Foydalanuvchi:Xumoyun Ergashev/Safaviylar va Shayboniylar oʻrtasidagi urushlar

Xumoyun Ergashev/Safaviylar va Shayboniylar oʻrtasidagi urushlar
" Tarix-i a'lam a'ra-i Shoh Ismoil " (Tarixi olam aroyi Ismoil) kitobidan 1688-yil miniatyurasi, Ismoil I va Muhammad Shayboniyxon qo'shinlari o'rtasidagi jang tasvirlangan.

Sanalar 1510-1528-yillar
Urush yeri Xuroson, Movarounnahr
Natija Xurosonning bir qismi Safaviylar davlati tarkibiga,

Movarunnahr Shayboniylar davlati tarkibiga kirdi.

Qoʻmondonlar
Ismoil I

Taxmasp

Najmi Soniy Bobur

Shayboniyxon

Ubaydullaxon Ko'chkinchixon Kistin Qora Sulton Abulxayrxon

Kuchlar
Safaviylar

Temuriylar (1512-yilgacha)

Shayboniylar

Usmoniylar imperiyasi Qozoq xonlikllari (1511-yildan)

Safaviylar va Shayboniylar oʻrtasidagi urushlar Buxoro xonligiga asos solgan oʻzbek Shayboniylar sulolasi bilan Safaviylar davlati yoki Doulet-e Qizilbosh (Qizilboshlar davlati) oʻrtasidagi bir qator toʻqnashuvlar edi [1] [2] [3] Bu urush va toʻqnashuvlar 1510-1528 — yillarda boʻlgan[4].

Ziddiyat

tahrir

Mojaroning boshlanishi va tarixi

tahrir
 
Shayboniyxon miniatyurasi. 1507-yil
 
Ismoil Safaviy miniatyurasi

1500 - yilda kelib chiqishi oʻzbek qabilalaridan boʻlgan Shayboniylar sulolasi tomonidan Buxoro xonligiga asos solingan, dastlab poytaxti Samarqand shahri boʻlgan. Maʼlum vaqtdan soʻng bu davlat Movarounnahr, Xorazm, shuningdek, Xurosonning katta qismini egallagan.

Safaviylar davlati yoki Doulet-e Qizilbosh (Qizilboshlar davlati) [1] [2] [3] 1503 yilda hozirgi Eron hududlari va unga tutash hududlarda tashkil topgan. Bu davlat tepasida kelib chiqishi turkiylardan boʻlgan Safaviylar sulolasi turishgan

Shayboniyxon (Muhammad Shayboniy) oʻz yurishlarida Xurosonga yetib borgach, Ismoil I bilan toʻqnashuvi muqarrar boʻlib qoladi. Shayboniyxon va Ismoil I o‘rtasida jangovar yozishmalar boshlanadi, bunda Shayboniyxon Ismoil I ni "shia bid’ati"dan voz kechishga undaydi, aks holda Xurosonga yurish bilan tahdid qiladi; Ismoil ham o‘zbeklarning Xurosonga bosqinlarini to‘xtatishni talab qiladi. Bundan tashqari, Shayboniyxon Ismoil I ga oʻzining Chingizxon urugʻiga mansubligini taʼkidlagan, bu esa unga "saltanat va qilich vorisi" boʻlishga imkon bergan. Shayboniyxon sobiq Temuriylar saltanati hokimyati ostidagi hududlarni qayta birlashtirmoqchi edi.

Safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohiIsmoil I Shayboniyxonning muvaffaqiyatidan xavotirga tushardi. Siyosiy manfaatlar bilan bir qatorda diniy manfaatlar ham toʻqnash keldi — Shoh Ismoilning shia mazhabini davlat mafkurasi deb eʼlon qilishi, sunniylar qarama-qarshilaklarni keltirib chiqardi. Shoh Ismoilning shialikni hukmron din deb eʼlon qilishi shoh hukmronligida sunniylarni qattiq taʼqib qilish bilan birga kechdi va aqidaparastlik ko‘rinishlari hatto oʻlganlarni ham, masalan, mashhur Sheroz qozi Beyzaviyning qabrini ham chetlab oʻtmadi. Sunniylik mazhabida yuqori hurmatga sazovor boʻlgan Qur’on tafsirchisining (1286-1292 yillar oraligʻida vafot etgan) qabrdan qazib olingan xoki shamolga sochilgan. Ushbu voqealar Shayboniylarning Eronga qarshi yurishlarini "kofirlarga qarshi kurash", toʻgʻrirogʻi " gʻazovot sifatida legitimlashtirdi. Eron shialarini “kofirlar" davlati deb bilish jamoat orasida ham keng tarqalgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon shafqatsizlarcha o‘ldirilgandan so‘ng, Shayboniylarning o‘z yetakchisining o‘limi uchun Safaviy shialaridan o‘ch olishga harakat qilishdi. Eronga (koʻpincha Xurosonga) qarshi yurishlarga qatnashgan askarlarga "Abulgʻozi" (chin eʼtiqod uchun kurashgan jangchi) unvoni ham qoʻshib aytilardi.

Eron shialarini „kofirlar“ga tenglashtirgan fatvo ham beriladi. Bu Shayboniylarning Eronga bosqinlarini qonuniylashtirgan ochiq siyosiy fatvo edi. 1586-yilda bunday fatvo olgan birinchi hukmdor Abdullaxon II (1557-1598, 1583-yilda xonlik taxtiga o‘tirgan) edi. U oʻz davlati chegaralarini kengaytirish jarayonida Mashhadga yetib boradi va Hirotni oʻz nazorati ostiga oladi. Shu bilan birga, Abdullaxon II tomonidan juda koʻp sonli aholi Buxoroga asirlikka olib kelingan.

Marv jangi

tahrir

Shoh Ismoil I Safaviy (1501-1524) bilan urushga tayyorgarlik koʻrayotgan Shayboniyxon oʻzining shimoliy-sharqiy chegaralarini mustahkamlashga qaror qiladi va 1510 yilning qishida Chingiziy qozoq xonlari Burunduqxon va Qosimxonga qarshi toʻrtinchi yurishni boshladi. Ushbu yurishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi [5] .

1510 -yil noyabrda birlashgan Safaviylar qoʻshini shimoli-sharqga yurish boshladi. 1510 yilda Shayboniyxon Hirotda edi. Bu vaqtda Ismoil I Shayboniyxonning xazoriylarga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizliklaridan xabar topib, Gʻarbiy Xurosonga bostirib kiradi va shiddat bilan Hirot tomon yura boshlaydi. Bu vaqtga kelib Safaviylar Xurosonning Mashhad, Nishopur, Tus, Sabzavor kabi muhim shaharlarni oʻziga boʻysundirishga muvaffaq boʻldilar. Shayboniyxon Safaviylar yurishining boshida Hirotda — Mashhaddan 300 km sharqda boʻlgan va bu vaqtda uning yetarlicha kuchli va koʻp sonli qoʻshini yoʻq edi. Qoʻshinlarning asosiy qismi shimolda — Movarounnahrda Amudaryo boʻylab joylashgan boʻlib, bir qismi Qozoq xonligiga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirayotgandi.

Shayboniyxon vazirlari va yaqin hamrohlari bilan maslahatlashib, mustahkamlangan Marv shahrida o‘zini himoya qilishga qaror qildi. Bu vaqtda Ismoil Safaviy qoʻshini shiddat bilan yaqinlashib, yoʻl-yoʻlakay bir qancha shahar va hududlarni egallab, yoʻnalishini sharqdan shimolga oʻzgartirib borardi. Astrabad, keyin Saraxs egallandi. Xurosonda boʻlgan barcha oʻzbek shayboniy amirlari safaviy qoʻshinlaridan qochib, Marvga yetib kelishdi. Shayboniyxon shimolga o‘z qo‘l ostidagilarga Buxoroning o‘sha paytdagi hukmdori Ubaydullaxon va Samarqandning o‘sha paytdagi hukmdori Muhammad Temur Sulton huzurlariga chopar yubordi. Bu orada Ismoilshoh va uning katta birlashgan qoʻshini Marvni oʻrab oldi va shaharni qamal qila boshladi. Marv Buxoro va Samarqanddan yordam umid qilib, uzoq va faol qarshilik ko‘rsatdi va shaharni qamal qilgan qo‘shinlar Marvni egallay olmadi.

Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Shayboniyning rafiqasidan biri, Moʻgʻulxonim nomi bilan mashhur Oysha Sultonxonim oʻzbek jamiyatida katta taʼsirga ega boʻlgan. Manbalarda aytilishicha, kengash — xon majlisida Shoh Ismoilning chekinayotgan qizilbosh qoʻshinlariga qarshi jang qilish uchun Marvdan chiqish yoki chiqmaslik masalasi muhokama qilingan. O‘zbek amirlari Movarounnahrdan yordamchi kuchlar kelguncha ikki-uch kun kutishni taklif qildilar. Ammo harbiy kengashda qatnashgan Muhammad Shayboniyxonning suyukli rafiqasi Mo‘g‘ulxonim xonga: "Siz oʻzbek boʻla turib, Qizilboshdan qo‘rqdingiz! Agar qo‘rqsangiz, men o‘zim jangchilarni olib, ularni taʼqib qilaman. Hozir ayni vaqti, boshqa hech qachon bunday lahza boʻlmaydi." Moʻgʻulxonimning bu soʻzlaridan soʻng hamma uyalib, oʻzbek qoʻshinlari jangga kirishdi, urush Shayboniyxonning magʻlubiyati va oʻlimi bilan yakun topdi. [6]

 
Isfaxondagi Chehel Sotun saroyi devoridagi miniatyura, Ismoil Safaviy va Shayboniyxon oʻrtasidagi Marv jangi tasvirlangan.

1510-yil dekabrda Muhammad Shayboniyxon yordamga kelayotgan 30 ming qoʻshimcha kuchlarning kelishini kutmay, Shoh Ismoilning fitnasiga aldanib, 5000 qoʻshin bilan shaharni tark etib, Shohni taʼqib qilishga kirishdi va pistirmaga uchradi. 1510 -yil 2-dekabrda Mahmudobod qishlogʻi yaqinidagi jangda (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1510 -yil 30-noyabr [7]) Shayboniyxon qoʻshini 17000 kishilik Ismoil qoʻshini tomonidan oʻrab olingan va shiddatli janglardan soʻng magʻlubiyatga uchragan. Tarixiy tadqiqotlarga ko‘ra, jangda o‘zbek zodagonlarining ko‘plab vakillari va Shayboniyxonning o‘zi ham halok bo‘lgan [8] [9] .

G‘ijduvon jangi

tahrir

1512-yilda Eron qoʻmondoni Najmi Soniy Qarshi (Naxshab) shahrini egallab, u yerda tinch aholini oʻldirishni buyurdi. 15 mingdan ortiq odam, jumladan, Sayyidlar va mashhur tarixchi shoir Kamoliddin Binoiy oʻldirildi.

Shayboniylar kuchlarini tiklab, safaviylarga hujumga o‘tdilar. G‘ijduvon jangida Movarounnahr shayboniylari, Najmi Soniy boshchiligidagi Eron Safaviylari oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻlgan. 1512-yil 12-noyabrda Buxorodan 40 kilometr uzoqlikdagi Gʻijduvon shahri yaqinida Safaviylarning Najmi Soniy boshchiligidagi qoʻshinlari bilan Shayboniy Ubaydullaxon boshchiligidagi birlashgan oʻzbek qoʻshinlari oʻrtasida jang Najmi Soniy qoʻshinlarining toʻliq magʻlubiyati bilan yakun topdi, u asirga olinib, qatl etildi. Safaviylar qo‘shinining bir qismi asirga olindi, bir qismi yo‘q qilindi, qolgani esa qochishga muvaffaq bo‘ldi.

Taʼsir

tahrir

Shayboniyxon vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat Bobur qoʻliga oʻtadi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxonning say harakatlari bilan 1512-yilda Shayboniylar xonadonining hukmronligi tiklanadi. Ubaydullaxon o‘z tarafiga aholining xayrixohligini jalb qila oldi, Safaviylar ustidan g‘alaba qozonib, Erondan mustaqillikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gʻalaba katta tarixiy ahamiyatga ega edi. Movarounnahr aholisi mustaqilligini va islomning sunniy yoʻnalishini saqlab qoldi.

Usmonli turklar imperiyasining sultoni Salim I bilan sodir boʻlgan Choldiron jangidan keyin Shoh Ismoil qoʻshni davlatlarga deyarli hujum qilish qobiliyatini yoʻqotdi, asta-sekin ichkilikbozlik berilib ketdi[10]. Ubaydullaxon Shayboniylar davlatini kengaytirishga harakat qildi. Ikki marta 1529 va 1536-yillarda Hirotni egalladi [7] . Ubaydullaxon boshchiligida besh marta (1524—25), (1526—28), (1529—31), (1532—33), (1535—38) oʻzbeklar Xurosonga bostirib kirishdi. Ubaydulaxon ichki nizolarga barham bera oldi [7] .

Adabiyotlar

tahrir
  • Farrokh Kaveh. Iran at War: 1500—1988. — Osprey Publishing, 2011. — 488 p
  • Jom jangi // Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi : [uzb.]. — Toshkent : GU „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“, 2000—2005. — S. 182. — 878 s.
  • Marv jangi. Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana, 2000—2005, Tashkent.
  • Shayboniylar. Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana, 2000—2005, Tashkent.
  • Shayboniyxon. Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana, 2000—2005, Tashkent.
  • Safaviylar davlati. Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana, 2000—2005, Tashkent.

Havolalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 История Востока. Восточная Литература, 2000 — 100-bet. 
  2. 2,0 2,1 Н.В.Пигулевская. История Ирана с древнейших времён до конца 18 в, Л., 1958 — 255-bet. 
  3. 3,0 3,1 Roger Savory. Iran Under the Safavids — 34-bet. 
  4. История Востока. — Восточная Литература, 2000. — Т. III. — С. 100.
  5. Klyashtorniy S. G., Sultanov T. S., Kazaxstan. Letopis trex tisyacheletiy. Alma-ata: Rauan, 1992, s.270
  6. Turkmenistan i turkmeni v konse XV — pervoy polovine XVI v. Po dannim „Alam ara-i Sefevi“. Ashxabad. Ilim. 1981, s.101-103
  7. 7,0 7,1 7,2 BUKHARA iv. Khanate of Bukhara and Khorasan — Encyclopaedia Iranica
  8. Mukminova R. G. The Shaybanids in History of civilizations of Central Asia. Volume V. / Editors Chahryar Adle and Irfan Habib. Co-editor Karl M. Baypakov. — UNESCO publishers, 2003. — P. 36.
  9. The Cambridge history of Inner Asia. / Edited by Nicola di Cosmo, Allen J. Frank and Peter B. Golden. — Cambridge university press, 2009. — P. 292.
  10. The Cambridge History of Islam, Part 1, By Peter Malcolm Holt, Ann K. S. Lambton, Bernard Lewis, p. 401.