Titan rudalari
Titan rudalari — tarkibida sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va konsentratsiyalarda titan boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Asosiy minerallari: ilmenit (TYU2 43,7—52,8%), rutil, anataz va brukit (94,2—99%), leykoksen (62—98%), loparit (38,3—41%), titanit (33,7—40,8%), perovskit (38,7—58,9%), titanmagnetit. Titan rudalari magmatik, ekzogen va metamorfogen konlarga boʻlinadi. Magmatik konlar tarkibida 7—32% TiO2 boʻlgan oʻta asosli, asosli va ishqorli togʻ jinslari bilan bogʻliq. Qatlamli va tomirsimon shaklga ega xolxolli va yaxlit Titan rudalari uchraydi. Ularning tarkibida ilmenit bilan birga titanmagnetit va gematit xam mavjud. Yirik magmatik konlar Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, JAR va Hindistonda maʼlum. Titan rudalarining ekzogen konlari orasida: nurash poʻstidagi ilmenitli va rutilli (TYU2 3—30%); ilmenitning ellyuvialdellyuvialli va allyuvialli sochmalari (TYU2 0,5— 25%); ilmenit, leykoksen, rutilning (TiO2 0,5—35%) dengizqirgʻoq boʻyi (qad. va hozirgi) sochmalari hamda sirkon, monatsit va boshqa bor. Dengizqirgʻoqboʻyi sochmalari Titan rudalarining asosiy sanoat turidir. Ular qatlamli va linzasimon uyumlar koʻrinishida boʻlib, qalinligi bir necha oʻn m ga, uzunligi bir necha oʻn km ga, eni esa bir necha ming m ga yetadi. Yirik sochmalar Rossiya, Avstraliya, Hindiston, Braziliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va ShriLankada maʼlum. Metamorfogen konlar orasida qumtoshlar leykoksen bilan (TiO2 8—10%); ilmenitmagnetitlilar amfibolitlarda (TYU2— 12,2%); rutillilar gneyslarda, xloritli slanetslarDa va boshqalarda farq qilinadi. Titan rudalarida, odatda, Ti dan tashqari Gʻe, V, Zr, TR, Sclar ham mavjud. Titan rudalarini boyitish uchun favitatsion va magnit separatsiyasi, flotatsiya qoʻllanadi. Titan rudalari titan metali va uning qotishmalarini olishda, boʻyoq, loklar tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol va Shimoliy Nurota toglarida ilmenit borligi aniqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |