Soqol o'stirib qo'yib yurishga bo'lgan munosabatga (араб. فعفا ا اللحية, IFA-ul-Yahyo) Islomiy oqimlarida alohida mavzu hisoblanib, bir birlaridan biroz farq qilgan holatda talqin qilishadi. Ulardan ba'zilari soqolni olish gunoh (fisk) deb, hisoblashadi va o'stirish majburiy (vajib) amal deb hisoblaydilar. Boshqalar esa soqolni o'stirishni savobli deb (mustafabb) va oldirib tashlashni yaxshi amal emas (makruh) deb hisoblashsa, ayrim oqimlarda taqiqlangan (harom) harakatlardan biri deb hisoblashadi. Soqol musulmonlar tomonidan erkaklarning asossiy ziynati va ayollardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri sifatida qaraladi hamda uning o'sishi insonning asl tabiatining (fitra) bir qismi hisoblanadi deb bilishadi[1][2].

Soqol olish jarayoni (Qashqar, XUAR).

Soqol o'sishi

tahrir

Islomdan oldin

tahrir

Yaqin Sharqda soqol an'anaviy ravishda, hatto musulmonlardan oldingi davrlarda ham kuch ramzi bo'lgan[3].Payg'ambar Muhammad (s.a.v) hayotligida soqol o'stirganlar[4]. Hadislarda keltirilishicha, Payg'ambar Muhammad (s.a.v) musulmonlarni soqol o'stirishga undagan: "Mushriklardan(olovga sig'inuvchilar"[5]) farq qiling - soqollaringizni qo'ying va mo'ylovingizni kaltalating"[6], deya xitob qilgan ekanlar. Hadislardan xulosa qilinsa, soqolsiz kishi musulmon jamoatiga (ummatiga) imomlik qila olmaydi va namozda imom bo'la olmaydi[3].

O'rta yosh

tahrir

Zahiriy faqih Ibn Hazm[7][8], Moliki al-Xattob[9], Hanbaliy as-Safforiniy[10], Hanafiy Ibn Obidin[11] lar soqolning qirtishlab olib tashlanishi xaromligi haqida aytgan.

Aksariyat ulamolar soqol oldirishning haromligi haqidagi fikrga boshqacha fikr bildirganlar. Shofe'iy mazhabining ba'zi vakillari buning nomaqbulligi (makruh) haqida gapirib, lekin buni harom deb hisoblamagan edi. Rofi'iy, an-Navaviy[12], Zakariya al-Ansoriy[13] va al Xatib ash Shirbini[14] lar ham shunday deyishgan. Shunga qaramay, shofiiylardan az-Zarkashiy, al -Xalimiy, al-Kaffal ash-Shoshiy va al-Azroiylar soqolni oldirishni tuzuk ish hisoblashmagan[12].

Zamonaviylik

tahrir
 
Marokash qiroli Muhammad VI

An'anaviy arab xalqi jamiyatida insonning ijtimoiy mavqei uning soqolining uzunligi, shakli va rangiga bog'liq hisoblanadi[2]. Zamonaviy salafiy din olimlari (Ibn Baz , al-Usaymin[15], al-Alboniy[16] va boshqalar) soqol erkaklarni ayollardan va soqol qoʻymaydigan kofirlardan (kofir) ajratib turadi, deb bilishadi. Ularning ta'limotida soqol olish harom (harom) va gunoh sanaladi. Suriyalik shofiiy ilohiyot olimi Vahba az-Zuhayliy (1932-2015) soqol oldirish hanbaliylar, molikiylar va hanafiylar orasida taqiqlangan ekanini, shofiiylar soqol oldirishni ma’qul koʻrmagan deb hisoblaydilar[17]. Shialik oqimi oyatullohlari Ali Sistoniy[18] va Muhammad Sheroziy[19] soqol masalasiga bir xil fikrlarni aytishgan edi[20].

Yaqin Sharq

tahrir

Yaqin Sharqdagi ba'zi mamlakatlarda (masalan, Livan) soqol o’stirish muhim masala seb qaralmaydi[21].

Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, kurdlarIslomiy davlat” jangarilariga qarshi kurashayotgan Suriya va Iroqdagi harbiy amaliyotlar munosabati bilan Turkiya janubi-sharqidagi kurdlar IShIDning soqolli aʼzolaridan farqli boʻlish uchun ommaviy ravishda soqollarini oldira boshlagan. Bu ish bilan siyosiy maqsad ko’zlangan. Turkiyada soqol oʻstirish sunnat sanalib, voyaga yetgan erkaklarga tavsiya qilinadi. Lekin Turkiya huquqiy kodeksiga koʻra, davlat xizmatchisiga soqol qoʻyish taqiqlanganva Turkiya dunyoviy davlat hisoblanadi[22].

Misrda Husni Muborak hukmronligi davrida soqol prezidentga qarshi boʻlgan islomiy kuchlarning ramzi deb bilishgan. Garchi nafaqat musulmonlar, balki qibtiy nasroniylar (masalan, Patriarx Teodor II) ham soqol qoʻygan. Ammo Muborak rejimi qulagandan so'ng soqol qo'yish yana odatga aylandi[23].

Afg'oniston Tolibon hukmronligi ostida

tahrir
 
Usama bin Lodin

1996-yil 27-sentabrda Tolibon ilk bor Kobulni jangsiz egallab olganidan soʻng ular oʻzlari yaratgan Afgʻoniston Islom Amirligi hududida shariat me’yorlarini joriy qildilar. Boshqa narsalar qatorida, erkaklar qalin soqol o'stirishlari shart edi; "soqol o’stirganini tekshirish ishlari" o'tkazila boshlandi[24]. Soqollari musht uzunligidan qisqa bo'lganlarni jamoat oldida kaltaklash jazo choralari ham bor edi[25].

Pokiston

tahrir

Pokistonning Tolibon nazorati ostidagi qabila hududida joylashgan Bajaurdagi sartaroshxonalar eshigiga soqol oldirish islom diniga zid ekanligi va taqiqni buzganlar oʻldirilishi haqida ogohlantirishlar osib qoʻyilgan. Bir nechta sartaroshxonalar taqiqni bajarishdan bosh tortganidan keyin yo’q qilindi[26]. Xuddi shunday ogohlantirishlar Vaziristondagi sartaroshxonada ham bo’lgan[27].Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, soqol oʻstirish sunnat (ya’ni ixtiyoriy) hisoblanadi. Soqol oʻstirishning ixtiyoriyligi masalasida qozoq ruhoniylari XX asr Misr ulamolari Muhammad Abu Zahra (1898-1974) va Mahmud Shaltut (1893-1963) va Misr fatvosi qaroriga tayanganlar. Hokimiyat bu haqda Ostona masjidi saytida “Dinshunoslik markazi” rahbari Tanjariq Turganqulov ma’lum qildi.[28].

Aholisi asosan musulmonlar boʻlgan Oʻzbekistonda soqol qoʻyishni taqiqlovchi rasmiy qonunlar yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasida soqol qo’yish erkin hisoblanadi

 
Soqoli bo'yalgan odam

Rossiya

tahrir

Rossiya Federatsiyasi Qorachoy-Cherkes Respublikasi DUM Ulamolar kengashining 2011-yil 27-avgustdagi qaroriga koʻra, hanafiy mazhabiga koʻra soqol qoʻyish vojib hisoblanadi.[29].

Tyumen viloyati muftiysi Ildar Zaganshinning soʻzlariga koʻra, soqol qoʻyish tatar xalqining odatiga kirmaydi, soqol qoʻyish uchun ma’lum yoshga yetish kerakligini tavsiya bergan. Qisqa uzunlikdagi soqolni turmush qurgandan keyin, 30-35 yoshda qo'yib yuborish mumkin va faqat 60 yoshga to'lgandan keyingina qalin uzun soqolni qo'yib yurish mumkin[30].

Moskva masjidi imom-xatibi Shamil Alyautdinov oʻzining “Soqol qoʻyish” maqolasida soqol qoʻyish “mutlaqo farz” emasligi (farz) va bunday fikr “savodsizlikning koʻrinishlaridan biri” ekanligini ta’kidlagan. Bu masalada u ham qozogʻistonlik hamkasblari singari 20-asr Misr ulamolari Muhammad Abu Zahra va Mahmud Shaltut[31] fikriga tayanadi.

Soqolni kaltalatish

tahrir

Aksariyat din ulamolari, agar soqolning uzunligi siqilgan musht uzunligidan oshib ketgan bo'lsa, soqolni qisqartirishga ruxsat berishdi. Faqat ba'zi shofiiylar (an-Navaviy va boshqalar.), soqolni "qo'yib yurish" haqidagi umumiy dalillarga asoslanib, uni kaltalatish kerak emas deb hisoblagan. Soqolni qisqartirishning joizligi haqida Muhammad Ibn Umar va Abu Hurayra kabi sahobalarining xatti-harakatlari, shuningdek, o'tmishdagi ko'plab ulamolarning so'zlari (Hasan al-Basriy, Ibn Abd al-Barr, Ibn Taymiya, Ibn Obidin) bilan ko’rsatmalar berilgan.

Soqolni bo'yash

tahrir

Muhammad (s.a.v) o'zini butparastlardan ajralib turishi uchun soqol o'stirishga da'vat etganidan tashqari, o'zini yahudiy va nasroniylardan farqlash uchun soqol bo'yashga ham undagan[32]. Musulmonlar uchun soqolni xina bilan bo'yash (hidob) odat tusiga kirgan.[33]

Soqolni qora rangga bo'yash, ba'zi din olimlariga ko'ra, taqiqlangan[34]. Dushmanni qo'rqitish uchun jihod paytida soqol va sochni qora rangga bo'yash bundan mustasno[35].

 
Mo'ylovi qirqib olingan musulmon erkak

Mo'ylovni kaltalatish

tahrir

Shofiiylar va Imom Molik ibn Anas mo'ylovni qisqartirish faqat lab chetidan tashqariga chiqadigan narsalarni olib tashlash bilan cheklanishi kerak, deb hisoblashgan. Ahmad ibn Hanbal aytdilarki, moʻylovni qisqartirishda ham, qirqishda ham ayb yoʻq.[34].

Manbalar

tahrir
  1. Patrick Hughes, Thomas Patrick Hughes. Dictionary of Islam. Asian Educational Services, 1995 — 40-bet. ISBN 9788120606722. 
  2. 2,0 2,1 Abdelwahab Bouhdiba. Sexuality in Islam. Routledge, 2013 — 34-bet. ISBN 9781135030377. 
  3. 3,0 3,1 John L. Esposito. The Islamic World: Past and Present. Oxford University Press, 2004 — 200-bet. ISBN 9780195165203. 
  4. Jeffry R. Halverson. Theology and Creed in Sunni Islam: The Muslim Brotherhood, Ash'arism, and Political Sunnism. Palgrave Macmillan, 2010 — 123-bet. ISBN 9780230106581. 
  5. Сафи ар-Рахман аль-Мубаракфури. Жизнь Пророка, да благословит его Аллах и приветствует — 63-bet.  „Архивированная копия“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.

  6. Сахих аль-Бухари № 5892, Сахих Муслим № 259

  7. Ибн Хазм аль-Андалуси. Маратиб аль-иджма фи-ль-ибадат ва-ль-муамалат ва-ль-мутакадат, 1978 — 182-bet. 
  8. Ибн Хазм аль-Андалуси. Аль-Мухалла би-ль-асар, 1928 — 220-bet. 
  9. Аль-Хаттаб. Мауахиб аль-джалиль. Дар аль-кутуб аль-илмийя, 2007 — 313-bet. 
  10. Ас-Саффарини. Газа аль-альбаб шарх манзума аль-адаб. Дар аль-кутуб аль-илмийя — 333—334-bet. 
  11. Ибн Абидин. Радд аль-мухтар ала ад-дурр аль-мухтар (Хашия Ибн Абидин). Дар ихъя ат-турас аль-араби — 4-bet. 
  12. 12,0 12,1 Ибн Хаджар аль-Хайтами „فصل في العقيقة“, . Тухфат аль-Мухтадж. 
  13. Закария аль-Ансари. Асна аль-Маталиб — 551-bet. 
  14. Аль-Хатиб аш-Ширбини. Мугни аль-Мухтадж — 186-bet. 
  15. Мухаммад ибн Салих аль-Усаймин „ما حكم حلق اللحية؟“, . مجموع فتاوى و رسائل الشيخ محمد صالح العثيمين. 
  16. Насируддин аль-Албани. Этикет бракосочетания — 210—211-bet. 
  17. Вахба аз-Зухайли. Аль-Фикх аль-ислами ва адиллатух, 2-е изд., Дамаск, 1985 — 569-bet. 
  18. „الاستفتاءات » حلق اللحية“ (ar). www.sistani.org. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  19. Мухаммад Ширази. „حلق اللحية“ (ar). alshirazi.com. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  20. „Аятолла Хаменеи признал бороду короля Марокко «недостаточно исламской»“. Credo.ru (15 марта 2012). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  21. {{{заглавие}}}.
  22. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named монитор
  23. Ashraf Khalil. Decoding facial hair in the Arab world(ingl.). — Би-би-си, 2 February 2013.
  24. John F. Burns. Islamic Rule Weighs Heavily for Afghans. — The New York Times, September 24, 1997.
  25. Kim Sengupta, Jerome Starkey. Taliban in policy shift on beards and burqas. — The Independent, 2 April 2009.
  26. Mushtaq Yusufzai. In tribal Pakistan, a shave may cost your life(ingl.). — NBC News, Mar 6, 2007. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  27. Pakistani barbers receive Taliban-style beard threat(ingl.). — Reuters, Feb 12, 2007.
  28. „Тұрғанқұлов Таңжарық“ (kk). Официальный сайт мечети им. Садуакаса-хаджи Гылмани (13-noyabr). 2015-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  29. „Постановления и рекомендации Совета Улемов ДУМКЧР(и не только КЧР)“. www.elbrusoid.org (2011-yil 9-sentyabr). 2015-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  30. Виктория Гришина. Муфтий Тюменской области: нужно уважать традиции и обычаи страны, в которую ты приехал. — Комсомолькая Правда, 13 марта 2013.
  31. Шамиль Аляутдинов. Ношение бороды. — Umma.ru.
  32. Haggai Mazuz. The Religious and Spiritual Life of the Jews of Medina, Brill Reference Library of Judaism. BRILL, 2014 — 81-bet. ISBN 9789004266094. 
  33. Encyclopaedia of Islam & 1960—2005.
  34. 34,0 34,1 Шабанов, Арсен „Внешность мусульманина“. Исламская цивилизация (2013-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
  35. Ибн Хаджар аль-Аскаляни. Фатх аль-Бари — 499-bet. 

Adabiyotlar

tahrir
  • Encyclopaedia of Islam. 2 ed : [англ.] : in 12 vol. / ed. by P. J. Bearman, Th. Bianquis, C. E. Bosworth, E. van Donzel, B. Lewis, W. P. Heinrichs et al. — Leiden : E.J. Brill, 1960—2005. (платн.)
  • „Bart“, Brockhaus Bilder-Conversations-Lexikon, Leipzig, 1837 — 186—187-bet. 
  • Muhammad al-Jibaly. The Beard Between the Salaf & Khalaf. Al-Kitaab & as-Sunnah Publishing.