Zakovat intellektual klubi – Oʻzbekistonning zakovat klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilot. Klub mamlakatda zakovat oʻyinlarini tashkil qilish, Oʻzbekistonda zakovatni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi[2].

Zakovat intellektual klubi

Zakovat Arena binosi
Turi Nodavlat notijorat tashkiloti
Maqomi Amalda
Shiori Zakovatda kuch
Maqsadi Yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish
Ishga tushgan sanasi 10-fevral, 2021-yil (3 yil avval) (2021-02-10)[1]
Joylashuvi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Deyl Ahmadi
Prezidenti Abdurasul Abdullayev
Ishchilar soni 272
Aʼzolari 1 155 000
Vebsayti zakovatklubi.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus
Hamkor tashkilotlari Yoshlar ishlari agentligi
Map

Zakovat intellektual klubining Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda alohida boʻlimlari mavjud.

Tarixi

tahrir

Zakovat intellektual oʻyini 2001-yilda tashkil etilgan boʻlib, klub faoliyati ham teleoʻyin bilan bir vaqtda boshlangan[3]. 2001-yil Navroʻz bayrami arafasida „Zakovat“ intellektual teleoʻyinining ilk soni efirga uzatilgan[4][5]. Koʻrsatuv Yoshlar va „Oʻzbekiston“ telekanallarida, keyinchalik esa Milliy TVda namoyish qilingan. 2020-yil oxirida teleoʻyin efirdan olindi va toʻxtatib qoʻyildi[6][7]. Ushbu holat bir necha eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining 2021-yil 1-yanvarda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotini tuzish haqida qaror qabul qilindi[8][9]. Yigʻilish davomida klubning yangi internet sayti taqdim etilishi hamda Zakovatga aʼzo boʻlish tartibi, oʻyin qoidalari, tadbirlar jadvali eʼlon qilinishi belgilab berildi. Zakovat intellektual teleoʻyinining Milliy TV efiridan olinganligi, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlganidan soʻng Zakovat intellektual klubi tashkil etildi[10][11]. Zakovat intellektual teleoʻyini efirdan olingandan soʻng Komil Allamjonov Telegramdagi kanalida quyidagicha izoh qoldirdi:

Zakovat yopilmaydi. Aksincha, gullaydi. Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani oʻz otaligʻimizga oldik. Bu yil inshaalloh ushbu media loyiha orqali respublikamizda yangidan yangi bilimdon yoshlarni kashf qilamiz[12][13][14].

2021-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 969-sonli guvohnomasiga koʻra Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi[15][16][17][18].

2021-yil fevral oyi boshida Zakovat intellektual klubiga aʼzolik uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi va 21-fevralda aʼzolik uchun onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi[19][20]. Dastlabki bosqichda rasmiy ravishda 13 043 kishi klub aʼzoligiga qabul qilindi[21]. Aʼzolarning 11 ming 111 nafari yakka tartibda, qolgan 1 932 nafari esa 322 ta jamoa tarzida roʻyxatdan oʻtgan[22][23]. 2021-yil holatiga koʻra klubga 245 302 ta bilimdon aʼzo boʻlib, 20 742 ta ichki klub faoliyat yuritadi[24].

2023-yilda doimiy aʼzolari soni 500 mingtaga koʻpaydi. 156 250 jamoa va 1 150 000 ga yaqin bilimdonlar ishtirokida 7 000 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy oʻyinlar oʻtkazildi[25][26]. Oʻyinlarda tuzilgan va oʻynalgan savollar soni 15 000 dan oshdi[27][28].

2024-yilda klubga 1 155 000 ta bilimdon aʼzo boʻlib, 272 xodimlar va koʻngillilar faoliyat yuritadi[29]. Klub kengashida klub prezidenti Abdurasul Abdullayev, direktor Deyl Ahmadidan tashqari, klub magistrlari hamda bilimdonlari Saidkamol Abdurazzoqov, Jobir Ahmedov, Umid Valiyev, Xushnud Xudayberdiyev, Bobur Yoqubovlar faoliyat yuritadi. Klub tomonidan soʻngi 4 yil davomida 35 ta katta tadbir tashkil etilib, ularga mamlakat boʻylab 900 mingdan ortiq bilimdon ishtirok etdi.

Vazifalari

tahrir

Zakovat intellektual klubining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
  • intellektual sogʻlom raqobatni yuzaga keltirish;
  • yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish va rivojlantirish;
  • respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish;
  • taʼlim muassasalarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish;
  • professional va havaskor bilimdonlar ishtirokida intellektual loyihalarni amalga oshirish.

Rahbariyati

tahrir

Zakovat intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev hisoblanadi[30]. Klub direktorligi joriy qilinganda ushbu lavozimga sohada faol ishtirok etib kelayotgan bilimdon Umid Narimov tayinlangan[31][32]. 2023-yil 29-dekabrda Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti taʼsischisining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda tashkilotga Deyli Ahmadi direktor etib tayinlandi[33][34]. Ushbu lavozimga qadar Deyli Ahmadi AOKA Media-markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan[35][36].

Klub rahbariyati
Lavozim Ism-familya Faoliyat davri
Prezident Abdurasul Abdullayev 2022-yil 25-mart – hozirga qadar
Direktor Umid Narimov 2022-yil 25-mart – 2023-yil 29-dekabr
Direktor Deyli Ahmadi 2023-yil 29-dekabr – hozirga qadar

Klub direktorlari

tahrir

Zakovat teleoʻyini

tahrir

Zakovat intellektual teleoʻyini 2001-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda[37][38]. Asoschisi va boshlovchisi Zakovat intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev. Ushbu oʻyin oʻndan ortiq davlatlarda turli nomlar bilan tashkil qilib kelinadi. Zakovat teleoʻyini 2018-yilga qadar MTRKda, 2019-yildan Milliy TV telekanalida namoyish etila boshlandi[39][40]. 2021-yildan boshlab Mass-media fondi koʻmagida yangi media-loyiha sifatida qayta yoʻlga qoʻyildi.

Klub loyihalari va musobaqalari

tahrir

Zakovat intellektual klubi tomonidan intellektual oʻyinlarni ommalashtirish maqsadida bir qancha yirik loyihalar, shuningdek, yurtimizida va xalqaro maydonda doimiy hamda yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqalar tashkil etiladi[41][42][43].

Mahalliy

tahrir
T/R Musobaqa nomi Ishtirokchilar Musobaqa boʻlib oʻtish vaqti/davomiyligi
1 Talabalar ligasi[44][45] Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida. Bahor, qish, kuz mavsumi
2 Talaba-oʻquvchilar ligasi Akademik litsey, kollej, texnikum va kasb-hunar maktablari tahsil oluvchilari oʻrtasida. Bahor, qish, kuz mavsumi
3 Oʻquvchilar ligasi Umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida. Bahor, qish, kuz mavsumi
4 Zakovat Quiz[46] Yosh chegaralanmagan. Yil davomida
5 Intellektual olimpiada[47] Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida. Har yili dekabr oyida.
6 Intellektual haftalik[48] Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida Har yili may oyida.
7 Zakovat[49] Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida. Yilda bir marta
8 Zakovat[50] Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida. Yilda bir marta
9 Zakovat[51] Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasi. Yilda bir marta
10 Zakovat[52] Nurli maskan maktab internatlarining alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi) oʻquvchilari oʻrtasida. Yilda bir marta
11 10-savol[53] Yosh chegaralanmagan. Hozirda toʻxtatilgan
12 „Zakovat-Gambit“ shaxmat turniri[54][55] Havaskor va professional shaxmatchilar oʻrtasida. Yilda bir marta
13 Chempionlar kubogi[56] Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar professional ligasi gʻoliblari. Har mavsum oxirida
14 Rubik kubini yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati[57] Havaskorlar oʻrtasida. Yilda bir marta
15 Yoshlar kubogi 25 yoshga toʻlmagan ishtirokchilar oʻrtasida. Iyun oyida
16 Doʻstlik kubogi Yosh chegaralanmagan. Yilda bir marta
17 Neologizm Cup Yosh chegaralanmagan. Yil davomida
18 Ibn Sino kubogi[58][59][60] Tibbiyot muassasalari xodimlari oʻrtasida. Yilda bir marta
19 Imom Buxoriy izdoshlari[61] Yosh chegaralanmagan. Hozirda oʻtkazilmaydi.
20 Mahallalar oʻrtasida Zakovat[62] Yosh chegaralanmagan. Yilda bir marta

Oʻzbekiston chempionati

tahrir

Oʻzbekiston chempionati zakovat professional jamoalar oʻrtasidagi Oʻzbekistonning eng yirik musobaqasi hisoblanadi[63]. Turnir 3 yoʻnalishda „Zakovat“, „Erudit-kvartet“ va „Shaxsiy oʻyin“ boʻyicha boʻlib oʻtadi[64][65].

Intellektual olimpiada

tahrir

Zakovat intellektual klubi tomonidan har yili dekabr oyida oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa[66][67]. Musobaqada talabalar saralash va respbulika bosqichlarida bellashadi[68]. Har bir jamoada 11 nafar ishtirokchi boʻladi. Respublika bosqichida „Zakovat“, „Breyn-ring“, „Erudit-kvartet“, „Shaxsiy oʻyin“, shaxmat va shashka oʻyinlari boʻyicha 6 ta yoʻnalishda oʻyinlar boʻlib oʻtadi[69][70]. Intellektual olimpiadaga respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarida (davlat va nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy oliy oʻquv yurtlari va ularning filiallari) bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, taʼlim yoʻnalishidan qatʼi nazar, ishtirok etishi mumkin[71][72].

Olimpiadada har bir yoʻnalish boʻyicha oʻrinlar uchun reyting ballari yigʻiladi. Yakunda eng koʻp ball toʻplagan oliy taʼlim muassasasi gʻolib deb topilib, Prezident sovgʻasi bilan mukofotlanadi[73]. Intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan talabalar uchun yil davomida har oyda „Zakovat“ stipendiyasi beriladi hamda taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi[74][75][76]. 2023-yilda tashkil etilgan musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 5 milliard 400 million soʻmni tashkil qiladi. Shundan 4,5 milliard soʻmi Prezident sovgʻasi sifatida, umumjamoa natijalariga koʻra 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasalariga (taʼlim muassasasining oʻziga) berildi (1-oʻringa – 2 milliard soʻm, 2-oʻringa – 1,5 milliard soʻm, 3-oʻringa – 1 milliard soʻm). Qolgan 900 million soʻm esa gʻolib jamoa aʼzolari oʻrtasida boʻlindi[77].

Intellektual haftalik

tahrir

Oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar oʻrtasida intellektual raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, respublikaning turli hududlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish maqsadida klub tomonida har yili Intellektual haftalik tashkil etiladi[78]. Saralash oʻyinlari aprel oyida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladi[79][80][81]. Respublika bosqichi may oyida boʻlib oʻtadi.

Zakovat-Gambit

tahrir

„Zakovat-Gambit“ Zakovat intellektual klubi tashkilotchiligida sportning shaxmat turida oʻtkaziladigan musobaqa[82][83][84][85]. Ushbu turnir 2021-yildan beri har yili oʻtkazilib kelinadi[86][87]. Sovrin jamgʻarmasi 600 million soʻmni tashkil qiladi[88][89]. „Zakovat-Gambit“ shaxmat turniri ishtirokchilari reytinglari boʻyicha beshta guruhga boʻlinadi[90]. Turnirning B, C, D, va E guruhidagi shaxmatchilar 9 ta turda shveytsarcha tizim boʻyicha (qoida boʻyicha 9 raundda, 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida) oʻynashadi[91]. Bu tizimda har bir turdan soʻng ishtirokchilar oʻzlarining natijalariga qarab yangi raqiblar bilan kurashadi. A guruhida esa professional shaxmatchilar davra tizimida, yaʼni har bir ishtirokchi qolgan barcha raqiblar bilan navbatma-navbat oq va qora donalarda oʻynaydi. B, C, D, va E guruhlarida faqat Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin[92]. Musobaqa ikki bosqich saralash va final bosqichidan iborat[93][94]. Asosiy oʻyinlardan soʻng bir vaqtning oʻzida oʻyin seanslari formatida mahorat darslari oʻtkaziladi. Mahorat seanslarida Rustam Qosimjonov, Gulruhbegim Toxirjonova, Viswanathan Anand, Harika Dronavalli, Judit Polgar, Timur Gareyev kabi grossmeysterlar ishtirok etgan[95][96].

Liga oʻyinlari

tahrir
Zakovat intellektual klubi liga o‘yinlari.

Zakovat intellektual klubi liga oʻyinlari yil davomida Zakovat klubi tomonidan bahorgi, yozgi, kuzgi hamda qishki mavsum oʻyinlari tarzida oʻtkazilib kelinadigan „Zakovat“ oʻyinining sportcha versiyasiga asoslangan musobaqa hisoblanadi[97][98][99]. Oʻyinlar Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyatda oʻtkaziladi. Jamoalar oʻzaro Ikkinchi liga, Birinchi liga, Professional ligalarda bellashadi. Mavsum yakuniga koʻra Professional, Birinchi va Ikkinchi liga mavsumiy musobaqalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra eng yaxshi oʻrinlarni egallagan jamoalar yuqori ligalarga, past natija qayd etgan jamoalar esa quyi ligalarga yoʻl olishadi[100].

Liga oʻyinlari Zakovat intellektual klubi tomonidan muntazam oʻtkazilib boriladi. 2022-yil 4—5-iyundan boshlab klub tomonidan Professional hamda Birinchi liga oʻyinlari tashkil qilingan boʻlsa, 2022-yil 10-sentyabrdan Ikkinchi liga oʻyinlari yoʻlga qoʻyilgan[101][102]. Liga oʻyinlarida bir necha bor jamoalarning soni boʻyicha oʻzgartirishlar amalga oshirilgan.

Liga oʻyinlari
T/R Musobaqa nomi Ishtirokchilar Musobaqa boʻlib oʻtish vaqti/davomiyligi
1 Professional Liga Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar professional jamoalari oʻrtasida. Bahor, qish, yoz, kuz mavsumi
2 Birinchi liga Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar birinchi liga jamoalari oʻrtasida. Bahor, qish, yoz, kuz mavsumi
3 Ikkinchi liga Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ikkinchi liga jamoalari oʻrtasida. Bahor, qish, yoz, kuz mavsumi
4 Ayollar ligasi Ayollar oʻrtasida. Yil davomida

Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi mavjud klublar liga oʻyinlarini sinxron tarzda oʻtkazadi.

Zakovat intellektual klubining Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlari va rasmiy sahifalari
T/R Hudud Klublar Rasmiy sahifasi
1 Toshkent shahri Toshkent shahri zakovat klubi [103]
2 Buxoro viloyati Buxoro viloyati zakovat klubi [104]
3 Fargʻona viloyati Fargʻona viloyati zakovat klubi [105]
4 Jizzax viloyati Jizzax viloyati zakovat klubi [106]
5 Xorazm viloyati Xorazm viloyati zakovat klubi [107]
6 Namangan viloyati Namangan viloyati zakovat klubi [108]
7 Navoiy viloyati Navoiy viloyati zakovat klubi [109]
8 Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati zakovat klubi [110]
9 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston zakovat klubi [111]
10 Samarqand viloyati Samarqand viloyati zakovat klubi [112]
11 Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati zakovat klubi [113]
12 Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati zakovat klubi [114]
13 Toshkent viloyati Toshkent viloyati zakovat klubi [115]
14 Andijon viloyati Andijon viloyati zakovat klubi [116]

Intellektual maktab loyihasi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori bilan tasdiqlangan „Zakovat“ intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra har yili Boʻstonliq tumanidagi „Oqtosh“ va „Geolog“ bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida „Intellektual maktab“ loyihasi oʻtkaziladi[117][118][119]. Loyiha doirasida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida Zakovat, Breyn-ring, Erudit-kvartet, Zakovat Quiz kabi intellektual oʻyinlar hamda futbol, voleybol, shaxmat va shashka boʻyicha musobaqalar tashkil etiladi. Shuningdek, eko-seminarlar hamda Zakovat Karyera markazi tomonidan kasbga yoʻnaltirish boʻyicha treninglar oʻtkaziladi[120][121].

Hamkorlikda

tahrir

WikiQuiz

tahrir
WikiQuiz intellektual oʻyinidan lavhalar.

WikiStipendiya II loyihasi tashkilotchilari hamda Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda 2023-yilning 22-sentyabridan 1-dekabriga qadar „WikiQuiz“ intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi[122]. WikiQuiz – WikiStipendiya loyihasi doirasida tashkil etilgan intellektual oʻyin boʻlib, yoshlarni Vikipediya bilan tanishtirish va Vikipediya asosidagi savollar orqali maqolalarning oʻqilishini oshirishni maqsad qiladi. WikiStipendiya loyihasi tomonidan WikiTurlar mobaynida Qoraqalpogʻiston va Xorazm kabi viloyatlarda WikiQuiz oʻyini tashkil etilgan.

Media loyihalari

tahrir

Diqqat, savol! podkasti

tahrir

Zakovat intellektual klubi tomonidan YouTube online ijtimoiy media platformasida Diqqat, savol! podkasti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2024-yil 18-aprelda buyon oʻtkazilib kelinadi[123]. Diqqat, savol! loyihasi doirasida turli soha mutaxassislari, blogerlar va zakovatchilar jamiyatdagi muhim mavzularda fikr almashishadi. Podkastning ilk sonida klub prezidenti Abdurasul Abdullayev va oʻyin yulduzlari Nurbek Alimov, Saidkamol Abdurazzoqov hamda Saidakrom Rasulevlar ishtirok etdi[124]. Shuningdek, podkastning Diqqat, savol! „Zakovat“ ommalashishi uchun nimalar qilish kerak? sonida klub bilimdoni Nodira Turgʻunova hamda „Zakovat Asian Cup“ gʻolibi Sardor Ahmedov ishtirok etgan[125][126].

Tahlil loyihasi

tahrir

Zakovat intellektual klubi tomonidan YouTube online ijtimoiy media platformasida klub bilimdoni Abbos Salaydinov boshlovchiligida Tahlil loyihasi yoʻlga qoʻyilgan. Loyiha 2024-yil 5-maydan boshlab faoliyat yuritadi. Tahlil loyihasida zakovat klubining professional jamoalari oʻyinini tahlil qiladi va bilimdonlarning xatolari va oʻyin texnikasini koʻrib chiqiladi. Loyihaning 1-sonida amaldagi Oʻzbekiston chempioni Espero jamoasining oʻyini muhokama qilingan[127][128].

Xalqaro

tahrir

Zakovat intellektual klubi tomonidan bir qancha xalqaro turnirlar ham oʻtkazilib kelinmoqda. 2021-yil 2-may kuni Toshkentdagi Botanika bogʻida RU-liga birinchi „Zakovat“ turniri boʻlib oʻtdi. Unda 935 ta ishtirokchi 187 ta jamoaga boʻlingan holda bellashishdi va bu Oʻzbekistonda ham, MDHda ham rus tili segmentida intellektual oʻyinlarda ishtirok etgan oʻyinchilar soni boʻyicha mutlaq rekord natija boʻldi[129][130]. Turnir OAVni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va „Zakovat“ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etildi[131]. Yakuniy natijalarga koʻra „Misteriya“ jamoasi musobaqa gʻolibiga aylandi[132]. 2022-yil 24-25-sentabr kunlari Toshkent Botanika bogʻi musobaqalar oʻtkaziladigan sport maydonchasida „Zakovat“ oʻyinining sportcha versiyasi boʻyicha I Markaziy Osiyo kubogi boʻlib oʻtdi[133]. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etdi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etdi. Gʻoliblikni Qozogʻistonning „Oddiy mehnatkashlar“ jamoasi qoʻlga kiritdi[134][135][136]. 2023-yil 12-avgust kuni Toshkentda „Zakovat“ intellektual oʻyinining birinchi Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Ikki kun davom etadigan yirik turnirda O‘zbekiston, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya kabi 14 mamlakatdan 55 ta jamoa qatnashdi. Sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etdi[137]. Musobaqaning barcha asosiy oʻyinlari „Zakovat Arena“da oʻtkazildi. Gʻoliblikni Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston yoshlaridan iborat „GG“ jamoasi qoʻlga kiritdi[138][139]. 2024-yil 5 avgust kuni Ostona shahrida esa Zakovat Osiyo kubogi boʻlib oʻtdi hamda unda Oʻzbekiston va Qozogʻiston terma jamoalari bellashishdi[140][141][142]. Qozogʻiston Respublikasi Prezident Markazida boʻlib oʻtgan „Markaziy Osiyo derbisi“da oʻzbekistonlik bilimdonlar 2:0 hisobida mezbonlar ustidan gʻalaba qozondi[143][144][145].

2024-yil 5-sentyabrida „Vatandosh“ jamoat fondi, Turkiston-Amerika jamiyati va Zakovat intellektual klubi hamkorligida Nyu-Jersi shtatining Dover shahridagi Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi binosida AQShning turli shtatlaridan (Nyu-York, Nyu-Jersi, Pennsilvaniya, Ogayo, Massachusets) kelgan vatandoshlarimiz ishtirokida Zakovat oʻyini boʻlib oʻtdi[146]. Pennsilvaniya shtatidan tashrif buyurgan yoshlardan iborat „Yurtdosh“ jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Bunga qadar Zakovat intellektual klubi hamda „Vatandosh“ jamoat fondi bilan birgalikda 3 marotaba Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniyada musobaqalar tashkil etilgan[147][148][149]. 2024-yil 27-sentyabrda Ostona shahrida qozogʻistonlik yoshlar oʻrtasida „Aqyl Battle Cup“ musobaqasi boʻlib oʻtdi. „Aqyl Battle Cup“ – bu Qozogʻiston Madaniyat va axborot vazirligi tomonidan oʻtkazilgan uch bosqichli tanlovdir. Grand-finalda Qozogʻistonning 17 viloyati va 3 shahridan bittadan jamoa, jami boʻlib 20 ta jamoa qatnashdi[150]. Zakovat klubidan Abdurasul Abdullayev hamda Saidkamol Abdurazzoqov musobaqaga faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etishdi[151][152].

Yutuqlar

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi tomonidan Oʻzbekistonda joylashgan 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining 2021-yildagi faoliyatini ochiqlik indeksi boʻyicha baholash ishlari natijasiga koʻra Zakovat intellektual klubi „Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top – 20“ roʻyxatiga kiritildi[153][154][155].

Zakovat Arena

tahrir
Zakovat Arena binosining ichki va tashqi koʻrinishi.

Intellektual klub tomonidan tashkil etiladigan turli loyihalar hamda musobaqalar Zakovat Arenada oʻtkaziladi[156]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 12-oktyabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan Boʻrontepa yaqinidagi ekoturizm klasterida boʻlib oʻtgan „Zakovat“ breyn-ring intellektual oʻyini finalida soʻzga chiqib Toshkentda „Zakovat“ klubi uchun bino qurib berilishi haqida aytib oʻtdi[157][158][159][160][161].

„Zakovat“ klubini avvalo moliyaviy rivojlantirish kerak. Shu maqsadda har yili 50 milliard soʻm pul ajratiladi. Chekka tumanlarda ham „Zakovat“ klublari tashkil etiladi, maktablarda ham „Zakovat“ klubi tashkil etiladi. Surishtirdim, „Zakovat“ klubining oʻz binosi yoʻq ekan. Sizlarga Toshkentning soʻlim joyidan alohida bino qurib beramiz[162].

2023-yil 25-mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida yoshlar uchun sport, madaniy-maʼrifiy va intellektual oʻyinlarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq majmua Zakovat Arena binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish kuni Zakovat intellektual klubining Professional, Birinchi va Ikkinchi liga oʻyinlari bir vaqtda, bir joyda va bir xil savollar bilan oʻtkazildi[163]. Yangi bino ochilgunga qadar klub tomonidan tashkil etilgan musobaqalar turli binolarda, asosan Yunusobod tumanida joylashgan „Yoshlik“ kafesida oʻtkazilgan.

Klubning ESG loyihasi mavjud boʻlib, loyiha maqsadi atrof-muhitga boʻlgan taʼsirni, shuningdek, xavfsiz va adolatli mehnat sharoitlarini taʼminlash[164]. Loyiha doirasida mintaqada birinchi boʻlib Zakovat Arena binosida IQAir havo datchigi oʻrnatilgan[165][166].

Klub madhiyasi

tahrir

2001-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan Zakovat teleoʻyinining madhiyasi Joziba guruhi solisti Abdugʻofur Kamolov ijrosidagi „Bu olamning jumbogʻi koʻp“ qoʻshigʻi boʻlgan[167][168]. „Bu olamning jumbogʻi koʻp“ sheʼri muallifi Anvar Obidjon. Hozirda Zakovat intellektual klubi mahiyasi Shohrux reper tomonidan kuylangan „Uzbek power“ qoʻshigʻi boʻlib, Milena Madmusayeva va Abbbose, Ruhsora Emmlar ijrosidagi koʻrinishi ham mashhur[169][170].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „"Zakovat intellektual klubi" nodavkat notijorat tashkiloti“. www.orginfo.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  2. „„Zakovat" — connoisseurs game“. Yoshlar ovozi. № 24–25. Toshkent. 2024. 4-bet. Qaraldi: 10-oktyabr 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Zakovat harakati haqida.“. www.zakovat.org. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  4. Абдурасул Абдуллаев. Дақиқа қадри (2-китоб). Тошкент: Давр-Пресс, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-5-3. 
  5. „"Zakovat" boshlovchisi 60 yoshga to`ldi“. www.darakchi.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  6. „Почему игра «Заковат» пропала из эфира?“. www.uznews.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  7. „«Zakovat» ko‘rsatuvi yopildimi?!“. www.xushnudbek.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  8. „«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi“. www.kun.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  9. „“Zakovat” uchun alohida tashkilot tuziladi. Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qildi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  10. „Komil Allamjonov muassisligidagi «Milliy» telekanali «Zakovat» namoyishini to‘xtatdi. Dastur taqdiri endi nima bo‘ladi?“. www.kun.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  11. „Komil Allamjonov «Zakovat» teledasturi yopilmasligini ma’lum qildi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  12. „Комил Алламжонов: «Заковат» родился заново»“. www.repost.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  13. „Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva «Zakovat» loyihasini o‘z otalig‘iga oldi“. www.kun.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  14. „Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva efirdan olingan “Zakovat” loyihasini o‘z otalig‘iga oldi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  15. Mass-media fondi Telegram sahifasi
  16. „«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  17. „Kecha, 21 fevral kuni «Zakovat» intellektual klubiga a'zolik uchun onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.“. www.xvyut.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  18. „"Zakovat intellektual klubi" nodavkat notijorat tashkiloti“. www.legat.by. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  19. „«Zakovat» klubiga a'zolik uchun 13 mingdan ortiq kishi ariza berdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  20. „Intellekt uchun 1,7 mlrd so‘mga yaqin mukofot – “Zakovat” klubining ilk kastingidan fotoreportaj“. www.kun.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  21. „Что, где, и, главное, когда. Большая игра в Ташкенте“. www.foundeh.org. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  22. „“Заковат” клубининг илк кастинги қандай ўтди“. www.sputniknews.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  23. „Yutuq fondi qariyb 1,7 mlrd so‘mlik «Zakovat»ning ilk kastingidan fotoreportaj“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  24. „Biz haqimizda“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  25. „Казахстан примет еще один международный турнир Zakovat“. www.weproject.media. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  26. „Заковат: Узбекистанские знатоки одержали победу над хозяевами“. www.uz24.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  27. „В Астане впервые прошли международные интеллектуальные игры Zakovat“. www.inform.kz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  28. „Интеллект-шоу в столице Казахстана анонсировала помощник главы РУз Саида Мирзиёева.“. www.uz.sputniknews.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  29. „Zakovat harakati.“. www.zakovat.org. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  30. „Нима ўқиймиз? «Заковат» телеўйини бошловчиси Абдурасул Абдуллаев тавсия қилади“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2024-yil.
  31. „«Zakovat»da prezident va direktor tayinlandi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  32. „“Zakovat” klubiga Prezident tayinlandi“. www.aniq.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  33. „«Zakovat» intellektual klubi»ga direktor tayinlandi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  34. „Deyl Axmadi "Zakovat" intellektual" klubi direktori lavozimiga tayinlandi“. www.zamon.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  35. „Deyl Axmadi "Zakovat" intellektual klubi direktori lavozimiga tayinlandi“. www.uzreport.news. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  36. Zakovat intellektual klubi Telegram sahifasi
  37. „"Zakovat" intellektual o`yini talabalarda katta qiziqish uyg'otdi“. www.tsuull.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  38.   "Zakovat" haqiqatlari Abdurasul Abdullayev tilidan YouTubeda
  39. „«Заковат» көрсетиўи «Milliy TV» телеканалы арқалы көрсетилетуғын болды“. www.ndpi.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  40. „«Заковат» көрсетиўи «Milliy TV» телеканалы арқалы көрсетилетуғын болды“. www.kknews.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  41. „Biz haqimizda“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  42. „“Zakovat” – bilimdonlar o‘yini“. www.yoshlarovozi.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  43. „Интеллектуальный клуб «Заковат»“. www.qvant.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  44. „“Zakovat” intellektual o’yini “Talabalar ligasi” qishki mavsumining 3-tur o’yini o’tkazildi.“. www.samdukf.uz. Qaraldi: 16-oktabr 2024-yil.
  45. „VILOYATIMIZDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" BO'YICHA "TALABALAR LIGASI" O'YINLARI O'TKAZILDI“. www.adu.uz. Qaraldi: 16-oktabr 2024-yil.
  46.   Zakovat Quiz intellektual ko‘ngilochar o‘yini bo‘yicha turne YouTubeda
  47. „В Ташкенте объявили победителей Интеллектуальной олимпиады "Заковат"“. www.uz24.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  48. „Победители игр «Заковат» поступят в вуз без экзаменов Подробнее: https://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/pobediteli_igr_zakovat_postupyat_v_vuz_bez_ekzamenov“. www.norma.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  49. „O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  50. „Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi yakunlandi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  51. „Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi yakunlandi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  52. „“Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida “Nurli maskan” maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yini g‘oliblari taqdirlandi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  53.   10-savol 1-son (09.09.2022) YouTubeda
  54. „"Zakovat-Gambit" shaxmat turnirining 600 mln so‘m egalari aniqlandi“. www.kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  55. „O‘zbekistonda “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi — ishtirok etish shartlari 10:11 07.10.2023“. www.oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
  56. „Chempionlar kubogi g‘oliblari aniqlandi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  57. „Rubik kubini yig‘ish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  58. „“Заковат” интеллектуал клуби томонидан тиббиёт ходимлари ўртасида Ибн Сино кубоги ўтказилади“. www.xs.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  59. „“Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘yicha Ibn Sino kubogi o‘tkaziladi“. www.kun.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  60. „Tibbiyot sohasi vakillari o‘rtasida Ibn Sino kubogida ishtirok eting!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  61. „Buxorodan yana bir katta musobaqa - “Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turnirini kutib oling!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  62. „“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  63. „O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  64. „“Zakovat”, “Erudit-kvartet” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha professional jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi!“. www.zakovat.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  65. „Press-reliz: “Zakovat, Erudit-kvartet va Shaxsiy o’yin bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi!”“. www.zakovat.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  66. „PREZIDENT SOVRINI UCHUN TALABALAR O’RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TMOQDA“. www.fledu.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  67. „Тошкентда илк бор талабалар ўртасида Интеллектуал олимпиада ўтказилмоқда“. www.uz24.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  68. „Талабaлар учун катта имкониятлар ва унутилмас лаҳзалар тақдим этган Интеллектуал олимпиада бўлиб ўтди“. www.bugun.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  69. „Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiada o‘tkazilmoqda“. www.kknews.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  70. „Toshkentda talabalar o‘rtasida intellektual olimpiada bo‘lib o‘tyapti“. www.kun.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  71. „Prezident sovrini uchun talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan intellektual olimpiada“. www.grantgo.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  72. „“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida“. www.lex.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  73. „“INTELLEKTUAL OLIMPIADA” FINAL BOSQICHI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA“. www.yoshlarovozi.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  74. „“Заковат” стипендиясини бериш тартиби тасдиқланди“. www.sputniknews.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  75. „«Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  76. „Ўқувчилар ва талабалар учун Интеллектуал олимпиада ташкил этилади – Президент қарори“. www.xabardor.uz. Qaraldi: 18-oktabr 2024-yil.
  77. „“Заковат” ўйинининг 1- ва 2-туридан кейинги натижалар эълон қилинди“. www.daryo.uz. Qaraldi: 21-oktabr 2024-yil.
  78. „“Заковат” интеллектуал ўйинини аҳоли ўртасида оммавий-маърифий ҳаракатга айлантириш ва бошқа интеллектуал ўйинларни ривожлантиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида“. www.uza.uz. Qaraldi: 21-oktabr 2024-yil.
  79. „Заковатчиларнинг ошиғи олчи. Президент янги қарор имзолади“. www.namanganliklar.uz. Qaraldi: 21-oktabr 2024-yil.
  80. „“Заковат” ғолиблари олий ўқув юртларига имтиҳонсиз қабул қилинади“. www.plov.press. Qaraldi: 21-oktabr 2024-yil.
  81. „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 20.01.2022 й. ПҚ-96-сон "Заковат" интеллектуал ўйинини аҳоли ўртасида оммавий-маърифий ҳаракатга айлантириш ва бошқа интеллектуал ўйинларни ривожлантиришга оид чора-тадбирлар тўғрисида"ги Қарори“. www.nrm.uz. Qaraldi: 21-oktabr 2024-yil.
  82. „Обзор первого дня финала турнира «Zakovat-Gambit» с призовым фондом 600 000 000 сумов“. www.nuz.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  83. „«Zakovat-Gambit» соврин жамғармасига 600 миллион сўм қўйилди“. www.xabar.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  84. „В Узбекистане пройдет III шахматный чемпионат "Zakovat-Gambit" — как стать участником“. www.uz.sputniknews.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  85. „Sovrin jamg‘armasi 600 mln so‘m bo‘lgan “Zakovat-Gambit” final bosqichiga kirdi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  86. „Toshkentda “Zakovat-Gambit” chempionati o‘tkaziladi. Mukofot fondi – 610 mln so‘m“. www.kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  87. „Zakovat-Gambit: The Mass Media Foundation supported the promotion of chess in Uzbekistan“. www.massmedia.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  88. „O‘zbekistonda III «Zakovat-Gambit» shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi“. www.kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  89. „Turnir sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mga teng.“. www.oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  90. „Определены победители «Заковат-Гамбит»“. www.uza.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  91. „"Zakovat-Gambit" shaxmat turnirining 600 mln so‘m egalari aniqlandi“. www.kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  92. „O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 600 million so‘m boʻlgan III “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati“. www.grantgo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  93. „"Zakovat-Gambit" шахмат турнирининг 600 млн сўм эгалари аниқланди“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  94. „30 октября 2022 года в Ташкенте завершился II шахматный чемпионат Zakovat-Gambit“. www.repost.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  95. „В Ташкенте проходит финал шахматного турнира «Zakovat-Gambit»“. www.uznews.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  96. „Турнир Zakovat-Gambit пройдет с участием мировых звёзд шахмат“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  97. „18-may kuni "Zakovat intellektual klubi" NNT Kengash a’zolari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  98. „Biz haqimizda“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 14-oktabr 2024-yil.
  99. „Zakovat intellektual klubi turnirlari“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 14-oktabr 2024-yil.
  100. „Professional, Birinchi va Ikkinchi liga nizomi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  101. „Zakovat: Toshkent shahri“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2022-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  102. „Ikkinchi liga kuzgi mavsumi 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2022-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  103. „Zakovat: Toshkent shahri“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  104. „Zakovat: Buxoro“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  105. „Zakovat: Farg‘ona“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  106. „Zakovat: Jizzax“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  107. „Zakovat: Xorazm“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 28-avgust.
  108. „Zakovat: Namangan“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 11-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  109. „Zakovat: Navoiy“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  110. „Zakovat: Qashqadaryo“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  111. „Zakovat: Qaraqalpaqstan“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  112. „Zakovat: Samarqand“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  113. „Zakovat: Sirdaryo“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  114. „Zakovat: Toshkent shahri“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 25-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  115. „Zakovat: Toshkent shahri“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  116. „Zakovat: Toshkent shahri“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  117. „Yangi stipendiya, olimpiada va imtiyoz - Prezident “Zakovat”ga oid qaror imzoladi“. www.kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  118. „“Intellektual maktab” loyihasi o‘tkazildi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  119. „Intellektual maktab loyihasi bo‘lib o‘tdi“. www.zakovat.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  120. „Ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova Intellektual maktab loyihasida qatnashgan o‘quvchilarga master-klass o‘tib berdi“. www.zakovat.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  121. „Zakovat klubi va “Osnova” karyera platformasi hamkorligida proforiyentatsiya bo‘yicha tadbir o‘tkazildi“. www.zakovat.org. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  122. „“WikiQuiz” intellektual o‘yini“. www.afisha.uz. Qaraldi: 7-oktabr 2024-yil.
  123.   Eng kuchli bilimdon. “Zakovat”ning foydasi. Savollar qanday tanlanadi YouTubeda
  124. „ENG KUCHLI BILIMDON. ZAKOVATNING FOYDASI. SAVOLLAR O‘YINGA QANDAY TANLAB OLINADI“. www.zakovat.org. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  125. „O‘zbekcha YouTube — 2024-yil sentabrida: Boysun zavoli, reperlar yomg‘iri, Toshkentda stendapchilik qilgan Pushkin va Chingizxon“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  126.   Zakovat ommalashishi uchun nimalar qilish kerak? YouTubeda
  127. „Tahlil "Espero" jamoasi“. www.zakovat.org. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  128.   Tahlil: Espero jamoasi YouTubeda
  129. „«Zakovat» RU-Liga turnirida g‘oliblar aniqlandi. Ularga 100 mln. so‘m mukofot berildi (FOTO)“. www.aniq.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  130. „RU-лига клуба интеллектуальных игр «Заковат» сообщила о начале регистрации на свой первый турнир.“. www.nuz.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  131. „В Ташкенте определились победители первого турнира RU-лиги «Заковат»“. www.kun.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  132. „В Ташкенте прошёл первый масштабный турнир RU-лиги «Заковат»“. www.repost.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  133. „Ertaga “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha I Markaziy Osiyo kubogi start oladi“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  134. „«Zakovat»: bosh mukofotni qozog‘istonlik «Oddiy mehnatkashlar» olib ketishdi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  135. „«Zakovat»ning ilk Markaziy Osiyo kubogini qozog‘istonlik bilimdonlar qo‘lga kiritishdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  136. „“Zakovat”ning Markaziy Osiyo turniri bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi“. www.oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  137. „«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari“. www.kun.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  138. „Toshkentda «Zakovat» intellektual o‘yinining I Osiyo ochiq chempionati start oldi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  139. „Toshkent shahrida yirik xalqaro intellektual turnir - “Zakovat” o‘yini bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi!“. www.zakovatklubi.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  140. „Узбекистан выиграл Кубок Азии по «Заковату»“. www.kun.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  141. „Ostona zakovatlilarni chorlamoqda“. www.kknews.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  142. „Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  143. „Zakovat: O‘zbekistonlik bilimdonlar mezbonlar ustidan g‘alaba qozondi“. www.uz24.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  144. „O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari “Zakovat” o‘yinida bellashdi“. www.xabardor.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  145. „“Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari Ostonada o‘tkaziladi — tafsilotlar“. www.oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  146. „Xorijdagi vatandoshlarni ezgu maqsadlar birlashtirmoqda“. www.xs.uz. Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  147. „“Vatandoshlar” jamoat fondi delegatsiyasi Germaniyadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi“. www.kun.uz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  148. „Zakovat Buyuk Britaniyada“. www.vatandoshlarfondi.uz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  149. „“Vatandoshlar” jamoat fondi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi“. www.vatandoshlarfondi.uz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  150. [Астанада Аqyl Battle CUP зияткерлік турнирінің финалы басталды „Астанада Аqyl Battle CUP зияткерлік турнирінің финалы басталды“]. www.el.kz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  151. „Press-reliz: Qozog‘istonda “Aqyl Battle Cup” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi!“. www.zakovat.org. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  152. „Финал интеллектуального турнира Aqyl Battle CUP прошел в Астане“. www.optimism.kz. Qaraldi: 12-oktabr 2024-yil.
  153. „2021 YIL BO‘YICHA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI O‘RTASIDA «OCHIQLIK INDEKSI» E'LON QILINDI“. www.ijtimoiyfikr.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  154. „Mamlakatimizda birinchi marta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilindi“. www.gujum.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
  155. „Сборные Казахстана и Узбекистана сразились в международной интеллектуальной игре Zakovat“. www.baigenews.kz. Qaraldi: 7-avgust 2024-yil.
  156. „Institut talabalari “Zakovat arena” majmuasidagi bahslarda ishtirok etdi“. www.my.nammqi.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  157. „Teleo‘yindan intellektual harakatga: prezident qatnashgan «Zakovat» breyn-ring finalidan fotoreportaj“. www.kun.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  158. „“Zakovat” intellektual o‘yini uchun alohida bino quriladi“. www.qalampir.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  159. „Президент Шавкат Мирзиёев посетил республиканский финал интеллектуальной игры «Заковат»“. www.massmedia.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  160. „“Zakovat” intellektual klubi uchun bino quriladi, klubni rivojlantirish uchun har yili 50 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi“. www.xs.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  161.   «Zakovat»da tarixiy lahzalar. Prezident va bilimdonlar YouTubeda
  162. „“Zakovat”chilar uchun Toshkentda alohida bino qurib beriladi - Shavkat Mirziyoyev“. www.kun.uz. Qaraldi: 8-oktabr 2024-yil.
  163. „Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosi ochilishi“ (uz). Telegram. Zakovat intellektual klubi (2023-yil 24-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-oktyabr.
  164. „Zakovat ESG strategiyasi.“. www.zakovat.org. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  165. „Air quality near Zakovat Arena, Tashkent“. www.iqair.com. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  166. „Air quality near UNDP UZBEKISTAN, Tashkent“. www.iqair.cn. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  167. Shuhrat Sirojiddinov. O‘zbekiston: til va madaniyat, Toshkent — 12-bet. ISBN 2181-922X. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil. 
  168.   Zakovat madhiyasi Abdugʻofur Kamolov YouTubeda
  169. „Рэпер Шохрух исполнил новый трек на финале игры «Заковат»“. www.afisha.uz. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
  170.   Zakovat madhiyasi. Milena Madmusaeva, Abbbose, Ruhsora Emm - “O‘zbek Power” YouTubeda

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 1. Toshkent: Davr press, 2010 — 260-bet. 
  • Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 2. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-5-3. 
  • Abdurasul Abdullayev. Daqiqa qadri 3. Toshkent: Davr press, 2019 — 320-bet. ISBN 978-9943-5534-6-0. 
  • Abdurasul Abdullayev. Zakovat zavqi. Toshkent: Azbo nashriyoti, 2023 — 432-bet. ISBN 978-9943-8885-1-7. 

Havolalar

tahrir