Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi

Gʻijduvon shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik
(Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniydan yoʻnaltirildi)

Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi — Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XII—XV asrlar[1]). Majmua Buxoro shahridan 50 km uzoqlikda boʻlib, xojagon tariqatining asoschisi Abduxoliq ibn Abdujalil Gʻijduvoniy tomonidan bunyod etilgan[2]. Majmua Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi, masjid va huvuzdan iborat. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy Buxorodagi yetti pirlarning birinchi vakili hisoblanadi. U Xojayi jahon nomi bilan mashhur boʻlib, tasavvuf maktabiga asos solgan. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohi oldida temuriy Mirzo Ulugʻbek 1433-yilda bir madrasa bunyod ettiradi. 2003-yilda Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning 900 yilligi keng nishonlangan[2]. Majmuadagi Ulugʻbek madrasasi tashqi koʻrinishi bilan ajralib turgan. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxon (1539—1550) davrida ushbu majmuada masjid bunyod etilgan. Buxoro xoni Abdullaxon II (1583—1598) davrida 1583-yil madrasa va masjid qayta taʼmirlangan. Mirzo Ulugʻbek madrasasi peshtoqida Alaq surasining 1-7-oyatlari keltirilgan boʻlib, 2003-yilda taʼmirlangan[3]. Mazkur yozuvlar suls xatida yozilgan. Biroq ularning aksariyati qulab tushgan. 1946-yil Mirzo Ulugʻbek madrasasi yozuvlarini maʼlum bir qismini oʻqigan va shunga koʻra qayta tiklangan[4]. Abduxoliq Gʻijduvoniy qabrtoshi toshdan yasalgan va yon tomonlarida suls xatida Qur’oni Karimdan „Mujodala“ surasining oʻn birinchi oyati bitilgan. Qabrtoshning qisqa yon tomonlarida esa epitafiya (baxshida yozuv) yozilgan[5]. Majmuadagi huvuzdagi tarnovda esa nastaqil xatida Xofiz Sheroziyning gʻaziladan parcha keltirilgan[6]. Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasidagi masjid esa 2003-yida yangitdan qayta qurilgan[7]. Hozirgi kunda Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasida ziyoratchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi
Muqobil nomlari Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi majmua
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1

Manbalar

tahrir
  1. Ражабов 2016, s. 190.
  2. 2,0 2,1 Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 230.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 233.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 235.
  5. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 237.
  6. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 239.
  7. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 241.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Каримова Г., лойиҳа муаллифи, таржима ва изоҳлар муҳаррирлари Б. Бобожонов, К. Рахимов. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар. Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 2011 — 564-bet. ISBN 978-9943-01-716-0.