Silk Avia
IATA ICAO Identifikatori
US USA SILK
Tashkil topgan 2021-yil 6-iyul
Boshlangan amaliyotlari 2023-yil 25-aprel
Havo tuguni Samarqand xalqaro aeroporti
Park hududi 7
Parvoz yoʻnalishlari 16
Egasi Oʻzbekiston havo yoʻllari
Muhim shaxslar Raʼno Joʻrayeva (Bosh direktor)
Sayti silk-avia.com

Silk Avia, rasmiy „Silk Avia“ MCHJ – 2021-yil iyul oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan Oʻzbekistonning mintaqaviy aviakompaniyasidir[1]. Kompaniya Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasining tarkibida boʻlib, uning asosiy bazasi Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan[2]. Aviakompaniya hozirda 14 ta yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirmoqda va bu koʻrsatkichni 40 taga yetkazishni rejalashtirmoqda[3]. Shuningdek, aviakompaniya IATA kodini „US“, ICAO kodini esa „USA“ sifatida oʻzlashtirgan[4].

Tarixi

tahrir

Tashkil etilishi

tahrir

'''Silk Avia''' O'zbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mintaqaviy aviakompaniya hisoblanadi. Kompaniya ichki turizm va biznesni rivojlantirish maqsadida 2021-yil 6-iyulda Uzbekistan Airports AJ tarkibida tashkil etildi.

2021-yil noyabr oyida Dubai Airshow 2021 aviasalonida Uzbekistan Airports yangi aviakompaniya haqida ilk taqdimotni o'tkazdi[5][4][3]. Keyinchalik, aviakompaniya ATR turidagi samolyotlardan foydalanishi ma'lum qilindi, bu uni Markaziy Osiyoda ushbu turdagi samolyotlardan foydalangan birinchi aviakompaniya sifatida qayd etdi[6][7].

Maqsad va strategiya

tahrir

Silk Avia o'zini Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviatashuvchisiga raqobatchi sifatida emas, balki ichki tashuvlarni tashkil etishda hamkor sifatida pozitsiyalaydi. Kelajakda aviakompaniyani xususiy sektorga o'tkazish rejalashtirilgan[5].

Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Ra'no Jo'rayeva Silk Avia tashkil etilishining asosiy maqsadini quyidagicha izohlagan:

"Silk Avia aviakompaniyasini tashkil etishdan maqsad — O'zbekiston hududida ichki aviaqatnovlarni rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, ichki va kirish turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir."[8]

Silk Avia Fransiya-Italiya Avions de Transport Régional (ATR) konserni tomonidan ishlab chiqarilgan ATR 72-600 va ATR 42-600 samolyotlaridan foydalanishini e'lon qildi[9].Dastlab, uchta ATR 72−600 samolyoti ishlab chiqaruvchidan sotib olinishi, ikkitasi esa lizing asosida olinishi rejalashtirildi[manba kerak].

Aviakompaniya o'z faoliyatini ilgari Bangkok Airways tarkibida parvoz qilgan uchta samolyot bilan boshladi[10]. Birinchi samolyot 2023-yil 21-mart kuni Toshkent aeroportiga yetib keldi[11][12].

2023-yil 20-iyunda Parijdagi Le-Burje xalqaro aviakosmik ko'rgazmasida Irlandiyaning Nordic Aviation Capital (NAC) kompaniyasidan yana ikkita samolyotni lizing asosida olish to'g'risida kelishuv e'lon qilindi. Shuningdek, ATR bilan beshta yangi ATR 72−600 samolyotini sotib olish va global texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalar imzolandi.

2024-yil 19-fevralda NAC kompaniyasidan lizingga olingan birinchi samolyot yetkazib berildi. 2025-yilgacha jami 10 ta samolyot sotib olish rejalashtirilgan[13][14].

Yangi samolyotlar Pratt & Whitney PW127XT dvigatellari bilan jihozlangan bo'lib[9], bu texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarini 20 foizga va yoqilg'i sarfini 3 foizga qisqartirish imkonini beradi[15][16][17]

[18][19][20][21][manba kerak].

ATR kompaniyasining bosh ijrochi direktori Natalie Tarno Laud (talaffuzi: Natalie Tarno Laud) Silk Avia bilan hamkorlik haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Silk Avia Markaziy Osiyoda yangi bozorni ochmoqda. ATR samolyotlari O'zbekistondagi yirik shaharlar va mintaqaviy markazlar o'rtasidagi aloqani ta'minlash uchun juda mos keladi. Biz O'zbekistonda ATR samolyotlarining birinchi operatori bo'lgan Silk Avia bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz va ularning muvaffaqiyatli faoliyatini qo'llab-quvvatlaymiz."[22]

Dastlabki faoliyat

tahrir

Silk Avia 2023-yil 20-aprelda havo operatori sertifikatini oldi. Shu oyda kompaniya ekipajlarni tayyorlash maqsadida texnik parvozlarni amalga oshirdi. Birinchi sinov parvozi 20-aprel kuni Toshkent-Nukus yo'nalishida bo'lib o'tdi. Parvoz 2 soat davom etdi[23]. Nukus aeroportida samolyot an'anaviy suv arkasi bilan kutib olindi. Keyinchalik, Nukus – Navoiy – Toshkent yo'nalishlarida ham sinov parvozlari o'tkazildi[24].

Texnik parvozlar ATR o'quv markazi mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. Silk Avia kelajakda O'zbekistonda ATR o'quv markazini ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, aviakompaniya Uzbekistan Airways Technics bilan samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha hamkorlik qilishini e'lon qildi[25][16].

Muntazam reyslarning boshlanishi

tahrir

Texnik parvozlardan so'ng, Silk Avia muntazam reyslarni 2023-yil 25-apreldan amalga oshira boshladi. Birinchi tijorat parvozi 24-aprel kuni US-131 reysi orqali Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida amalga oshirilgan[26]. Birinchi oyda aviatashuvchi 10 ta yo‘nalishni qamrab oldi va 330 ta reysda 12 000 dan ortiq yo‘lovchini tashidi.[27].

Tarkibiy o'zgarishlar

tahrir

2023-yil oktyabrida O'zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq, Silk Avia kompaniyasining 100% kapitali va Uzbekistan Airports tomonidan xarid qilingan uchta ATR 72-600 samolyoti "O'zbekiston Havo Yo'llari" milliy aviatashuvchisi tarkibidagi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o'tkazildi[28][29][30][31][32].

Xalqaro parvozlar

tahrir

2024-yil avgustida aviakompaniya o'zining birinchi xalqaro parvozini Qirg'izistonning Tomchi qishlog'iga amalga oshirdi. Shu oyning o'zida Samarqanddan Qozog'istonning Turkiston shahriga muntazam reyslarni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan[33][34][35].

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Silk Avianing tashqi koʻrinishi atlas matosidan ilhomlangan. Samolyotning bezagi burun qismidan fyuzelyajning yarmigacha atlas matosini tasvirlaydi. Ranglar asosan Oʻrta Osiyoda atlas matosi uchun anʼanaviy boʻlgan ranglardan, masalan, doʻppilarda qoʻllaniladigan ranglardan tanlangan. Aviakompaniya kelgusida bir nechta turli dizaynlarni joriy etishni rejalashtirmoqda[36].

Aviaparki

tahrir
 
Urganch xalqaro aeroportida Silk Avianing ATR 72 samolyoti Toshkentga parvozga tayyorlanmoqda.
 
Yoʻlovchilar Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida ATR 72 samolyotidan tushmoqda.
 
Silk Avianing ATR 72 samolyoti Urganch xalqaro aeroportiga qoʻndi.

2024-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Silk Avia ATR konserni tomonidan ishlab chiqarilgan turbovintli, oʻrta masofali samolyotlar bilan parvozlarni amalga oshiradi.

Silk Avia aviaparki
Samolyot Xizmatda Buyurtmalar Oʻrindiqlar Manbalar
ATR 72-600 5 8 72 [37][38][39][40][30]
Let L-410 Turbolet 2 2 19 [41][42]
ATR 42-600 - 2 46 [9][30]
Jami: 7 12

Parvoz manzillari

tahrir

Silk Avia Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi[43].

Mamlakat Shahar Aeroport Izoh Manbalar
  Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand Samarqand xalqaro aeroporti Baza [44][45][30][46]
Toshkent Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti [43][44][45]
Urganch Urganch xalqaro aeroporti

[45][43]

Buxoro Buxoro xalqaro aeroporti [44][45]
Navoiy Navoiy xalqaro aeroporti [44][45]
Qarshi Qarshi xalqaro aeroporti [44][45]
Namangan Namangan xalqaro aeroporti [44][45]
Shahrisabz Shahrisabz aeroporti [47][43]
Zomin Zomin aeroporti [43][48]
Qoʻqon Qoʻqon aeroporti [49][50]
Fargʻona Fargʻona xalqaro aeroporti [43][51]
Termiz Termiz xalqaro aeroporti [43][52]
  Qoraqalpog'iston Respublikasi Moʻynoq Moʻynoq aeroporti [53][54][55]
Nukus Nukus xalqaro aeroporti [53][55]
  Qirgʻiziston Respublikasi Tomchi Issiqkoʻl xalqaro aeroporti Mavsumiy [56][57][58]
  Qozogʻiston Respublikasi Turkiston Hazrati Sulton xalqaro aeroporti [59]

Yana qarang

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. „В Ташкенте встретили новый самолет авиакомпании «Silk Avia»“ (ruscha) (2024-yil 17-fevral). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  2. „Silk Avia aviakompaniyasi uchun 70 o‘rinli uchta samolyot kelishi kutilmoqda — Ra’no Jo‘rayeva“ (2022-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „A new airline, Silk Avia, is being established in Uzbekistan“ (inglizcha) (2024-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Silk Avia on ch-aviation“ (inglizcha). ch-aviation. Qaraldi: 2024-yil 17-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 „O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etilmoqda“ (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  6. Kaminski-Morrow, David „New Uzbek carrier Silk Avia solidifies ATR 72 fleet plan“ (inglizcha). Flight Global (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  7. „Biz haqimizda - Silk Avia“. Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named quote
  9. 9,0 9,1 9,2 „Авиакомпания Silk Avia получит 7 новых самолетов и создаст собственный тренажерный центр“ (ruscha) (2023-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  10. Woerkom, Klaas-Jan van „Uzbekistan Airways-Dochter Silk Avia Ontvangt Eerste Fabrieksnieuwe ATR“ (niderlandcha). Luchtvaart nieuws (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  11. „Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi“ (2023-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  12. Alcock, Charles. „Silk Avia Receives First ATR 72-600 Regional Airliner“ (inglizcha). AIN Online (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  13. „Silk Avia aviakompaniyasi 10 ta samolyot xarid qiladi“ (2022-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  14. „Silk Avia havo kemasi parki yangi ATR 72-600 bilan to‘ldirildi!“ (2024-yil 16-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
  15. „O‘zbekiston Airbus va ATR'dan 17 ta samolyot sotib oladi“ (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 7-oktyabr.
  16. 16,0 16,1 Мадиева, Рисолат. „Silk Avia o‘zining o‘quv markazini yaratadi“. Янги Ўзбекистон (2023/26/06). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  17. „Silk Avia and ATR sign an agreement for the purchase of five ATR 72-600 aircraft“ (inglizcha) (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-oktyabr.
  18. „NAC has executed a lease agreement for 2 new ATR 72-600s with Silk Avia“ (inglizcha) (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  19. Nadalet, Ivan „Uzbekistan's Silk Avia to lease two more ATR72s“ (inglizcha). www.ch-aviation.com (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  20. Vos, Ruud „Silk Avia ontvangt eerste ATR 72-600“ (niderlandcha). Piloot & Vliegtuig (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  21. „Silk Avia introduces first new ATR 72-600 in Central Asia“ (inglizcha). ATR (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  22. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named atr_ceo_quote
  23. „Silk Avia havo operatori sertifikatini olib texnik reyslarni boshladi“. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  24. „Silk Avia havo operatori sertifikatini olib texnik reyslarni boshladi“ (2023/20/04). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
  25. „"UAT" MCHJ Silk Avia aviakompaniyasi bilan birgalikda ATR-72 samolyotlariga texnik xizmat ko'rsatish jarayonini o'zlashtirmoqda“ (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
  26. „Silk Avia o'zining ilk ko'rgazmali parvozini amalga oshirdi“ (2023-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  27. „Faoliyatining birinchi oyida Silk Avia 12 000 dan ortiq yo'lovchini o'z manziliga eltib qo'ydi“ (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  28. „Uzbekistan Helicopters becomes the owner of Silk Avia“ (inglizcha) (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  29. „Silk Avia aviakompaniyasi Uzbekistan Helicopters tarkibiga o‘tkazilmoqda“ (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  30. 30,0 30,1 30,2 30,3 Jarvis, Howard. „Tashkent formalises change in Silk Avia ownership“ (inglizcha). ch-aviation (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  31. „Uzbekistan Airports’ning Silk Avia’dagi ulushi Uzbekistan Helicopters’ga o‘tkaziladi“ (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
  32. „Авиция фаолиятини самарали ташкил этишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида“ (2023-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  33. „Tashkent Formalizes Change in Silk Avia Ownership and Fleet Expansion“ (inglizcha) (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  34. „Авиакомпания Silk Avia с 16 июня запустит рейсы из Ташкента на побережье озера Иссык-Куль“ (ruscha) (2024-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  35. „Silk Avia запускает регулярный рейс Ташкент — Тамчы — Ташкент“ (ruscha) (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  36. „Colorful Satin Fabric Themed Startup Silk Avia Bringing First ATR Aircraft To Uzbekistan !“ (inglizcha). fl360aero.com (2022-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  37. „Silk Avia получила самолет ATR 72-600“ (ruscha) (2024-yil 16-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  38. „Минтранс прокомментировал передачу Silk Avia в структуру Uzbekistan Airways“ (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  39. Тен, Александр. „Silk Avia получила четвертый самолет“ (ruscha). Kursiv Media Узбекистан (2024-yil 17-fevral), s. 1-2. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  40. „Лоукостер Узбекистана приобретет 12 самолетов концерна ATR“ (ruscha) (2024-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  41. „Aviakompaniya faoliyati to'g'risidagi hisobot“. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  42. „Silk Avia возобновляет регулярные рейсы по маршруту Ташкент — Заамин“ (ruscha) (2024/22/06). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  43. 43,0 43,1 43,2 43,3 43,4 43,5 43,6 „Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“ (inglizcha). Flightradar24. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
  44. 44,0 44,1 44,2 44,3 44,4 44,5 „Silk Avia тижорий рейсларни йўлга қўяди“ (2023-yil 23-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
  45. 45,0 45,1 45,2 45,3 45,4 45,5 45,6 „Yo‘nalishlar“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  46. Новикова, Анастасия. „Авиакомпания Silk Avia намерена развивать региональные рейсы“ (ruscha). ПЛОВ (2024-yil 28-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  47. „“Silk Avia” Тошкентдан Шаҳрисабзга мунтазам авиақатновлар йўлга қўймоқда“ (2024-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  48. „Silk Avia возобновляет регулярные рейсы по маршруту Ташкент — Заамин“ (ruscha) (2024-yil 24-iyun). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  49. „Silk Avia Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024-yil 29-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  50. „Silk Avia will have daily flights to Kokand“ (inglizcha) (2024-yil 15-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  51. „Silk Avia oktabrdan O‘zbekiston bo‘ylab uchta yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda“ (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  52. „Все рейсы“. Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  53. 53,0 53,1 „Silk Avia Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024/27/03). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  54. „Uzbek Silk Avia to launch flights on Bukhara-Urgench-Bukhara route“ (inglizcha) (2024-yil 10-aprel). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  55. 55,0 55,1 „Silk Avia to begin flights connecting Uzbekistan's regions“ (inglizcha) (2024-yil 30-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-oktyabr.
  56. „Silk Avia Issiqko‘lga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi“ (2024-yil 17-may). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  57. „Uzbekistan's Silk Avia launches regular flights to Kyrgyzstan's Issyk-Kul“ (inglizcha) (2024-yil 18-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  58. Ismoilov, Kamol „Uzbekistan's Silk Avia launches regular flights to Kyrgyzstan's Issyk-Kul“ (inglizcha) (2024-yil 18-may). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.
  59. „Silk Avia Samarqanddan Qozog‘istonning Turkiston shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda“ (2023-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.

Havolalar

tahrir