Mamadali Topivoldiyev

Mamadali Topivoldiyev (1919.20.9 — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlogʻi — 1969.7.5) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. 1941-yildan frontda. Borisov shahri yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushib krlgan. 1942-yil asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka boʻlinmasi komandiri. T. Mogilyov viloyati Krugloye rnidagi janglarda alohida jasorat koʻrsatgan. 1944-yil avgustda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Armiya safidan boʻshatilgach, qishlogʻida kz raisi boʻlib ishlagan. Rishton tumanidagi Zodiyon qishlogʻida byusti oʻrnatilgan. Fargʻona, Rishton, Hamza shaharlardagi koʻchalarga, Rishton tumani qishloq kengashiga nomi berilgan. Pandigon qishlogʻida uymuzeyi bor. Mogilyov viloyatining Krugloye shaharchasi T. nomi bilan atalgan.

AdabiyotlarTahrirlash