Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

(JIDUdan yoʻnaltirildi)

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
Fayl:JIDU O'zbekiston Respublikasida joylashgan eng sifatli ta'lim beruvchi universitetlardan biri bo'lish bilan bir qatorda, unga kirishdagi raqobat jarayoni bilan va bakalavrga kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat ekanligi bilan ajralib turadi.
Xalqaro nomi
The university of World Economy and Diplomacy
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1992-yil
Rektori Sodiq Safoyev
Fakultetlar 3
Talabalari 1300
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 1 yil
Akademiklari 2
Fan doktorlari 20
Oʻqituvchilari 80
Manzili
Mustaqillik shoh koʻchasi 54, Toshkent shahri 100077, Oʻzbekiston
Veb-sayti www.uwed.uz

munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi[1].

Rektorlar

tahrir

Bakalavriat yoʻnalishlari

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5233500 Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
2 5210300 Siyosatshunoslik[3]
3 5240107 Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5A121102 Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
2 5A210301 Amaliy siyosatshunoslik
3 5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
4 5A233501 Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
5 5A240105 Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha)
6 5A240111 Xalqaro biznes huquqi
7 5A611501 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)[4]

Mashhur bitiruvchilar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rahbariyat haqida
  3. „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 21-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2020-yil. „arxiv nusxasi“. 21-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktyabr 2020-yil.
  4. http://magistr.edu.uz/stat/quota[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir