Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2015
2015-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2015-yil 16-martidan 7-apreliga qadar Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadi. Bu 64 ta shaxmat oʻyinchilari qatnashadigan turnir hisoblanadi. Dastlab 2014-yil 11-31-oktabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo homiy va mezbon shaharni tanlashdagi muammolar sababli FIDE xalqaro shaxmat tashkiloti 2014-yil 24-sentyabrda[1] Chempionatni 2015-yil boshida Sochida oʻtkazishni rejalashtirganini eʼlon qilishga majbur boladi[2]. Turnirning noaniq holati shaxmat professionallari assotsiatsiyasi tomonidan qattiq tanqid qilinadi[3].
Mariya Muzychuk, 2015-yilgi jahon chempioni | |
Joy | Sochi, Rossiya |
---|---|
Sana | 16-mart–7-aprel, 2015-yil |
Ishtirokchilar | 64 |
Chempion | |
Mariya Muzychuk | |
Finalda 8-raqamli ukrainalik Mariya Muzychuk 31-raqamli rossiyalik Natalya Pogoninani magʻlub etadi. Ushbu gʻalaba natijasida Muzychuk grossmeyster (GM) unvoniga sazovor boʻladi va FIDE-2015 Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, u 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi FIDE Gran-pri seriyasida 2013-yilgi chempion Xou Yifanga qarshi oʻyinda oʻz unvonini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi.
Ishtirokchilar
tahrirOʻyinchilar shaxmat boʻyicha mamlakat chempionatlari, mintaqaviy turnirlar va shaxmat boʻyicha qitʼa chempionatlari orqali saralab olingan edi. Ayollar oʻrtasidagi qitʼa va mintaqa saralash bosqichidan jami 51 nafar[4]: Yevropadan 28 ta[5], Osiyodan 12 ta, Amerikadan 8 ta va Afrikadan 3 ta shaxmatchi keladi.
2015-yilning 22-yanvarida shartnoma imzolanishi sharti bilan malakali oʻyinchilar eʼlon qilinadi[6].
Ushbu chempionatda uch nafar sobiq jahon chempioni maydonga tushadi: Aleksandra Kostenyuk 5-oʻrin, Antoaneta Stefanova 9-oʻrin va Anna Ushenina 15-oʻrin. Shunisi eʼtiborga loyiqki, ayollar oʻrtasidagi jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi va amaldagi chempion xitoylik Xou Yifan Gavayidagi shaxmat turnirini tanlagani uchun, ushbu chempionatda oʻynamaslikni maʼqul koʻrgan[7][8]. Nana Dzagnidze va Katerina Lagno ham dunyoning top-10 taligiga kira olishmadi.
Ishtirokchi shaxmatchilarning 2015-yil mart oyidagi FIDE reytingiga koʻra ketma-ketligi.
- Koneru Humpy (Hindiston), GM, 2581 ®
- Ju Venjun (Xitoy), GM, 2557 (WC)
- Anna Muzychuk (Ukraina), GM, 2552 (E12)
- Viktorija Čmilytė-Nielsen (Litva), GM, 2530 (E12)
- Aleksandra Kosteniuk (Rossiya), GM, 2529 (E12)
- Valentina Gunina (Rossiya), GM, 2528 (E12)
- Chjao Syue (Xitoy), GM, 2527 ®
- Mariya Muzychuk (Ukraina), IM, 2526 ®
- Antoaneta Stefanova (Bolgariya), GM, 2522 ®
- Bela Khotenashvili (Gruziya), GM, 2513 (E12)
- Pia Cramling (Shvetsiya), GM, 2495 (E13)
- Harika Dronavalli (Hindiston), GM, 2492 (WC)
- Elina Danielian (Armaniston), GM, 2488 (E12)
- Tan Zhongyi (Xitoy), WGM, 2487 ®
- Anna Ushenina (Ukraina), GM, 2486 (WC)
- Alisa Galliamova (Rossiya), IM, 2484 (PN)
- Tatyana Kosintseva (Rossiya), GM, 2483 (E12)
- Marie Sebag (Fransiya), GM, 2482 (E12)
- Lela Javakhishvili (Gruziya), IM, 2481 (E12)
- Elisabeth Pähtz (Germaniya), IM, 2479 ®
- Irina Krush (USA), GM, 2477 (Z2.1)
- Hoang Thanh Trang (Vengriya), GM, 2475 (E12)
- Huang Qian (Xitoy), WGM, 2473 (AS13)
- Natalya Jukova (Ukraina), GM, 2471 (PN)
- Monika Soćko (Polsha), GM, 2463 (E13)
- Salome Melia (Gruziya), IM, 2459 (E12)
- Olga Girya (Rossiya), WGM, 2459 (E13)
- Shen Yang (Xitoy), IM, 2459 (Z3.5)
- Nino Khurtsidze (Gruziya), IM, 2457 (E12)
- Aleksandra Goryachkina (Rossiya), WGM, 2456 (J13)
- Natalya Pogonina (Rossiya), WGM, 2456 (E12)
- Lei Tingjie (Xitoy), WGM, 2444 (Z3.5)
- Deysi Cori (Peru), WGM, 2444 (Z2.4)
- Guo Qi (Xitoy), IM, 2443 (J12)
- Lilit Mkrtchian (Armaniston), IM, 2443 (E13)
- Ekaterina Kovalevskaya (Rossiya), IM, 2438 (E13)
- Alina Kashlinskaya (Rossiya), IM, 2436 (E13)
- Ekaterina Atalik (Turkiya), IM, 2419 (E13)
- Irene Kharisma Sukandar (Indoneziya), IM, 2415 (AS12)
- Deimante Daulyte (Litva), IM, 2395 (E13)
- Inna Gaponenko (Ukraina), IM, 2384 (E13)
- Baira Kovanova (Rossiya), WGM, 2381 (E12)
- Ketevan Arakhamia-Grant (Shotlandiya), GM, 2379 (E13)
- Sophie Milliet (Fransiya), IM, 2377 (E13)
- Meri Arabidze (Gruziya), IM, 2374 (E13)
- Sopiko Guramishvili (Gruziya), IM, 2367 (E13)
- Wang Jue (Xitoy), WGM, 2365 (Z3.5)
- Mary Ann Gomes (Hindiston), WGM, 2354 (Z3.7)
- Carolina Luján (Argentina), IM, 2349 (Z2.5)
- Zhang Xiaofei (Xitoy), WGM, 2349 (Z3.5)
- Guliskhan Nakhbayeva (Qozogʻiston), WGM, 2337 (Z3.4)
- Yaniet Marrero Lopez (Kuba), WGM, 2322 (Z2.3)
- Tatev Abrahamyan (USA), WGM, 2322 (Z2.1)
- Mitra Hejazipour (Eron), WIM, 2302 (Z3.1)
- Kübra Öztürk (Turkiya), WGM, 2284 (E13)
- Yuanling Yuan (Kanada), WIM, 2267 (Z2.2)
- Nguyen Thi Thanh An (Vietnam), WGM, 2261 (Z3.3)
- Marisa Zuriel (Argentina), WIM, 2219 (AM)
- Camilla Baginskaite (USA), WGM, 2192 (Z2.1)
- Irina Berezina (Avstraliya), IM, 2182 (Z3.6)
- Akter Liza Shamima (Bangladesh), WIM, 2130 (Z3.2)
- Amina Mezioud (Jazoir), WIM, 2071 (AF)
- Shrook Wafa (Misr), WGM, 2058 (AF)
- Ayah Moaataz (Misr), WIM, 2022 (AF)
Kvalifikatsion darajalar
tahrir
|
|
Ishtirokchilarning davlatlar kesimidagi tarkibi
tahrirEng koʻp oʻyinchi bilan qatnashgan davlat Rossiya, ikkinchi oʻrinda esa Xitoy edi. Shuningdek, oʻyinchilarning 26 nafari sobiq ittifoq respublikalari boʻlgan mamlakatlardan kelgan.
Yevropa (35) | Osiyo/Okeaniya (18) | Amerika (8) | Afrika (3) |
---|---|---|---|
Armaniston (2) | Avstraliya (1) | Argentina (2) | Jazoir(1) |
Bolgariya (1) | Bangladesh (1) | Kanada (1) | Misr (2) |
Fransiya (2) | Xitoy (9) | Kuba (1) | |
Gruziya (6) | Hindiston (3) | Peru (1) | |
Olmoniya (1) | Indoneziya (1) | AQSh (3) | |
Vengriya (1) | Eron (1) | ||
Litva (2) | Qozogʻiston (1) | ||
Polsha (1) | Vyetnam (1) | ||
Rossiya (10) | |||
Shotlandiya (1) | |||
Shvetsiya (1) | |||
Turkiya (2) | |||
Ukraina (5) |
Pul mukofoti taqsimoti
tahrirJami mukofot puli 2010 va 2012-yillardagidek 450 000 AQSH dollarini tashkil etadi[9].
Bosqich | Oʻyinlar sanasi | Tay-brek sanasi | Mukofot (AQSH dollari) |
---|---|---|---|
Birinchi tur | 17-18-mart | 19-mart | 3750 |
Ikkinchi tur | 20-21-mart | 22-mart | 5500 |
Uchinchi tur | 23-24-mart | 25-mart | 8000 |
Chorak final | 26-27-mart | 28-mart | 12 000 |
Yarim final | 29-30-mart | 31-mart | 20 000 |
Final | 2-5-aprel | 6-aprel | yutqazgan oʻyinchi 30 000
gʻolib 60 000 |
Natijalar
tahrirFinal uchrashuvi
tahrirFinal turnirning toʻrtta klassik oʻyin bilan yakunlangan yagona oʻyini boʻldi (2015-yil 2-aprelidan 5-apreligacha). 2015-yil 6-aprel kuni finalda butun turnirdagi kabi yakuniy tay-breyklar, agar kerak boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (25+10), yaʼni butun oʻyin uchun 25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi, ikkita tezkor oʻyin (10+10), ikkita blits oʻyini (5+3) va armageddon oʻynash rejalashtirilgan edi. Ammo chempionni aniqlash uchun toʻrtta klassik oʻyinning oʻzi yetarli boʻldi.
Pogonina birinchi oʻyinda oq donalar bilan boshlaydi. Finalgacha ular faqat bir marta, 2007-yilda shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi Yevropa chempionatida toʻqnash kelishgan va bu uchrashuv durang bilan yakunlangan edi[10].
Reyting | 1 | 2 | 3 | 4 | Jami | |
---|---|---|---|---|---|---|
Mariya Muzychuk (Ukraina) | 2526 | ½ | 1 | ½ | ½ | 2½ |
Natalya Pogonina (Rossiya) | 2456 | ½ | 0 | ½ | ½ | 1½ |
Turnir jadvali
tahrirOʻyinchilar mart oyidagi reytingiga koʻra saralangan. Standart tanlov usulida juftliklar tanlanadi, yaʼni #1-raqamli oʻyinchi #64-raqamli oʻyinchi bilan, #2-raqamli oʻyinchi #63-raqamli oʻyinchi bilan va hokazo. Juftliklar 3-martda eʼlon qilingan[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Women's World Championship 2014“. FIDE (24-sentabr 2014-yil). 28-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Women's World Championship to Take Place in Sochi“. chess-news.ru (25-noyabr 2014-yil). 22-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Open Letter to FIDE President Mr.Kirsan Ilyumzhinov“. chessprofessionals.org (26-avgust 2014-yil). 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.
- ↑ Regulations of the WWCC Cycle (PDF). FIDE.
- ↑ „List of competitors : 2012 & 2013“ (PDF). FIDE. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Women's World Championship 2015: Player's Contract“. FIDE (22-yanvar 2015-yil). 20-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Feb 05 - Hou Yifan Won't Defend World Champion Title in 2015“. Yourgibraltartv.com (5-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Challenge Hou Yifan, Timur Gareev and Sam Shankland in Hawaii!“. Chess.com (25-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Women's World Championship About To Take Off (But Hou Yifan Doesn't Play)“. chess24.com (15-mart 2015-yil). Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
- ↑ „* Chess game search engine“. Chessgames.com. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Women's World Championship 2015: Ranking List & Pairings“. FIDE (3-mart 2015-yil). 6-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.