Olatov qoramol zoti - sut goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zoti. 20-asrning 30—50-yillarda Qirgʻiziston va Qozogʻistonda mahalliy zotli qoramollarni shvits va Kostroma zotlari bilan chatishtirish va olingan duragaylar mahsuldor guruhlarini oʻz ichida urchitish orqali yaratilgan. 1950 yilda yangi zot sifatida tasdiklangan. Tana tuzilishi baquvvat, boshi katta, koʻkragi, yagʻrini keng, yelini kosasimon, tuyey qoʻngʻir. Buqalarining vazni 850–1000 kg, sigirlariniki 450–550 kg. Sigirlari yiliga 3200–4200 kg (ayrimlari 8—10 ming kg gacha) sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,8—4,0%. Goʻshtdorlik sifati yaxshi. Axta novvoslari jadal yetishtirilib, boʻrdoqi qilib boqilganda 18—20 oyligida vazni 500–550 kg ga boradi. Goʻsht chiqimi 55—62%. Togʻ sharoitiga yaxshi moslashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil