2013-yil 28-may kuni Turkiyada ommaviy eʼtirozlar boshlandi. Ilk Istanbul eʼtirozlari 50 atrof-muhitchi[17] tomonidan boshlanib, Taksim Gezi bogʻini yoʻqotish va uning oʻrniga savdo markazi qurilishiga qarshi namoyish boʻldi. Politsiya aralashuvidan keyin eʼtirozlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Shundan keyin eʼtiroz subyektlari doirasi Taksim Gezi bogʻi mavzusidan kengayib, aksil-hukumat namoyishlarga aylandi.[18] Namoyishlar shuningdek Turkiyaning boshqa shaharlari va turk diasporasi yashaydigan boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi.[19] Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan eʼtirozchilarni çapulcu (oʻzbekcha: talonchi) deb kamsituvchi deb baholagan nutqlar qilib, 3-iyun kuni Shimoliy Afrika mamlakatlariga ish safari bilan joʻnab ketdi.

Turkiya eʼtirozlari
Joy Turkiya: Istanbul, Anqara, İzmir, Bursa, Samsun, Edirne, Isparta, Adana, Eskişehir, Antalya, Diyarbakır, Giresun va boshqa shaharlar.[1][2]
Sana 28-may 2013 — bugun
Maqsad Gezi bogʻini saqlash, politsiya shafqatsizligiga eʼtiroz, soʻz va yigʻilish erkinligini himoyalash, Erdoğan hukumati isteʼfosi
Belgilari Fuqarolik boʻysunmaslik, fuqarolik qarshilik, namoyishlar, online faollik, marshlar, tartibsizliklar, oʻtirgan holda ish tashlash
Oʻlim(lar) 7 (va 6 politsiya xodimi xudkushligi[3]) [4][5][6][7][8]
Jarohat(lar) 7 495[9][10]
kamida 55 jiddiy jarohat[9][11][12]
Qatnashchilar

kamida 100 000[13] (Istanbul)

40 000 (Anqara)[14]
Hibs(lar) kamida 3 300[15][16]
Gazniqob kiygan soʻfiy darvish Anqaradagi namoyishda aylanib raqs tushayapti.

Eʼtirozchilar Istanbuldagi Taksim maydoni va Anqara,[1] shuningdek Bursa, Antalya, Eskişehir, İzmir, Edirne, Mersin, Adana, İzmit, Konya, Samsun, Hatay,[20] Trabzon, Rize, Isparta,[21] Tekirdağ, Bodrum,[22] va Mardin koʻchalariga chiqishdi.[23] Ayrim eʼtirozchilar oʻzlarini #OccupyGezi ramzi bilan ifodalashdi.[24]

Eʼtirozchilar orasida turli ijtimoiy guruhlar, jumladan oʻng- va soʻl-qanotchilar, turklar, kurdlar, armanlar va yunonlar borligi taʼkid etildi.[22] Eʼtirozchilarning shikoyatlari mahalliy hukumatdan tortib Bosh Vazir Erdoğanʼning avtoritarizmi,[25][26] spirtli ichimliklarga cheklov,[27] koʻchada oʻpishish taqiqi[22] va Suriyadagi urushgacha qarshi qaratilgan.[22] Istanbul hokimi Kadir Topbaş atrof-muhitchilar kampaniyasi ortida „siyosiy maqsadlar“ bor, dedi.[28] Turli tahlillarga koʻra bu noroziliklar Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan uchun uning oʻn yillik hokimiyati paytidagi eng qiyin vaziyatdir.[29][30][31]

Xronika

tahrir
  • 2013-yil 31-may kuni politsiya namoyishchilarga qalampir gazi sepib, kamida 60 kishini hibsga oldi va yuzlab kishilarni jarohatladi.[19][32] Politsiyaning bu ishi internetda katta tanqidga uchradi.[24][33] Eʼtirozchilar İstiklal koʻchasida 31-may tunida minglab yigʻilishdi.[19][34] Hukumatga koʻra 900 dan oshiq kishi hibsga olingan.[35]
  • 17-iyun kuni Turkiyaning yirik kasaba uyushmalari Istanbulning Taqsim maydonida namoyishchilar politsiya tomonidan bostirilishga norozilik oʻlaroq, bir kunlik umummilliy ish tashlash eʼlon qildi.[36]
  • 18-iyunga oʻtar kechasi Turkiya politsiyasi Istanbul va Anqara shaharlarida reyd oʻtkazdi va soʻlchi siyosiy guruhlarga aloqador koʻrilgan shaxslarni hibsga oldi.

Bloomberg televideniesi bergan xabarga koʻra, 90ga yaqin odam norozilik namoyishlari chogʻida politsiya xodimlariga nisbatan hujum qilganlik va soʻlchi siyosiy guruhlarning provokatsion harakatlariga aloqadorlikda gumon qilinib, qoʻlga olingan.

Munosabat

tahrir

Hukumat javobi

tahrir
  • Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan 2013-yil 1-iyun kuni voqealarning ideologik ekanligini aytdi. Huquqparvarlik organlari aralashuvida xatolar boʻlganini qabul etishini aytdi va qoʻshimcha qildi: "Huquqparvar kuchlarimizning qalampir gazi ishlatilishidagi yanglishliklar tekshirilmoqda. Bu yerda xato bor. Ammo kerak boʻlganida uni ham ishlatish zarur, buni ham koʻramiz." Savdo markazi qurish-qurmaslik qaroriga kelmaganini ochiqladi.[47]
  • Prezident Abdullah Gül barchani masʼuliyatli boʻlishga chaqirdi va dedi: "Huquqparvar kuchlarimiz burchlarini bajarar ekan, parvarishli boʻlishi, meʼyorga diqqat etishi, xafa qiluvchi holatlar chiqishiga izn bermasligi kerak."[48]
  • 2013-yil 4-iyun. Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdoʻgʻan, mamlakatda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortida xorijiy kuchlar turgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Erdoʻgʻan mamlakatdagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni aqidaparastlar va muxolifat yelkasiga qoʻygan. Xususan, bosh vazir Turkiyadagi eng katta muxolif kuch sanalgan Respublika xalq partiyasi (CHP)ni igʻvogarona hatti-harakatlarda ayblab chiqqan.

Bosh vazirning fikricha, ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan omillardan yana biri — namoyishchilar tomonidan Twitter mikrobloglar xizmati va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanilishi boʻlmoqda. "Tvitter nomli bir tahdid bor, u yerda oʻziga xos, takrorlanmas yolgʻon namunalarini topish mumkin. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar — jamiyat uchun eng dahshatli tahdiddir". [49]

  • Taqsimdagi vaziyatning keskin tus olishidan soʻng Bosh vazir Erdoʻgʻon mamlakatdagi voqelik haqida bayonot berar ekan, politsiyaning Taqsimdagi harakatini qonunga muvofiq, deb oqladi.

— Biz huquqiy davlatda qilish mumkin boʻlgan ishni qildik. Taqsim maydoni va Gezi bogʻini bosqinchilardan tozaladik. Bilasizki, ular bu joylarni vayron qildi. Biz bu yerda yana daraxtlarni oʻtqazyapmiz, gullar ekyapmiz,- dedi Turkiya Bosh vaziri Erdoʻgʻon.

17-iyun kuni Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Bulent Arinj tarqalishni istamayotgan namoyishchilarga qarshi harbiy kuch qoʻllanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu qariyb uch haftadan beri davom etayotgan namoyishlarga nisbatan habiy kuch qoʻllash ehtimoli haqidagi ilk bayonotdir.

Turkiya Adliya vazirining norozilik namoyishlari bobida muzokara oʻtkazish niyati bilan yuzlangan Yevropa parlamenti hamda Yevropa komissiyasi taklifini rad etgani haqida xabar qilindi.

Bunga javoban Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham Turkiyaga borishi kutilayotgan delegatsiyasini joʻnatish rejasidan voz kechgani aytildi.[36]

Xalqaro javoblar

tahrir
Rasmiy
Norasmiy

Qurbonlar

tahrir

5 iyun holatiga koʻra, tartibsizliklar natijasida uch kishi halok boʻlgan. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning maʼlumotlariga koʻra, 2,8 mingdan ortiq kishi jabrlangan.[62]

Birinchi qurbon — 20 yoshli Memet Ayvalitas Istanbuldagi namoyishlarning faol ishtirokchisi boʻlgan. Reuters agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni taksi avtomobili tasodifan bir guruh namoyishchilarga borib urilgan, natijada Memet vafot etgan, yana toʻrt kishi jarohat olgan. Memet Ayvalitasning oʻlimi namoyishchilar orasidagi tasdiqlangan dastlabki halokat boʻlgan.[63]

Turkiyaning janubida joylashgan Xatay viloyatidagi norozilik harakatlarida 22 yoshli Abdulla Komert hayotdan koʻz yumgan. U otishmalar natijasida halokatli jarohat olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan boʻlsa-da, jarrohlar uning hayotini saqlab qololmagan.

31-may juma kuni boshlangan tartibsizliklar davomida yuzlab politsiya avtomobillari, 94 ta doʻkon va yuzdan oshiq shaxsiy avtomobillarga zarar yetgan. Tartibsizliklar natijasida yetkazilgan jami moliyaviy zarar 20 million lir (8 million yevro) miqdorida baholanmoqda.[64]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Turkey protests spread from Istanbul to Ankara“. Euronews (31-may 2013-yil). 2020-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  2. „Turkey: Istanbul clashes rage as violence spreads to Ankara“ (31-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  3. Hurriyet Daily News, 10-iyun 2013-yil, Turkish police admits suicides, denies link to Gezi Park protests
  4. „Protests 'no Turkish Spring', says PM Erdogan“ (3-iyun 2013-yil). Qaraldi: 3-iyun 2013-yil.
  5. „Antakya'da bir genç polis alnından vurularak öldürüldü!“ (4-iyun 2013-yil). 2013-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2013-yil.
  6. „Third person dies in Turkey in crackdown on Gezi Park protests“. Al Akhbar English. 2013-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun. (Wayback Machine saytida 2013-06-11 sanasida arxivlangan)
  7. „Policeman dies after falling off bridge during protests in southern Turkey“ (6-iyun 2013-yil). Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
  8. „Polisin Biber Gazı Bir Can Daha Aldı“ (6-iyun 2013-yil). 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
  9. 9,0 9,1 „The Health Status of the Demonstrators“ (14-iyun 2013-yil). Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  10. „Almost 5000 Wounded in Turkey Protests“.
  11. „Zaman Newspaper TTB Reports 4177 injured and 43 in Critical Condition“. 2014-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
  12. Gezi direnişi bilançosu „Gezi direnişi bilançosu“ (Turkish). Ulusal Kanal (2013-yil 5-iyun). Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
  13. „Occupy Gezi: Police against Protesters in Istanbul“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 4-iyun 2013-yil.
  14. „Burası da Ankara“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  15. „Turkish protests: it started with a tree“.
  16. „Avcılar'da Bir Kişi Protestolarda Hayatını Kaybetti“. Sözcü (2013-yil 15-iyun). 2013-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun. (Archive.is saytida 2013-06-16 sanasida arxivlangan)
  17. „Taksim'le baţladý yurdun dört yanýna yayýldý / 3 – Foto Haber Galeri“. Hürriyet Daily News. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
  18. „Fresh anti-government clashes hit Turkey“. Al Jazeera (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 „Turkey arrests anti-government protesters“. Al Jazeera (31-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  20. „Solidarity protests with Gezi Park held across Turkey“ (31-may 2013-yil).
  21. (Turkcha) „Isparta Güne Biber Gazı İle Başladı“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 „Turkey protests spread after violence in Istanbul over park demolition“ (31-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  23. „Mardin Film Festivali'nde Gezi Parkı tepkisi“ (1-iyun 2013-yil). 2013-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  24. 24,0 24,1 „Protesters #OccupyGezi to save Istanbul park“. Al Jazeera (31-may 2013-yil). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  25. „Australian man caught up in Turkey protests describes Istanbul 'war zone' - ABC News (Australian Broadcasting Corporation)“. Abc.net.au (2013-yil 28-may). Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  26. http://www.nytimes.com/reuters/2013/06/02/us/02reuters-turkey-protests-insight.html?pagewanted=all&_r=0
  27. Hacaoglu, Selcan „Erdogan Denies Turkey's New Alcohol Curbs Encroach on Lifestyle“. Bloomberg BusinessWeek (28-may 2013-yil). Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
  28. „Tear gas fired at protesters in Istanbul“ (31-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  29. „Clashes rage for second day in Istanbul“. Agence France-Presse (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  30. „Turkish protests: view from the ground“ (1-iyun 2013-yil). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  31. Letsch, Constanze. „Turkey prime minister faces fury as Istanbul erupts into mass protest“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  32. Tattersall, Nick. „Turkish PM calls for immediate end to protests as clashes flare“. Reuters (1-iyun 2013-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  33. „Ünlüler Gezi Parkı ile ilgili Twitter'da neler söyledi?“ (31-may 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  34. „Chaos on the streets of Istanbul as police disperse 10,000 peaceful protesters“ (31-may 2013-yil).
  35. „LOCAL – Police withdraw from Taksim after violent crackdown as protesters remain defiant on 5th day“. Hürriyet Daily News. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
  36. 36,0 36,1 Полиция Истанбул ва Анқарада намойишчиларни ҳибсга олди
  37. „Perakendeciden Gezi Parkı’na mağaza yok“. Hürriyet gazetasi. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  38. „Anonymous #OpTurkey'i başlattı, Gezi Parkı için hack'ledi“. Hürriyet gazetasi. Qaraldi: 2-iyun 2013.
  39. „Redhack vekillerin numaralarını yayımladı“. Haber Türk. Qaraldi: 2-iyun 2013.
  40. „Didier Drogba'dan Gezi Parkı mesajı!“. sporx.com. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  41. „Fernandes, Melo ve Recep'ten Gezi Parkı tweeti!“. sporx.com. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  42. „Okur ABD'den Drogba İstanbul'dan destek verdi“. hurriyet.com.tr. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  43. „Şebnem Ferah, Erdoğan'a mektup yazdı“. Milliyet gazetasi. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  44. „Duman'dan gezi parkı şarkısı“. HaberEvet.com. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  45. „Duman - Eyvallah“. YouTube. Qaraldi: 4-iyun 2013.
  46. Antalya hokimi politsiyaning suv otuvchi mashinalariga suv berishdan bosh tortdi[sayt ishlamaydi]
  47. „Başbakan Erdoğan'dan yeni açıklama“. Milliyet gazetasi. 2014-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  48. „Cumhurbaşkanı: Polis üzücü görüntülere sebep olmamalı“. Radikal gazetasi. Qaraldi: 1-iyun 2013.
  49. Erdoʻgʻan ijtimoiy tarmoqlarni „jamiyat uchun eng dahshatli tahdid“ deb taʼrifladi, 2013-06-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-06-06
  50. „Turkey police clash with Istanbul Gezi Park protesters“. BBC (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  51. 51,0 51,1 Sonumut, Guldenay. „Turkey: Protesters and Police Clash over Park“. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  52. „EU voices concern over violent clashes in İstanbul's Taksim“ (1-iyun 2013-yil). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  53. „Local demonstration supports Turkey protests“ (2-iyun 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  54. „Local rally held in support of Turkish protesters“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  55. „NY protesters march against Turkey's government“. GlobalPost (1-iyun 2013-yil). 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  56. „Bruce Willis: Türkiye acı çekiyor – Milliyet“. Dunya.milliyet.com.tr. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
  57. „Madonna, Tilda Swinton ve Moby'den Gezi Parki eylemlerine dev destek“ (2-iyun 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  58. „FEMEN'den Taksim Gezi Parkı'na destek videosu | Mynet Haber“. Haber.mynet.com. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
  59. „Турски студенти в България протестираха по повод стълкновенията в Истанбул“ (1-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  60. „Митинг пред турското посолство в подкрепа на протестиращите в Истанбул“. Vesti.bg (1-iyun 2013-yil). 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  61. „i>TELE - Manifestations : les turcs de France s'associent au mouvement“. Itele.fr. Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  62. Туркия бош вазири ўз тарафдорлари олдида чиқиш қилди[sayt ishlamaydi]
  63. „Turkiyadagi tartibsizliklarda 2 nafar namoyishchi halok boʻldi“. 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  64. „Turkiyadagi tartibsizliklar davomida 1700 dan ortiq kishi qoʻlga olingan“. 2013-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.

Havolalar

tahrir