Safaviylar davlati
Safaviylar davlati - Gʻarbiy Osiyoda safaviylar boshqargan davlat (1502—1736). Ardabil hukmdori Ismoil Oq Qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-yil Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmosb I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-yil Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni Shayboniylar davlati tarkibiga qayta qo'shib oladi. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun Usmonlilar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. 1576-yil Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. 1590-yilda Abbos I va Usmoniylar imperiyasi o'rtasida imzolangan Istanbul sulhiga ko'ra, turklar Safaviylardan Ozabayjon (Tabriz bilan birgalikda), Gruziya, Kurdiston, Luriston, Xuziston hududlarini tortib olishadi. Shuningdek, XVI asr so'ngida Abdullaxon II hukmronligida yirik mazlashgan kuchga aylangan Buxoro xonligi Safaviylardan Xurosonni qaytarib olishda. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1598-yil Xurosonni Buxoro xonligidan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. 1598-yilda Safaviylar poytaxti Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603—1607-yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Usmonlilardan qaytarib olingan. 1623-yil Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozga uchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-yil uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini birlashtirgan. Safaviylarning afgʻonlar va usmonlilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodirshoh safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan[1].
Safaviylar imperiyasi Davlati Qizilbosh imperiya | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Abbos I davrida Safaviylar imperiyasi. | |||||||
Poytaxti | Tabriz,Qazvin,Isfahon | ||||||
Til(lar)i | ozarbayjoncha, forscha | ||||||
Dini | Shialik | ||||||
Pul birligi | Tuman, Abbosiy, 1 tuman = 50, Abbosiy, 1 tuman = 50 fransuz livri, 1 tuman = £3 | ||||||
Maydoni | 2900000 | ||||||
Boshqaruv shakli | Irsiy monarxiya | ||||||
Sulola | Safaviylar | ||||||
- 1501—1524 | Shoh Ismoil Safaviy (birinchi) | ||||||
- 1732—1736 | Abbos III (oxirgi) | ||||||
Tarix | |||||||
- 1726—1729 | Nodirshohning hukumatni egallashi | ||||||
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |