Ziynat toshlari - sanʼat buyum lari (vaza, quticha, qadama naqsh va sh. k.) va zebiziynatlar (uzuk, isirgʻa, toʻgʻnogʻich va b.) tayyorlanadigan rangli mineral va togʻ jinslari. 3. t. fizikmexanik xossalariga qarab qattiq (5 va undan qattiqroq — mineral shkalasi boʻyicha, mas, nefrit, yashma, agat va b.) va yumshoq (qattiqligi 4 va undan yumshoqroq mas, malaxit, marmar oniksi, flyuorit va b.) boʻladi. 3. t. qiymatiga koʻra, 3 sinfga boʻlinadi: birinchi sinfga nefrit, lojuvard, sodalit, rodonit, malaxit, avantyurin va b.; ikkinchiga — lepidolit, serpentin, obsidian, diatomit, flyuorit, kahrabo va b.; uchinchiga — tosh tuzi, gips, marmar, angidrit, porfirlar va b. kiradi. Agat, kahrabo va baʼzi bir boshqa minerallarning yaxshi turlari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Z.t. konlari Yer kurrasining koʻp joylarida bor. Oʻzbekistonda Z.t. Samarqand, Navoiy viloyatlarida (marmar), Zirabuloq, Chatqol togʻlari, Kumushkonda (marmar oniksi), Qizilqum, Sulton Uvaysda (feruza), Qurama, Chatqol (xalsedon, flyuorit, agat) va Piskom togʻlarida (ametistsafsar, malaxit, togʻ billuri) topilgan. Xorijda 3. t.ning konlari RF (Ural, Sibir, Oltoy va b.), Ukrainada (Donbass, Karpat togʻlari, Qrim va b.), Qozogʻiston, Afrika, Jan. Amerika, Avstraliya va b. joylarda bor. 3.t.ning kup turlari texnikaning turli sohalarida ham ishlatiladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil