Vera Bulatova

oʻzbekistonlik arxeolog, arxitektura tarixchisi va muzeyshunosi

Vera Andreyevna Bulatova (ruscha: Вера Андреевна Булатова; 1915-yil 30-sentabr, Moskva — 2014-yil 11-dekabr, Toshkent) — asli oʻzbekistonlik arxeolog, arxitektura tarixchisi va muzeyshunosi[1]. Vera Bulatova umri davomida Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va tarixiga oid oʻttizdan ortiq asarlar yaratgan. Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Termiz va Toshkent oʻrta asr meʼmorchilik yodgorliklarini tadqiq qilgan. „Xiva meʼmoriy yodgorliklari“ („Архитектурные памятники Хивы“) kitobi[2] va „Xorazm meʼmorchiligi yodgorliklari“ („Памятники зодчества Хорезма“)[3] monografiyasi muallifi.

Vera Andreyevna Bulatova
ruscha: Вера Андреевна Булатова
Tavalludi 30-sentyabr 1915-yil
Vafoti 11-dekabr 2014-yil(2014-12-11)
(99 yoshda)
Toshkent, O'zbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Kasbi arxeolog, sharqshunos
Turmush oʻrtogʻi Mitxat Bulatov

Shaxsiy hayoti

tahrir

Vera Bulatova 1915-yilda Moskvada tavvallud topgan. 1934-yilda texnikumni tugatadi va Moskva shahar kengashining rejalashtirish boʻlimida ishlagan.[4] 1935-yilda Vera Bulatova Bulatov Mitxat Sagatatdinovichga turmushga chiqadi. Vera Bulatova 1975-yilda nafaqaga chiqdi. 2014-yil 11-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Oilasi

tahrir

Turmush oʻrtogʻi Mitxat Sagatdinovich Bulatov (19072004), arxitektor, arxitektura tarixchisi, arxitektura fanlari doktori (1975). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1970), 1940—1962-yillarda Toshkent shahrining bosh meʼmori. Samarqand (19371938), Fargʻona, Qoʻqon va Kogon, Yangi Urganch, Toshkentning bosh rejasi (19521954), Toshkent va Samarqanddagi maʼmuriy va jamoat binolarini rekonstruksiya qilish bosh rejasi muallifi[5]. 1992-yildan Xalqaro arxitektura akademiyasining faxriy aʼzosi[6][7].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Vera Bulatova Toshkentning arxitektura tarixi oʻrganish bilan mashhur boʻlgan[8]. 1937—1938-yillarda Samarqand boʻyicha olib borgan tadqiqotlari maʼlum[9]. 1940-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetiga oʻtadi. Galina Pugachenkova qoʻl ostida Turkmaniston landshaftlarini ustida ish olib borgan[10]. Qadimgi va Yangi Niso, Anau, Pestak (Abiverd) va Amudaryo vodiysidagi bir qancha yodgorliklarni oʻz ichiga olgan hududda keng miqyosda qazish ishlarida ishlagan. 1948-yilda Vera Bulatova Kaaxkin tumanidagi Pestak, Xivaobod qadimiy aholi yashash manzillarida qazish ishlari olib bordi. Bogʻi qishlogʻdagi eski „qal’a“ (mustahkam Bayaandn minoralari)ni oʻrganish davom ettirildi[11].

1950—1957-yillarda Vera Bulatova Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi arxitektura boshqarmasi qoshidagi Maxsus ilmiy restavratsiya ustaxonalarida ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan va Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Termiz va Toshkent oʻrta asr meʼmorchilik yodgorliklarining shakllanish tarixini oʻrgangan. Vera Bulatova oʻrta asrlarga oid Ichanqalʻa, Said Aloviddin maqbarasi, Uch avliyo maqbarasida birinchi arxeologik qazishmalar, Xorazm viloyatidagi yodgorliklarni tekshirish ishlarini olib borgan. Bu ishlarning natijalari „Xiva meʼmoriy yodgorliklari“ („Архитектурные памятники Хивы“) kitobi[2] va „Xorazm meʼmorchiligi yodgorliklari“ („Памятники зодчества Хорезма“)[3] monografiyasida oʻz aksini topgan. Ulugʻbek, Koʻkaldosh, Mir Arab madrasalari, Toqi Telpakfurushon, Buxorodagi Xoʻja Zayniddin majmuasining qurilish tarixi haqidagi ilk maʼlumotlar muallifi. Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va shu maydondagi uchta madrasada (Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori) qazish ishlari bilan shugʻullangan. Shahrisabz va Termizdagi maqbaralar haqida arxeologik maʼlumotlar toʻplagan. Turkiston (Qozogʻiston) shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi atrofidagi hududda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan. Toshkentning oʻrta asr meʼmorchiligi yodgorliklarini oʻrgangan, Zayniddin bobo (Orifon), Muhammad Qaffol Shoshiy, Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur maqbaralari, Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida kichik qazishmalar qilgan. Vera Bulatova Toshkentning tarixiy topografiyasi haqida maʼlumot toʻplagan. Vera Bulatova Tillakori madrasasi boʻyicha qoʻllanma, Afrosiyobning janubiy shahar devori, Toshkent va Xorazm viloyatidagi madrasa va maqbaralar qazishmalari haqida ilmiy ishlar chop etgan[12][13].

1957—1975-yillarda Vera Bulatova Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Vera Bulatova Yahyo Gʻulomov boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibida Buxoro viloyatining Qizilqir qishlogʻining bir qismini qazib olish ishlarida qatnashgan. Fargʻona vodiysidagi ilk oʻrta asrlarga oid Quva va uning atrofini oʻrgangan. Oʻzbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi 1956—1959-yillarda X. Muxamedov Quva qal’asining shimoli-gʻarbiy minorasida boʻlib, tarixiy obyektlarni koʻzdan kechirgan. 1959-yildan 1969-yilgacha Vera Bulatova Quvaning asosiy shahri shimolidagi 7-asrning turar joyi boʻlgan kichik tepalikda arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirgan[14].

1967-yilda 1966-yildagi kuchli zilzila va Toshkent qayta tiklanganidan keyin uning rahbarligida shahardagi yangi binolarni arxeologik monitoring qilish uchun Toshkent arxeologiya otryadi tashkil etiladi va unda arxeolog Vera Bulatova ham bor edi. Dastlabki yillarda Eski shahar binolari ostida yashiringan Binkat aholi punktining chegaralari belgilab olinadi va ishlar boshlab yuboriladi. Tadqiqot guruhi Toshkentdagi deyarli barcha arxeologik yodgorliklarni qamrab olgan edi. Toshkentning Chilonzor massivining zamonaviy 13-kvartal hududidagi Qozoqmozortepa shular jumlasidan edi[15].

Manbalar

tahrir
  1. „Булатова, Вера Андреевна“, Википедия (ruscha), 2019-10-26, qaraldi: 2019-11-14
  2. 2,0 2,1 В. А. Булатова, И. И. Ноткин. Архитектурные памятники Хивы : (Путеводитель). Ташкент: Госиздат УзССР, 1963. 
  3. 3,0 3,1 Л. Ю. Маньковская, В. А. Булатова. Памятники зодчества Хорезма. Ташкент: Изд-во лит. и искусства, 1978. 
  4. Ŭzbekistonda arheologik Tadkikotlar : 2004-2005 jillar : 5 - soni = Arheologičeskie issledovaniâ v Uzbekistane : 2004-2005 gody : Vypusk 5 = Archaeological researches in Uzbekistan : Season 2004-2005 : Volume - 5, Pidaev, Shakirdzhan Rasulovich., Пидаев, Ш. Р.., Toškent: FAN, 2006. ISBN 5648034415. OCLC 918784812. 
  5. „Булатов Митхат Сагадатдинович“, Популярная художественная энциклопедия : Архитектура. Живопись. Скульптура. Графика. Декоративное искусство  : [в 2 т.]. Кн. 1: А-М. М.: Советская энциклопедия, 1986. 
  6. Регина Лебедева. „Выдающиеся земляки: Митхат Сагадатдинович Булатов“. Тобольск-Информ (2012-yil 15-dekabr). 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  7. Джаннат Сергей Маркус. Наследие Булатова — призыв в Будущее // «Татарский мир» : федеральная просветительская газета. — M., 2016. — № 8 (6391). — С. 7. Архивировано 9 sentyabr 2016 года.
  8. „BULATOVA, Vera Andreevna, and Liia MANKOVSKAIA. Pamiatniki zodshestva Tashkenta XIV-XIX vv.“ (en). Sotherans. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  9. Булатова, В. А. Самарканд: музей под открытым небом. Ташкент: Изд-во лит-ры и искусства им. Гафура Гуляма, 1986. OCLC 18416327. 
  10. Ŭzbekistonda arheologik Tadkikotlar : 2004-2005 jillar : 5 - soni = Arheologičeskie issledovaniâ v Uzbekistane : 2004-2005 gody : Vypusk 5 = Archaeological researches in Uzbekistan : Season 2004-2005 : Volume - 5, Pidaev, Shakirdzhan Rasulovich., Пидаев, Ш. Р.., Toškent: FAN, 2006. ISBN 5648034415. OCLC 918784812. 
  11. Гуковский, И.Э. (2019). „Большевик, Капиталист, Советский Нарком, Изгой“. Под общ. ред. Е.П. Ткачевой. ООО Агентство перспективных научных исследований. doi:10.17513/np.369.
  12. „Блейх Н.О. Основы материальной культуры горцев Военного времени (оружие и оборонительные сооружения)“. Исторический журнал: научные исследования. 4-jild, № 4. 2016. 455–460-bet. doi:10.7256/2222-1972.2016.4.19644. ISSN 2222-1972.
  13. Филанович М. И. „Вера Андреевна Булатова“, . Археологические исследования в Узбекистане — 2004—2005 годы. Выпуск 5. Ташкент: «Фан», 2006 — 7—11-bet. ISBN 5-648-03441-5. 
  14. „Булатова, Вера Андреевна“, Википедия (ruscha), 2019-10-26, qaraldi: 2019-11-14
  15. Codrul Cosminului. Universitatea Stefan cel Mare din Suceava. DOI:10.4316/cc.