Muhabbat Shamayeva (asl ismi Lyuba) (12-may 1944-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1978).

Muhabbat Shamayeva
Lyuba Shamayeva
Tavalludi 12-may 1944-yil (1944-05-12) (80 yosh)
Kasbi Xonanda
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Ilyos Mallayev

Hayot yoʻli

tahrir

Muhabbat Shamayeva 1944-yil 12-may kuni Buxoroda tugʻilgan. U Oʻzbekiston SSRda Xizmat koʻrsatgan artist Ilyos Mallayevning turmush oʻrtogʻi edi. Ularning Nargiza Mallayeva va Raj Mallayev ismlar farzandlari bor. Farzandlar ham xonanda boʻlib yetishishgan[1]. Hozirda u butun oilasi bilan Nyu-Yorkning Queens tumanida yashaydi[2] va marhum turmush oʻrtogʻi Oʻzbekiston SSRda Xizmat koʻrsatgan artist Ilyos Mallayev asos solgan „Maqom“ ansamblida faoliyat yuritadi[1].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Ijodiy faoliyatini Buxoroda havaskorlik ansamblida boshlagan. 1963-1965-yillar Oʻzteleradiosining „Maqom ansambli“, 1965-1991-yillar estrada-simfonik orkestrida yakka xonanda. 1990-yillarning 2-yarmidan NyuYorkdagi „Tiklanish“ buxoro yahudiylari musiqali teatri aktrisasi. Repertuaridan oʻzbek xalq „Tanavor“, „Fargʻonacha“ ashulalari, bastakor va kompozitorlar yaratgan lirik va estrada qoʻshiqlari („Koʻchalar“ Doni Zokirov; „Toshkent nahori“, „Tong navosi“ Muhammadjon Mirzayev; „Oʻrik gullaganda“ Manas Leviyev; „Yoʻllarim“ Muxtor Ashrafiy; „Mirzachoʻl yor-yori“ F. Kadirov) keng oʻrin olgan. U, shuningdek, turli xalqlar (tojik, yahudiy, ozarbayjon, tatar, turk, eron, arab, afgʻon, fransuz va boshqalar) qoʻshiqlarini ham ijro etgan. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari grammofon plastinka va kompakt-disklarga yozilgan.[3]

2015-yilda Butunjahon musiqa institutining (inglizcha: The World Music Instituteʼs) „Ilohiy aks-sado: yahudiy ayollar ovozi“ nomli Global salonida „Symphony Space Leonard Nimoy Thalia“ teatrida chiqish qilgan[4].

2018-yil 28-avgustda Toshkentdagi „Turkiston“ saroyida Muhabbat Shamayeva bilan Izro Malakov konsert bergan[5] va 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabzda oʻtkazilgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ishtirok etishgan[6].

Manbalar

tahrir