Oʻzbekiston musiqasi
Oʻzbekiston musiqasi mamlakatni shakllantirgan turli taʼsirlarni oʻzida aks ettirgan. Yaqin Sharq musiqasiga juda oʻxshaydi va murakkab ritmlar va meterlar bilan ajralib turadi[1]. Mamlakatda musiqaning uzoq tarixi va musiqa uslublari hamda cholgʻu asboblarining xilma-xilligi tufayli Oʻzbekiston koʻpincha Markaziy Osiyodagi musiqiy jihatdan eng xilma-xil mamlakatlardan biri sifatida qaraladi[2].
Oʻzbekiston klassik musiqasi
tahrirHozirgi Oʻzbekiston musiqasi juda uzoq va boy tarixga ega[3]. Oʻrta Osiyo klassik musiqa uslubi boʻlgan Shashmaqom 16-asr oxirlarida Buxoro va Samarqand shaharlarida paydo boʻlgan deb ishoniladi[4]. „Shashmaqom“ atamasi olti maqom deb tarjima qilinadi, klassik fors anʼanaviy musiqasiga oʻxshash turli musiqiy uslublardagi olti boʻlimli musiqa tuzilishini bildiradi. Ogʻzaki soʻfiy sheʼriyatining intermediyalari musiqani toʻxtatib qoʻyadi, odatda past registrdan boshlanadi va asta-sekin avjiga koʻtarilib, boshlangʻich ohangga qaytadi.
XIX asrda Turkiston Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgach, Turkiston milliy kuylarini yozib olishga birinchi urinishlar boshlangan. Rus musiqachilari mintaqada nota yozuvlarini joriy etish orqali ushbu kuylarni saqlab qolishga yordam berganlar.
Oʻtgan asrning 50-yillarida oʻzbek xalq musiqasi kam ommalashgan va bu janr sovetlar tomonidan radiostantsiyalarda chiqishi taqiqlangan. Taqiqlangan boʻlsa-da, folklor musiqiy guruhlari oʻz musiqalarini oʻziga xos tarzda ijro etishda davom etganlar va buni individual ravishda yoyganlar[5]. 1990-yillar boshida Oʻzbekiston SSSRdan mustaqillikka erishgach, xalqning anʼanaviy oʻzbek musiqasiga qiziqishi yana jonlangan. Bugungi kunda Oʻzbekiston televideniyesi va radiostansiyalarida anʼanaviy musiqalar muntazam ijro etiladi.
Oʻzbekiston xalq artisti Turgʻun Alimatov oʻzbek mumtoz va folklor bastakori, tanbur, dutor, sato ijrochisi. „Segoh“, „Chorgoh“, „Buzruk“, „Navo“, „Tanovar“ kabi kompozitsiyalari bor. Uning siymosi milliy gʻurur bilan bogʻlanib, oʻzbek mumtoz musiqasining timsoli sifatida dunyoga namoyon boʻlgan[6].
Yana bir taniqli oʻzbek bastakori Muhammadjon Mirzayevdir. „Bahor valsi“ va „Sarvinoz“ asarlari mashhur. Oʻzbekiston tele va radiokanallarida har bahorda „Bahor valsi“ yangraydi.
Sherali Joʻrayev anʼanaviy oʻzbek musiqa sanʼati xonandasi. Biroq 2002-yildan buyon uning Oʻzbekiston televideniyesidagi chiqishlari hamda ommaviy chiqishlarini taqiqlagan Oʻzbekiston hukumati nazaridan chetda qolgan[7][8]. Oʻzbek toʻylarida va boshqa mamlakatlarda chiqish qilib, koʻpchilikning olqishiga sazovor boʻlgan.
Soʻnggi yillarda Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon kabi xonandalar anʼanaviy ohanglarni zamonaviy ritm va cholgʻu asboblari bilan uygʻunlashtirib, oʻzbek musiqasini jahon auditoriyasiga yetkazmoqda[2]. 2000-yillar oxirida Ozodbek Nazarbekov zamonaviy musiqani anʼanaviy oʻzbek musiqasi elementlari bilan uygʻunlashtirdi.
Oʻzbekistonda Gʻarb klassik musiqasi
tahrirOʻzbekistonda Yevropa klassik sanʼati musiqasi taʼsirida koʻplab taniqli bastakor va ijrochilar yetishib chiqqan hamda taniqli simfonik orkestrlar, festivallar[9] va zamonaviy musiqa ansambllari tashkil etilgan[10]. Toshkent shahrida joylashgan va 1936-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi musiqachilarni kasbiy tayyorlaydigan respublikadagi yetakchi oliy oʻquv yurtidir.
Oʻzbekistonning zamonaviy musiqasi
tahrirOʻzbekistonda 1990-yillarning boshidanoq ommabop musiqaning koʻplab turlari, jumladan, xalq musiqasi, estrada va rok musiqasi ayniqsa rivojlandi. Oʻzbek estradasi yaxshi rivojlangan va estrada ommaviy axborot vositalari va turli radiostansiyalar orqali asosiy muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Sevara Nazarxon, Soʻgʻdiyona Fedorinskaya, Rayhon Gʻaniyeva kabi koʻplab oʻzbek xonandalari nafaqat Oʻzbekistonda, balki Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston kabi MDHning boshqa mamlakatlarida ham tijoriy muvaffaqiyatlarga erishgan.
Rock
tahrirOʻzbekistonda pop musiqasi rok musiqadan koʻra mashhurdir.
„Night Wind“ folk-metal guruhi qaysidir darajada tan olingan. Oʻzbekistondagi boshqa metall guruhlarga Iced Warm, Salupa, Zindan va Agoniya (ruscha: Агония) misol boʻladi[11].
Rep
tahrirRep musiqa oʻzbek yoshlari orasida mashhur. Shoxrux kabi repperlar 2000-yillarda yoshlar orasida juda mashhur boʻlgan. Biroq Oʻzbekiston hukumati rep musiqasiga senzura qoʻygan. Rep musiqasiga senzura uchun maxsus organ tuzilgan, chunki bu musiqa turi oʻzbek musiqa madaniyatiga toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblangan[12].
Musiqachilar
tahrirXonandalar va guruhlar
tahrirOʻzbek guruhlari
tahrirGʻarb klassik anʼanalarida kuy yaratuvchi bastakorlar
tahrir- Dilorom Saidaminova
- Dmitriy Yanov-Yanovskiy
- Feliks Yanov-Yanovskiy
- Mirsodiq Tojiyev
- Mutavakkil Burhonov
- Polina Medyulyanova
Musiqiy asboblar
tahrirOʻzbekistonda koʻplab musiqa asboblari chalinadi. Anʼanaviy asboblarga quyidagilar kiradi[13]:
Torli
tahrirPuflama
tahrirZarbli
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Fierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008
- ↑ 2,0 2,1 Levin. „Uzbekistan“. National Geographic. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-oktyabr.
- ↑ Broughton, Simon „Bards of the Golden Road“, . World Music, Vol. 2: Latin & North America, Caribbean, India, Asia and Pacific Simon Broughton: . Penguin Books, 2000 — 24–31-bet. ISBN 1-85828-636-0.
- ↑ Mamadjanova, Elnora (2016). Traditional Music of the Uzbeks. Tashkent: Extremum Press.
- ↑ Levin, Theodore. The Hundred Thousand Fools of God: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York. Indiana University Press, 1997. ISBN 978-0253332066.
- ↑ Matyakubov, O. „A Traditional Musician in Modern Society: A Case Study of Turgun Alimatov’s Art“. Yearbook for Traditional Music 25 (1993), pp. 60-66.
- ↑ „The Art of Propaganda“. EurasiaNet (2009-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
- ↑ „Uzbekistan: National Singer Sherali Joʻrayev is Sixty. His Concerts - Banned by Authorities“ (ru). Ferghana News (2007-yil 26-aprel). Qaraldi: 2012-yil 29-yanvar.
- ↑ Mamadjanova, Elnora and Hebert, David G. (2022). Music Festivals and Cultural Diplomacy in Uzbekistan. In David G. Hebert and Jonathan McCollum, (Eds.), „Ethnomusicology and Cultural Diplomacy“. Lexington Books (Rowman & Littlefield), pp.77-92. ISBN 9781793642912
- ↑ Lisack, Lucille. (2018). A National School for Global Music: The Case of Uzbekistan in the Globalized Network of Western-Style „Contemporary Music“. In David G. Hebert & Mikolaj Rykowski, eds., Music Glocalization: Heritage and Innovation in a Digital Age. Newcastle: Cambridge Scholars, p.190-217.
- ↑ „Bands by Country: Uzbekistan“. Metal Archives. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
- ↑ Fitzpatrick, Catherine. „Uzbek Government Censors Rap Music“. Euriasianet (2011-yil 21-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Uzbek musical instruments“. Sairam. 2010-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Oʻzbek Zamonaviy musiqasi, Zamonaviy mashhur oʻzbek musiqasiga bagʻishlangan veb-sayt
- Oʻzbek klassik musiqasi, Anʼanaviy oʻzbek musiqasiga bagʻishlangan veb-sayt
- Oʻzbek musiqasi tarixi, Sharq Ekspresi
- Mark Dikkens oʻzbek musiqasi, Oxus Communications
- Oʻzbek cholgʻu asboblari, Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi
- Oʻzbek cholgʻu asboblari sadolarini tinglang, Oʻzbekistonga sayohat
- Yevroosiyo musiqa fanlari jurnali (Wayback Machine saytida 2024-05-28 sanasida arxivlangan), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan taʼsis etilgan musiqa tadqiqotlari ilmiy jurnali