2006-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari

2006-yilgi Osiyo oʻyinlari (arabcha: دورة الألعاب الآسيوية 2006), rasman XV Asiad nomi bilan tanilgan, 2006-yil 1-15 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtgan, oʻyinlarda 39 ta sport turi boʻyicha 424 ta medallar jamlanmasini oʻz ichiga olgan. Doha oʻz mintaqasidagi birinchi va Gʻarbiy Osiyodagi ikkinchi shahar (1974-yilda Tehrondan keyin) oʻyinlarni oʻtkazgan hisoblanadi. Shahar 2030-yilda yana oʻyinlarga mezbonlik qiladi.

Mezbon Doha, Qatar
Ishtirokchi Millatlar 45
Ishtirok etgan sportchilar 9,520[1]
Voqealar 424 ta medallar jamlanmasi 39 sport (46 tur)
Ochilish marosimi 1-dekabr
Yopilish marosimi 15-dekabr
Rasman ochilgan Hamad bin Khalifa Al Thani
Rasman yopilgan Ahmed Al-Fahad Al-Ahmed Al-Sabah
Chiroq Mohammed bin Hamad bin Khalifa Al Thani
Asosiy joy Khalifa International Stadium
← Busan 2002
Guangzhou 2010 →

Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo boʻlgan 45 davlatning barchasi ushbu tadbirda ilk bor ishtirok etdi. Shuningdek, Eurosport tadbirni translyatsiya qildi va bu voqea qitʼadan tashqarida birinchi marta translyatsiya qilindi[2]. Oʻyinlarni oʻtkazish uchun 21 ta musobaqa maydonchasi ishlatilgan, shu jumladan yangi qurilgan Aspire yopiq sport majmuasi. Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimlari Xalifa xalqaro stadionida boʻlib oʻtdi. Musobaqada ilk bora batutda sakrash, shaxmat va triatlon sport turlari boʻycha ilk musobaqalar oʻtkazildi.

Yakuniy medallar soni boʻyicha Xitoy yaqqol gʻolib boʻldi, Janubiy Koreya va Yaponiya ikkinchi va uchinchi pogʻonalarni band etdi. Mezbon Qatar esa toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Tojikiston, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari tarixda ilk bor Osiyo oʻyinlarining oltin medallarini qoʻlga kiritdi[3]. Oʻyinlar davomida 7 ta jahon va 23 ta Osiyo rekordlari yangilandi.

Ovoz berish jarayoni

tahrir

Doha, Gonkong, Kuala-Lumpur va Nyu-Dehli oʻzlarining rasmiy mezbonlik qilish takliflarini 2000—yil 30—iyungacha topshirdilar[4] Ovoz berishdan oldin assotsiatsiyaning oʻsha paytdagi vitse-prezidenti Muhammad Latif Batt boshchiligidagi OCA baholash qoʻmitasi 2000-yil 13-14 iyulda Dohani[5], 2000-yil 15-16 iyulda Nyu-Dehlini[6], Kuala-Lumpurni 2000-yil 19-20 iyulda[7][8] va Gon Kongni 2000-yil 17-18 iyulda tekshirdi[9][10].

2000-yil 12-noyabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) 19-Bosh Assambleyasi doirasida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonligi uchun ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtdi[11]. Ovoz berishda Osiyo Olimpiya Kengashining 41 nafar aʼzosi ishtirok etdi va uch turdan iborat boʻlib, har bir turda daʼvogar shaharlarning eng past koʻrsatgich olganlar turda tark eta boshladi[12]. Birinchi turdan soʻng Nyu-Dehli bor-yoʻgʻi ikkita ovoz toʻpladi va mezbpnlik qilish huquidan ajraldi. Qolgan uchta nomzod bilan ovoz berishning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi yakunda Doha gʻalaba qozondi[13].

2006-yilgi Osiyo oʻyinlari boʻyicha tanlov natijalari
Shahar MOQ 1-tur 2-tur
Doha   Qatar 20 22
Kuala Lumpur   Malaysia 13 13
Gonkong   Hong Kong 6 6
Yangi Dehli   India 2

OCA qoidalariga koʻra, mavjud ovozlarning yarmidan koʻpini olgan nomzod avtomatik ravishda mezbon sifatida tanlanadi va ovoz berishning qolgan turlari bekor qilinadi. Qatar poytaxti Doha 41 ovozdan 22 tasini olgani, bu ularning 2006-yilgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilishini anglatar edi. Qatarning Doha variandi Gʻarbiy Osiyo davlatlarining bir ovozdan qoʻllab-quvvatloviga toʻgʻri keldi.

Katta ishonchlarni oqlay olmaganidan soʻng Malayziya va Gonkong, Xitoy hafsalasi pir boʻldi[14]. Malayziya Dohaning tanlanishi kulgili ekanligini va Dohaning tanlanishiga Qatarning iqtisodiy boyligi taʼsir qilganini aytdi[15].

Rivojlanish va tayyorgarlik

tahrir

Xarajatlar

tahrir

Qatar maydonlarini tayyorlashga 2,8 milliard AQSH dollari sarfladi, jumladan, 50 000 oʻrinli „Xalifa“ stadionini 20 000 oʻrinli asl sigʻimidan tubdan yangilash va dunyodagi eng katta yopiq koʻp sportli gumbaz boʻlmish Aspire yopiq sport majmuasini qurilish ishlari boshlab yuborildi[16][17][18].

Koʻngillilar

tahrir

2004-yilning iyul oyida boshlangan Doha 2006 Osiyo oʻyinlarining koʻngillilik dasturi 12 000 nafar koʻngillini qamrab olgan va 30 000 dan ortiq ariza qabul qilingan[19][20]. Koʻngillilar maxsus forma kiygan va Al-Garafa SC qoshidagi Yagona tarqatish va akkreditatsiya markazida birlashtirilgan[21].

Mash’ala

tahrir
 
Mash’ala estafetasining marshruti.

1958-yildan beri mash’al estafetasi Osiyo oʻyinlarining ajralmas bir qismi sfatida qaraladi[22]. Doha 2006 mash’alasi estafetasining rejalari Doha Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi tomonidan 2006-yil 20-yanvarda eʼlon qilingan[23].

2006-yilda chiqarilgan mash’alning ogʻirligi 1,5 kilogramm, balandligi esa 72 santimetrni tashkil etgan[24][25]. Uning dizayni Arabiston Oriksining egri shoxlaridan ilhomlangan boʻlib, Qatar milliy bayrogʻining ranglari boʻlgan jigarrang va oq ranglardan iborat. Bu butun Osiyodagi raqobat va doʻstlikning birlashtiruvchi ruhini ifodalaydi[26].

Estafeta oʻzi 2006-yil 8-oktyabrda Doha golf klubida „Mehmondoʻstlik alangasi“ mavzusida mash’ala yoqilgan qisqa marosim bilan boshlandi[27][28][29]. 3000 dan ortiq odam ishtirokida mash’ala sakkizta sobiq Osiyo oʻyinlari mezbonlik qilgan shahar va Fors koʻrfazi hamkorlik kengashiga aʼzo toʻrtta davlatni kesib oʻtdi. Mash’al Shayx Joan Bin Hamad Al-Tani qoʻli ostidagi Dohaga qaytib keldi va shahar boʻylab sayohat 2006-yil 25-noyabrda boshlandi va oʻyinlarning ochilish marosimigacha davom etdi[30][31].

Marketing

tahrir

Emblema

tahrir

15-Osiyo oʻyinlarining emblemasi — harakatdagi sportchining timsoli boʻlib, sportchining qiyinchilik va toʻsiqlar oldida qoʻrqmas harakatini ifodalaydi. Emblemada foydalanilgan ranglar Qatar landshaftini ifodalaydi. Sariq rang choʻlning yarim oy shaklidagi qumtepalarini, koʻk rang Koʻrfazning sokin dengizini, qizil rang esa quyosh va Osiyoning iliq ruhini ifodalaydi[32].

Maskot

tahrir

Dohadagi Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi 2006-yilgi Dohadagi 15-Osiyo oʻyinlarining rasmiy belgisi sifatida „Ori“ni tanladi[33][34]. U 2005-yil 1-yanvarda Qatar poytaxti qirgʻogʻida oʻyinlar uchun 700 kunlik ortga hisoblash boshlanishi bilan taqdim etildi[35]. U energiya, qatʼiyat, sport ruhi, majburiyat, gʻayrat, ishtirok, hurmat, tinchlik va oʻyin-kulgini ifodalaydi va buyuk sportchi sifatida tasvirlangan.

Medallar

tahrir

Oʻyinlarning medallari Dallah reklama va Gulf Media agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻyinlar uchun oltin, kumush va bronza boʻyicha 3000 ga yaqin medallar tayyorlandi. Ularning old tomonida rasmiy Oʻyinlar maskoti Orri va Al Zubara qal’asi, orqa tomonida esa oʻyin logotipi surati tushirilgan edi[36][37].

Ragʻbatlantirish

tahrir
 
Qatar Airways aviakompaniyasining yettita samolyotidan biri Osiyo oʻyinlari libosida boʻyalgan.

Oʻyinlarni targʻib qilish uchun tashkilotchilar Doha Kornishida orqaga sanash soati va oʻyinning maskoti Orrining ulkan haykalini qurdilar. Bundan tashqari, ular shaharni turli xil sport pozalarida bannerlar va 30 ta real oʻlchamdagi tasmalar bilan bezatdilar[38]. Shahardagi mehmonxonalar, savdo markazlari va korxonalarda foydalanuvchilarga Qatar turizmi hamda oʻyinlar haqidagi maʼlumotlar va tafsilotlarni taqdim etish uchun sensorli tablolar oʻrnatildi[39]. 2005-yil 3-aprelda Qatarning yoʻlovchi tashuvchisi Qatar Airways Doha Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi (DAGOC) bilan tadbirning rasmiy aviakompaniyasi boʻlish uchun 10 million AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi[40]. Aviakompaniya oʻzining yettita Airbus A330 samolyotini Osiyo oʻyinlarida uchta alohida koʻk, qizil va sariq rangga boʻyadi va oʻzining Global reklamasi doirasida oʻzining „Oriks“ jurnalida televizion reklama roliklari va sport voqeasi boʻyicha maxsus 80 betlik qoʻllanmani tayyorladi[41][42].

Merchandising

tahrir

Oʻyinlar davomida shaharning turli joylarida, jumladan, musobaqalar oʻtkaziladigan joylarda mahsulotlar sotilishi va Qatar turizmi koʻz koʻz qilina boshlandi[43][44].

Joylar

tahrir
 
2006-yilgi Osiyo oʻyinlari paytidagi sportchilar shaharchasi

Oʻyinlar oʻtkaziladigan jami 23 ta joy boʻlib, ulardan 21 tasi musobaqalar oʻtkaziladigan joylar, qolganlari esa Bosh Media Markazi va sportchilar shaharchasi edi[45][46]. Aspire akademiyasida trek velosipedi musobaqalari uchun vaqtinchalik velodrom qurilgan edi[47][48].

Sportchilar shaharchasi markazidagi 330 000 kvadrat metr maydonda qurilgan boʻlib, unda sportchilar uchun 811 ta besh xonali va 45 ta Chef-de-Missions uchun moʻljallangan 32 ta turar-joy binosi boʻlib, 11 500 nafar sportchi va jamoa vakillarini sigʻdira oladi[49][50].

Transport

tahrir

Doha xalqaro aeroporti oʻyinlar arafasida havo qatnovi hajmini oshirish va Osiyoning 45 davlatidan 10 500 nafar sportchining kelishini osonlashtirish uchun 1 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritdi[51]. Qatar Transport kompaniyasi (Mowasalat) oʻyinlar davomida tomoshabinlar, sportchilar, rasmiylar va koʻngillilarga shaharda avtobus, taksi va limuzin xizmatlarini taqdim etdi[52][53].

Oʻyinlar

tahrir

Ochilish marosimi

tahrir
 
Dohadagi „Xalifa“ stadionida 15-Osiyo oʻyinlarining ochilish marosimit

Ochilish marosimini Xalqaro Xalifa stadionida 50 000 tomoshabin va Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Jak Rogge, Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod, Falastin Bosh vaziri Ismoil Haniya va Suriya prezidenti Bashar Asad kabi taniqli mehmonlar tashrif buyurgan edi[54]. Ochilish marosimini 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishida bosh sahnalashtiruvchi vazifalarni bajargan avstraliyalik Devid Atkins boshqargan va ishlab chiqgan edi[55].

Ochilish marosimida arab dunyosi madaniyati Osiyo qitʼasining markaziy geografik joylashuvi, shuningdek, boshqa Osiyo madaniyatlari bilan aloqa oʻrnatildi. Marosimda gonkonglik Jeki Cheung, hindistonlik Bollivud yulduzi Sunidhi Chauxan, livanlik Majida El Rumi va ispaniyalik tenor Xose Karreras kabi bir qancha musiqa sanʼatkorlari chiqish qilishdi.

Oʻyinlarni rasman Qatar Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy ochdi[56][57].

Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari

tahrir
 
Ishtirokchi davlatlar.

Oʻyinlarda OCAning barcha 45 aʼzosi ishtirok etdi, shu jumladan Iroq ham musobaqaga qaytdi[58]. Iroq oxirgi marta 1986-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan va Fors koʻrfazi urushi tufayli 1990-yildan 2004-yilgacha qatnashmagan edi[59].

XV Osiyo oʻyinlarida ishtrok etuvchi Milliy Olimpiyada jamoalari va qatnashuvchi sportchilar soni

2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan sport musobaqalari rasmiy ravishda 39 ta sport turidan 46 ta yoʻnalish boʻyicha bahslar oʻtkaziladi[95]. Roʻyxatda keltirilgan barcha musobaqalar ochilish marosimidan soʻng boshlandi, bundan tashqari badminton, beysbol, basketbol, futbol, stol tennisi va voleybol, ochilish marosimi oldidan saralash bosqichlari boshlab yuborilgan.

Yakunlash marosimi

tahrir

Yopilish marosimida ming yil avvalgi arab hikoyalari aks ettirildi va ochilish marosimlarining davomi boʻldi[96]. Ochilish marosimidagi „Izlovchi“ bilan bir xil yosh bola bilan boshlandi. U sehrli gilam ustida uchib, arab mumtoz hikoyalari kitobini topib, oʻqiy boshladi. Ming bir kecha asarida Horun ar-Rashid va darvesh, Ali bobo va qirq oʻgʻri, Dengizchi Sinbad, Aladdin va uning Ajoyib chirogʻi kabi hikoyalar oʻrin olgan. Shou turli hikoyalarni tasvirlash uchun bir qator raqqosalar, otlar va maxsus effektlardan foydalangan.

Namoyish tugaganidan keyin 45 mamlakatning barcha sportchilari stadionga kirishdi. Janubiy koreyalik suzuvchi Park Tae Xvan yettita medalni qoʻlga kiritib, Oʻyinlarning eng yaxshi sportchisi deb eʼlon qilindi.

Shundan soʻng OCA prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad Al-Sabah oʻyinlar yopilganini rasman eʼlon qildi. Anʼanaga koʻra, Qatar Qurolli Kuchlari xodimlari stadiondan tashqariga Aspire akademiyasi talabalari koʻtarib yurgan OCA bayrogʻini tushiradi. Keyinchalik, Xitoy davlat madhiyasi bilan Xitoy bayrogʻi koʻtariladi. Shundan soʻng Shayx Ahmad OCA bayrogʻini Guanchjou meri Chjan Guangningga topshirdi[97].

Xavotirlar va tortishuvlar

tahrir

Sportchining oʻlimi

tahrir

Janubiy Koreyalik ot sportchisi Kim Xyon Chil 7-dekabr kuni ertalab yomgʻir ostida boʻlib oʻtgan kross musobaqasi vaqtida otdan yiqilib halok boʻldi[98]. Baxtsiz hodisa uch kun davom etgan sport musobaqasining kros bosqichida sakkizinchi sakrashda yuz berdi[99][100]. Bundaberg Black laqabli ot uning ustidan agʻdarilganidan soʻng[101], u Hamad umumiy kasalxonasiga olib ketildi, uning oʻlimi keyinchalik tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlandi[102].

Tanqid

tahrir

Ochilish marosimi yuqori bahoga sazovor boʻlganiga qaramay, baʼzi delegatsiyalar va sportchilar tomonidan tanqidlar ham boʻldi. Ochilish marosimi tugaganidan soʻng kuchli yomgʻir yogʻdi va koʻpchilik tashkilotchilarning bu bilan shugʻullanish rejasi yoʻqligiga ishonishdi va bu tartibsizlikni keltirib chiqardi.

Ism bahsi

tahrir

2004-yil dekabr oyida Fors koʻrfazi notoʻgʻri nomlangan risola chop etilgandan keyin Eron tadbirni boykot qilish bilan tahdid qildi[103].

Doping

tahrir

Oʻyinlar davomida doping-testdan oʻta olmagan sportchilar roʻyxati keltirilgan:

  • 48 kilogramm vazn toifasidagi Myanmalik Tan Kyi Chida taqiqlangan diuretik preparati ijobiy chiqdi[104].
  • Oo Mya Sanda, shuningdek, myanmalik, 75 kilogramm vaznda kumush medal sohibi, metabolit uchun test ijobiy chiqdi[104].
  • 69 kilogramm vazn toifasidagi oʻzbekistonlik Elmira Ramilevada anabolik steroid topildi[104].
  • 105 kilogramm vazn toifasidagi ogʻir atletikachi oʻzbekistonlik Aleksandr Oʻrinovda nasha moddasi aniqlangan[104].
  • Iroqlik bodibilder Saad Faaz Doha xalqaro aeroportida yukidan taqiqlangan steroid topilgani uchun oʻyinlardan diskvalifikatsiya qilindi[105].
  • Bahraynlik bodibilding boʻyicha 70 kilogramm vazn toifasida kumush medal sovrindori Sayid Faysal Husainning sinovi ijobiy chiqdi[106].
  • Koreyalik Kim Myong-Xun, bodibilding boʻyicha 90 kilogramm vazn toifasida kumush medal sohibi boʻlgan Kim Myon Xunning testi ijobiy chiqdi[107].

Manbalar

tahrir
  1. „Olympic Council of Asia : Games“. Ocasia.org. 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyun.
  2. „The Asian Games Live On Eurosport“. Sportbusiness.com. 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  3. „A feast of facts from the Games“ (2006-yil 16-dekabr). 2007-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Hong Kong 2000 Asian Games bid“ (2000-yil 12-may).
  5. „Qatar bid for Asiad ready to be checked“ (2000-yil 8-iyul).
  6. „Cabinet approves hosting of 2006 Asiad if IOA wins bid“ (2000-yil 20-iyun).
  7. „Malaysia's Facilities Among The Best In Asia, Say OCA“. Perdana Leadership Foundation (2000-yil 18-iyul).
  8. „Unwanted Guests from Hong Kong Shock Kuala Lumpur“. Perdana Leadership Foundation (2000-yil 17-iyul).
  9. „'Can-do' spirit fires premier city's bid“ (2000-yil 20-iyul).
  10. „Hong Kong 2006 Asian Games Bid“ (2000-yil 12-may).
  11. „2006 Asian Games awarded to Doha“ (2000-yil 12-noyabr).
  12. "申辦亞運香港慘敗", Page A1, Apple Daily, November 13, 2000, quoting Datoʻ Sieh Kok Chi, Honorary Secretary of the Olympic Council of Malaysia.
  13. „Malaysia Amazed at Losing Asian Games to Qatar“. Sportbusiness.com.
  14. „Choice of Qatar for Asian Games prompts cries of foul“. Archives.cnn.com (2000-yil 13-noyabr). 2013-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  15. „Kuala Lumpur still searching for answers“. Perdana Leadership Foundation (2000-yil 13-noyabr).
  16. „Qatar will gain much more than the money it spent on Asian Games“. Associated Press (2006-yil 13-dekabr).
  17. Ian de Cotta. „The high price of the Asian Games“. Today (2014-yil 6-may).
  18. „Qatar seeks lasting legacy from Asian Games, perhaps an Olympic bid“ (2006-yil 28-noyabr).
  19. „Volunteers Play Big Role in the Doha Asian Games“ (2006-yil 6-dekabr). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  20. „Qatar gets ready for Doha 2006 Asian Games.“. 4Hoteliers (2005-yil 8-fevral).
  21. „Volunteers“. DAGOC. 2007-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „Torch“. 2007-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „Doha Asian Games torch relay route revealed“. Khaleej Times (2006-yil 20-yanvar). 2007-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Doha 2006 Torch Design“ (2006-yil 23-oktyabr).
  25. „Doha 2006 Asian Games Torch Relay“ (2006-yil 7-oktyabr).
  26. „Torch design“. 2007-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  27. „Torch ceremony marks countdown to Games“. 2007-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  28. „15th Asian Games Torch Lights Up Doha at a Spectacular Ceremony“ (2006-yil 10-oktyabr).
  29. „Asian Games torch lit up in Doha“. China Daily (2006-yil 9-oktyabr).
  30. „Emir & Sheikha Mozah led well-wishers of Asian Games Flame“.
  31. „Asian Games torch backs in Qatar“ (2006-yil 26-noyabr).
  32. „Logo“. 2007-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  33. „Mascot of Asian Games 2006“. Travour.com (2006-yil 5-dekabr). 2008-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  34. „Mascot“. 2007-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  35. „Qatar unveils mascot 'Orry' the oryx is chosen as symbol of the Games“ (2005-yil 2-yanvar).
  36. „Medals“. 2007-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  37. „Asiad Medals Incorporate Doha's Past and Future“ (2006-yil 7-mart).
  38. „Look of the Games“. 2007-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  39. „Doha Gets Dressed With the Look of the Games“ (2005-yil 2-may).
  40. „Qatar Airways Secures Key Sponsorship Deal for 2006 Asian Games“ (2005-yil 9-aprel).
  41. „Qatar Airways Official Airline And Prestige Partner Of 15th Asian Games Doha 2006“ (2006-yil 30-noyabr). 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
  42. „Qatar Airways launches Global Advertising Campaign to Promote 15th Asian Games in Qatar“ (2006-yil 9-oktyabr).
  43. „200,000 items of official merchandise sold at Asian Games“ (2006-yil 11-dekabr).
  44. „Asian Games Doha Qatar 2006“.
  45. „Venues“. DAGOC. 2007-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  46. „Capsules of venues for the 2006 Asian Games“. China Daily.
  47. „Velodream“ (2016-yil 28-sentyabr). 2019-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.
  48. „Proposed temporary velodrome may hit the road“ (2005-yil 13-dekabr).
  49. „Issue 1 Running Sands“ (2006-yil 15-noyabr). 2007-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  50. „Athletes' Village and Main Press Centre officially opened“ (2006-yil 18-noyabr).
  51. „Qatar to spend RM10 billion on 2006 Asian Games“ (2004-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  52. „Transport“. DAGOC. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  53. The Report: Emerging Qatar 2007, Page 140 Google books
  54. „Media fascinated by high-tech at Doha Asiad opening ceremony“. English.people.com.cn (2006-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  55. „PIGI projection makes dazzling opening ceremony in Doha Asian Games“. NEWSGD.com (2006-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 8-iyul.
  56. Asian Games opens in spectacular style
  57. „The 15th Asian games opening ceremony kicks off“. Government Committee for coordinating conferences and events. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  58. „Countries and Regions“. DAGOC. 2007-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  59. „Decisions - 23rd OCA General Assembly Doha, 1st July 2004“. 2007-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  60. „Cambodia - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  61. „China - Athletes and teams“. 2007-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
  62. „Chinese Taipei - Athletes and teams“. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  63. „East Timor - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  64. „Hong Kong - Athletes and teams“. 2006-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  65. „India - Athletes and teams“. 2006-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  66. „Iran - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  67. „Iraq - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  68. „Japan - Athletes and teams“. 2006-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  69. „Jordan - Athletes and teams“. 2006-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  70. „Kazakhstan - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  71. „Kuwait - Athletes and teams“. 2006-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  72. „Laos - Athletes and teams“. 2006-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  73. „Lebanon - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  74. „Macau - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  75. „Malaysia - Athletes and teams“. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  76. „Maldives - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  77. „Mongolia - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  78. „Myanmar - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  79. „Nepal - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  80. „North Korea - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  81. „Oman - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  82. „Pakistan - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  83. „Palestine - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  84. „Philippines - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  85. „Qatar - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  86. „Saudi Arabia - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  87. „South Korea - Athletes and teams“. 2006-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  88. „Sri Lanka - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  89. „Syria - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  90. „Thailand - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  91. „Turkmenistan - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  92. „United Arab Emirates - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  93. „Uzbekistan - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  94. „Vietnam - Athletes and teams“. 2007-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  95. „Asian Games mirror region's growth“ (2006-yil 30-noyabr).
  96. „Asian Games close in spectacular Arabian fantasy“ (2006-yil 16-dekabr).
  97. „Good luck to Guangzhou in 2010“. DAGOC (2006-yil 16-dekabr). 2006-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  98. DAGOC mourns rider after fatal fall
  99. „Asian Games: S. Korean rider dies after equestrian accident“. Asia.news.yahoo.com. Qaraldi: 2011-yil 2-may.[sayt ishlamaydi]
  100. „South Korean rider dies in jump fall“. Rediff.com (2006-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  101. „South Korean rider dies in jump fall“. 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 7-dekabr.
  102. „Asian Games roundup: Equestrian rider's death overshadows competition“. Qaraldi: 2006-yil 7-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  103. „Iran threatens to boycott 2006 Doha Asian Games“. middle-east-online.com (2004-yil 28-dekabr). 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  104. 104,0 104,1 104,2 104,3 „Fourth weightlifter has positive doping test at Asian Games“. International Herald Tribune (2009-yil 29-mart). 2007-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  105. „Bodybuilder disqualified after importing banned substances“. International Herald Tribune (2009-yil 29-mart). 2011-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  106. „Bodybuilder Syafrizaldy gets Asiad silver“. Thejakartapost.com (2007-yil 16-may). 2011-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.
  107. „An extra bronze medal for Hong Kong“. Hksi.org.hk (2007-yil 22-may). 2010-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-may.