Pirimqul Nurmonov

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi gvardiya starshinasi, Sovet Ittifoqi Qahramoni

Pirimqul (Pirim) Nurmonov (1911-yil 20-aprel, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi1978-yil 10-dekabr, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi gvardiya starshinasi (hozirda katta serjantga toʻgʻri keladi), Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944)[1].

Pirimqul Nurmonov
Tavalludi 11-aprel 1911-yil
Payariq tumani, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 10-dekabr 1978-yil(1978-12-10)
(67 yoshda)
Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 19371945
Unvoni starshina
Harbiy  qism 178-gvardiyachi oʻqchi polki (60-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi)
Qoʻmondonlik qilgan harbiy boʻlinma (178-gvardiyachi oʻqchi polki)
Lavozimi komandir
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari


Shuhrat ordeni «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Isteʼfoda Qishlogʻidagi kolxoz brigadasi boshligʻi

Tarjimayi holi

tahrir

Pirimqul Nurmonov 1911-yil 20-aprelda Payariq tumanidagi Oqqoʻrgʻon qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan[1][2][3][4]. Millati oʻzbek. 1943-yildan KPSS aʼzosi[3]. Maktabni tugatgandan keyin kolxozda mexanizator boʻlib ishlagan.1937−1940-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1941-yil iyunda Payariq tumani harbiy komissariati tomonidan Nurmonov qayta harbiy xizmatga chaqiradi. 1942-yil iyundan boshlab Pirimqul Nurmonov Ikkinchi jahon urushida ishtirok eta boshlagan[4]. 1943-yil 13-avgust22-sentyabr oraligʻida boʻlib oʻtgan Donbass hujum operatsiyasida va Dnepropetrovsk viloyatidagi Pavlograd shahrini ozod etishda qatnashgan. Soʻngra Zaporojye hujum operatsiyasida (1943-yil 10−14-oktyabr) va Zaporojye shahrini ozod qilishda ishtirok etgan. 1943-yil oktyabriga kelib starshina Pirimqul Nurmanov 3-Ukraina fronti, 6-armiyasining 60-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi, 178-gvardiyachi oʻqchi polkining boʻlinmasiga qoʻmondonlik qila boshladi. Nurmonov 1943-yil 26-oktyabrda oʻz boʻlinmasi bilan birinchilardan boʻlib Zaporojye tumanidagi Razumovka qishlogʻi atrofida Dnepr daryosini kechib oʻtgan va platsdarm uchun boʻlgan jangda alohida jasorat koʻrsatgan. Jangda shaxsan oʻzi granata tashlab, 1 ta pulemyot va 8 gitlerchini yoʻq qilgan[3]. Boʻlinmasi bilan butun tun davomida asosiy kuchlar daryoni kechib oʻtgunga qadar nemislarning qarshi hujumlarini qaytarishgan[1][2].

Shundan keyin 60-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi Dneprni kechib oʻtdi va Zaporojye shahri chegarasidagi Xortitsa oroliga tushadi va bu yerda 20 kun davomida orolni nemis qoʻshinidan ozod etish uchun jang qilishdi. 1943-yil 4-noyabrda artilleriya orqali kuch toʻplagan fashistlar qarshi hujumga oʻtishadi. Starshina polki bilan qoʻriqlayotgan hududga fashistlar 150− 200 metr masofada yaqinlashgach, polk hujumga oʻtadi. Qisqa muddatli qoʻl jangi boʻlib, Nurmonov shaxsan o‘zi 6 nafar fashistni yo‘q qilib, dushmanni o‘z pozitsiyasiga chekinishga majbur qilgan, bu jasorati uchun 3-darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi[4].

1943-yil noyabr oyida 60-gvardiyachi oʻqchi diviziyasiga Zaporojye yaqinida Dneprni kechib oʻtish buyurildi. 1944-yil 19-noyabrda Xortitsa orolini orqali kechib oʻtish imkoniyatini aniqlash uchun razvedka olib borildi. Razvedka dushmanning juda kuchli mudofaasi mavjudligini aniqlaydi va 6-armiya shahardan bir necha kilometr janubga oʻtishga qaror qiladi. Shundan so‘ng, diviziya yashirincha Zaporojye viloyati, Zaporojye tumani, Razumovka qishlog‘i ro‘parasida toʻplana boshlaydi[4].

1943-yil 26-noyabrda strashina Nurmonov boshchiligidagi boʻlinma Dnepr daryosidan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi bo‘lib o‘ng qirg‘oqqa o‘tib, bosib olingan hududga mustahkam o‘rnashib oldi. Boʻlinmaga batalyon qanotiga kirmoqchi boʻlgan bir guruh fashistlarni yoʻq qilish buyrugʻi beriladi[4].

Nurmonov birinchilarda bo‘lib dushmanga hujum qilib, avtomati bilan 7 nafar fashistni yo‘q qiladi. Qisqa, ammo shiddatli jangda boʻlinma 27 nafar fashistni yo‘q qilgan. Tunda fashistlar yoʻqotgan hududlarini qaytarib olishga harakat qilishadi. Ular piyoda askarlardan iborat ikkita batalyonni jangga tashlaydi. Dushman pulemyotchilaridan biri otryadning qanotiga kirib oladi. Buni payqagan Pirimqul Nurmonov oldinga harakat qilib, granata bilan pulemyotchini o‘ldirdi.

Dushmanning qarshi hujumi muvaffaqiyatli qaytariladi. Gʻalabaga erishgan Nurmonov boʻlinmasi hujumga oʻtib, avtomatlar va granata bilan 35 nafar fashistni yoʻq qilishadi[4].

1945-yilda starshina Pirimqul Nurmonov harbiy xizmatdan ozod etiladi. Oʻz yurtiga qaytib kelgach, kolxoz, qishloq soveti raisi, sovxozda brigada boshligʻi boʻlib ishlagan. Oʻzi tugʻilib oʻsgan jamoa xoʻjaligiga Nurmonov nomi berilgan[2].

Vafoti

tahrir

Pirimqul Nurmonov 1978-yil 10-dekabrda Payariq tumani, Oqqoʻrgʻon qishlogʻida vafot etgan va shu qishloqda dafn etilgan[3].

Mukofotlari

tahrir

Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni (1944-yil 22-fevral), Lenin ordeni (1944-yil 22-fevral), Qizil Yulduz ordeni (1943-yil 7-dekabr), 3-darajali „Shuhrat“ ordeni (1943-yil 13-dekabr) va medallar bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 8-jild (Nikellash — Pomir). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1976 — 656-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Nikolay Gavrilovich Bereznyak. Jasoratnoma. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi — 414-bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Игорь Сердюков. „Нурманов Прим“. 2023-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.