Foydalanuvchi:Ne'matjonova Shaxzodaxon/qumloq

Zahiriddin Muhammad Bobur: hayoti, hikmatlari, fazilati va avlodlari haqida tahrir

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 7 dalil

  • Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan;
  • 1494 yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona hokimi etib tayinlangan;
  • 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng, Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Kobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatgan;
  • 1526 yil aprelida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland kelgan;
  • Bobur 1530 yilning dekabr oyida Agra shahrida vafot etadi. Uning xoki keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobuldagi “Bog‘i Bobur”ga  olib kelingan;
  • Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asariga qadar Hindiston hech qachon bunchalik chuqur o‘rganilmagan va u hind olimlariga mamlakat tarixini o‘rganishga katta yordam bergan.
  • Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan  «Boburiylar sulolasi»ning «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan atalishi Ovro‘po tarixchilarining xatosidir.Shoh shoir shaxsiyatiga xos 7 fazilat -Vatanparvarlik; -Yuksak himmatlilik; -Jasurlik; -Boshqaruvda benazirlik; -Odamlarga farovonlik sog‘inish; -Jangchilar ko‘ngliga yo‘l topish; -Adolat qilmoqlik. Zahiriddin Bobur hikmatlaridan namunalar «Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.» «Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.» «Ko‘pchilik bahodirlar qanchalar kuchli bo‘lmasinlar, ular hargiz o‘z jahllari va qo‘rquvlaridan ustun kela olmaydilar.» «Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.» Mirzo Bobur to‘g‘risida 6 ta jahonshumul fikr
  1. Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  1. Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi.Javaharlal Neru, jamoat arbobi
  1. Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan.Eduard Holden, tarixchi olim
  1. Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi.Qamar Rais, jamoat arbobi va adabiyotshunos  
  1. Boburning hind xalqiga qilgan eng katta xizmati shuki – u xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini kengaytirib, ularni o‘z kulbalaridan tashqariga qarashga, dunyoning naqadar katta ekanini anglashga majbur qildi. Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi.Javoharlal Neru, jamoat arbobi
  1. Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati, ularga mashg‘ulligi bilan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta hukmdor topilmaydi.Uilyam Erskin, «Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Boburiylar sulolasi haqida 10 dalil Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi nomi bilan tarixga kirgan Boburiylar sulolasidan oldin ham, undan keyin ham Hindiston tarixida bu qadar qudratli davlat barpo etilmagan. Bu sulola ham ma’rifat, ham qudrati bilan buyuk va ibratli podshohlarni tarbiyaladi. Quyida sizga bu imperiyaga oid 10 dalilni taqdim qilamiz.
  1. Imperiya hayoti: 1526–1857 yillar

Bobur tahrir

  • Mutolaa
  • Tahrirlash
  • Manbasini tahrirlash
  • Tarix
  • Kuzatish

Asboblar

Umumiy

Nashr/eksport qilish

  • PDF sifatida yuklash
  • Bosma uchun versiya

Boshqa loyihalarda

  • Vikiombor
  • Vikiiqtibos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo
Shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, 9hrgrgr shahzoda
Tavalludi 14-fevral 1483-yil


Andijon

Vafoti 26-dekabr 1530-yil

(47 yoshda) Agra

Otasi Umarshayx Mirzo
Onasi Qutlugʻ nigorxonim

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash] tahrir

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.

Otasi tomondan:

  1. Amir Temur ko‘ragon (1336-1405)
  2. Mironshoh Mirzo (1366-1408)
  3. Sulton Muhammad Mirzo (1398-1444)
  4. Sulton Abu Said ko‘ragon (1424-1469)
  5. Umarshayx Mirzo ko‘ragon (1456-1494)
  6. Bobur (1483-1530)

Onasi tomondan:

  1. Tug‘luq Temurxon (1329-1362)
  2. Xizr Xo‘jaxon (1358-1399)
  3. Muhammadxon (? - 1416)
  4. Sharalixon (taxtga chiqmagan )
  5. Uvaysxon (1418-1425-yillarda)
  6. Yunusxon (1468-1487)
  7. Yunusxonning qizi Qutlug‘ Nigorxonim (1457-1504)
  8. Bobur (1483-1530)

Boburning onasi oʻqimishli bo‘lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.

Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so‘fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).

Movarounnahr taxti uchun kurash[tahrir | manbasini tahrirlash] tahrir

Movarounnahr XV asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so‘fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).

  • Mutolaa
  • Tahrirlash
  • Manbasini tahrirlash
  • Tarix
  • Kuzatish