TaxiatoshQoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar. 1953-yil Bosh Turkman kanali quruvchilari ishchi posyolkasi sifatida vujudga kelgan. Amudaryoning chap sohilida, muhim transport yoʻllari yoqasida joylashgan. Aholisi 50,9 ming kishi (2004) Shaharda 14ta millat vakillari yashaydi. Transport yoʻli stansiyasi. Nukusdan 17 km uzoqlikda. Shaharning shim. va jan. qismlarida qad. sugʻorish kanallarining oʻzanlari saqlangan.

T. Qoraqalpogʻistonning energetika va sanoat markazi. Taxiatosh IESi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazim viloyatini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Shahar issiqlik elektr styasi Oʻrta Osiyo elektr sistemasiga tutashtirilgan.

"Taxiatoshdon" aksiyadorlik jamiyati, maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi, "Rosenergo" qoʻshma korxonasi, "Qusshishq" parrandachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

T.da 22 umumiy taʼlim maktabi (10354 oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi, 3 kasbhunar kolleji (transport, qurilish va iqtisodiyot kollejlari, 2974 oʻquvchi), markaziy kutubxona va uning 8 ta filiali, 4 klub muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona (220 oʻrin), kattalar va bolalar poliklinikalari, ayollar konsultatsiyasi, ruhiy kasalliklar dispanseri, Urush va mehnat faxriylari va "Aydoʻn jol" sanatoriylari mavjud. "Xalmq dauisiʻ" (qoraqalpoq tilida) gaz. chiqariladi. T. maxsus yoʻlkoʻprik boshqarmasi "BuxoroNukusQoʻngʻirotBeynov" avtomagistralining Ustyurtdagi (Qoʻngʻirot —Beynov) qismida qurilish ishlarini olib bormoqsa. T.dan Nukusga avtobus va poyezd qatnaydi.




Andoza:Chal