning ikkinchi xotini
Turmush oʻrtogʻi
  • As-Sakron ibn Amr (619-yilda Makkada vafot etgan)
  • Muhammad (tq. 619/620; 632-yilda Madinada vafot etgan)
Bolalari Abdur Rahmon ibn Sakron
Otasi Zam'a ibn Qays
Onasi Al-Shamus binti Qays

Yoshlik davri

tahrir

Savda Islomdan oldingi Arabistonning Makka shahrida tugʻilib oʻsgan. Uning qachon tugʻilganligi haqida turi bahslar mavjud[1]. Bir manbaga koʻra, Savda Muhammad bilan turmush qurganida, uning yoshi 50 atrofida boʻlgan, boshqa manbalar nikoh paytida uning yoshi 40 dan 55 gacha yosh oraligʻida boʻlganligini daʼvo qiladi, bu uning tugʻilgan kunini milodiy 566–580-yillarda ekanini bildiradi[2][3]. Savdaning otasi Zam’a ibn Qays Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Amir ibn Luay urugʻidan edi. Uning onasi Al-Shamus binti Qays Madinadagi Xazraj qabilasining Najjor urugʻidan boʻlgan[4]. Savdaning Islomdan oldingi hayoti qanday boʻlgani haqida koʻp maʼlumotlar mavjud emas.

Birinchi eri va birinchi hijrati

tahrir

Savda birinchi boʻlib Islom dinini qabul qilganlardan biri boʻlgan As-Sakron ibn Amrga turmushga chiqadi. Ularning birgina oʻgʻli Abdur Rahmon ibn as-Sakron boʻlib, u keyinroq 637-yilda Sosoniylarga qarshi Jalula jangida halok boʻlgan.

Habashistonga hijrat

tahrir

Savda va Sakron Habashistonga hijrat qilishdi[4]. Muhammad Quraysh zulmidan qochish uchun musulmonlarning koʻpiga hijrat qilishni buyurdi. Sakron Vaqqos bilan dengiz orqali Habashistonga joʻnab ketdi. Savda bu paytda Habashistonga hijrat qilgan dastlabki ayollardan biri edi[5]. Bir necha yil oʻtgach, ular Makkaga qaytib kelishadi, u yerda As-Sakron vafot etdi va Savda hayotida birinchi marta beva qoldi[6].

Muhammadga turmushga chiqishi

tahrir

Xadichaning vafotidan koʻp oʻtmay, Muhammad paygʻambarlik hayoti boshlanganining 10-yilida Ramazon oyida Savda bilan turmush quradi[7]. Savda avvaliga ikkilanadi, chunki uning olti farzandi bor edi va ular Muhammadni bezovta qilishidan qoʻrqardi. Ammo Muhammad uni shunday deb tinchlantiradi: „Tuya mingan ayollarning eng yaxshisi Qurayshning solih ayollari boʻlib, ular yosh bolalarga eng mehribon va boy boʻlganlarida erlariga yaxshilik qilishda eng zoʻridirlar“[8].

Muhammadning Ummu Salama bilan turmush qurganidan biroz vaqt oʻtib[9], Savda keksayib qolgani uchun unga eʼtibori kamayadi, shuning uchun Muhammadning shariatga koʻra nikohni bekor qilishga qaror qilgani haqida Savdaga xabar qilindi. Lekin Savda uni koʻchada toʻxtatadi va kechasi navbatini Muhammadning juda yaxshi koʻrgan ayoli Oyshaga boʻshatib berishini taklif qilib, uni qayta nikohiga olishini iltimos qiladi[10]. Savda baribir qarib qolganini, erkaklarga parvo qilmasligini aytadi; uning yagona orzusi qiyomat kuni paygʻambarning xotini boʻlib tirilish edi. Muhammad bunga rozi boʻldi va Qur’onning 4:128–9 oyatlari nozil boʻldi. Boshqa tarafdan, boshqa berilgan maʼlumotlarga koʻra, Muhammad u bilan haqiqatdan ham ajrashmoqchi boʻlmagan, balki Savda bunday boʻlishidan qoʻrqqan va vahiy boʻlib tushgan oyatda ajralib ketish emas, balki ikki tomonning oʻrtasidagi er-xotin boʻlib qolishga qaratilgan ajrashish boʻyicha qandaydir kelishuv tuzish kerakligi keltirilgan[11].

Hayotining soʻnggi yillari va vafoti

tahrir

Muhammad paygʻambar vafotidan keyin Savda uning boshqa xotinlari bilan har yili xalifalikdan ajratiladigan pulni olib, xayriya ishlariga sarflagan. U Muhammadning boshqa ayollaridan Oysha, Hafsa va Safiya bian doimo juda yaqin boʻlib kelgan[5]. Savda uzoq umr koʻrdi. U hijriy 54-yilda Madinada vafot etdi va oʻsha yerda Jannat ul-Baqiyga dafn etildi[12]. Ibn Sa'd Savdaning vafot etgan sanasini milodiy 674-yil deb belgilaydi[13]. Ummaviylar sulolasida hukmronlik qilayotgan birinchi xalifa Muoviya I vafotidan keyin uning Madinadagi uyini 180 000 dirhamga sotib oldi. Boshqa manbalarga koʻra, Savda Madinada xaifa Umar saltanatining oxirlarida hijriy 22-yil, milodiy 644-yilda vafot etgani keltirilgan[7][14].

Manbalar

tahrir
  1. Understanding the Islamic Law, Raj Bhala, Section: Sawda bint Zama. 
  2. Ibid. Understanding Islamic Law, Raj Bhala — Quote-bet. „Mohammad next married this older widow, Sawda bint Zama. [...] Sawda was an older woman when she married Mohammad, yet her precise birthdate is unknown. Many sources claim she was older than Mohammad, who was about 50-52 years at that time.“ 
  3. Le livret de famille du prophète Mouhammad, Damas-Syrie, MR Antique Groupe, page 9. 
  4. 4,0 4,1 Tabari, Tarikh al-Rusul waʼl Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors vol. 39 p. 169. New York: SUNY Press.
  5. 5,0 5,1 Ibn Kathir. „Wives of the Prophet Muhammad (SAW)“. 2013-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  6. Tabari, Tarikh al-Rusul waʼl Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors vol. 39 pp. 169-170. New York: SUNY Press.
  7. 7,0 7,1 Al-Tabari. History of Al-Tabari, Vol. 39 — 161 & 170-bet. 
  8. Al-Tabari. History of Tabari - Volume 39, 1998-01-01 — 171-bet. 
  9. Al-Shati, Bint. The wives of the Prophet, Matti Moosa (trans.), D. Nicholas Ranson, Gorgias Press LLC, December 2006 — 52-bet. ISBN 978-1-59333-398-0. 
  10. Vacca, V. (1995). "Sawda BT. Zamʿa B. Ḳayyis B. ʿAbd Shams". Encyclopaedia of Islam. 9 (2nd nashri). Brill Academic Publishers. 89–90 b. ISBN 90-04-10422-4. 
  11. Wessels, Antonie. A modern Arabic biography of Muḥammad: a critical study of Muḥammad Ḥusayn Haykal's Ḥayāt Muḥammad. Brill Archive, 1972 — 105–6-bet. ISBN 978-90-04-03415-0. 
  12. Ibn Sa'd, Tabaqat Vol.8 page 56. Persian translation by Dr. Mohammad Mahdavi Damghani. (1982). Tehran Iran Farhang va Andiheh Publications.. 
  13. Ibn Sa'd, Tabaqat Vol.8 page 56. Persian translation by Dr. Mohammad Mahdavi Damghani. (1982). Tehran Iran Farhang va Andiheh Publications.. 
  14. Adil Salih, Mohammad: Man & Prophet/Muhammad sceau des prophètes, Tawhid, pp. 585-586. 

Havolalar

tahrir