Tamaki mozaikasi virusi — Tobamiviruslar jinsiga mansub, bir ipli RNK virusi bo'lib, o'simliklar, asosan tamaki o'simligi, Solanaceae oilasida kasallik keltirib chiqaradi. Zararlangan o'simlik barglarida mozaikaga o'xshash dog'lar paydo bo'lgani uchun virus shunday nomlangan. XIX asrda bakteriya bo'lmagan noma'lum agent o'simliklarga zarar yetkazayotgani ommani tashvishga solgan, 1930-yilda bu yuqumli qo'zg'atuvchining tabiati virus ekanligi aniqlangan. Virus Wendell Meredith Stanley tomonidan o'rganilgan, shakli PG5 sintetik molekulasi ko'rinishida ekanligi aniqlangan. 1

Kasallik sikli

tahrir

Tamaki virusi aktiv holatda uchrash bilan birga qishlash xususiyatiga ham ega. U o'simliklarning poyalarida, barglari va tuproq ostidagi ildizida, urug'larning yuzasida qishlaydi. U hatto ifloslangan tamaki mahsulotlarida ham uzoq vaqt saqlanib qolib, chekuvchilarda ham kasallik keltirib chiqarishi aniqlangan. 26 27 Kasallik vektori o'simlikning shirasi yoki boshqa o'simlik qismlari bilan bevosita aloqa kabi omillar bo'lishi mumkin.

Yuqumliligi

tahrir

Virus ko'payish davrida boshqa hujayralarga ham tarqala boshlaydi. U plazmodesma orqali yondosh hujayralarga tarqaladi. Hasharotlar yordamida tarqalishi aniqlanmagan. 28 Hujayraga kirish uchun virus o'zidan P30 deb nomlanuvchi oqsil ishlab chiqaradi. Hujayra ichida uzoq saqlanib qolish uchun virus floem orqali ham tarqaladi.

Belgilari

tahrir

Boshqa patogen o'simlik viruslari kabi tamaki mozaikasi ham o'simliklarni keng diapozonda zararlaydi. Shimoliy Karolinada tamaki yetishtirishda kasallik 2% hosilning yoqolishiga olib kelgan. 30 Shu bilan birga tamakining o'zigina emas, unga yondosh tarzda yetishtirilayotgan pomidor, qalampir, bodring, manzarali gullar ham kasallikdan zararlangan. 31 Kasallikdan zararlanish belgilari dastlab o'simlikning barglarida ko'rina boshlaydi. Barglar och yashil tus oladi. Keyin unda mozaik naqshlar ko'rina boshlaydi. Bu belgilar tez rivojlanib, yosh barglarda ko'proq ko'rina boshlaydi. Pastki barglarda keyinchalik issiq va quruq havoda mozaik naqshlar kuyishga aylanadi. Bu tamaki mozaikasi kasalligining eng halokatli belgilaridan biridir. Oxirida barglar burishib, qorayib qoladi.