Paleogen – Sharqiy yarim sharning, asosan, tropik hududlarini oʻz ichiga olgan quruqlikning fauna dunyosi. Faunasi qad. Gondvana hayvonlari guruhiga xos: (Gondvananing Braziliya-Afrika qitʼasi); tuyaqushlar, 2 xil nafas oluvchi baliqlar, toshbaqalar, timsoxlar, hartumlilar, odamsimon maymunlar, yirtqichlar (yoʻlbars, arslon, gepard) va boshqa 3 ta fauna oblastiga boʻlinadi. Efiopiya oblasti Afrikaning Sahroi Kabirdan jan., Arabiston yarim orolning janubiy qismi, Afrikaning sharqidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Faunasi xilma-xil va boy, endemik yoki yarim endemik turkumlar (damanlar, naytishlilar, afrika tuyaqushlari) va oilalar (jirafasimonlar, suv aygʻirlari, kitboshlilar, sesarkalar va boshqalar)ga ega. Madagaskar fauna oblasti – Madagaskar, Seyshel, Amirant, Qamar, Maskaren orollarni oʻz ichiga oladi. Ilk neogendan boshlab mustaqil rivojlangan; hayvonot dunyosi Afrika faunasi bilan chambarchas bogʻliq. Ayrim qadimiy hayvonlarning boʻlishi bu viloyattning Janubiy Osiyo va Janubiy Amerika bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Endemiklari orasida lemurlar, tenreklar va boshqa bor. Gekkonlar, ssinklar, hameleonlar koʻp uchraydi. Tuyokdilar va afrika qushlarining 20 ga yaqin oilasi uchraydi. Hind malay viloyati – Janubiy Osiyo va Osiyo bilan Avstraliya oʻrtasidagi koʻp qismini oʻz ichiga oladi. Tarixiy jihatdan Efiopiya viloyati bilan bogʻlangan (fillar, karkidon, tor bu-runli va odamsimon maymunlar, pangolinlar va boshqa oblastda keng tarqalgan). Notogeya zoogeografiya dunyosiga oʻxshashlik belgilari ham bor. Turlari va urugʻlarining xilma-xilligiga qaramasdan yuqori taksonlar orasida endemiklari koʻp emas. Mazkur oblastda buyvol, banteng , choʻchqalarning xonakilashtirish markazi joylashgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil