Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Potter Uz!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

--Ximik1991Bot (munozara) 12:29, 14-Dekabr 2015 (UTC)Javob berish

Afsus.!!!

Men Vikipediyani yaxshi tushunmayapman. Masalan sizga men uchun yozganingizdek munozara. Agar xatolarim boʻlsa tuzatib boring.

Mening munozara sahifamda qanday yozishni soʻramoqchi edingizmi? Buning uchun ismi-sharifimdan keyin yozilgan munozara soʻzini bosishingiz, munozara sahifam ochilgandan keyin esa Mavzu qoʻshish bandini bosib oʻsha yerda xabar qoldirishingiz mumkin --Xusinboy Bekchanov (munozara) 17:24, 7 dekabr 2013 (UTC).

Tutuq belgilari tahrir

Iltimos, maqolalardagi tutuq belgilarini oʻzgartirmang. Bu yerga qarang, sababi tushuntirilgan. Abdulla munozara 04:59, 8 dekabr 2013 (UTC)

Harry Potter, Uzuklar Hukmdori kabi tematik wiki ochish uchun Wikia saytida roʻyxatdan oʻtib, CreateNewWiki degan joydan boshlashingiz mumkin. Abdulla munozara 05:05, 24 dekabr 2013 (UTC)

Munozaraga yozganingizda imzo qoʻyishni esdan chiqarmang. Wikia oʻzbekchasida hamma soʻzlar tarjima qilinmagan ekan, men yana tahrirlash, tarix, turkumlar, kirish va qidirishni koʻrdim. Wikia bilan ishlamaganim uchun, qolgan soʻzlarni qayerda tarjima qilish kerakligini bilmayman, afsus. Abdulla munozara 07:56, 26 dekabr 2013 (UTC)
Wikia admini emasman. Wikia bilan Vikipediya — alohida saytlar. Iltimos, munozaralarda imzo qoʻying, kim qachon yozgani koʻrinadi (buning uchun ~~~~ qoʻshib qoʻyish kifoya). Abdulla munozara 10:06, 6 yanvar 2014 (UTC)
Wikia adminlari bilan tanish emasman-u, lekin siz ochgan uz.harrypotter.wikia.com admini siz ekansiz (biror Wikia ochgan har qanday foydalanuvchi shu Wikia admini boʻladi). Wikianing yordam sahifalari bilan tanishib chiqqaningiz maʼqul. Abdulla munozara 09:00, 7 yanvar 2014 (UTC)

Vikifikator tahrir

Salom, maqolani lotin alifbosida qoʻshing yoki maqolani kirill alifbosida yozib vikifikatordan foydalaning. Maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasining ostida, qisqa tavsif yoziladigan yerning ustida koʻk bilan belgilangan „Vikifikator“ funksiyasini bosing. Shunda kirill alifbosidan lotin alifbosiga almashadi va inglizcha apostrof (oʻ, gʻ, aʼlo) oʻrniga oʻzbekcha okinalar (oʻ, gʻ, aʼlo) paydo boʻladi. Hurmat bilan --Amir.Temur (munozara) 10:11, 25 dekabr 2013 (UTC)

Sana va manbalar tahrir

Hurmatli Potter Uz. Bir iltimos, sanalarni chiziqcha bilan yozing (16 dekabr emas, 16-dekabr; 1967 yil emas, 1967-yil va hk). Shuningdek qoʻshgan maqolangizga manba (foydalangan adabiyotingiz) qoʻshishni ham unutmasangiz yaxshi boʻlardi. --Amir.Temur (munozara) 10:14, 25 dekabr 2013 (UTC)

Manbalar tahrir

Maqolaga manba qoʻshish uchun bunday qilasiz masalan: Aholi soni 34 366 <ref>[http://www.oksh.kz/arhive/Muragat/2011/26-27/Aksukent.htm Баспана салуға бос жер жоқ.]</ref> bu yerda qora bilan yozilgan manba hisoblanadi. Oqsuvkent maqolasini koʻzdan kechiring manba qanday qoʻshilishini tushunib olasiz --Amir.Temur (munozara) 10:59, 25 dekabr 2013 (UTC)

Shunigdek Vikipediya:Manbalarga ishoratlar buni ham koʻzdan kechiring--Amir.Temur (munozara) 11:07, 25 dekabr 2013 (UTC)

Ushbu sahifa oʻchirishga tavsiya etildi. Nufuzli manba keltirib maqolani saqlab qolishingiz mumkin --Xusinboy Bekchanov (munozara) 16:27, 25 dekabr 2013 (UTC).

Harry Potter tahrir

Ha, Harry Potter qahramonlari haqida yozishingiz mumkin. Inglizcha Harry Potter qahramonlari roʻyxati maqolasidan tarjima qilavering. Abdulla munozara 13:54, 7 yanvar 2014 (UTC)

RE:Nega endi inglizcha tahrir

  • Artur Konan Doyl, Garri Potter deb yozilgan oʻzbekcha nufuzli manbalar (kitob, darsliklar, gazetalar va b.) topishga urinib koʻring. --Sociologist--munozara-- 06:40, 8 yanvar 2014 (UTC)
  • Bolgarlar, Azarbayjonlarda unday emasku. Potter Uz (munozara) 06:12, 8 yanvar 2014 (UTC)
    Bolgarlar kirillda yozadi, ular lotindan translit qilishga majbur. Umuman slavyancha Vikipediyalarda oʻzaro hurmat koʻrinmaydi, ukrainlar ruscha ismlarni ukrainchalashtirib, ruslar serbcha ismlarni ruslashtirib va hokazo yozaverishadi. Ozarbayjonlarda esa bu harakat endi boshlandi: masalan, asarlar nomlarini aslida qanday boʻlsa, shunday yozishmoqda — az:Hear What I Say (albom) (Hir Uot Ay Sey emas, eʼtibor qiling). Ismlar borasida esa ozarbayjonlar hali ham ruslardan koʻchirib yurgani uchun qingʻir-qiyshiq yozishadi (tegishli AzWiki munozarasi). Abdulla munozara 07:36, 8 yanvar 2014 (UTC)

Hermione Granger tahrir

Ismini Hermione Granger deb qoldirganimiz maʼqul. Germiona degan talaffuz xato va ruslardan olingan. Aslida Hemayini Greynje yoki Hemoyeni Greynje deb aytiladi. Abdulla munozara 07:44, 8 yanvar 2014 (UTC)

Umuman olganda bizga tanish boʻlib qolgan. Keyin inglizlardagi H ni koʻp holda G deb ishlatamizku. Demak asl nomida qoldirishim kerak. Vikipediyaga kirgan odam Germiona Greynjer deb izlasa Hermiona Granger chiqmaydiku. Potter Uz (munozara) 08:41, 8 yanvar 2014 (UTC)
„Asl nomi“ deganda Hermione Granger nazarda tutilgan boʻlsa maʼqul. Keyin, Vikipediyada Germiona Greynjer deb qidirsa ham Hermione Granger chiqaveradigan qilib qoʻysa boʻladi (yoʻnaltirish ishlatiladi). Masalan Teylor Svift deb qidirsangiz Taylor Swift maqolasi ochiladi. Keyin shu maqolaning ichida ismning talaffuzi, kirillda yozilishini qoʻshib qoʻyish ham mumkin. Abdulla munozara 12:24, 8 yanvar 2014 (UTC)

RE:Bot va andoza tahrir

Oʻzga sayyoraliklarga rostdan ham qiziqsangiz va ular bilan aloqa oʻrnatish tarafdori boʻlsangiz, {{UserSETI}} andozasini ishlatavering  . Andoza yaratish uchun oz-moz HTML bilish kerak. Bot haqidagi savolga kelsam, u siz-u biz qiladigan tahrirlarni (sahifa yaratish, yoʻqotish, oʻzgartirish) avtomat qiladigan dastur, xolos. Faqat biz sekin, qoʻlda sichqonni u yerga olib borib bosib, oyna ochilishini kutib, yana qoʻlda harf terib oʻtirgunimizcha bot shu ishlarni oldindan tayinlangan algoritmga binoan tez-tez qilib tashlaydi. Bot yaratish uchun dasturlash tillaridan birini bilish, shu tilda tayinli dastur yozish kerak. Bu yerda tushuntirilgan. Abdulla munozara 12:57, 8 yanvar 2014 (UTC)

Andozalar haqida bu sahifada tushuntirilgan. Abdulla munozara 15:16, 8 yanvar 2014 (UTC)
Foydalanuvchi qutilarini hozircha Userboxes turkumiga joylab turing. Abdulla munozara 14:51, 10 yanvar 2014 (UTC)
Bundan tashqari bu sahifaga ham joylashtirishingiz mumkin: Vikipediya:Andozalar/Ishtirokchilar/Qiziqishlar --Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:27, 10 yanvar 2014 (UTC).

Wikimania 2014 tahrir

Assalomu alaykum. Ha, 2014-yil 6-10 avgust kunlari Wikimania 2014 konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Toʻliqroq maʼlumot mana bu yerda berilgan: https://wikimania2014.wikimedia.org/wiki/Main_Page Konferensiyaning asosiy tili — ingliz tili. Shu sababli, qatnashish uchun ingliz tilini oz-moz bilish maqsadga muvofiq. Konferensiya harajatlarini qoplash uchun, grantga ariza topshirishingiz mumkin. Bu haqda toʻliq maʼlumot bu yerda berilgan: https://wikimania2014.wikimedia.org/wiki/Scholarships Wikimania 2014 Londonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, u yerga safar qilish uchun Oʻzbekiston fuqarosining pasporti, OVIR (chiqish) stikeri hamda Buyuk Britaniya vizasi boʻlishi zarur. —Casual (munozara) 18:15, 5 fevral 2014 (UTC).

Wikimania tashkilotchilariga sizning pasportingiz bor yoki yoʻqligining ahamiyati yoʻq. Hamma gap davlatlararo kelishuvlarda, yaʼni Oʻzbekiston sizni pasportsiz hech qayerga chiqarmaydi, Buyuk Britaniya esa pasport va vizasiz kiritmaydi. Agar ishtirokchi Londonning oʻzida boʻlsa, Wikimaniaga pasportsiz ham boraverishi mumkin. —Casual (munozara) 16:57, 6 fevral 2014 (UTC).

Iltimos tahrir

Salom, yahshimisiz? iltimos menga yordam bersayiz {{Bilgiquti pornoyulduz}ni ruschadagiday qib bera olasmi?--Murod.sex (munozara) 11:49, 10-Aprel 2014 (UTC)Javob berish

!? tahrir

Salom! Mana bu maqolada nega hamma gapdan keyin undov belgisini qoʻyib chiqdingiz? Ensiklopedik ohangga toʻgʻri kelmaydi bu. Yana bir narsa. Tahrir qilayotib VP:Vikifikatordan foydaling. Nataev munozara 17:26, 19-Yanvar 2015 (UTC)Javob berish

Hello tahrir

Siz bu uzaytirish mumkin, rahmat: Amaro Pargo.--83.41.215.76 20:50, 22-Yanvar 2015 (UTC)Javob berish

Skype konferensiya tahrir

Salom, Potter Uz! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat! Bizda vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. U yerda har qanaqa savolga tez javob olishingiz mumkin. Istasangiz shu konferensiyaga qoʻshiling. Nataev munozara 07:27, 28-Fevral 2015 (UTC)Javob berish