Verviers
Verviers (fransuzcha talaffuzi: [vɛʁvje] ( tinglang); val. Vervî) – Belgiyaning Liège provinsiyasidagi Wallonia hududida joylashgan shahar va munitsipalitet.
Verviers Vervî | |
---|---|
Munitsipalitet | |
Palais de Justice (sud binosi) | |
50°35′0″N 05°51′0″E / 50.58333°N 5.85000°E | |
Mamlakat | Belgiya |
Hudud | Wallonia |
Provinsiya | Liège (provinsiya) |
Maʼmuriy birlik | Verviers |
Hukumat | |
• Mayor | Muriel Targnion (PS) |
Maydon | 33.01 km2 (12.75 kv mi) |
Aholisi (2023) |
55 156 |
Zichligi | 1,700 kishi/km2 |
Milliy tarkib | PS-MR-Nouveau Verviers |
Telefon kodi | 087 |
Pochta indeks(lar)i | 4800, 4801, 4802 |
Verviers maʼmuriy hududi Ensival, Heusy, Lambermont, Petit-Rechain, Stembert va Verviers tumanlariga boʻlinadi. Shuningdek, u Dison va Pepinsterni oʻz ichiga olgan algomeratsiyaning markazi boʻlib, bu Verviersni viloyatdagi ikkinchi yirik hamda Liège va Germaniya chegarasi oʻrtasida joylashgan muhim mintaqaviy markazga aylantirgan[1]. Hudud iqtisodiyotida, xususan tekstil va turizm sanoatining rivojlanishida suv muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, Verviersda koʻplab favvoralar qurilgan, keyinroq unga Wallonianing „Suv poyaxti“ nomi berilgan. Shaharchada suvni taqsimlash va tozalash uchun 2 ta Waloon davlat muassasalari joylashtirilgan[1][2].
Tarixi
tahrirDastlabki tarixi
tahrirVerviers hududidan topilgan turli xil chaqmoq toshlar va suyak qoldiqlari, shu bilan birga Rim tangalari bu yerda odamlar yashaganidan dalolat beradi. IV asrda rimliklar sharq tomondan German qabilalarining doimiy tazyiqiga uchragan. Avvaliga tazyiqlarni muvaffaqiyatli tarzda qaytarishgan, lekin oxir-oqibat magʻlubiyatini tan olgan hamda V asr oxirida Clovisning Salian Franklariga hududni egallab olishi uchun imkon yaratib bergan. Verviers hududi oʻrmonlar bilan qoplangan boʻlib, shu sababli u yaqinidagi Theux munitsipalitetida oʻrnashib olgan Merovingian qirollari uchun ov maydoniga aylangan. Shuningdek, hudud yaqin atrofdagi Slavelot abbatligining rohiblari tomonidan asta-sekin xristianlashtirilgan.
X asr oxirida Charles III (The Simple) Franchimont markizlik qasrini Liège Notkeriga topshirdi, bu esa Notkerning Liège knyaz-yepiskopligini mustahkamlashdagi oxirgi bosqichlardan biri edi. Liège 1014-yilda markizligi ustidan toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga oldi. Bu holat imperator Frederick Barbarossa va Papa Adrian IV tomonidan tasdiqlangan.
XV asrdan hozirgi davrgacha
tahrirVerviersdagi toʻqimachilik sanoati haqidagi ilk maʼlumotlar XV asrga toʻgʻri keladi. Bir asr oʻtib, mato sanoati qisman qoʻshni mamlakat Niderlandiyada sodir boʻlgan 80 yillik urush tufayli eski metallurgiya sanoati oʻrnini egallagan. Biroq, bu oʻzgarishlar shaharning hajmiga taʼsir koʻrsatmagan hamda shahar eski holatini saqlab qolgan. Faqat 1651-yilga kelib, aholining kengayishi Verviers knyaz-yepiskoplikning asosiy shaharlaridan biri sifatida tan olinishiga olib kelgan.
XVIII asrning oxirida Fransiya inqilobi Verviersga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. 1795-yilda Liègening Fransiyaga qoʻshilishi iqtisodiy tanazzulga va misli koʻrilmagan qashshoqlikka olib keldi. Vaterloo jangidan (1815-yil) keyin shaharning nufuzi yana koʻtarildi. Verviers Wallonianing asosiy sanoat qismi boʻlgan Sillon industrielning sharqiy uchida joylashgan edi. Sanoatchi William Cockerill ingliz koʻnikmalaridan foydalangan holda Verviersning toʻqimachilik sanoatida yangi davrni boshlagan. Yoʻllar asfalt bilan qoplanilib, gaz yoritgichlar oʻrnatilgan hamda Sanoat inqilobi tufayli shahar ikki karra kengaygan. Birinchi Jahon urushidan keyin Verviers Bradford bilan „Dunyoning junchilik poytaxti“ nomi uchun bahslasha olgan.
2021-yilgi toshqinlar
tahrir14-iyuldan 15-iyulga oʻtar kechasi Vesdre qirgʻoqlaridan toshgan suv shaharga katta zarar yetkazgan. Oʻsha kechasi juda kuchli yomgʻir yogʻishi tufayli Eupen toʻgʻoni ochilib ketgan. Moddiy zararlar hamda oʻlimlar soni ancha katta boʻlgan. Odamlar Ikkinchi Jahon urushi paytidagidan koʻra koʻproq zarar koʻrilganini taʼkidlashgan.
Iqtisodiyoti
tahrirVerviers oʻzining sifati bilan mashhur boʻlgan va shaharning rivojlanishida asosiy omil boʻlgan jun va toʻqimachilik sanoati rivojlangan hudud sanaladi. Biroq, 1950-yillardan boshlab, mahalliy zavodlar xalqaro raqobatga dosh bera olmay birin-ketin yopildi, bu esa shaharning iqtisodiy taraflama tanazzulga yuz tutishiga sabab boʻldi. Iqtisodiyot 1990-yillardan boshlab tiklana boshladi, lekin haliyam zaifligicha qolmoqda. Soʻnggi yillarda eng koʻp zarar koʻrgan hududlarni jonlantirish maqsadida bir nechta savdo majmualari ochildi.
Diqqatga sazovor joylari
tahrir- Verviers bir necha muzeylarni, jumladan, neoklassik uslubdagi koʻrinishga ega sobiq zavod binosida joylashgan Jun va moda sayyohlik markazini oʻz ichiga oladi.
- La Bonbonnière nomi bilan ham tanilgan Katta teatr XIX asrning oxirida neoklassik uslubda, Grand Poste esa neogotik uslubda qurilgan.
- Shaharda bir qator qiziqarli favvoralar va tematik sayr yoʻlaklari mavjud.
Mashhur shaxslari
tahrir- Jean-Jacques Andrien – kinorejissyor (1944)
- Bertrand Baguette – poygachi (1986)
- Christian Beck – yozuvchi va shoir (1879–1916)
- André Blavier – shoir va tanqidchi (1922–2001)
- William Cockerill – sanoatchi; 1799-yilda Verviersga koʻchib kelgan
- Mathieu Crickboom – skripkachi (1871–1947)
- Pierre David, Verviersga ikki marta saylangan hokim (1771–1839)
- Brandon Deville – futbolchi (1993)
- Jacques Drèze – iqtisodchi (1929)
- Marc Duez – poygachi (1957)
- Albert Dupuis – bastakor (1877–1967)
- Emile Fabry – sanʼatkor va rassom (1865–1966)
- Philippe Gilbert – velopoygachi (1982)
- Green Montana – repper (1993)
- René Hausman – komik ssenarist (1936–2016)
- Jean Haust – tilshunos va filolog (1868–1946)
- Max Houben – atlet (1898–1949)
- Steve Houben – saksofonchi va fleytachi (1950)
- Karima – yozuvchi (1976)
- Jean-Marie Klinkenberg – tilshunos (1944)
- Marc Lacroix – oʻpka saratoni tadqiqotchisi (1963)
- Guillerme Lekeu – bastakor (1870–1894)
- Roger Leloup – komik ssenarist (1933)
- Raymond Macherot – multfilm yaratuvchisi (1924–2008)
- Maurane – qoʻshiqchi (1960–2018)
- Philippe Maystadt – siyosatchi (1948–2017)
- Dominique Monami – tennischi (1973)
- David Murgia – aktyor (1988)
- Nornagest – musiqachi va yozuvchi (1977)
- Henri Pirenne – tarixchi (1862–1935)
- Maurice Henri Léonard Pirenne – olim (1912–1978)
- Pierre Rapsat – qoʻshiqchi (1948–2002)
- Eliane Reyes – pianinochi (1977)
- Georges Ruggiu – 1994-yilgi Ruanda genotsidi davridagi radio boshlovchi (1957)
- Albert Sambi Lokonda – futbolchi (1999)
- Lucy Sante – yozuvchi va tanqidchi (1954)
- Céline Scheen – klassik sopranochi (1976)
- Jacques Stotzem – gitarachi (1959)
- Jean Vallée – qoʻshiqchi (1941–2013)
- Eric van de Poele – Formula-1 poygachisi (1961)
- Henri Vieuxtemps – bastakor va pianinochi (1820–1881)
- Violetta Villas – qoʻshiqchi (1938–2011)
- Charles Weerts – poygachi (2001)
- Yvan Ylieff – siyosatchi (1941)
Taʼlimi
tahrirOliy taʼlim
tahrirOliy taʼlim muassasalariga quyidagilar kiradi[3]:
- Haute Ecole de la Province de Liège
- Haute Ecole de la Province de Liège – Bachelier en soins infirmiers
- Haute Ecole CHarlemagne Verviers
- HELMO Verviers
Boshlangʻiz va oʻrta maktablar
tahrirOʻrta maktablarga quyidagilar kiradi[4]:
- Athénée royal Thil Lorrain Verviers 1
- Athénée royal Verdi
- Centre scolaire Saint-François-Xavier
- Ecole Polytechnique – Enseignement de la Province de Liège
- Institut Notre Dame
- Institut Provincial d’Enseignement Secondaire (IPES)
- Institut Provincial d’Enseignement Secondaire Paramédical de Liège – Huy – Verviers
- Institut Sainte-Claire
- Institut Saint-François-Xavier 2
- Institut Saint-Michel
- Institut Technique Don Bosco
Demografiyasi
tahrirVerviersda 2020-yil hisobiga aholining 25% qismini musulmonlar tashkil qiladi. U yerdagi musulmonlar jamiyati qashshoq va noroziliklardan aziyat chekkan. Bu esa hafsalasi pir boʻlgan insonlarni diniy ekstremizmga jalb qilinishiga sabab boʻlmoqda, bu holat ayniqsa 2015-yilda Verviers politsiyasining ekstremistlarga qarshi reydi paytida namoyon boʻlgan[5][6][7].
Muhojirlar jamoalari ham ishsizlikdan aziyat chekkan. Ularning asosiy qismi turk va marokashliklar hisoblanadi. Shuningdek, Verviersda kurdlar, kongoliklar, chechenlar, Somali va Sahroi Kabir afrikaliklari ham bor[8]. Fransiyadagi Roubaix va Britaniyaning Brandford shaharlari kabi Afrika va Osiyodan kelgan musulmon muhojirlar Verviersga sanoat korxonalarida ishlash uchun koʻchib kelishgan, lekin ish yetishmovchiligi sababli qashshoqlashgan[9]. Koʻplab musulmon muhojirlar shaharning bir qancha turk restoranlari, Afrika doʻkonlari, halol qassobxonalar va masjid joylashgan Hodimont qismida istiqomat qilgan[10].
Kelib chiqish guruhlari | Yil | |
---|---|---|
2023[11] | ||
Son | % | |
Belgiyada tugʻilgan belgiyaliklar | 30,135 | 54.64% |
Chetdan kelgan belgiyaliklar | 18,286 | 33.15% |
Qoʻshni mamlakatlar | 1,430 | 2.59% |
YI27 (Qoʻshni mamlakatlar bilan birga) | 3,602 | 6.53% |
YI 27dan tashqari | 13,254 | 24.03% |
Belgiyalik boʻlmaganlar | 6,735 | 12.21% |
Qoʻshni mamlakatlar | 570 | 1.03% |
YI27 (Qoʻshni mamlakatlar bilan birga) | 1,694 | 3.07% |
YI 27dan tashqari | 4,471 | 8.11% |
Umumiy | 55,156 | 100% |
Birodar shaharlari
tahrirGalereya
tahrir-
Shahar markazi
-
Cherkov
-
Notre Dame des Récollets cherkovi
-
Monumental uylar bilan aylanma yoʻl
-
The Ortmans favvorasi
-
Grand Poste
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Verviers“ (2016-yil 8-yanvar).
- ↑ „Verviers, capitale de l'eau – Portail de la Wallonie“. wallonie.be.
- ↑ "Ecoles supérieures (Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan)." Verviers. Retrieved 9 July 2017.
- ↑ "Ecoles secondaires (Wayback Machine saytida 2020-08-06 sanasida arxivlangan)." Verviers. Retrieved 9 July 2017.
- ↑ „Deaths in Verviers“ (en). POLITICO (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „Belgian radical Islamists on margins among hometown Muslims“ (en). Reuters (2015-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ Traynor, Ian. „The Belgian connections to Islamic radicalism“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „Quiet Belgian town shocked by Islamist battle“ (en). Bangkok Post. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Conroy, Erin „Social exclusion leaves Belgium ripe for extremism“ (en). The National (2015-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ „Deaths in Verviers“ (en). POLITICO (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „Origin | Statbel“. statbel.fgov.be. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
Havolalar
tahrirVikiomborda Verviers haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb-sayti (fransuzcha)
- Facebookdagi muqobil sayti (fransuzcha)