Horní Suchá (polyakcha Sucha Górna, nemischa: Obersuchau ) — Chexiya Respublikasi, Moraviya-Sileziya viloyati, Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2023) holatiga koʻra 4400 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Unda kam sonli polshalik aholi ham mavjud.

Horní Suchá
Munitsipalitet
Skyline of Horní Suchá
Horní Suchá
Bayroq
Horní Suchá
Gerb
49°47′50″N 18°28′54″E / 49.79722°N 18.48167°E / 49.79722; 18.48167
Mamlakat Chexiya
Viloyat Moraviya-Sileziya
Tuman Karviná
Asos solingan 1305
Maydon 9.80 km2 (3.78 kv mi)
Markazi balandligi 280 m
Aholisi
 (2023-01-01)
4 438
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 735 35
Horní Suchá xaritada
Horní Suchá
Horní Suchá

Etimologiyasi

tahrir
 
Municipal office, originally a school

Suchá nomi tom maʼnoda „quruq“ degan maʼnoni anglatadi. Bazi manbalardadagi maʼlumotlarga koʻra, bu nom qurib qolgan gipotetik daryo yoki suv nomidan kelib chiqqan deyiladi[1]. Horní qoʻshimchasi „yuqori“ degan maʼnoni anglatadi va yaqin aholi punktlari bilan solishtirganda uning yuqori oʻrnindaligini bildiradi. Prostřední Suchá („oʻrta“) va Dolní Suchá („pastki“) degan maʼnolarini bildiradi.

Joylashuvi

tahrir

Horní Suchá — Gavířov yaqinida, Ostravadan taxminan 13 kilometr (8 mi) janubi-sharqda, Ostrava havzasi past tekisligidagi Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan.

Tarixi

tahrir
 
Birodarlar cherkovi ibodat uyi

Horní Suchá Orlova monastiridagi, Polshadagi Avliyo Benedikt rohiblari tomonidan asos solingan deb taxmin qilinadi. Qishloq haqida dastlabki maʼlumotlar 1305-yildagi Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotincha hujjatda keltirilgan boʻlib, Suchá utraque (yaʼni lotincha „ikkalasi Suchas“ (ikkinchisi Dolní Suchá))[2].

Horní Suchá dastlab Polshaning kichik gersogliklarga boʻlinishi natijasida tashkil topgan Syezin gersogligiga tegishli boʻlgan. Munitsipalitet 1471-yilgacha Cieszyn gersoglari tomonidan boshqarilgan, shundan soʻng u turli polshalik va nemis oilalari tomonidan boshqarilgan. Aholining asosiy tirikchiligi dehqonchilik va zigʻirchilik edi[3]. Horní Sucháda joylashgan qal’a haqida dastlabki maʼlumotlar 1674-yilga tegishli. Biroq, bu aristokratlar qarorgohi emas, balki faqat maʼmuriyat binosi edi[4].

19-asrda

tahrir

1805-yilda Horni Sucháning shimoliy qismini Avstriya imperiyasining oʻsha paytda moliya vaziri boʻlgan graf Iogann Larish-Mönnix sotib oladi. Larish-Myonnich oilasi qishloqning eng taniqli egalariga aylandi va ularning hukmronligi davrida Horni Sucháning hududi kengaytiriladi. 1810-yilda birinchi maktab qurilgan. 1832-yilda graf bu yerda shakar zavodiga asos soladi. Zavod 1876-yilgacha ishlab kelgan. Oʻsha paytda Avstriya imperiyasidagi eng zamonaviy zavodlardan biri sifatida etirof etilgan[5].

1848-yilda Avstriya imperiyasidagi inqiloblardan soʻng qayta tiklangan Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etildi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadtning siyosiy va yuridik okrugi aʼzosi boʻlgan.

1880—1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 1532 kishidan 1910-yilda 2761 kishiga koʻpaygan. Koʻpchilik aholi polsha tilida soʻzlashuvchilar soni (96,1% dan 97,9% gacha), ular bilan birga chex tilida soʻzlashuvchilar (1890-yilda 2 yoki 0,1% dan 1910-yilda 66 yoki 2,4% gacha oʻsgan) va nemis tilida soʻzlashuvchilar (1,5% dan 2,8% gacha) boʻlgan. Din jihatidan 1910-yilda koʻpchilik Rim-katoliklari (76,8%), protestantlar (22,6%) va yahudiylar (15 yoki 0,5%) hisoblangan[6].

20-asrda

tahrir

20-asrda Horní Sucháda sanoat va transport rivojlanishi jadal kechadi. 1907-yilda temir yoʻl qurilishi boshlandi, 1910-yilda gʻisht zavodi va keramika zavodi quriladi[7]. František nomli tosh koʻmir koni 1911-yilda Larish-Mönnich oilasi tomonidan tashkil etilgan. Kon oʻz faoliyati davomida minglab odamlarni ish bilan taʼminlaydi, bu keyingi oʻn yillikda Horní Suchaning yanada rivojlanishiga yordam beradi.

 
Horní Sucháning 1928-yilgi pochta xati

Birinchi jahon urushidan soʻng Horní Sucha Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Siezin-Sileziyaning boʻlinishidan katta talofat koʻradi. Keyin Horní Sucha Chexoslovakiya tarkibiga kiradi, lekin 1938-yil oktyabr oyida Myunxen kelishuvidan soʻng, Horni Sucha, Prostředni Sucha va Dolni Sucha Polsha armiyasi tomonidan bosib olindi. Trans-Olza hududi Polsha tomonidan qoʻshib olinadi va Sileziya voevodeligining Frishtat okrugi tomonidan boshqariladi[8].

Polshaning gʻalabasi Germaniyaning Polshaga hujumidan keyin tugaydi. Germaniya istilosi ostida Horni Sucha Yuqori Sileziya (Regierungsbezirk Kattowitz) provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu davrda Horni Sucha, Prostřední Sucha va Dolni Suchalar Suchá nomli bitta munitsipalitetga birlashtiriladi. Munitsipalitet 1945-yil 3-mayda Qizil Armiya tomonidan ozod qilingan[9].

Ikkinchi jahon urushidan keyin Horní Sucháni rivojlantirish va kon xodimlari uchun infratuzilmani qurish davom etadi. Asta-sekin yangi maktablar, madaniyat va sport inshootlari qurib bitqaziladi. 1980-yilda Xrost nomli yangi uy-joy qurilishi yakunlandi[10].

Demografiyasi

tahrir

Munitsipalitetda 2021-yil holatiga koʻra 4231 nafar aholini tashkil etgan[11].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 476—    
18801 532+3.8%
18901 677+9.5%
19001 998+19.1%
19102 761+38.2%
19213 561+29.0%
19303 805+6.9%
19504 501+18.3%
19615 298+17.7%
19704 498−15.1%
19803 974−11.6%
19914 315+8.6%
20014 370+1.3%
20114 333−0.8%
20214 231−2.4%

Iqtisodiyoti

tahrir

1999-yilda Frantishek konining yopilishi munitsipalitetda yuqori ishsizlikni keltirib chiqardi. 2010-yilda eski kon oʻrnida munitsipalitet tomonidan tashkil etilgan sanoat zonasi ochilgan boʻlib, unda bir necha yuz kishi uchun ish joyi va 25 dan ortiq korxona joylashgan[12]. Eng yirik sanoat kompaniyasi sifatida elektrotexnika ishlab chiqaruvchi KATEK Chexiya Respublikasidir[13].

Taʼlimi

tahrir
 
Chexiya maktabi
 
Polsha maktabi

Horní Suchádagi birinchi maktab 1810-yilda tashkil etilgan. Bugungi kungacha saqlanib qolgan munitsipal idora 1838-yilda qurilgan. 1870-yildan beri oʻquvchilar polyak tilida oʻqitila boshlangan va 1921-yilda chex sinflari ochiladi. 1961-yilda yangi maktab binosi qurilib, Chexiya va Polsha maktablari ajratildi. Bugungi kunda ikkita bolalar bogʻchasi va ikkita boshlangʻich maktab mavjud boʻlib, ulardan birida chex tilida, ikkinchisida esa polyak tilida darslar oʻtiladi[14].

Diqqatga sazovor joylari

tahrir

Horní Sucháning diqqatga sazovor joyi — Avliyo Jozef cherkovi boʻlib u 1835-yildan boshlab ibodatxonani qayta qurish orqali 1864-yilda toʻliq qurib bitqaziladi. Uning sigʻimi mahalliy dindorlar soni uchun yetarli boʻlmagan[15].

Taniqli odamlari

tahrir
  • Tadeush Michejda (1879-1956), polshalik shifokor va siyosatchi; shu yerda ishlagan.
  • Adolf Kantor [pl] (1910-1992), polshalik bokschi.
  • Mari Glazrova (1911-2000), aktrisa.
  • Bronislav Polochzek (1939-2012), polshalik-chexiyalik aktyor
  • Ota Zaremba (1957-yilda tugʻilgan), ogʻir atletikachi, Olimpiya chempioni; shu yerda yashaydi.

Qardosh shaharlari

tahrir

Horní Suchá egizaklar[16].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: University of Silesia in Katowice, 1984 — 167–168-bet. 
  2. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2015 — 297–299-bet. ISBN 978-83-935147-8-6. 
  3. „Před 1. světovou válkou“ (cs). Obec Horní Suchá. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  4. „Tipy na výlet aneb po stopách Larisch-Mönnichů“ (cs). Statutární město Karviná. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  5. „Historie a současnost ve fotografickém srovnání“ (cs). Deník.cz (2007-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  6. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 274, 291-bet. 
  7. „Historie obce“ (cs). Obec Horní Suchá. 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  8. "Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego" (pl). Dziennik Ustaw Śląskich (Katowice) 18/1938, poz. 35. 31 October 1938. http://www.sbc.org.pl/dlibra/plain-content?id=6949. Qaraldi: 2014-07-01. Horní Suchá]]
  9. „Do konce 2. světové války“ (cs). Obec Horní Suchá. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.[sayt ishlamaydi]
  10. „Nedávná minulost a současnost“ (cs). Obec Horní Suchá. 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  11. „Population Census 2021: Population by selected ethnicity“. Public database. Czech Statistical Office (2021-yil 27-mart).
  12. „Průmyslová zóna“ (cs). Obec Horní Suchá. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  13. „Beflex Prototyping“. KATEK SE. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  14. „Stručné dějiny školství v Horní Suché“ (cs). Obec Horní Suchá. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  15. „Kostel pojmenovali po patronovi řemeslníků i inženýrů“ (cs). Deník.cz (2012-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
  16. „Spřátelené obce a města“ (cs). Obec Horní Suchá. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.

Havolalar

tahrir