Asrlar sadosi — har yili oʻn minglab mahalliy va xorijlik sayyohlarni oʻziga jalb etuvchi, milliy anʼana va urf-odatlar, hunarmandchilik, taomlarning rang-barangligini namoyish etuvchi madaniy oʻzbek festivalidir[1]. Festivalga 2008-yilda Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi jamgʻarmasi tomonidan asos solingan boʻlib, 2009-yilda UNESCO bilan hamkorlikda oʻtkazila boshlagan.

Asrlar sadosi festivali

Asrlar Sadosi festivali
Ochilish filmi 2008-yil
Yopilish filmi 2013-yil
Oʻtkan joyi Oʻzbekiston
Asoslangan 2008-yil
Til oʻzbekcha
Festival oʻtkazilgan hududlar

Asrlar sadosi festivali ochiq osmon ostidagi sahnalarda folklor ansambllari tanlovlari, baxshilar, anʼanaviy badiiy-konsertlar, shou va milliy liboslar namoyishlaridan iborat. Festival doirasida, shuningdek, xalq oʻyinlari, koʻpkari, kurash, xoʻroz janglari va dorbozlarning chiqishlari, oshpazlar oʻrtasida oʻzbek milliy taomlari tanlovi oʻrin olgan. Shuningdek, festival doirasida amaliy sanʼat koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib, unda kulolchilik, boʻrtmachilik, kashtachilik, miniatyura, toʻqimachilik va yogʻochga ishlov berishdagi eng yaxshi ustalar, milliy qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa ijodkorlar oʻz asarlarining yaratilish jarayonini namoyish etadi[1].

Tarixi

tahrir

2008-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan Asrlar sadosi festivali Oʻzbekistonning turli viloyatlarining tarixiy yoki madaniyat markazlarida ochiq osmon ostida oʻtkaziladi. Birinchi festival Shahrisabz yaqinida, keyingisi Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon va Boʻstonliq tumanlarida UNESCO bilan hamkorlikda tashkil etildi. 2010-yilda Xivada joylashgan Ichan qal’a tarixiy meʼmoriy majmuasi festivalga mezbonlik qilgan[2]. 2011-yilda Oʻzbekistonning yana bir mashhur tarixiy shahri Buxoroda „Asrlar sadosi“ festivali boʻlib oʻtdi. 2012-yilgi festival esa Qoraqalpogʻistonning Ellikqal’a tumanidagi Tuproqqalʼa qadimiy qoʻrgʻonida boʻlib oʻtdi[3].

 
Asrlar Sadosi festivali, 2008-yil, Shahrisabz
 
Asrlar Sadosi festivali, 2008-yil, Shahrisabz
 
Asrlar Sadosi festivali, 2008-yil, Shahrisabz

Birinchi „Asrlar sadosi“ anʼanaviy-madaniy festivali Amir Temur tugʻilib oʻsgan Shahrisabz shahri yaqinida joylashgan Kitob tumanidagi Qaynar qishlogʻida boʻlib oʻtdi va unda 30 000 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ochiq osmon ostidagi oltita tepalik ustida rang-barang marvaridlar yoyilib, Oʻzbekistonning barcha hududlaridan amaliy sanʼat ustalari, rassomlar, dizaynerlar, oshpazlar va boshqa madaniyat va sanʼat namoyandalari oʻz durdonalarini namoyish etishdi. Festival doirasida kulolchilik, tanga zarb qilish, zardoʻzlik sanʼati, miniatyura, toʻqimachilik, yogʻoch oʻymakorligi, milliy qoʻgʻirchoqbozlik boʻlib oʻtdi[4].

 
Mahalliy sanʼatkorlarning chiqishlari. Toshkent viloyati
 
Milliy kiyimlar koʻrgazmasi, Toshkent viloyati

Bu yil „Asrlar sadosi“ festivali Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga toʻgʻri keldi va Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon va Boʻstonliq tumanlarida boʻlib oʻtdi. UNESCO shu yildan festivalni tashkil etishda Fund Forum bilan hamkorlik qila boshladi. 2009-yilda festivalda 15 000 dan ortiq kishi qatnashdi[5].

Dasturda folklor qismidan tashqari, ilmiy tadbirlar ham taqdim etildi. „Asrlar sadosi“ festivalining birinchi kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladzening „Markaziy Osiyo davlatlari va madaniyatlari sivilizatsiyasi“ nomli yangi kitobi taqdimotiga bagʻishlangan ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi[6].

 
Gala konsert, Xiva
 
Mahalliy sanʼatkorlarning chiqishlari, Xiva
 
Milliy liboslar koʻrgazmasi, Xiva
 
Milliy oʻyinlar, Shahrisabz
 
Arxeologik qazishmalar, Buxoro, 2011-yil
 
Milliy taomlar festivali, Buxoro, 2011-yil

Tarixiy Xiva shahrida joylashgan Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Ichan qal’a uchinchi „Asrlar sadosi“ga mezbonlik qildi. Bu yil arxeologiya va tarixga qiziquvchilar bir qator oʻquv seminarlarida, jumladan, masterklass va yangi tadqiqot loyihalari taqdimotlarida qatnashish imkoniga ega boʻldilar[7]. 2010-yilda festivalda 20 000 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi[8].

 
Asrlar Sadosi. Buxoro, 2011-yil
 
Asrlar Sadosi. Milliy kurash musobaqasi, Buxoro, 2011-yil

2011-yilda qadimiy Buxoroda „Asrlar sadosi“ festivali boʻlib oʻtdi, unda 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Bir guruh arxeologlar Buxorodagi Magoki-Attori masjidi va Toqi Telpakfurushon gumbazi yaqinida olib borilgan qazishma ishlari chogʻida 1000 yil ekanligi taxmin qilingan hammom majmuasiga duch kelishdi. 30-aprel kuni arxeologlar festival doirasida ajoyib topilma haqida taqdimot qilishdi. Mehmonlar Buyuk Ipak yoʻli sayohatchilari qisman qayta tiklangan tarixiy karvonsaroyda qanday dam olganliklarini his qilib koʻrishdi[9].

„Asrlar sadosi 2011“ madaniy tadbirlari milliy kino sanʼatining yetakchi vakillarini birlashtirgan „Kinofestivallar – zamonaviy jahon madaniyati hodisasi“ mavzusidagi davra suhbati va oʻzbek dizaynerlarining moda namoyishi boʻldi. Yana bir tadbirda Fund Forum tomonidan Oʻzbekistondagi musulmon ulamolari, diniy bilim yurtlari rahbarlari va oʻqituvchilari, Buxoro viloyati ruhoniylari, mamlakatimizning turli shaharlaridan kelgan madrasa talabalari hamda jurnalistlar hissasi bilan nashr etilgan „Oʻzbekistonda meʼmorchilik epigrakiyasi durdonalari“ kitobi taqdim etildi. Taqdimot chogʻida „Mehr nuri“ jamgʻarmasi Jamoatchilik kengashi raisi Gulnora Karimova islom taʼlim muassasalarining eng iqtidorli talabalariga 50 ta grant hamda Oʻzbekistondagi 10 ta maʼnaviyat taʼlim muassasalariga moddiy-texnik vositalar koʻrinishidagi grant yordamlarini taqdim etdi.

Mehmonlar oʻtgan yillardagidek qadimiy Koʻkaldosh madrasasi yonida oʻtkazilgan Milliy liboslar festivalida qatnashish imkoniga ega boʻldi. 30-aprel kuni festival doirasida Buxoro shahridagi Nodir devonbegi madrasasida taniqli yapon xattoti Koichi Xonda oʻz sanʼatini namoyish etdi. „Muqaddas Buxoroga bagʻishlash“ badiiy koʻrgazmasiga 100 000 dan ortiq kishi tashrif buyurib, Hondaning yigirma uchta nafis asarini tomosha qildi. Hondaning kalligrafik durdonalaridan ayrimlarini Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi[10].

 
Asrlar Sadosi festivali, dorbozlik tomoshasi, Qoraqalpogʻiston, 2012-yil
 
Asrlar Sadosi festivali, “Orolbo‘yi: mintaqa rivojlanishining tarixiy, ekologik va ijtimoiy jihatlari” mavzusidagi davra suhbati, Qoraqalpogʻiston, 2012-yil
 
An’anaviy cholgʻu asboblarini yaratish ustaxonasining ochilishi, Qoraqalpogʻiston, 2012-yil

Festivalning 2012-yilgi beshinchi mavsumi Qoraqalpogʻistonning Ellikqal’a tumanida (Oʻzbekiston shimoli-gʻarbida) Tuproqqalʼa qadimiy qoʻrgʻoni yonida Asrlar sadosi anʼanaviy-madaniyat festivali boʻlib oʻtdi. Bu yilgi festivalda 50 000 ga yaqin tomoshabin ishtirok etdi[11].

Shuningdek, 5000 yil davomida goʻzalligi, nafisligi va mahorati bilan butun dunyo odamlarini maftun etib kelgan axaltaka otlari koʻrgazmasi boʻldi[12]. Koʻrgazma davomida Tuproqqal’a qoʻrgʻoni etagida koʻplab rang-barang uylar, ayvonlar va milliy taomlar taqdim etuvchi kafelar qurilgan boʻlsa, uning perimetri boʻylab qal’aning eski devorlari tepasida jangchilardek kiyingan yigitlar tarixiy soqchi sifatida koʻrinish berdi[13].

 
„Asrlar sadosi“ amaliy sanʼati koʻrgazmasi, Qoraqalpogʻiston, 2012-yil

Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida anʼanaviy qoraqalpoq cholgʻu asboblarini yasash studiyasi ochilib, ixtisoslashtirilgan ustaxona tashkil etildi. Savistskiy nomli sanʼat muzeyida „Orolboʻyi: mintaqa rivojlanishining tarixiy, ekologik va ijtimoiy jihatlari“ mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi[14].

2013-yilda festival 4-5 may kunlari Navoiy viloyati Sarmishsoy darasida boʻlib oʻtdi[15]. Bu yilgi festival oʻzida 100 000 dan ortiq tomoshabin va 1500 nafar ishtirokchini qamrab oldi. Ikki kun davom etgan festivalda Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan kelgan 22 folklor jamoalari sahna koʻrinishlarini namoyish etib, oʻz sanʼati, mahorati va liboslarini namoyish etdi[16]. Festivalga Oʻzbekiston boʻylab 80 ga yaqin hunarmandlar oʻz sanat asarlari bilan ishtirok etdi[17]. Shuningdek, festival doirasida oʻtkazilgan „Milliy taomlar“ festivalida Oʻzbekiston viloyatlaridan kelgan 16 oshpaz oʻzining pazandalik mahoratini namoyish etdi. Milliy liboslar festivalida esa Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona va Andijon dizaynerlari tomonidan 15 xil toʻplam namoyish etilgan boʻlsa, anʼanaviy davom etib kelayotgan koʻpkari oʻyinida 100 dan ortiq chavandozlar ishtirok etdi. Yetti juft xoʻroz hamda oʻn besh juft qoʻchqor oʻrtasida ham hayvon urushlari boʻlib oʻtdi[18]. Kurash bahslarida yuz nafar polvon gʻoliblik uchun kurash olib bordi[19]. Festivalga tayyorgarlik koʻrish uchun „Kelajak ovozi“ Yoshlar tashabbus markazidan 300 ga yaqin koʻngillilar jalb etildi[20]. Oʻzbekiston barqaror rivojlanishida madaniyatning oʻrni mavzusida ikkita xalqaro festival oʻtkazildi[21]. Arxitekturaga atalgan anjuman doirasida Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Xiva va Qoraqalpogʻistonda meʼmoriy epigrafiga oid oltita kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi[22]. 10 ta madrasadan 20 nafar talaba „Maʼnaviyatni qoʻllab-quvvatlash“ yillik dasturi doirasida stipendiya bilan taqdirlandi[23].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „About the Festival“. Asrlar Sadosi official webpage. 17 June 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  2. „Khiva greets guests“. Fund Forum webpage. 2013-05-05da asl nusxadan arxivlandi.
  3. „Celebrating Uzbekistan's cultural legacy“. Cercle Diplomatique et Economique International. 12 March 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  4. „Big success of Asrlar Sadosi Art Festival“. koreapost.ru. Qaraldi: 1 May 2013.
  5. "Asrlar Sadosi" is getting started“. Fund Forum Web Page. 5 May 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  6. „Asrlar Sadosi 2009“. Asrlar Sadosi webpage. 23 January 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  7. VAN KUFFELER, VENETIA DE BLOCQ. „Asrlar Sadosi Festival, Uzbekistan“. Diplomat magazine. 2015-09-23da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  8. „A taste of the ancient Silk Road, The Asrlar Sadosi Festival in Khiva, Uzbekistan“. Diva International. 12 March 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  9. „Азарт и вкус второго дня «Асрлар садоси-2011»“. Fund Forum webpage. 11 May 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  10. „Asrlar Sadosi 2011“. about Asrlar Sadosi 2011. 23 January 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  11. „«Асрлар садоси-2012» посетило 50 тысяч человек“. Gazeta.uz. Qaraldi: 1 May 2013.
  12. „Asrlar Sadosi 2012: the festive hustle and bustle begins“. News headline from Asrlar Sadosi webpage. 23 January 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013.
  13. Shapiro, Michal. „Uzbek Adventure. Nat Geo Music Checks Out Uzbekistan's Asrlar Sadosi Festival“. 16 June 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 May 2013. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  14. Michal, Shapiro. „A Bakhshi in Central Asia“. Qaraldi: 1 May 2013. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  15. „Asrlar Sadosi Festival 2013 in figures“. Official webpage. 21 November 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 May 2013.
  16. „Asrlar sadosi - 2013» посетило более 100 тысяч человек“. Advantour. 16 June 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 May 2013.
  17. „Asrlar Sadosi Festival 2013 Agenda“. UzDaily. Qaraldi: 30 May 2013.
  18. „Фестиваль "Асрлар садоси" завершил свою работу“. NewsMail.ru. 9 May 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 May 2013.
  19. „Фестиваль «Асрлар садоси-2013» посетило более 100 тысяч человек“. Gazeta.uz. Qaraldi: 30 May 2013.
  20. „«Асрлар садоси-2013»: фестиваль на скалах и песках“. Culture.uz. 16 June 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 May 2013.
  21. „Фестиваль традиционной культуры "Асрлар садоси - 2013!“. Sezam agency. Qaraldi: 30 May 2013.
  22. „HOW TO GET TO ASRLAR SADOSI FESTIVAL 2013“. The Ministry of Culture and Sport affairs, Uzbekistan. 18 September 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30 May 2013.
  23. „Асрлар садоси“. RiaNews. Qaraldi: 30 May 2013.