Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2012

 

Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2012
Anna Ushenina
Anna Ushenina, 2012-yil chempioni.
Oʻtkazilgan inshootlari Yugra Chess Academy
Joy Khanty Mansiysk, Rossiya
Sana 10-noyabe – 1-dekabr, 2012-yil
Ishtirokchilar 64 ta
Chempion
Ukraina Anna Ushenina
← 2011
2013 →

2012-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati ayollar oʻrtasida jahon chempionini aniqlash uchun oʻtkaziladigan turnir boʻlib[1], bu unvonni ilk bor ukrainalik Anna Ushenina qo‘lga kiritadi[2]. Amaldagi chempion Xou Yifan esa ikkinchi bosqichdayoq musobaqadan chiqib ketadi.

Musobaqa 2012-yilning 10-noyabridan 1-dekabriga qadar Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida 64 nafar shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkaziladi. Har bir juftlik oʻyinlari ikkita oʻyindan va agar kerak boʻlsa, tezkor tay-breklardan iborat edi.

Quyi oʻrindagi oʻyinchilar birinchi bosqichdagi atigi ikkita gʻalabasidan soʻng, ikkinchi bosqichda oʻzlaridan 150 Elo yuqorida boʻlgan eng yaxshi uchta oʻrin oʻyinchilariga duch kelishadi va uchinchi raqam ostidagi Anna Muzychuk boʻlajak jahon chempioni Anna Usheninaga yutqazadi[3]. Final klassik vaqt nazorati boʻyicha toʻrtta oʻyin va tezkor tay-breyk boʻyicha 2ta oʻyinlardan soʻng yakunlanadi. Finalda Anna Ushenina ayollar o‘rtasidagi sobiq jahon chempioni Antoaneta Stefanovani tay-breklarning ikkinchisida mag‘lub etadi[4].

Ushenina 2011—2012 yillardagi FIDE Gran-prisi gʻolibi Xou Yifanga qarshi oʻnta oʻyinning yettinchisidan soʻng 2013-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatidagi unvonini yoʻqotadi.

Ishtirokchilar tahrir

Oʻyinchilar avvalgi jahon chempionati, FIDE reyting roʻyxati, qitʼa chempionatlari va ikki nafar FIDE prezidentligiga nomzodlar orqali turnirga yoʻllanma oldi. Elo reytinglari (2012-yil noyabr roʻyxati)[5] bilan tuzilgan oʻyinchilar jadvalida amaldagi chempion Hou Yifan birinchi oʻrinda edi[6].

 

  1.   Hou Yifan (Xitoy), 2606, GM (WC)
  2.   Koneru Humpy (Hindiston), 2610, GM (WC)
  3.   Anna Muzychuk (Sloveniya), 2586, GM (J10)
  4.   Chjao Syue (Xitoy), 2565, GM (WC)
  5.   Yekateriyna Lagno (Ukraina), 2553, GM (E11)
  6.   Nadezhda Kosintseva (Rossiya), 2539, GM (E10)
  7.   Viktorija Čmilytė-Nielsen (Litva), 2524, GM (E10)
  8.   Marie Sebag (Fransiya), 2521, GM (E10)
  9.   Valentina Gunina (Rossiya), 2517, IM ®
  10.   Pia Cramling (Shvetsiya), 2516, GM (E10)
  11.   Tatyana Kosintseva (Rossiya), 2515, GM (E10)
  12.   Harika Dronavalli (Hindiston), 2512, GM (AS11)
  13.   Bela Khotenashvili (Gruziya), 2504, IM (E11)
  14.   Alexandra Kosteniuk (Rossiya), 2501, GM ®
  15.   Ju Venjun (Xitoy), 2501, WGM (Z3.5)
  16.   Antoaneta Stefanova (Bolgariya), 2491, GM (E10)
  17.   Chju Chen (Qatar), 2491, GM ®
  18.   Anna Zatonskih (Amerika Qo'shma Shtatlari), 2489, IM (Z2.1)
  19.   Natalya Pogonina (Rossiya), 2478, WGM (E11)
  20.   Mariya Muzychuk (Ukraina), 2476, IM (E10)
  21.   Elina Danielian (Armaniston), 2476, GM (E11)
  22.   Hoang Thanh Trang (HUN), 2470, GM (E11)
  23.   Irina Krush (Amerika Qo'shma Shtatlari), 2470, IM (Z2.1)
  24.   Alisa Galliamova (Rossiya), 2468, IM ®
  25.   Olga Girya (Rossiya), 2467, WGM (PN)
  26.   Huang Qian (Xitoy), 2465, WGM (Z3.5)
  27.   Lilit Mkrtchian (Armaniston), 2457, IM (E11)
  28.   Lela Javakhishvili (Gruziya), 2455, IM (E11)
  29.   Yelena Dembo (Gretsiya), 2454, IM (E10)
  30.   Anna Ushenina (Ukraina), 2452, IM ®
  31.   Natalya Jukova (Ukraina), 2451, GM (E10)
  32.   Monika Soćko (Polsha), 2445, GM (E10)
  33.   Almira Skripchenko (Fransiya), 2441, IM ®
  34.   Guo Qi (Xitoy), 2432, WGM (PN)
  35.   Deysi Cori (Peru), 2429, WGM (J11)
  36.   Nino Khurtsidze (Gruziya), 2428, IM (E10)
  37.   Anastasiya Bodnaruk (Rossiya), 2415, IM (E11)
  38.   Ketevan Arakhamia-Grant (Shotlandiya), 2414, GM (E11)
  39.   Shen Yang (Xitoy), 2413, WGM (Z3.5)
  40.   Iweta Rajlich (Polsha), 2410, IM (E10)
  41.   Ekaterina Kovalevskaya (Rossiya), 2409, IM (E10)
  42.   Li Ruofan (SIN), 2394, IM (Z3.3)
  43.   Evgenija Ovod (Rossiya), 2384, IM (E11)
  44.   Sopiko Khukhashvili (Gruziya), 2383, IM (E11)
  45.   Cristina Adela Foișor (Ruminiya), 2383, IM (E11)
  46.   Svetlana Matveeva (Rossiya), 2377, IM (E11)
  47.   Carolina Luján (Argentina), 2369, IM (Z2.5)
  48.   Nastassia Ziaziulkina (Belarus), 2367, WGM (E10)
  49.   Marina Romanko (Rossiya), 2355, IM (E11)
  50.   Atousa Pourkashiyan (Eron), 2321, WGM (AS10)
  51.   Tatev Abrahamyan (Amerika Qo'shma Shtatlari), 2304, WGM (Z2.1)
  52.   Maritza Arribas Robaina (Kuba), 2273, WGM (AM)
  53.   Soumya Swaminathan (Hindiston), 2251, WGM (Z3.7)
  54.   Madina Davletbayeva (Qozogʻiston), 2220, WIM (Z3.4)
  55.   Shayesteh Ghader Pour (Eron), 2219, WIM (Z3.1)
  56.   Gu Xiaobing (Xitoy), 2209, WGM (Z3.5)
  57.   Irina Berezina (Avstraliya), 2190, IM (Z3.6)
  58.   Ingrid Aliaga Fernandez (Peru), 2175, WFM (Z2.4)
  59.   Melissa Castrillon Gomez (Kolumbiya), 2159, WIM (Z2.3)
  60.   Mona Khaled (Misr), 2155, WGM (AF)
  61.   Natalia Khoudgarian (Kanada), 2138, WIM (Z2.2)
  62.   Amina Mezioud (Jazoir), 2055, WIM (AF)
  63.   Denise Frick (Janubiy Afrika), 1871, WIM (AF)
  64.   Sachini Ranasinghe (Shri-Lanka), 1821, WIM (Z3.2)

Kvalifikatsion darajalar tahrir

Ishtirok etmagan taniqli shaxmatchilar tahrir

Shaxmat boʻyicha dunyoning birinchi raqamli ayoli Judit Polgar hech qachon ayollar chempionatlarida qatnashmagan va bu safar ham qatnashmaydi. Boshqa koʻzga koʻringan ishtirokchilardan esa ayollar oʻrtasidagi oltinchi raqamli shaxmatchi Nana Dzagnidze, 2010-yil finalchisi Ruan Lufei va sobiq chempion Mayya Chiburdanidzelar ushbu musobaqada ishtirok etishmaydi.

Chempionat shakli tahrir

Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi[1]:

  • Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
  • Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
  • Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi).
  • Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval bo`ladi.

Sovrin jamgʻarmasi tahrir

Chempionatning sovrin jamgʻarmasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qilar edi. Sovrinlar birinchi bosqichda mag‘lub bo‘lganlar uchun 3750 dollar, ikkinchi bosqichda 5500 dollar, uchinchi bosqichda 8000 dollardan iborat edi. Chorak finalda yutqazganlar 12 000 dollar, yarim finalchilar 20 000 dollar olishdi. Stefanova ikkinchi oʻrinni egallagani uchun 30 000 dollar, Ushenina esa birinchi oʻrin uchun 60 000 dollar pul mukofoti oladi. Huddi shunday taqsimot 2010-yilgi chempionatda ham qoʻllanilgan edi.

Chempionat translyatsiyasi tahrir

 
Antoaneta Stefanova, yutqazgan finalchi

Turnir har kuni turnir veb-saytida toʻliq hajmda translyatsiya qilinardi. Jonli efir faqat reklama tanaffuslari boʻlgandagina uzilar edi. Videostream keyingi kun boshlanishiga qadar talab boʻyicha qayta efirga uzatilishi ham mumkin edi. Translyatsiya yuqori aniqlikdagi Grand Master sharhi bilan uchta tilda taqdim etildi: ingliz, rus va xitoy. Chempionatning oxirgi kunlarida translyatsiyani bir necha yuz ming jonli tomoshabin tomosha qildi[7].

Natijalar tahrir

Final uchrashuvi tahrir

Final uchrashuvi klassik vaqt nazorati bilan toʻrtta va ikkita tezkor tay-breyk oʻyinidan soʻng tugadi. Anna Ushenina shaxmat bo‘yicha 2004-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempioni Stefanovani mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Stefanova ayollar oʻrtasida shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha ham amaldagi jahon chempioni edi[8].

Reyting 1 2 3 4 R1 R2 Jami
  Antoaneta Stefanova (Bolgariya) 2491 ½ ½ 0 1 ½ 0
  Anna Ushenina (Ukraina) 2452 ½ ½ 1 0 ½ 1

Turnir jadvali tahrir

Birinchi tur juftliklari 2012-yil 1-noyabrda eʼlon qilingan[9].

1-tur 2-tur 3-tur Chorak final Yarim final Final
                  
1   Hou Yifan 2
64   S Ranasinghe 0
1   Hou Yifan 1
32   M Socko 3
33   M Socko
32   A Skripchenko ½
32   M Socko 0
16   A Stefanova 2
17   A Stefanova 2
48   M Romanko 0
16   A Stefanova
17   Chju Chen ½
49   Chju Chen 2
16   N Ziaziulkina 0
16   A Stefanova 3
8   M Sebag 1
9   M Sebag
56   I Berezina ½
8   M Sebag
25   O Girya ½
41   O Girya
24   I Rajlich ½
8   M Sebag 2
24   A Galliamova 0
25   V Gunina 2
40   Gu XB 0
9   V Gunina ½
24   A Galliamova
57   A Galliamova 3
8   E Kovalevskaya 1
16   A Stefanova
12   D Harika ½
5   Chjao Syue 2
60   N Khoudgarian 0
4   Chjao Syue
36   N Khurtsidze
37   Y Dembo ½
28   N Khurtsidze
4   Chjao Syue
20   M Muzychuk ½
21   B Khotenashvili
44   M Arribas R
52   M Arribas R ½
20   M Muzychuk
53   M Muzychuk[10]
12   C A Foisor
4   Chjao Syue
12   D Harika
13   K Lahno 2
52   M Khaled 0
5   K Lahno ½
28   L Javakhishvili
45   L Javakhishvili
20   A Bodnaruk
28   L Javakhishvili ½
12   D Harika
29   D Harika
36   S Soumya ½
12   D Harika
21   E Danielian ½
61   E Danielian 4
4   S Khukhashvili 2
16   A Stefanova
30   A Ushenina
3   A Muzychuk 2
62   A Mezioud 0
3   A Muzychuk 1
30   A Ushenina 3
35   A Ushenina
30   D Cori ½
30   A Ushenina
19   N Pogonina ½
19   N Pogonina 3
46   S Matveeva 1
19   N Pogonina
14   A Kosteniuk ½
51   A Kosteniuk
14   T Abrahamyan ½
30   A Ushenina
6   N Kosintseva ½
11   N Kosintseva 2
54   M Castrillon G 0
6   N Kosintseva
27   L Mkrtchian
43   L Mkrtchian 2
22   K Arakhamia-G 0
6   N Kosintseva
11   T Kosintseva
27   Hoang T T
38   E Ovod ½
22   Hoang T T ½
11   T Kosintseva
59   M Davletbayeva ½
6   T Kosintseva
30   A Ushenina
15   Ju Venjun
7   V Cmilyte
58   I Aliaga F ½
7   V Cmilyte ½
26   Huang Q
39   Huang Q
26   Anastasiya BodnarukShen Yang ½
26   Huang Q
23   I Krush
23   Li Ruofan
42   I Krush
23   I Krush 3
10   P Cramling 1
55   S Ghader Pour 0
10   P Cramling 2
26   Huang Q
15   Ju Venjun
15   Ju Venjun 4
50   A Pourkashiyan 2
15   Ju Venjun 4
18   A Zatonskih 2
47   C Lujan ½
18   A Zatonskih
15   Ju Venjun
31   N Zhukova
31   N Zhukova
34   Guo Qi ½
31   N Zhukova 2
2   H Koneru 0
63   D Frick 0
2   H Koneru 2

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Women's World Chess Championship regulations“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  2. „Kharkiv native becomes Ukraine's first women's world chess champion“. kyivpost.com (2012-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 1-dekabr.
  3. „Favourites fall at the Women's World Championship round two“. Chessbase.com (2012-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  4. Dylan Loeb McClain. „Underdog Takes Women's World Title“. New York Times (2012-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  5. Top 100 Women November 2012
  6. „Participants of FIDE World women's chess championship 2012“. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-noyabr.
  7. „Mark Glukhovsky: Women players are very beautiful“. chess2012.ugrasport.com (2012-yil 30-noyabr). 2012-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  8. „Stefanova Wins Women's World Rapid Championship“. chess.com (2012-yil 6-mart). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  9. „Pairings, Participants and Schedule of the WWCC 2012“. 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  10. Played black in armageddon game