Yil maqolalari 2023 uchun ovoz berish

Ovoz berish UTC+5 vaqti bilan 2023-yil 20-dekabr 00:00:00 dan 29-dekabr 23:59:59 gacha davom etadi.

Ovoz beruvchilarga qoʻyilgan talablar: Ovoz berishdan oldin kamida 100 ta tahrir qilgan boʻlishi shart. Bir nechta foydalanuvchi nomidan ovoz berish taqiqlanadi va bu ish VP:QOʻGʻga asosan bloklanishga olib keladi.

Bitta foydalanuvchi „Tanlangan maqolalar“, „Yaxshi maqolalar“ va „Xushsifat maqolalar“ boʻlimlarining har birida koʻpi bilan uchta maqola uchun „# {{Roziman}}. — ~~~~“ ( Roziman) deb ovoz berishi mumkin. Agar foydalanuvchi belgilanganidan ortiq maqolaga ovoz bersa, u holda ushbu foydalanuvchi ogohlantiriladi va oʻzi istagan ortiqcha ovozlarini qaytib olishi uchun 24 soat muhlat beriladi. Agar belgilanganidan ortiq ovoz bergan foydalanuvchi berilgan muhlat ichida ogohlantirishga eʼtibor qaratmasa va ortiqcha ovozlarini qaytib olmasa, u holda administratorlar tomonidan foydalanuvchining tegishli boʻlimdagi barcha ovozlari bekor qilinadi yaʼni ustidan chiziq tortiladi.

 Qarshiman yoki  Betarafman deb berilgan ovozlar hisobga olinmaydi va kelib chiqishi mumkin boʻlgan chalkashliklarning oldini olish maqsadida bunday ovozlar ustidan chiziq tortiladi.

Berilgan ovozlar uchun izohni nomzod maqolaning munozara sahifasida koʻrsatish tavsiya etiladi.


Tanlangan maqolalar

Yaxshi maqolalar

Xushsifat maqolalar