Muntaxab at-tavorix (Saylangan tarixlar kitobi) — qoʻqonlik tarixchi Muhammad Hakimxon ibn Maʼsumxon toʻraning tarixga oid asari. Asarda Paygʻambarlar tarixidan tortib to Qoʻqon xonligining 1843/1845-yillargacha boʻlgan tarixi bayon etilgan. Asar bir qancha tarixga oid kitoblar uchun manba boʻlib xizmat qilgan[2].

Muntaxab at-tavorix

Kitobning oʻzbekcha tarjimadagi nusxasi muqovasi[1]
Muallif(lar) Muhammad Hakimxon toʻra
Tarjimon(lar) Shodmon Vohidov
Til fors-tojik
Nashr etilgan sanasi 1843-yil
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010

Oʻrganilishi

tahrir

Ushbu kitob va muallifi toʻgʻrisida Boʻriboy Ahmedov, Shodmon Vohidov, Enver Xurshut, Abdulla Qodiriy, Aleksandr Semyonov, Aziz Qayumov va boshqa bir qator olimlar fikr bildirganlar.

Aziz Qayumov, Enver Xurshut, Shodmon Vohidovlar asrni chuqur oʻrganib uning oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan[3].

Tuzilishi

tahrir

Asar hijriy 1259, milodiy 1843-yillar yoz oylarida Shahrisabz shahrida yozib tugallangan. Baʼzi taxminlarga koʻra 1845-yilda tugallangan boʻlishi ham mumkin. Kitob matni fors-tojik tilida yozilgan. Ushbu tarixiy manba Odam paydo boʻlgandan to XIX asrning oʻrtalariga qadar boʻlgan tarixni oʻz ichiga oladi. Muallif asarda manba oʻlaroq bir qator maktublarni (Doʻstmuhammadxonning Britaniya Hindistonining general-gubernatori V.Maknotening kotibi Lotga maktubi, Sulton Mahmudxonning Amir Nasrulloga maktubi, Nasrulloning Muhammad Alixonga maktubi); „TUhfat al-xoniy“, „Toj at-tavorix“ kabi asarlarni; asarga bezak oʻlaroq Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Pahlavon Mahmud, Umar Xayyom, Bedil, Fazliy, Ibn Sino, Xusrav Dehlaviy, Amiriy, Firdavsiy kabi shoirlarning sheʼrlarini keltirib oʻtgan. Arab, fors-tojik, oʻzbek xalq maqollari ham qoʻllangan.

Asar quyidagi 5 bobdan iborat:

1-bob — Paygʻambarlar

2-bob — Qadimiy Eron sulolar

3-bob — Chin va Farang shohlari

4-bob — Chahahoriyorlar, Umaviylar va Abbosiylar xalifalari haqida

5-bob — 1) Safforiylar, 2) Somoniylar sulolasi. 3) Al Buya hukmronligi. 4) Gʻaznaviylar. 5) Saljuqiylar. 6) Xorazmshohlar saltanati. 7) Chingiz va Chingizlar xonadoni. 8) Temuriylar. 9) Shayboniylar. 10) Ashtarxoniylar. 11) Mangʻitiya saltanati. 12) Mingiya toifasi.

Nusxalari

tahrir

„Muntaxab at-tavorix“ yozilgan yiliyoq nusxa koʻchirish boshlangan. Yaʼni oʻsha yili Shahrisabzda Muhammadamin kotib tomomonidan 10 nusxa koʻchirilgan. Hozirda asarning Oʻzbekiston, Tojikiston, Rossiya qoʻlyozma arxivlarida nusxalari mavjud. Ayniqsa ulardan S 470-sonli (Rossiya), 63-sonli (Tojikiston), 592-sonli (Oʻzbekiston) nusxalari juda yaxshi saqlangan[3].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Mukhammad Khakim-khan. Muntakhab altawarikh. Selected history. Vol.II. Y. Kawahara, K. Haneda (tls). Tokio, 2006.
  2. Muhammad Hakimxon. Muntahab ut-tavorih (Ba choop hozirkrunanda, muallifi muddima va taqliyot A. Muxtorov). Dushanbe, 1983, 1985.

Manbalar

tahrir
  1. Vohidov, Shodmon „Muntaxab at-tavorix tarjimasi“. kitobsevar.uz. Yangi asr avlodi. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  2. Bobobekov, Haydarbek. {{{title}}}, 1996, Toshkent: Fan — 240-bet. ISBN 5-648-02374-X. 
  3. 3,0 3,1 Vohidov, Shodmon „Мунтахаб ат-таворих (1)“. e-tarix.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.