Mediatorlar

(Neyrotransmitterdan yoʻnaltirildi)

Mediatorlar (lotincha: mediator — vositachi) yoki neyrotransmitterlar — fiziologik faol moddalar, nerv qoʻzgʻalishining kimyoviy vositachilari. Molekulalari hujayra membranasining maxsus retseptorlari orkali reaksiya koʻrsatish va membrananing mu-ayyan ionlarni oʻtkazish xususiyatini oʻzgartirish xossasiga ega boʻlib, taʼsirot potensiali — faol elektr signalini hosil qiladi (generatsiyalaydi). Mediatorlar nerv impulslari taʼsirida ajralib chiqib, ularning nerv uchidan ishchi aʼzoga va bir nerv hujayrasidan boshqasiga oʻtishida ishtirok etadi. Istalgan aʼzo yoki toʻqima taʼsirlanganda teri, shilliq qavatlar, muskullar, boʻgʻimlar va barcha ichki aʼzolarga kirgan nerv oxirlarida nerv impulsi — signal hosil boʻlib, u sezuvchi tolalar orqali markaziy nerv sistemasi (orqa va bosh miya)ga yetkaziladi. Undan impuls harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga keladi va ularni javob reaksiyasiga chorlaydi. Impulsning miya hujayralarini qoʻzgʻatishi va soʻng harakatlantiruvchi nerv oxiridan muskullarga oʻtishi uchun kimyoviy vosita — mediator zarur. Avstriya fiziologi va farmakologi O.Levi nervlar qoʻzgʻalganda biologik faol moddalar ajralib chiqib tegishli aʼzoni faol holga keltirishini tajriba yoʻli bilan aniqladi (1921-yil). Elektron mikroskopik tekshirishlardan Mediatorlar nerv oxirlarining nerv xujayra tanasi bilan tutashgan joyda — sinapslarda mavjud boʻlgan koʻp sonli pufakchalarda hosil boʻlishi maʼlum boʻldi. Nerv qoʻzgʻalganda (qarang Qoʻzgʻalish) sinaptik pu-fakchalarning bir qismi yoriladi va ulardagi omil nerv yoki muskul xujayrasining membranasi bilan oʻzaro taʼsirlanib, ushbu xujayrani qoʻzgʻatadi. Bu sekretor jarayonni nazorat qilishda S" ionlarining ahamiyati katta. Faqat qoʻzgʻalishda emas, balki markaziy va periferik nerv sistemasining barcha boʻlimlari tormollash anda ham (qarang Tormozlanish) Mediatorlar ajralishi aniqlangan. Mediatorlar qatoriga atsetilxolin, dofamin, adrenalin, noradrenalin, serotonin, gistamin, simpatii, qator neyropeptidlar (ensefalinlar va boshqalar), maʼlum bir aminokislotalar (glutamin, asparagin, glitsin va boshqalar) kiradi. Mediatorlarni oʻrganish fiziologiya (gumoral regulyasiya), farmakologiya (markaziy va vegetativ nerv sistemasining faoliyatini kuchaytiradigan va susaytiradigan trankvilizatorlar, ganglioblokatorlar sintez qilinishi), neyrojarrohlikda muxim klinik ahamiyatga ega.[1]

Sinaps tuzilishi

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil