Jevak
(Javakdan yoʻnaltirildi)
Jevak, javak (fors, jev — arpa) — ayollar boʻyniga taqadigan bezak buyumi, taqinchoq. Qolipaki usulida oltin, kumush va b.dan tayyorlangan huqqachalardan tuzilgan: bitta yirik, bitta kichik huqqacha eshilgan ipak ipga marjon qilib tiziladi; har bir yirik huqqachaga qolipaki usulida tayyorlangan arpa shaklidagi shokilalar osiladi. Huqqachalar yuziga naqshlar ishlanib, rangdor toshlar qadab bezatiladi. Tangalarni birbiriga ulab 5 qator shoda qilib ishlangan tangajevak, shodasiga marjon taqilgan marjonjevak va b. turlari bor. Toshkentda J., Samarqandda arpajevak, Andijon, Marrilon, Qoʻqonda javak (Andijonda, shuningdek, beshqator), Piskentda mangʻiti deb ataladi.
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |