Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali (qisqartmasi TATUUF) – Urganchdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Urganch filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 son „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2005-yil 14-iyundagi 130-son „Oliy taʼlim muassasalari filiallari toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida“gi buyrugʻi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005-yil 23-iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Toʻliq 2005-yildan hozirgi davrga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali nomi bilan ataladi. Universitetda 2,600 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Universitet asosiy binosi
Xalqaro nomi
Urganch branch of Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2005
Direktori Shukurulloh Ismoilov Habibullo o'g'li
Talabalari 2,600+
Bakalavriat 7 ta yoʻnalish
Magistratura 4 ta mutaxassislik
Akademiklari 1
Fan doktorlari 16
Professorlari 16
Oʻqituvchilari 400
Manzili
Veb-sayti www.ubtuit.uz

Tarixiy

tahrir

TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra, universitetga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyun “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91- sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  Urganch filiali tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan.

Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S. S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

 
Binoning tashqi koʻrinishi (2023)

Fakultetlar

tahrir
  1. Kompyuter injiniringi fakulteti (Wayback Machine saytida 2024-03-12 sanasida arxivlangan)
  2. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti (Wayback Machine saytida 2024-03-12 sanasida arxivlangan)

Kafedralar

tahrir
  1. Axborot texnologiyalari kafedrasi
  2. Raqamli taʼlim texnologiyalari kafedrasi
  3. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
  4. Dasturiy injiniring kafedrasi
  5. Tabiiy fanlar kafedrasi
  6. Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
  7. Axborot xavfsizligi kafedrasi

Bakalavr yoʻnalishlari

tahrir

Kunduzgi

tahrir
Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60610300 Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)
2 60610500 Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)
3 60610500 Kompyuter injiniringi („AT-Servis“)
4 60610500 Kompyuter injiniringi („Multimedia texnologiyalari“)
5 60610600 Dasturiy injiniring
6 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari („Teleradioeshittirish“)
7 60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi

Sirtqi

tahrir
Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60320400 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)
2 60610500 Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)
3 60610500 Kompyuter injiniringi („AT-Servis“)
4 60610600 Dasturiy injiniring
5 60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari („Teleradioeshittirish“)
6 60611400 Pochta aloqasi texnologiyasi

Masofaviy

tahrir
Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60610500 Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“)
2 60610600 Dasturiy injiniring

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir
Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70610302 Axborot xavfsizligi (yoʻnalishlar boʻyicha)
2 70610501 Kompyuter injiniringi („Kompyuter tizimlarini loyihalash“, „Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash“, „Axborot va multimedia texnologiyalari“)
3 70610601 Dasturiy injiniring
4 70611001 Telekommunikatsiya injiniringi („Axborot uzatish tizimlari“, Telekommunikatsiya tarmoqlari", „Teleradioeshittirish“)

Filiallar

tahrir
  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
  2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
  3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
  4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
  5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

Direktorlar

tahrir
  1. 2005-2009. Yusupov Ahmadjon Yusupovich. Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
  2. 2009-2011. Davletov Ikrom Yusubovich. Fizika-matematika fanlari doktori.
  3. 2011-2012. Qutliyev Uchqun Otoboyevich. Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
  4. 2012-2013. Yarmetov Jumanazar Ruzimovich. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
  5. 2013-2015. Nishanov Axram Xasanovich. Texnika fanlari doktori, professor.
  6. 2015-2018. Hoitmetov Umid Azadovich . Fizika-matematika fanlari nomzodi. Dotsent.
  7. 2018-2022. Baydjanov Maqsudbek Islamdjanovich.Fizika-matematika fanlari nomzodi.
  8. 2022-2024. Matyokubov O‘tkir Karimovich.Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
  9. 2024- h.v Ismoilov Shukurulloh Habibulloh o'g'li.Fizika-matematika fanlari nomzodi.

Direktor o'rinbosarlar

tahrir

Mashhur bitiruvchilar

tahrir
  1. Xo'jayev Otabek Qadamboyevich. Shuhrat medali va Beruniy davlat sipendiyasi sohibi
  2. Raxmonova Muhabbat Beruniy davlat stipendiyasi sohibasi
  3. Otajonov Quvondiq Maqsud o'g'li Beruniy davlat stipendiyasi sohibi
  4. Sultanov Yo'ldosh O'razmatboyevich Beruniy davlat stipendiyasi sohibi
  5. Egamberganova Fazilat Shuhratovna Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
  6. Ibodullayeva Zarnigor Ollayor qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
  7. Ollaberganova Muyassar Davlatboy qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
  8. Babajanov Bobur Farhadovich Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi
  9. Saidov Atabek Bahtiyarovich O'zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi sohibi

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. TATUga Al-Xorazmiy nomi berildi, 17-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20-iyun 2017-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir