Sharqiy viloyati (Saudiya Arabistoni)
Sharqiy viloyat (arabcha: المنطقة الشرقية al-Mintaqah ash-Sharqīyah), Sharqiy mintaqa nomi ham qoʻllanadi va rasmiy ravishda Sharqiy viloyat amirligi[1] Saudiya Arabistonining 13 viloyatining eng sharqiy qismidir. Hududi boʻyicha eng katta va aholi soni boʻyicha Riyod viloyati va Makka viloyatidan keyin uchinchi oʻrinda turadi. 2017-yilda aholi soni 4 900 325 kishini tashkil etgan[2]. Ulardan 3 140 362 nafari Saudiya Arabistoni fuqarolari va 1 759 963 nafari xorij fuqarolari[3]. Viloyat Saudiya Arabistoni aholisining 15,05 foizini tashkil qiladi va qirollikning qolgan qismiga nisbatan geografik joylashuvi tufayli shunday nomnlangan.
| ||
Mintaqa | ||
---|---|---|
Tarkibida | Saudiya Arabistoni | |
Maʼmuriy markazi | Dammam | |
Amin | Shahzoda Ahmad bin Fahd | |
Amin oʻrinbosari | Shahzoda Saud bin Nayif | |
Rasmiy tili | arab | |
Aholi | 4 900 325 kishi | |
Dinlar tarkibi | islom | |
Maydoni | 672 522 km² (1-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | +3 | |
Kod ISO 3166-2 | SA-04 | |
Xaritada | ||
22°30′0″N 51°0′0″E / 22.50000°N 51.00000°E |
Aholining uchdan bir qismidan koʻprogʻi Dammam metropoliteni hududida joylashgan. 2019-yil holatiga koʻra, aholi soni 1,25 million kishini tashkil etadi[4]. Viloyat markazi Dammam, qirollikdagi aholi soni boʻyicha oltinchi shahardir. Viloyatning amaldagi amiri shahzoda Saud bin Nayif Al-Sauddir. Hufuf, Mubarraz, Hafr al-Botin, Al-Jubayl va Xobarda aholi gavjum[5]. Viloyat Fors koʻrfazidagi plyajlari va sharqiy arab dunyosining Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Bahrayn kabi boshqa mamlakatlariga yaqinligi tufayli sayyohlar orasida juda mashhur.Ummon bilan ham chegaradosh. Viloyat gʻarbdan shimoldan janubgacha Shimoliy chegara, Hail, Al-Qassim, Riyod va Najron viloyatlari bilan chegaradosh.
audiya Arabistonining butun sharqiy qirgʻoqlari viloyat hududida va qirollikning koʻpgina neft qazib olish va eksporti uchun asosiy markaz vazifasini oʻtaydi. Neft birinchi marta mamlakatda Sharqiy viloyatida, „Prosperity“ qudugʻida (ilgari Dammam № 7 nomi bilan tanilgan) topilgan. Ahsa muhofazasida joylashgan Gavar (8400 km2) dunyodagi eng yirik neft konidir[6]. Qirollikda qazib olinayotgan neftning qariyb uchdan bir qismi shu kondga toʻ gʻri keladi. Viloyat qirgʻoqlarida joylashgan Safaniya neft koni dunyodagi eng yirik dengiz neft koni hisoblanadi. Jubayl sanoat shahri, Jubayl shahrining bir qismi boʻlib, viloyatdagi aholi soni boʻyicha beshinchi oʻrinda turadi, dunyodagi eng yirik sanoat shahrizir[7].
Viloyat Sharqiy Arabistonda qadimgi semit tilida soʻzlashuvchi davlat boʻlgan Dilmun sivilizatsiyasining vatani boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning oxirida tashkil etilgan va taxminan miloddan avvalgi 538-yilgacha davom etgan dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biridir[8][9]. Dilmun ming yillar davomida muhim va gullab-yashnagan savdo markazi boʻlib, yaqin atrofdagi Mesopotamiya va Hind vodiysi sivilizatsiyasi bilan yaxshi rivojlangan va uzoq muddatli savdo, savdo va madaniy aloqalarga ega boʻlgan. Bir qator olimlarning fikricha, Dilmun dastlab Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyati, xususan, ichki qismdagi Umm an-Nussiy va Umm ar-Ramad kabi Dilmuniylarning yirik aholi punktlari va qirgʻoqdagi Tarut oroli bilan bogʻliq boʻlgan[10].
Geografiyasi
tahrirViloyatning taxminan uchdan ikki qismi choʻl boʻlib, janubdan shimolga Rub’ al-Xali, Dahna va Nafud choʻllari joylashgan. Rub’al-Xalining oʻzi viloyat hududining yarmidan koʻpini qamrab oladi. Hafr al-Batin va Ahsa vohasi kabi hududlar Yashil inqilob davrida dehqonchilik va sugʻorish texnikasida erishilgan yutuqlar tufayli choʻl dehqonchiligi uchun muhim huudlarga aylandi.
Qirollikning butun sharqiy qirgʻogʻi Sharqiy viloyatida joylashgan. Mintaqa shimoldan janubgacha Iroq, Quvayt, Bahrayn, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon davlatlari bilan chegaradosh.
Tarixi
tahrirSharqiy viloyat bir necha ming yillar davomida Dilmun sivilizatsiyasining vatani boʻlgan, miloddan avvalgi IV ming yillikning oxiridan eramizdan avvalgi 80-yilgacha muhim savdo markazi boʻlgan. Dilmun qudrati choʻqqi paytisida Fors koʻrfazidagi savdo yoʻllarini nazorat qilgan. Dilmun ikkinchi ming yillikning dastlabki 300 yilida juda gullab-yashnagan[11].
Dilmun sivilizatsiyasi anʼanaviy qishloq xoʻjaligini – oʻsha davrdan beri qurigan artezian quduqlari va ancha nam iqlimi tufayli unumdor boʻlgan – Meluhha (gumon qilinmoqda), Hind vodiysi sivilizatsiyasi, Magan (Ummon) va Mesopotamiya kabi turli mintaqalar oʻrtasidagi dengiz savdosi bilan bogʻlaydigan tijorat faoliyati markazi boʻlgan[12]. Dilmun sivilizatsiyasi haqida birinchi boʻlib Uruk shahridagi Inanna maʼbudasi ibodatxonasida topilgan miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlariga oid shumer mixxatli loy lavhalarda qayd etilgan. Dilmun tilga olingan eng qadimgi yozuvlardan biri Lagash shohi Ur-Nanshening (miloddan avvalgi 2300-yil) eshik rozetkasidan topilgan: „Dilmun kemalari begona yurtlardan unga oʻlpon sifatida yogʻoch olib kelishdi“ deya eslangan yozuvdir[13].
Mesopotamiya va Dilmun oʻrtasidagi ulkan tijorat va savdo aloqalari shu qadar kuchli va chuqur ediki, Dilmun shumerlarning yaratilish afsonasida markaziy oʻrin egallagan[14]. Dilmun Enki va Ninhursag dostonida yirtqichlar oʻldirmaydigan, ogʻriq va kasallik holi, odamlar qarimaydigan jannatiy davlat oʻlaroq tasvirlangan[14]. Xuddi shunday shumerlarning Dilmun bogʻi jannati haqidagi hikoyasi Adan bogʻi haqidagi hikoya uchun ilhom manbai boʻlgan boʻlishi mumkin[15][16][17].
Miloddan avvalgi 1000-yildan 800-yilgacha Fors koʻrfazida qaroqchilik rivojlangani sababli Dilmunning savdo qudrati pasaya boshladi. Dilmun haqidagi eng soʻnggi eslatma Yangi Bobil imperiyasi davrida kelgan. Miloddan avvalgi 567-yilga oid yangi Bobil maʼmuriy yozuvlarida Dilmun Bobil shohi tomonidan nazorat qilinganligi qayd etilgan. Dilmun nomi miloddan avvalgi 538-yilda Bobil qulagandan soʻng foydalanishdan chiqib ketgan.
Sharqiy viloyatning shimoliy qismida keyinroq miloddan avvalgi 300-yillarda arab lahmidlari yashagan, qirgʻoqboʻyi hududlari esa sosoniylar tomonidan daʼvo qilingan, ammo lahmidlar tomonidan boshqarilgan. Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin Rashidun xalifaligi va musulmonlarning Forsni bosib olishi davrida butun Arabiston yarim oroli musulmonlar qoʻliga oʻtdi[18]. Birinchi uch Islom xalifaligi davrida mintaqa barqaror holatda boʻlgan.
Uyuniylar haqida koʻp narsa maʼlum emas, faqat ular Banu Abd ul-Qays qabilasining avlodlari boʻlgan. Bir qancha ichki nizolarga aralashib, amirlikning beqarorligiga sabab boʻladi va oxir-oqibat badaviy Usfuriylarning kuchayishiga olib keladi. Usfuriylar qisqa muddatli barqaror hukmronlik qiladilar. Sobiq ittifoqdoshlari boʻlgan uyuniylarni agʻdarib tashlagach, eramizning 1320-yillari atrofida sobiq Uyuniylar shaharlari Qatif va Bahraynni oʻz nazoratiga olgan Hormuzdagi fors hukmdorlari bilan munosabatlari ham yaxshi boʻlmagan. Oxir-oqibat Usfuriylarning qulashiga olib keldi. Bu hudud 1500-yillargacha, yaʼni 1507-yilda Jabriylar egallab olgan paytgacha eʼtibordan chetda qolgan, biroq ular ham 1540-yillarda yoki atrofidagi ichki nizolar tufayli qulagan[19].
1990-yillar boshida, Birinchi fors koʻrfazi urushi paytida Iroq qoʻshinlari Quvayt-Saudiya chegarasidan oʻtib, Xafji shahrini egallab olishgan. AQSh va Saudiya Arabistoni armiyasi ularni quvib chiqarishga muvaffaq boʻlgan.
Aholisi
tahrirStatistika bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan aholini oʻrganish natijalariga koʻra, Sharqiy viloyatida 2017-yil dekabr holatiga koʻra 4.900.325 kishi istiqomat qilgan[20], shundan 3.140.362 nafari Saudiya Arabistoni va 1.759.963 nafari xorijiy fuqarolardir. Sharqiy viloyat Saudiya Arabistonida Makka va Riyoddan keyin aholi soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. 2019-yil holatiga koʻra 1,225,000 aholi soniga ega[21]. Dammam viloyatdagi aholisi eng koʻp va aholi soni boʻyicha mamlakatdagi oltinchi shahardir. Aholisi eng koʻp boʻlgan amirlik – Ahsadir. Yer maydoni boʻyicha ham eng katta viloyat hisoblanadi. Saudiyaliklar uchun jinsiy nisbat har 100 ayolga 109 erkak va saudiyalik boʻlmaganlar uchun 100 ayolga 150 erkak boʻlib, umumiy jinsiy nisbat har 100 ayolga 151 erkakni tashkil etdi. Viloyatdagi bolalarning 1% yetimlardir.
Din
tahrirSunniy sayyoh Ibn Battuta (milodiy 1304—1369) shunday deydi: „Keyin biz Al- Qatif shahriga sayohat qildik, nomi meva terishdan olingan boʻlib, suvli voha va shialar yashaydigan palma daraxtlari koʻp katta shahardr.“[22][23].
Tillari
tahrirSaudiya Arabistonining rasmiy tili arab tilidir. Saudiyaliklar soʻzlashadigan uchta asosiy mintaqaviy lahjalar – Hijoz arabchasi[24], Najdi arabchasi[25] va Fors koʻrfazi arabchasi[26].Taxminan 2 million kishi koʻrfaz arab tilida soʻzlashadi, bu dialekt faqat Sharqiy viloyatida soʻzlashiladi[27]. Viloyatdagi qolgan arab tilida soʻzlashuvchilar boshqa ikki lahjadan birida, koʻproq najd lahjasida gaplashadi[27][28]. Saudiya imo-ishora tili karlar jamiyatining asosiy tilidir. Katta chet ellik jamoalar ham oʻz tillarida gaplashadi, ularning eng koʻplari hind tillari, filippin/tagalog, bengal va urdu tillaridir[29][30].
Taʼlim
tahrir10 yoshdan katta boʻlgan 1 264 687 erkak rezidentning 88,78 foizi, yaʼni 1 122 738 kishi rasmiy maʼlumotga ega edi. Ayollarga kelsak, 10 yoshdan oshgan 1 161 677 nafar aholining 80,77 foizi yoki 938 233 nafari rasmiy maʼlumotga ega[31].
Turar-joy
tahrirSharqiy viloyatdagi turar-joy binolarining 44,42 foizi kvartiralar va 96,29 foizi betondan qurilgan[32]. Uysizlar haqida xabar berilmagan.
Sogʻliqni saqlash
tahrir2016-yilda 15 yoshdan oshgan Saudiya Arabistoni aholisining 3,51 foizi nogironlikning qaysidir shakli haqida xabar berishgan, koʻrish qobiliyati nogironlikning eng keng tarqalgan shakli boʻlgan va 42 052 kishi koʻrishning qandaydir shakllaridan aziyat chekgan[33]. 58 000 kishi ogʻir yoki oʻta nogironlik haqida xabar bergan. Saudiya Arabistoni aholisining 15 yoshdan oshgan 285 754 nafari muntazam ravishda chekishayotganini, 254 233 nafari har kuni chekishini va 31 521 nafari vaqti-vaqti bilan chekishini bildirgan.
Amirlar
tahrirIsm | Lavozim | Tomonidan tayinlangan |
---|---|---|
Abdulloh ibn Jalaviy | 1913-38 yillar | Abdul Rahmon bin Faysal Al Saud |
Saud ibn Abdulloh ibn Jalaviy | 1935-67 yillar | Qirol Abdulaziz Al Saud |
Abdulmuhsin ibn Abdulloh Al Jalaviy | 1967-85 yillar | Qirol Faysal as-Saud |
Muhammad bin Fahd | 1985—2013-yillar | Qirol Fahd as-Saud |
Saud bin Nayif | 2013 – hozirgi kungacha | Qirol Abdulloh as-Saud |
Iqtisodiyoti
tahrirSaudiya Arabistoni Qirolligi iqtisodiyoti asosan neftga bogʻliq. Shunday qilib, Sharqiy viloyat Saudiya Arabistonining neft zaxiralarining katta qismiga ega boʻlgan viloyat sifatida yuqori iqtisodiy mavqega ega. Saudi Aramco, Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi va neft sanoatida katta ahamiyatga ega tashkilot, Katta Dammamdagi Dahron shahrida joylashgan. 2019-yil 11-dekabrda bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga (1 000 000 000 000 AQSh dollari) yetgan dunyodagi beshinchi kompaniyaga aylanadi. 2019-yil dekabr oyidagi eng yirik ommaviy taklif deb hisoblanadigan oʻsha kuni birjaga chiqqan kun, ertasi kuni esa 2019-yil 12-dekabrda kompaniya bozor qiymati 2 trillion dollarga yetadi va dunyodagi birinchi va yagona kompaniyaga aylanadi[34].
Qirollikning asosiy neft va gaz konlari Sharqiy viloyatda joylashgan, masalan, Gavar koni, dunyodagi eng yirik quruqlikdagi neft koni va Safaniya esa dunyodagi eng katta dengiz neft koni. Neft qirollik boʻylab tarqalgan turli neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanadi va Raʼs Tanura kabi port shaharlaridan oʻnlab mamlakatlarga joʻnatiladi. Sharq-Gʻarbiy quvur neftni sharqiy neft konlari va neftni qayta ishlash zavodlaridan Rabig va Jidda kabi gʻarbiy neftni qayta ishlash zavodlari va portlariga samarali tashish imkonini beradi.
Transporti
tahrirDammamning Qirol Fahd xalqaro aeroporti 1999-yil oktabr oyidan beri faoliyat yuritadi[35], yer maydoni boʻyicha dunyodagi eng katta aeroport boʻlib, butun Sharqiy viloyat uchun asosiy markaz vazifasini oʻtaydi[35]. 30 km shimoli-gʻarbda joylashgan aeroport 37 aviakompaniya tomonidan taqdim etilgan Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropaning 43 ta yoʻnalishi bilan havo orqali yaxshi bogʻlangan. Viloyatdagi boshqa aeroportlar orasida Ahsa xalqaro aeroporti va Qaysumah-Hafr Al-Batin aeroportlari mavjud. Saudi Aramco Qirol Fahd xalqaro aeroportida xodimlari va Shayba, Yanbu, Jidda va kompaniya faol boʻlgan boshqa hududlarga rejali reyslarni amalga oshiradigan samolyotlar uchun alohida terminalga ega.
1940-yillarda qurilgan, Fors koʻrfazi sohilida joylashgan Qirol Abdulaziz dengiz porti Jiddadagi Jidda islom portidan keyin Saudiya Arabistonidagi ikkinchi eng katta va ikkinchi eng gavjum portdir. Fors koʻrfazidagi eng yirik port. Port 214 platformali 9 ta port bilan jihozlangan[36]. Port har yili 13 milliondan ortiq konteyner yoki 532 million tonna yuk tashuvchi 15 mingdan ortiq kemalarni qabul qiladi[36].
95-magistral (5M marshruti) shimolda Quvayt chegarasidagi Xafjini janubda Ummon chegarasidagi Ramla chegara stansiyasi bilan Jubayl, Raʼs Tanura, Dammam metropolitan hududi, Qatar chegarasidagi Salva chegara stansiyasi va Batha orqali bogʻlaydi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan chegara stantsiya hisoblanadi. 40-magistral (80M marshruti) Bahrayn va Dammamni 25 km uzunlikdagi yoʻl orqali Fors koʻrfazi ustidan Qirol Fahd koʻchasi va undan keyin Riyod, Toif va Makka orqali Qizil dengizdagi Jiddaga bogʻlaydi. 605, 610, 613, 614, 615, 617 va 619 avtomobil yoʻllari Katta Dammam hududini Raʼs Tanura, Jubayl, Qirol Fahd xalqaro aeroporti, Abqayq va Hufuf bilan bogʻlaydi.
Viloyatda shaharlararo avtobus xizmatlari Saudiya Arabistoni jamoat transporti kompaniyasi (SAPTCO) tomonidan amalga oshiriladi[37]. Umra va Haj safarlari ham qirollik aholisiga xususiy pudratchilar tomonidan taqdim etiladi. Shatl xizmatlari, shuningdek, Dammam metropolitenini Bahrayndagi Manama shimoli-sharqidagi Bahrayn xalqaro aeroporti bilan bogʻlaydi.
Saudiya Arabistoni temir yoʻllari ikkita alohida tashkilot, Saudiya temir yoʻllari tashkiloti va Saudiya temir yoʻllari kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Sharqiy viloyatdagi liniyalar, ikkita liniya, biri yoʻlovchi, Dammamdan Abqaiyq an Hufuf orqali Ar-Riyodga, ikkinchisi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Dammamdan Ar-Riyodga oʻtadi, Saudiya Temir yoʻllari tashkiloti (SRO) tomonidan boshqariladi[38].
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirSharqiy viloyat – Saudiya Arabistonining 13 viloyatidan biri[39] (arabcha: مناطق إدارية; mantiq idāriyya,). Viloyat yana 11 muhofazaga boʻlingan (arabcha: محافظات; muhāfazāt, birlik محافظة; muhofaza). Muhofazalar oʻz navbatida markazlarga boʻlinadi (arabcha: مراكز; marākiz, birlik arabcha: مركز markaz).
Sharqiy viloyatning poytaxti Dammam shahri alohida maqomga ega. Boshqa 12 ta mintaqaviy poytaxtlar singari, Dammam ham biron bir muhofaza tarkibiga kirmaydi, balki shunchaki Dammam shahri deb nomlanadi, arabcha (arabcha: أمانة amanah) soʻzi ishlatiladi va shaharni amin (arabcha: أمين amin) boshqaradi. Maydoni jihatidan Saudiya Arabistonining eng yirik maʼmuriy birligi boʻlgan Ahsa muhofazasini oʻz ichiga anʼanaviy Ahsa vohasini va viloyat hududining yarmidan koʻprogʻini tashkil etuvchi Rub’ al Xali sahrosini qamrab oladi.
Ism | Arabcha yozilishi | Aholi (2010) |
---|---|---|
Ahsa amirligi | محافظة الأحساء | 1 063 112 |
Dammam shahri | أمانة الدمام | 903 597 |
Xobar amirligi | محافظة الخبر | 578 500 |
Qatif amirligi | محافظة القطيف | 524,182 |
Hafr Al-Batin amirligi | محافظة حفر الباطن | 389 993 |
Jubayl amirligi | محافظة الجبيل | 378 949 |
Dahron amirligi | محافظة الظهران | 120 521 |
Xafji amirligi | محافظة الخفجي | 76 279 |
Raʼs Tanura amirligi | محافظة رأس تنورة | 60 750 |
Abqayq amirligi | محافظة بقيق | 53 444 |
Nairiya amirligi | محافظة النعيرية | 52 340 |
Qaryat Al-Ulya amirligi | محافظة قرية العليا | 24 634 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Emirate of Eastern Province“. Ministry of Interior.
- ↑ „Population Characteristics surveys“. General Authority for Statistics (2017).
- ↑ „Riyadh most populous Saudi city, Makkah most populous province“ (en). Arab News (2012-yil 25-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ „Ad-Dammam, Saudi Arabia Population 1950-2020“. www.macrotrends.net. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ „Population of Cities in Saudi Arabia (2021)“. worldpopulationreview.com. 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ „Ghawar Oil Field“ (en-GB). Hydrocarbons Technology. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
- ↑ „The World's Largest Industrial Areas“ (en). WorldAtlas (2019-yil 10-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ Smith, Sylvia. „Bahrain digs unveil one of oldest civilizations“. BBC News. BBC (2013-yil 21-may).
- ↑ „Qal'at al-Bahrain – Ancient Harbour and Capital of Dilmun“. UNESCO. Qaraldi: 2011-yil 17-avgust.
- ↑ Roads of Arabia p.180
- ↑ „Dilmun and Its Gulf Neighbours“. Harriet E. W. Crawford (1998).
- ↑ „Qal'at al-Bahrain – Ancient Harbour and Capital of Dilmun“. UNESCO. Qaraldi: 2011-yil 17-avgust.„Qal’at al-Bahrain – Ancient Harbour and Capital of Dilmun“. UNESCO. Retrieved 17 August 2011.
- ↑ Samuel Noah Kramer. The Sumerians: their history, culture, and character, 1963 — 308-bet.
- ↑ 14,0 14,1 The Arab world: an illustrated history p.4
- ↑ Edward Conklin. Getting Back Into the Garden of Eden — 10-bet.
- ↑ Kramer, Samuel Noah. Sumerian Mythology: A Study of Spiritual and Literary Achievement in the Third Millennium B.C.: Revised Edition. Philadelphia, Pennsylvania: University of Pennsylvania Press, 1961 — 54–59-bet. ISBN 978-0-8122-1047-7. Qaraldi: 2017-yil 21-may.
- ↑ Kramer, Samuel Noah. The Sumerians: Their History, Culture, and Character. Chicago, Illinois: University of Chicago Press, 1963 — 145–150-bet. ISBN 978-0-226-45238-8. „In fact, there is some reason to believe that the very idea of a paradise, a garden of the gods, originated with the Sumerians.“
- ↑ Atlas of world history, Black, Jeremy, 1955-, DK Publishing, Inc., DK Pub, 2000, ISBN 0-7894-4609-X, OCLC 42953915
{{citation}}
: CS1 maint: others () - ↑ Atlas of world history, Black, Jeremy, 1955-, DK Publishing, Inc., DK Pub, 2000, ISBN 0-7894-4609-X, OCLC 42953915
{{citation}}
: CS1 maint: others ()Atlas of world history, Black, Jeremy, 1955-, DK Publishing, Inc., DK Pub, 2000, ISBN 0-7894-4609-X, OCLC 42953915{{citation}}
: CS1 maint: others (link) - ↑ „Population Characteristics surveys“. General Authority for Statistics (2017).„Population Characteristics surveys“ (PDF). General Authority for Statistics. 2017.
- ↑ „Ad-Dammam, Saudi Arabia Population 1950-2020“. www.macrotrends.net. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.„Ad-Dammam, Saudi Arabia Population 1950-2020“. www.macrotrends.net. Retrieved 2020-04-02.
- ↑ Battuta, Ibn. Ibn Battuta Journey. Al-Maktaba Al-Asriyya for printing and publishing, 2017-08-08. (Wayback Machine saytida 2017-08-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ Al-Ramis, Salman. Qatif, a study in ancient history. Al-hazen library, 2004.
- ↑ Arabic, Hijazi Spoken. Ethnologue
- ↑ Arabic, Najdi Spoken. Ethnologue
- ↑ Arabic, Gulf Spoken. Ethnologue
- ↑ 27,0 27,1 Frawley, William. International Encyclopedia of Linguistics, Volume 1, 2003 — 38-bet. ISBN 9780195139778.
- ↑ Languages of Saudi Arabia Ethnologue
- ↑ „Migrant Communities in Saudi Arabia“, Bad Dreams: Exploitation and Abuse of Migrant Workers in Saudi Arabia, Human Rights Watch, 2004
- ↑ Saudi Arabia. Ethnologue
- ↑ „Demographic Survey 2016“. General Authority for Statistics.„Demographic Survey 2016“ (PDF). General Authority for Statistics.
- ↑ „Demographic Survey 2016“. General Authority for Statistics.„Demographic Survey 2016“ (PDF). General Authority for Statistics.
- ↑ „Demographic Survey 2016“. General Authority for Statistics.„Demographic Survey 2016“ (PDF). General Authority for Statistics.
- ↑ Charles Riley. „The world has its first $2 trillion company. But for how long?“. CNN (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
- ↑ 35,0 35,1 „About King Fahd International Airport | King Fahd International Airport“. kfia.gov.sa. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ 36,0 36,1 Mawani. „King Abdulaziz Port Dammam King Abdulaziz Port Dammam“ (en). mawani.gov.sa. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
- ↑ „SAPTCO - InterCity Transport“. SAPTCO - InterCity Transport (2020-yil 1-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „SRO“. www.saudirailways.org. 2016-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia: Administrative divisions“. arab.net.