Sharqiy Qozogʻiston viloyatiQozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Respublikaning chekka shimoli-sharqida, Irtish daryosi havzasida. Maydoni 97,3 ming km2. Aholisi 1,395,059 kishi (2012), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, mordva, chuvash va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 65%. 15 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 20 shaharcha bor (2002). Markazi — Oʻstkemen shahri.

Sharqiy Qozogʻiston viloyati
Шығыс Қазақстан облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Oʻstkemen
Yirik shahari Semey
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Saparbaev Berdibek Mashbekovich
Aholi (2012)
1 395 059 [1]
(9,1 % ,  (4-oʻrin)
Zichligi 4,93 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 56 %
ruslar 40 % [2]
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 283 226 km² (10,4 %, 3-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7232
Pochta indeksi 07 xxxx
Avtomobil raqami kodi F,U,16
Rasmiy sayti http://akimvko.gov.kz
Xaritada
Sharqiy Qozogʻiston viloyati xaritada
49°57′0″N 82°37′0″E / 49.95000°N 82.61667°E / 49.95000; 82.61667

Aholisi

tahrir
 
Viloyat hokimyati (Oʻstkemen)

Viloyatda Qozogʻiston aholisining 9,4 % yashaydi.

  • 59,4 % shaharda
  • 40,6 % qishloqda

Milliy tarkibi

tahrir
Viloyatning milliy tarkibi
(hozirgi kunda[3]):[4][5]
Aholi soni
1989-yilgi[3]
%[3] Aholi soni
1999-yilgi
% Aholi soni
2010-yilgi
%
jami 1767225 100,00 % 1531024 100,00 % 1418784 100,00 %
Qozoqlar 687879 38,92 % 743098 48,54 % 773233 54,50 %
Ruslar 914424 51,74 % 694705 45,38 % 574704 40,51 %
Tatarlar 27982 1,58 % 24506 1,60 % 21780 1,54 %
Olmonlar 66924 3,79 % 32141 2,10 % 19933 1,40 %
Ukrainlar 35702 2,02 % 15969 1,04 % 10420 0,73 %
Beloruslar 9085 0,51 % 4524 0,30 % 3212 0,23 %
Chechenlar 2790 0,16 % 1690 0,11 % 1714 0,12 %
Ozarbayjonlar 1744 0,10 % 1426 0,09 % 1544 0,11 %
Uygʻurlar 1491 0,08 % 1389 0,09 % 1450 0,10 %
Koreyslar 1553 0,09 % 1574 0,10 % 1441 0,10 %
Oʻzbeklar 2346 0,13 % 1203 0,08 % 1175 0,08 %
boshqalar 15305 0,87 % 8799 0,57 % 8178 0,58 %

Geografiyasi

tahrir

Sharqiy Qozogʻiston viloyati hududining asosiy qismi Oltoy togʻlarida joylashgan. Irtishning oʻng sohilini tizmalar, yassitogʻlik va soyliklar egallagan. Eng baland joyi viloyatning shimoli-sharqidagi Katun tizmasida (Beluxa togʻi, 4506 m). Muzlik koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 17 °C, —26 °C, iyulniki 19—23 °C. Yillik yogʻin 250–380 mm. Rudali Oltoyda 1000–1500 mm. Asosiy daryosi — Irtish. Eng yirik koʻllari — Marqakoʻl, Zaysan (Buxtarma suv ombori tarkibida). Togʻ oldi tekisliklardagi qoratuproqlarda chalov, har xil oʻtlar, Irtishning chap sohilida toʻq kashtan tuproqlarda chalovbetaga oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda qayin, togʻterak, terak, oqqaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr oʻrmonlari bor. Togʻoʻrmon mintaqasi moʻynali hayvonlarga boy, koʻllarida baliq turi koʻp. Ondatra, barguzin soboli iqlimlashtirilgan. Mineral buloqlar bor.

Hududiy boʻlinishi

tahrir
 
  • Tumanlar soni — 15
  • Shahar — 10
  • * Shahar ahamiyatiga ega shahar — 5
  • * Viloyat ahamiyatiga ega shahar — 5
  • Kent — 24
  • Qishloq — 826

Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tumanlari

tahrir
  1. Abay tumani (Sharqiy Qozogʻiston viloyati)
  2. Ayagoʻz tumani
  3. Besqaragʻay tumani
  4. Borodulixa tumani
  5. Glubokoe tumani
  6. Jarma tumani
  7. Zaysan tumani
  8. Ziryan tumani
  9. Katon-Qaragʻay tumani
  10. Koʻkpekti tumani
  11. Kurshim tumani
  12. Tarbagʻatay tumani
  13. Ulan tumani
  14. Urjar tumani
  15. Shemonaixa tumani
  • Viloyat ahamiyatiga ega 6 ta shaharlar:
  1. Ayagoʻz (qarang Ayagʻuz)
  2. Ziryanovsk
  3. Kurchatov
  4. Ridder (Leninogorsk)
  5. Semey
  6. Oʻstkemen

Sanoati

tahrir

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — Rudali Oltoy polimetall konlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan rangli metallurgiya. Oʻstkemen (Ust-Kamenogorsk) qoʻrgʻoshin rux, Irtish polimetall, Belogorsk ruda boyitish va Ziryanovsk qoʻrgʻoshin kombinatlari ishlab turibdi. Mashinasozlik, kondensator va priborsozlik zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari (uysozlik, yogʻochsozlik kombinatlari, yigʻma temirbeton zavodlari) sanoatining salmogʻi katta. Yengil (tikuvchilik fabrikasi), oziq-ovqat (moy va pivo zdlari, goʻsht, baliq kombinatlari) sanoatlari ham muhim ahamiyatga ega. Irtishda Oʻstkemen, Ulba, Buxtarma GES-lari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik, sut-goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. Donli ekinlar, kungaboqar, sabzavot, kartoshka ekiladi. Zaysan soyligida obikor dehqonchilik, bogʻdorchilik va qisman, tokchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, baliqchilik, moʻynachilik rivojlangan. Irtishda kema qatnaydi. Temir yoʻl uzunligi qariyb 450 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 7 ming km dan ziyod.

Transport

tahrir
 
Temir yoʻli
 
Avtomobil yoʻli

Sharqiy Qozogʻiston viloyatida temir, avtomobil, suv va havo yoʻllari yaxshi rivojlangan. 2005-yili viloyat boʻyicha:

  • avtomobil yoʻlining uzunligi 11830 km
  • temir yoʻlining uzunligi 1203 km
  • suv yoʻlining uzunligi 1084 km boʻldi.

Maorif sohasi

tahrir

2005-yil Sharqiy Qozogʻiston viloyatida maktabgagacha bolalar mahkamasi 80 ga, undagi bolalar soni 11952 ga yetdi; 2005—2006 oʻquv yilida bilim berishning barcha sohalari boʻyicha oʻquvchilarning soni 331,5 mingtani tashkil qildi,

  • 230,3 mingi umumiy bilim beruvchi maktablarda
  • 13,0 mingi kasb-hunar maktablar va litseylarda
  • 35,4 mingi kolledjlarda
  • 52,8 mingi oliy oʻquv yurtlarida bilim olishadi

Bilim beruvchi mahkamalar

  • 834 maktablar
  • 39 kasb-hunar maktablar
  • 43 kolledjlar
  • 10 oliy oʻquv yurti

Manbalar

tahrir
  1. Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-16
  2. Агентство Республики Казахстан по статистике. Перепись населения Республики Казахстан 2009 Года. Краткие итоги., 2018-11-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-28
  3. 3,0 3,1 3,2 V sovremennix granitsax Vostochno-Kazaxstanskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Semipalatinskuyu oblast
  4. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  5. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-02