Chirchiq vodiysi — Gʻarbiy Tyanshandagi vodiy, Toshkent viloyati hududida. Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shimoli-gʻarb va shimolida Qorjontov va Ugom tizmalari, shimoli-sharq va sharqda Talas Olatovi, janubiy sharqda esa Chatqol tizmasi bilan oʻralgan. Jan. va janubi-gʻarbiy kismlari tekislikka tutashgan. Uzunligi Alizar koʻtarilmasidan (janubi-gʻarb tomon) Sirdaryogacha 135 km. Kengligi vodiy toraygan joylarda 80-100 m, oʻrta kismida 35-40 km gacha. Vodiyning eng tor joyi (Chorvoq qisigʻi yoki Chorvoq darvozasi)ga toʻgon, suv ombori qurilgan. Chirchiq daryosining quyi okimi tomon terrasa (koʻhna qayir) pogʻonalari pasayib boradi va daryo vodiysining chegaralarini aniq paykash kiyin. Piskom va Chatqol daryolari qoʻshilgan joydan Chirchiq shahrigacha boʻlgan hudud Chirchiq botigʻidan iborat. Paleogen davrida Chirchiq vodiysi oʻrnida dengiz boʻlgan. Chirchiq daryosining bir necha terrasalari buni isbotlaydi. Ushbu hududda tektonik harakatlar davom etmoqda. Yer yuzasidaga yangi tektonik harakatlar differensial xarakterga ega. Tektonik jihatdan Chirchiq vodiysi grabensinklinal, yonatrofdagi tizmalar gorst antiklinaldir. Ular gersin burmalanishi davrida shakllangan. Neogen toʻrtlamchi davr yangi tektonik harakatlar taʼsirida hozirgi koʻrinishini olgan. Vodiy hududida boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklari (konglomerat, qum aralash shagʻal toshlar, lyosslar) keng tarqalgan.

Chirchiq vodiysining iqlimi kontinental, yozi issiq, qishi muʼtadil. Yillik oʻrtacha temperatura 11,6°—13,8°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G dan — 2,9° gacha. Eng past temperatura —29°, —33° dekabr — yanvar oylarida kuzatiladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 23,9—26,8°, yoz faslining baʼzi kunlari temperatura 44° gacha koʻtariladi. Yillik yogʻin vodiyning janubi-gʻarbiy qismvda 300 mm, oʻrta qismida esa 1000 mm dan ziyod. Togʻlarda koʻproq qor, vodiyning oʻzida yomgʻir va qor yogʻadi. Gʻazalkent va Chirchiq shaharlari atroflarida yillik yogʻinning 35—40 % bahor oylariga toʻgʻri keladi. Asosiy daryolari — Chirchiq va uning irmoqlari: Ugom, Oqsoqotasoy va boshqa Vaqtincha oqar soy ham koʻp. Togʻ yon bagʻirlarida suvning yemirish faoliyati kuchli, bahor va yoz boshlarida sel keladi, surilmalar sodir boʻladi.

Chirchiq vodiysida asosan, boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻ tizmalariga yaqin qismlarida qoʻngʻir, daryo boʻylarida oʻtloq, ekinlar ekiladigan yerlarda agroirrigatsion tuproklar mavjud. Bu tuproqlarda oʻsimliklardan bugʻdoyiq, qoʻngʻirbosh, qorabosh, yongʻoq, doʻlana, betaga, tol, terak va boshqa oʻsadi. Vodiyning tekislik qismlarini, asosan, madaniy landshaftlar egallagan. Paxta, beda, gʻalla, sabzavot va boshqa ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Yovvoyi hayvonlardan togʻ echkisi, boʻri, tulki, sugʻur, yumronqoziq, turli xil qushlar, sudralib yuruvchilardan ilonlar va boshqa; suvlarda baliqlar bor.

Chirchiq vodiysi aholisi zich hudud boʻlib, unda Toshkent, shuningdek, Chirchiq, Yangiyoʻl, Bektemir, Gʻazalkent, Chinoz kabi shaharlar joylashgan. Chirchiq vodiysi mamlakatning iqtisodiyoti rivojlangan rnlaridan. Togʻli qismlarida sanatoriy va dam olish zonalari mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. Mamatqulov, Murod. „Chirchiq vodiysi“ OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil