Xoja — to’liq ismi Ibodulla Sayid Poshshoxo’ja binni Abdulvahobxoja bo’lgan Xoja Zangi ota avlodlaridan bo’lib 1480-yilda Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida Shayx ul-islom Abdulvahobxoja oilasida tavalud topgan.

Hayoti

tahrir

Xojaning hayoti haqidagi asosiy ma’lumotlar bizga uning o’g’li Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” ya’ni “Do’stlar yodnomasi” asari orqali yetib kelgan.

Xoja Niso, Marv madrasalarida ta’lim oladi, Samarqand va Buxoroda yashaydi, bir qancha vaqt vaqf yerlarining hisobi ustidan nazorat olib boruvchi sadrlik lavozimini egallagan. Balx hokimligi Kistan Qaro Sulton qo’liga o’tgach, Xoja din ahllari va ulamolar boshlig’i - shayxulislomlik vazifasida ishlagan.

Xoja Shayboniylar saltanatida viloyat hokimi, jumlat ul-mulk vazifalarida ishlaydi. Adib nihoyatda chiroyli xat yozganligi uchun xonlar o’rtasida yozishmalar ham olib borgan.

1547-yilda vafot etgan Xoja Bahouddin Naqshbandiy qabri yoniga dafn qilingan.

Xojaning “Muftoh ul-adl”, “Gulzor”, “Maqsad ul-atvor” asarlari mashxur bo’lib, bu asarlar hikoyat, qitʼa, ruboiy, masnaviy, fard kabi janrlarda yozilgan.

Muftoh ul-adl” (Adolat yoki odillik kaliti) asari 1508-1510-yillarda yozilgan bo’lib,Shayboniyxonning o’g’li Temur Sultonga bag’ishlangan. U 15 bobdan iborat.

Gulzor” asari laqabi “Odil” bo’lgan Kiston Qora sultonga bag’ishlab, 1538-yilda yozilgan. Asar mobaynida Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidan ijodiy foydalanilgan.

Maqsad ul-atvor” dostoni Kistan Qaro Sultonning tog’asi Jonibek Sultonga bag’ishlangan bo’lib, 1514-1520-yillarda yozilgan. Asar Nizomiy Ganjaviyning “Mahzan-ul-asror” asariga nazira shaklida yozilgan.