Osim ibn Umar
Osim ibn Umar ibn al-Xattob (arabcha: عَاصِم بْنُ عُمَرَ بْنُ الْخَطَّاب; tax. 628–689) – ikkinchi Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattob[1] va Jamila binti Sobitning oʻgʻli, muhaddis.
Osim ibn Umar | |
---|---|
عاصم بن عمر | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan 628-yil |
Vafoti |
taxminan 689-yil |
Madina | |
Dini | Islom |
Farzandlari |
|
Ota-onasi |
|
Era | Islom oltin davri |
Tanilgan sohasi | Tobein va hadis roviylaridan biri |
Hayoti
tahrirOsim ibn Umar Muhammadning sahobalaridan biri, ikkinchi Roshidun xalifasi Umar ibn al-Xattobning oʻgʻli boʻlgan. Onasi ham sahobalardan edi.
Osimning otasi Umar Makkaning Banu Adiy urugʻidan boʻlgan[2]. Onasi Jamila Madinadagi Banu Avs qabilasining Amr ibn Avf urugʻidan Sobit ibn Abu al-Afloh va Shomus binti Abu Amirning qizi edi[3][4]. Uning ukasi Osim ibn Sobit Badr jangida ishtirok etganlar orasida bo'lgan[5][6][7][8][9].
Jamila binti Sobit Madinada birinchi boʻlib islomni qabul qilganlardan edi. U va onasi 622-yilda Muhammadga bay’at qilgan birinchi oʻn nafar ayollar qatorida boʻlishgan[10]. Asl ismi Asiya (itoatsiz) ekanligini eshitgan Muhammad uning ismini „Yoʻq, sen Jamilasan“ (goʻzal) deya oʻzgartirgan[11].
Oradan taxminan besh yil oʻtib, 627 va 628-yilning may oylarida Jamila Umarga turmushga chiqqan[12] va Osim ibn Umarni dunyoga keltirgan[13][14][15][16][17].
Keyinchalik, Jamila Yazid ibn Jariyaga turmushga chiqqan va Abdurahmon ismli oʻgʻil koʻrgan[18][19].
Muhammad vafot etganida Osim toʻrt yoshda, xalifa Abu Bakr Siddiq vafot etganida esa olti-yetti yoshda edi. Abu Bakrning vafotidan keyin (634) otasi Umar Roshidunning navbatdagi xalifasi etib tayinlangan.
Muhim voqealar
tahrirOsimning otasi Umar 634-yilda xalifalikka tayinlangan. Umar davrida xalifalik hududi misli koʻrilmagan darajada kengayib, Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini boshqargan[20]. Umar tarixdagi eng qudratli va nufuzli musulmon xalifaga aylangan, ammo qudratining eng yuqori choʻqqisida, 644-yilda Abu Lu’lua Firuz ismli fors quli tomonidan oʻldirilgan. Unga suiqasd sabablari aniq emas[21]. Otasi vafot etganida Osim hali juda yosh boʻlgan.
Umarning vafotidan keyin musulmonlar jamiyati Roshidunning navbatdagi xalifasi etib Usmonni tayinlashgan. Usmon xalifalikni 644-yildan 656-yilning 17-iyuniga qadar boshqargan. Usmondan keyin hokimiyat 656-yilda Roshidunning navbatdagi va oxirgi xalifasi Aliga oʻtgan. Alining hukmronligi 661-yilga qadar davom etgan. Alining bevaqt oʻlimidan keyin oʻgʻli Hasan ibn Ali uning oʻrniga xalifa etib tayinlangan, biroq u Suriya hokimi Muoviya I ning foydasiga taxtdan voz kechgan va kelishuv asosida fuqarolar urushini toʻxtatgan. Muoviya I navbatdagi yangi xalifa sifatida tan olingan, bu esa Roshidun xalifaligining tugashi va Umaviylar xalifaligining boshlanishi edi. Keyinchalik, Muoviya I ning oʻrniga uning oʻgʻli Yazid I, undan keyin Muoviya II, 684-yilga kelib esa Marvon I Muoviya II ning bevaqt oʻlimi sabab xalifalikka tayinlangan.
Osim ibn Umar Umaviylar xalifasi Abdulmalik hukmronligi davrida, 689-yilda vafot etgan.
Oilasi
tahrirFarzandlari:
- Hafs ibn Osim birgina „Sahih al-Buxoriy“da oʻn bir hadis rivoyat qilgan.
- Umar ibn Osim, uning Ummu Miskin binti Umar ismli qizi bo'lgan. Ummu Miskin binti Umarning Abu Molik ismli ozod qilingan bir quli boʻlgan[22].
- Ummu Osim Laylo binti Osim – Umaviy xalifasi Umar II ning onasi.
Manbalar
tahrir- ↑ ibn Sa'd, Muḥammad. The Men of Madina. Ta-Ha, 1997 — 6-bet. ISBN 978-1-897940-90-7.
- ↑ „Umar Ibn Al-Khattab : His Life and Times, Volume 1“. archive.org.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 7, 235, 236. London/Ta-Ha Publishers.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 362.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 235.
- ↑ Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam, p. 95. Albany: State University of New York Press.
- ↑ Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarik al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, pp. 100-101. Albany: State University of New York Press.
- ↑ But see Bukhari 4:52:281 and similar traditions, where Asim ibn Thabit is described as the „grandfather“ of Jamilaʼs son Asim. According to the biographical traditions, they should have been uncle and nephew.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 7.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.
- ↑ Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.
- ↑ Malik ibn Anas. Al-Muwatta 37:6.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 204.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.
- ↑ Tabari/Fishbein vol. 8 p. 95.
- ↑ Tabari/Smith vol. 14 pp. 100-101.
- ↑ Tabari/Fishbein vol. 8 pp. 94-95.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 236.
- ↑ Hourani (1991).
- ↑ Pellat (2011).
- ↑ Sahih Bukhari „Asking permission to enter“. 2006-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 13-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Hourani, Albert. A History of the Arab Peoples. Faber and Faber, 1991.
- Pellat, Charles (2011). "Abū Loʾloʾa". in Yarshater, Ehsan. Encyclopaedia Iranica. https://iranicaonline.org/articles/abu-loloa-a-persian-slave-of-mogira-b.