Muskat yong‘og‘i
Muskat yongʻogʻi — Myristica turkumiga tegishli turlarining urugʻi yoki maydalangan ziravori[1]. Myristica fragrans (xushboʻy muskat yongʻogʻi yoki haqiqiy muskat yongʻogʻi) — muskat yongʻogʻi uchun yetishtiriladigan quyuq bargli doimiy yashil daraxt: muskat yongʻogʻi, uning urugʻidan, maydalangan ziravor olinadi. Shuningdek, u efir moyi va muskat yongʻogʻi moyining manbai hisoblanadi. Odatda muskat yongʻogʻi deb nomlanuvchi Torreya turkumining ignabargli daraxtlari muskatga oʻxshash koʻrinishdagi urugʻlarga ega, ammo bu turkum Myristica fragrans bilan chambarchas bogʻliq emas va ziravor sifatida ishlatilmaydi. Indoneziya muskat yongʻogʻining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Turi | Urug‘ va maydalangan ziravor |
---|
Agar ziravor sifatida odatdagidan ortiq miqdorda isteʼmol qilinsa, muskat yongʻogʻi kukuni allergik reaktsiya, kontakt dermatitini keltirib chiqarishi yoki psixoaktiv taʼsir koʻrsatishi mumkin[2]. Anʼanaviy tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qoʻllanilsa-da, muskat yongʻogʻi ilmiy jihatdan tasdiqlangan dorivor xususiyatga ega emas[2].
Oddiy muskat yongʻogʻi
tahrirXushboʻy muskat yongʻogʻi daraxti (Myristica fragrans) urugʻini kukunga aylantirish orqali ziravor tayyorlanadi. Ziravorning oʻziga xos oʻtkir hidi va ozgina shirin taʼmi bor; u koʻplab qandolat mahsulotlari, pudinglar, kartoshka, goʻsht, kolbasa, souslar, sabzavotlar va tuxumli non va ichimliklarga maza berish uchun ishlatiladi[3].
Urugʻlar olti haftadan sakkiz haftagacha quyoshda asta-sekin quritiladi. Bu vaqt ichida muskat yongʻogʻi kichrayib boradi, toki yongʻoq silkitilganda shitirlagan ovoz chiqquncha quritiladi. Keyin qobiq yogʻoch tayoq bilan sindiriladi va muskat yongʻogʻi olinadi. Quritilgan muskat yongʻogʻi kulrang jigarrang boʻlib, yuzalari oʻralgan[3]. Muskat yongʻogʻi tuxum shaklida, taxminan uzunligi 20.5–30 mm (0.81–1.18 in) kengligi 15–18 mm (0.59–0.71 in) ogʻirligi 5–10 g (0.18–0.35 oz) bo‘ladi.
Turli xil taʼmga ega Myristica jinsining boshqa ikkita turi, M. malabarica va M. argentea, baʼzida muskat yongʻogʻining ziravorini soxtalashtirish uchun ishlatiladi[4].
Mace
tahrirMace — muskat yongʻogʻi urugʻining qizgʻish urugʻ qoplamidan (aril) tayyorlangan ziravor. Uning taʼmi muskat yongʻogʻiga oʻxshaydi, lekin yanada nozik; u pishirilgan mahsulotlar, goʻsht, baliq va sabzavotlarni xushboʻylash, konservalash va tuzlamalarda ishlatiladi[5].
Qayta ishlashda qip-qizil rangli aril muskat yongʻogʻi urugʻidan ajratiladi va tekislanadi. 10-14 kun davomida quritiladi. Uning rangi och sariq, toʻq sariq yoki sargʻish rangga oʻzgaradi[6].
Botanika va kultivatsiya
tahrirEng muhim tijorat turlari Indoneziyaning Moluccas (yoki ziravorlar orollari) orollaridan kelib chiqqan[7][8]. Shuningdek, u Malayziyaning Penang orolida, Karib dengizida, Grenadada va Hindiston janubidagi ziravorlar savdosining markazi sifatida qadimgi yozuvlarda Malabar nomi bilan mashhur boʻlgan Kerala shtatida oʻstiriladi. XVII asrda Hendrik van Rheede Hortus Botanicus Malabaricus asarida yozadiki, hindular muskat yongʻogʻidan foydalanishni Indoneziyadan qadimgi savdo yoʻllari orqali oʻrgangan.
Muskat yongʻogʻi daraxtlari urugʻlardan jinsiy yoʻl bilan, ildizdagi kurtaklar yoki payvandlash orqali koʻpaytiriladigan ikki xonali oʻsimliklardir (alohida erkak yoki urgʻochi). Jinsiy koʻpayishdan 50% erkak koʻchatlarini olinadi, ular unumsizdir. Oltinchi-sakkizinchi yil ichida gullashdan oldin oʻsimlik jinsini aniqlashning ishonchli usuli yoʻqligi va jinsiy koʻpayish mos kelmaydigan hosildorlikka ega boʻlgani sababli, payvandlash koʻpaytirishning afzal usuli hisoblanadi.
Muskat yongʻogʻi daraxtlarining birinchi hosili ekilganidan ketin yetti-toʻqqiz yil oʻtgach paydo boʻladi. Daraxtlar yigirma yildan keyin toʻliq hosilga kiradi.
Pazandachilikda foydalanish
tahrirZiravorlar
tahrirMuskat yongʻogʻi biroz shirinroq va nozik taʼmga ega. Yorqin toʻq sariq, zaʼfaronga oʻxshash tus berish uchun koʻpincha yengil taomlarga qo‘shiladi. Muskat yongʻogʻi koʻplab taomlarga taʼm berish uchun ishlatiladi. Butun muskat yongʻogʻini uyda, muskat yongʻogʻi uchun maxsus moʻljallangan qirgʻichdan[9] yoki koʻp maqsadli qirg‘ich vositasi yordamida maydalash mumkin[10]. Indoneziya oshxonasida muskat yongʻogʻi[11] achchiq shoʻrvalar, jumladan soto, konro, hoʻkiz quyruq shoʻrvasi, sup iga (qovurgʻa shoʻrva), bakso va sup kambing kabi taomlarda ishlatiladi. U, shuningdek, semur, mol goʻshti, pomidor bilan qovurgʻa kabi goʻshtli taomlar uchun sous tayyorlash uchun ishlatiladi. Hind oshxonasida muskat yongʻogʻi koʻplab shirin va shoʻr taomlarda ishlatiladi. Kerala Malabar mintaqasida maydalangan muskat yongʻogʻi goʻsht tayyorlashda va shirinliklarga ishlatiladi. Garam masalada oz miqdorda ham foydalanish mumkin[12]. Anʼanaviy Yevropa oshxonasida muskat yongʻogʻi va mace ayniqsa kartoshka, ismaloqli taomlarda, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarida ishlatiladi. Bundan tashqari, guruch pudingida ham tez-tez qo‘shiladi. Gollandiya oshxonasida muskat yongʻogʻi Bryussel karami, gulkaram va loviya kabi sabzavotlarga qoʻshiladi. Muskat yongʻogʻi mulled sidr, issiq sharob, junket va eggnogning anʼanaviy tarkibiy qismidir. Shotlandiyada mace va muskat yongʻogʻi odatda haggis tarkibiga kiradi. Karib dengizida muskat yongʻogʻi koʻpincha Bushwacker, Painkiller va Barbados romi, punch kabi ichimliklarning ustiga sepiladi.
Meva
tahrirPerikarp (meva qoplamasi) murabbo, konfet tayyorlash uchun ishlatiladi. Toʻgʻralgan muskat yongʻogʻi meva etidan manisan (shirinliklar) tayyorlanadi. Penang oshxonasida shakar qoplami bilan quritilgan, maydalangan muskat yongʻogʻi qobigʻi noyob Penang ais kacang ustiga qoʻshimchalar sifatida ishlatiladi. Muskat yongʻogʻi qobigʻi, muzli muskat yongʻogʻi sharbatini (ancha shirin va jigarrang sharbat) tayyorlash uchun ishlatiladi. Hindistonning Kerala Malabar mintaqasida u sharbat, tuzlangan bodring va chutney uchun ishlatiladi[12].
Efir moyi
tahrirMaydalangan muskat yongʻogʻini bugʻda distillash orqali olingan efir moyi[13] parfyumeriya va farmatsevtika sanoatida qoʻllanadi. Uchuvchi fraksiya tarkibida oʻnlab terpenlar va fenilpropanoidlar mavjud, jumladan D — pinen, limonen, D — borneol, L — terpineol, geraniol, safrol va miristsin[13][14][15]. Oʻzining sof shaklida miristsin zaharli moddadir va muskat yongʻogʻini koʻp miqdorda isteʼmol qilish miristsin zaharlanishiga olib kelishi mumkin[16].
Moy rangsiz yoki och sariq rangda, muskat yongʻogʻining hidi va taʼmiga ega. U siroplar, ichimliklar va shirinliklarda tabiiy oziq-ovqat aromati sifatida ishlatiladi. Efir yogʻi tish pastasi va yoʻtal siroplarini ishlab chiqarishda ham qoʻllanadi[17].
Yongʻoq moyi
tahrirMuskat moyi yarim qattiq, qizil-jigarrang rangda, muskat yongʻogʻining taʼmi va hidiga ega[13]. Muskat yogʻining taxminan 75% (ogʻirligi boʻyicha) trimiristin boʻlib, uni miristik kislotaga aylantirish mumkin.
Tarix
tahrirMuskat yongʻogʻidan foydalanishning dastlabki dalillari Indoneziya sharqidagi Banda orollaridan biri boʻlgan Pulau Ay orolidan 3500 yillik sopol qoldiqlari orasidan topilgan[18]. Banda orollari oʻn bitta kichik vulqon orollaridan iborat va katta Maluku orollari guruhiga kiradi. Bu orollar XIX asrning oʻrtalariga qadar muskat yongʻogʻi va mace ishlab chiqaruvchi yagona markaz boʻlgan[19].
Milodiy VI asrda muskat yongʻogʻi Hindistonga, soʻngra gʻarbga Konstantinopolga tarqaldi[20]. XII asrga kelib, arab savdogarlari muskat yongʻogʻining kelib chiqishini Indoneziya orollarida deb aniq belgilashgan, ammo bu joyni evropalik savdogarlardan sir saqlashgan[20].
Mustamlaka davri
tahrirBanda orollari ziravorlar savdosi bilan shugʻullanish uchun Osiyodagi eng qadimgi Yevropa korxonalari mo‘ljaliga aylandi. 1511-yil avgustda Afonso de Albukerke Portugaliya qiroli nomidan oʻsha paytda Osiyo savdo markazi boʻlgan Malakkani bosib oldi. Oʻsha yilning noyabr oyida, Malakkani qoʻlga kiritib, Banda joylashgan joyni bilib olgach, Albukerke uni topish uchun doʻsti Antonio de Abreu boshchiligidagi uchta kemadan iborat ekspeditsiyani yubordi. Banda orollariga birinchi boʻlib yevropaliklar yetib borgan ekspeditsiya taxminan bir oy davomida oʻz kemalarini Bandaning muskat yongʻogʻi, gurzisi va qalampirmunchoqlar bilan toʻldirishdi. Banda haqidagi dastlabki maʼlumot Suma Oriental kitobida, 1512-yildan 1515-yilgacha Malakkada yashagan portugal aptekteri Tome Pires tomonidan yozilgan. Portugallar tomonidan bu savdoni toʻliq nazorat qilishning iloji boʻlmadi.
Muskat yongʻogʻi ishlab chiqarish va savdosida monopoliyaga ega boʻlish uchun Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi (VOC) 1621-yilda bandanliklar bilan qonli jang olib bordi. Tarixchi Villard Xannaning hisob-kitoblariga koʻra, bu kurashdan oldin orollarda taxminan 15 000 kishi yashagan, jangdan keyin atigi 1000 kishi qolgan (bandanliklar oʻldirilgan, qochib ketgan, surgun qilingan yoki qul sifatida sotilgan)[21]. Kompaniya XVII asrda orollarda keng qamrovli muskat yongʻogʻi plantatsiyalarini yaratdi.
Napoleon urushlari davrida Gollandiyaning interregnumu natijasida inglizlar Banda orollarini vaqtincha nazorat ostiga oldilar va Shri-Lanka, Penang, Benkulen va Singapurga muskat yongʻogʻi daraxtlarini koʻchirib oʻtkazdilar[22]. Bu joylardan ular boshqa mustamlakalarga, xususan Zanzibar va Grenadaga koʻchirildi. 1974-yilda qabul qilingan Grenada milliy bayrogʻida ochiq muskat yongʻogʻi mevasi tasvirlangan. Gollandiya Ikkinchi jahon urushigacha Spice orollari ustidan nazoratni saqlab qoldi.
Ishlab chiqarish
tahrir2019-yilda dunyo bo‘ylab jami 142 000 tonna muskat yong‘og‘i ishlab chiqarildi.Indoneziya, Gvatemala va Hindistonda jami hosilning 85% i ishlab chiqarildi[23].
Psixoaktivlik va toksiklik
tahrirBaʼzi kasalliklar uchun xalq tabobatida ishlatilgan boʻlsa-da, muskat yongʻogʻi tasdiqlangan dorivor ahamiyatga ega emas[2].
-
Elemitsin
-
Elemitsin strukturasi
-
Miristsin
Effektlar
tahrirZiravorlar sifatida oz miqdorda isteʼmol qilingan muskat yongʻogʻi sezilarli fiziologik yoki nevrologik reaksiyani keltirib chiqarmaydi, lekin katta dozalarda, urug‘dan olingan yangi maydalangan ziravor ham, muskat yongʻogʻi ham psixoaktiv taʼsirga ega[2][24][16]. Miristsin — monoamin oksidaza ingibitori va psixofaol modda[2][16] — koʻp miqdorda isteʼmol qilinganida konvulsiyalar, yurak urishi tezlashuvi, koʻngil aynishi, suvsizlanish va umumiy tana ogʻrigʻiga olib kelishi mumkin[2][24][25][26]. Muskat yongʻogʻi anksiyolitik dorilar bilan oʻzaro taʼsir qilishi, allergik reaksiyalarni, kontakt dermatitini va oʻtkir gallyutsinatsiyani keltirib chiqarishi mumkin[2].
Muskat yongʻogʻidan zaharlanishi odamda sezilarli darajada oʻzgarib turadigan nojoʻya taʼsirlar bilan yuzaga kelishtiradu, masalan, deliryum, tashvish, tartibsizlik, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, quruq ogʻiz, koʻzning qichishishi va amneziya[2][16][16][24]. Kamdan-kam hollarda muskat yongʻogʻining haddan tashqari dozasi oʻlimga olib keladi, ayniqsa muskat yongʻogʻi boshqa dorilar bilan aralashtirilgan boʻlsa[16].
Muskat yongʻogʻi bilan zaharlanish bolalarda tasodifiy isteʼmol qilish va qasddan ko‘p miqdorda isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladi[16]. U, ayniqsa, oʻsmirlar, giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchilar, kollej talabalari va mahbuslar tomonidan arzon narxlardagi psixik modda sifatida qoʻllanadi[27]. Effektlarni yuzaga keltirish uchun muskat yongʻogʻining nisbatan katta dozalarda talab qilinadi; muskat yongʻogʻi bilan zaharlanish holatlarining aksariyati giyohvandlik uchun foydalanish natijasida yuzaga kelgan[28].
Homiladorlik davrida toksikoz
tahrirMuskat yongʻogʻi bir vaqtlar abort qiluvchi modda deb hisoblangan, ammo homiladorlik paytida kam ishlatilsa, xavfsiz boʻlishi mumki[2]. Agar koʻp miqdorda isteʼmol qilingan boʻlsa, muskat yongʻogʻi erta tugʻilish va abortga olib kelishi mumkin. Muskat yongʻogʻi pethidin kabi ogʻriq qoldiruvchi vositalar bilan ham oʻzaro taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun homiladorlik paytida uni isteʼmol qilmaslik tavsiya qilinadi[29].
Uy hayvonlari uchun toksiklik
tahrirMuskat yongʻogʻining hidi uy hayvonlarini oʻziga jalb qilishi mumkin. Lekin hayvonlar undan juda koʻp isteʼmol qilsalar zaharlanishlari mumkin[30].
Manbalar
tahrir- ↑ „Nutmeg and derivatives (Review)“. Food and Agriculture Organization (FAO) of the United Nations (1994-yil sentyabr). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Nutmeg“. Drugs.com (2009). Qaraldi: 2017-yil 4-may.
- ↑ 3,0 3,1 "Nutmeg spice". Encyclopædia Britannica Online. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/422816/nutmeg.
- ↑ „Nutmeg“. www.clovegarden.com. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
- ↑ Small, Ernest. Top 100 Exotic Food Plants. CRC Press, 2011 — 420-bet. ISBN 978-1439856864. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
- ↑ "Mace spice". Encyclopædia Britannica Online. https://www.britannica.com/topic/mace-spice.
- ↑ Amitav Ghosh. „What Nutmeg Can Tell Us About Nafta“. New York Times (2016-yil 30-dekabr).
- ↑ Dotschkal. „The Spice Trade's Forgotten Island“. National Geographic (2015-yil 22-iyun). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ Oulton, Randal. „Nutmeg Graters“. CooksInfo.com (2007-yil 18-fevral). Qaraldi: 2018-yil 8-aprel.
- ↑ Barber, Casey. „Do you really need a Microplane for your kitchen? Yes, and here's why“. today.com (2007-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ Arthur L. Meyer. The Appetizer Atlas: A World of Small Bites. Houghton Mifflin Harcourt, 2008 — 196-bet. ISBN 978-0-544-17738-3.
- ↑ 12,0 12,1 Pat Chapman. India Food and Cooking: The Ultimate Book on Indian Cuisine. New Holland Publishers, 2007 — 16-bet. ISBN 978-1-84537-619-2. [sayt ishlamaydi]
- ↑ 13,0 13,1 13,2 „Description of components of nutmeg“. Food and Agriculture Organization of the United Nations (1994-yil sentyabr). 2017-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
- ↑ Abourashed, E. A.; El-Alfy, A. T. (2016). "Chemical diversity and pharmacological significance of the secondary metabolites of nutmeg (Myristica fragrans Houtt.)". Phytochemistry Reviews 15 (6): 1035–1056. doi:10.1007/s11101-016-9469-x. PMID 28082856. PMC 5222521. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5222521.
- ↑ Piras, A.; Rosa, A.; Marongiu, B.; Atzeri, A.; Dessì, M. A.; Falconieri, D.; Porcedda, S. (2012). "Extraction and separation of volatile and fixed oils from seeds of Myristica fragrans by supercritical CO2: Chemical composition and cytotoxic activity on Caco-2 cancer cells". Journal of Food Science 77 (4): C448–53. doi:10.1111/j.1750-3841.2012.02618.x. PMID 22429024.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 Ehrenpreis, J. E.; Deslauriers, C; Lank, P; Armstrong, P. K.; Leikin, J. B. (2014). "Nutmeg Poisonings: A Retrospective Review of 10 Years Experience from the Illinois Poison Center, 2001–2011". Journal of Medical Toxicology 10 (2): 148–151. doi:10.1007/s13181-013-0379-7. PMID 24452991. PMC 4057546. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4057546.
- ↑ Crask, Paul. Grenada: Carriacou and Petite Martinique (en). Bradt Travel Guides, 2017-11-05. ISBN 9781784770624.
- ↑ Peter Lape; Emily Peterson; Daud Tanudirjo; Chung-Ching Shiung; Gyoung-Ah Lee; Judith Field; Adelle Coster (2018). "New Data from an Open Neolithic Site in Eastern Indonesia". Asian Perspectives 57 (2): 222–243. doi:10.1353/asi.2018.0015.
- ↑ „Mryristicin - - Molecule of the Month - August 2014 (HTML version)“. www.chm.bris.ac.uk. Qaraldi: 2022-yil 28-aprel.
- ↑ 20,0 20,1 Pickersgill, Barbara. The Cultural History of Plants Prance: . Routledge, 2005 — 166-bet. ISBN 0415927463.
- ↑ Hanna, Willard. Indonesian Banda: Colonialism and Its Aftermath in the Nutmeg Islands. Moluccas, East Indonesia: Yayasan Warisan dan Budaya Banda Neira., 1991.
- ↑ Giles Milton, Nathaniel’s Nutmeg, 1999, London: Hodder and Stoughton; ISBN 0-340-69675-3
- ↑ „World production of nutmeg, mace and cardamoms in 2019; Crops/Regions/World/Production Quantity from pick lists“. Food and Agriculture Organization of the United Nations, Statistics Division (FAOSTAT) (2019). Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 Demetriades, A. K.; Wallman, P. D.; McGuiness, A.; Gavalas, M. C. (2005). "Low Cost, High Risk: Accidental Nutmeg Intoxication". Emergency Medicine Journal 22 (3): 223–225. doi:10.1136/emj.2002.004168. PMID 15735280. PMC 1726685. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1726685.
- ↑ "Indirect modulation of the endocannabinoid system by specific fractions of nutmeg total extract". Pharmaceutical Biology 54 (12): 2933–2938. December 2016. doi:10.1080/13880209.2016.1194864. PMID 27296774.
- ↑ „Chemicals in Nutmeg Boost Anandamide“.
- ↑ "Toxicity of Nutmeg (Myristicin): A Review". International Journal on Advanced Science, Engineering and Information Technology 5 (3): 212. 2015. doi:10.18517/ijaseit.5.3.518.
- ↑ "Nutmeg intoxication in Texas, 1998-2004". Human & Experimental Toxicology 24 (11): 563–6. November 2005. doi:10.1191/0960327105ht567oa. PMID 16323572.
- ↑ „Herb and drug safety chart“. BabyCentre UK (2018). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
- ↑ Charlotte Flint. „Nutmeg Toxicity“. Pet Poison Helpline (2018). Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.