Ukraina

Markaziy va Sharqiy Yevropadagi davlat
(Ukraynadan yoʻnaltirildi)

</noinclude>

Ukraina
ShiorВоля, злагода, добро
Ukraincha: Iroda, Rozilik, Yaxshilik
Madhiya: 

Shche ne vmerla Ukrainy
Location of Ukraina
Poytaxt Kiyev
Rasmiy til(lar) Ukrain tili
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
• Prezident
Volodimir Zelenskiy
Denys Shmyhal
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
• Sana
24-avgust 1991
Maydon
• Butun
603,700 km2 (46-oʻrin)
• Suv (%)
7
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
41,922,670 (32-oʻrin)
• Zichlik 73/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$409,260 mil. (50-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$9,770
Pul birligi Grivnya (UAH)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma UA, UKR
Telefon prefiksi 380
Internet domeni .ua

Ukraina (ukraincha: Україна) — Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 603,628 km2 (233,062 mi2) boʻlib, maydoniga koʻra, Yevropada ikkinchi oʻrinda (Rossiyadan keyin) turadi. Aholisi 33,2 million kishi (2023) boʻlib, aholi soniga koʻra, Yevropada sakkizinchi mamlakatdir. Poytaxti va eng yirik shahri — Kiyev. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat — Vinnisa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatiye, Zaporojye, Ivano-Frankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev shaharlariga boʻlinadi.

Tarixi

tahrir

Ukraina janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35-40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10-7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6-4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik — 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (qarang Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan. Mil. av. VII asrda Qora dengiz boʻyidagi dashtlarga Osiyodan koʻchmanchi skif qabilalari kirib keldi. Mil. av. VII-V asrlarda Qora dengizning shimoliy soxillariga feklar koʻchib kelib, shahardavlatlar (Olviya, Tira, Xersones, Pantikapey va boshqalar)ni barpo etdilar. Mil. av. V asrda esa Kerch yarim orolda Bospor podsholigi tashkil topdi. Mil. av. II asrda Ukrainaning dasht yerlarini sarmatlar egalladi. Mil. III-VI asrlarda Qora dengizning shimoliy sohillariga got, gunn, avar va boshqa kabilalar kelib oʻrnashdi. IV-VII asrlarda vujudga kelgan Oʻrta Dnepr boʻylaridagi tarqoq sharqiy slavyan qabilalari (vizantiyalik mualliflar ularni venedlar, antlar va sklavinlar deb ataganlar) 9-asr oʻrtalarida qabila ittifoklari va knyazliklarga birlashib, Kiyev Rusini vujudga keltirdilar (qarang Qadimgi Rus davlati). 1239-40-yillarda bu davlat moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Oltin Oʻrda mulkiga aylantirildi. Rusning boshqa qismidan ajralib qolgan Ukraina yerlari XIII-XIV asrlarda polyak, litva, venger va boshqa chet el hukmdorlari qoʻl ostida boʻldi („Ukraina“ nomi dastlab janubiy gʻarbdagi ayrim rus yerlariga taalluqli boʻlib, „kray“ — chekka yoki chegara maʼnosini anglatgan; 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida u barcha Ukraina yerlariga tarqalib, ukrain xalqining etnik nomiga aylangan). XV asrda Ukrainaning janubiy qismi va Qrim yarim orolda Krim xonligi tashkil topdi.

1569-yil Ukraina hududining aksari qismi birlashgan litvapolyak davlati — Rech Pospolita tarkibiga kiritildi. Milliy va liniy zulmning kuchayishi, sinfiy kurashning avj olishi XV asr oxiri — XVI asr 1-yarmida Zaporojye kazaklarining paydo boʻlishiga olib keldi. Dehqonlarning kazaklar tomoniga qochib oʻtishi kuchaydi. XVI asrda kazaklar markazi — Zaporojye Sechi tashkil topdi va u Qrim xonligi, Usmonli turklar saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurashdi. 1591-93-yillarda getman K. Kosinskiy, 1594-96-yillarda S. Nalivayko rahbarligida dehqonkazaklar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1648-yil Bogdan Xmelnitskiy boshchiligida ukrain xalqining ijtimoiy va diniymilliy istibdodga qarshi ozodlik kurashi boshlandi va u milliy inqilobga aylanib ketdi. Ukraina getmanligi mustaqil davlatga aylandi. 1654-yil murakkab tashqi siyosiy va harbiy vaziyatda B. Xmelnitskiy Moskva bilan harbiy ittifoq tuzdi, unda mustaqil getmanlik hokimiyatini saqlab qolish koʻzda tutildi. Shu tariqa u Ukraina getmanligini tashqi siyosiy jihatdan tan olinishiga erishdi. Biroq uning vafotidan soʻng getmanlik hokimiyati uchun boshlangan kurash uzoq davom etdi (1657-76). Bundan foydalangan Moskva ukrain yerlari ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatib oldi. I. Mazepa getman boʻlgan davrda (1687-1708) u russhved urushi vaqtida (1708) Moskva vasiyligidan qutulishga intilib, Shvetsiya qiroli Karl XII tomoniga oʻtdi. Mazepadan keyingi getmanlar Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina getmanligining muxtoriyat maqomini saqlab qolishga intildilar. Ammo podsho hukumati 1764-yil getmanlikni batamom tugatdi. XVIII asrning 2-yarmida oʻng sohil Ukraina Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Polsha hududi 3 marta (1772, 1793 va 1795) taqsimlanganidan soʻng ukrain yerlari 2 imperiya — Rossiya va Avstriya Vengriya tarkibiga oʻtib qoldi.

XIX asrning 20-30-yillarida Ukrainada milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917-yil oktabr toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917-21-yillardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda Ukrainada Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar. Ammo murakkab tashqi va ichki siyosiy sharoit, avvalo Sovet Rossiyasi qoʻshinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining magʻlub boʻlishiga olib keldi. 1921-yili Ukraina SSR eʼlon qilindi va u 1922-yil 30-dekabrda SSSR tarkibiga kirdi, Gʻarbiy Ukraina yerlari Polsha tarkibida krldi. Avvaliga, XX asrning 20-yillarida sovet Ukrainasida ukrainlashtirish siyosati oʻtkazildi. Biroq 20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshlarida bu siyosat toʻxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatagʻon va qirgʻin qilina boshladi. XX asrning 30-40-yillari Ukraina tarixidagi eng fojiali yillar boʻldi. 1921-23, 1932-33, 1946-47-yillarda Ukrainada ham ocharchilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravishda Sibir, Oltoy, Uzoq Sharqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944-yil Oʻrta Osiyoga surgun qilindi. 1954-yil Qrim viloyati RSFSR tarkibidan Ukraina tarkibiga oʻtkazildi.

XX asrning 50-70-yillarida Ukrainada keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-yillar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi eʼlon qilindi. Ukraina — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-avgust — Mustaqillik kuni (1991). 2014-yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.

2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bu urush haligacha toʻxtamadi. Bu jangda Rossiya tarafini Shimoliy Koreya, Xitoy, Belarus, Eron olmoqda. Qolgan dunyo davlatlari esa Ukraina tarafda. Bu urush bois dunyo bu 4 davlatlarga qarshi (Sh. Koreya, Eron, Belarus va Xitoy) juda koʻp sanksiyalar qoʻllamoqda.

Geografiyasi

tahrir

Ukraina hududining aksar qismi Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismiga mansub boʻlib, tekislik va oʻrqirlardan iborat. Janubda Qrim togʻlari (bal. 1545 m gacha) va Gʻarbda Ukraina Karpat togʻlari (balandligi 206 m gacha) bor. Ukraina hududi gʻarbdan sharqqa 1300 km, shimoidan jan.ga 900 km ga choʻzilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qoʻltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud. Relyefi — shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon Volin qirlari va Podoliya qirlari (eng bal. joyi 471 m — Kamula togʻi), sharqroqda Janubiy Bug bilan Dnepr oraligʻida Dnepr buyi qirlari joylashgan. Dneprning soʻl sorili, mamlakatning janubi-sharqiy qismida Azov boʻyi qirlari bor. Ukraina Karpat togʻlarining janubi-gʻarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi.

Geologik tuzilishi jihatidan Ukraina hududi Sharqiy Yevropa platformasining janubi-gʻarbiy qismidan hamda uni oʻrab turgan Karpat va Qrim burmali togʻlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), VolinPodoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, DneprDonetsk, Qora dengiz boʻyi botiqlari ajralib turadi. Sharkiy Karpat togʻlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toshtuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, qurilish materiallari va boshqa bor. Mineral suvli bulok, koʻp.

Iklimi, asosan moʻʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iklimning kontinentalligi kuchayadi. Shimolidan janubiga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saqlanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradining urtacha temperaturasi shimoli-sharqda −7°, −8°, iyulda shimoli-gʻarbda 18-19°, janubi-sharqda 23-24°. Yillik yogʻin shimoli-gʻarbda 600-700 mm, janubi-sharqda 300 mm gacha, Ukraina Karpat togʻlarida 1200-1600 mm.

Ukraina dare shoxobchalarining jami uzunligi 170 ming km ga yaqin. Koʻp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Janubiy Bug, Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning kupi qishda muzlaydi. Yirik daryolarida GESlar kurilgan. 7 mingdan ortiq koʻl bor. Yiriklari: Yalpug, Katlabux, Sassiq, Shagani, Alibey, Sinevir va boshqa Suv omborlari: Kremenchug (2250 km²), Kaxovka (2155 km²), Kiyev (922 km²), Dneprodzerjinsk (567 km²) va boshqalar.

Tuproqlari

tahrir

Mamlakat shimoliy qismida chimlipodzol tuproklarning turli tiplari uchraydi, oʻtloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Oʻrmonli dasht zonasida sur tusli oʻrmon tuproklari, podzollashgan va haqiqiy qora tuproklar, dasht zonasida oddiy va janubiy qora tuproq, dengiz sohilida toʻq kashtan tuproklar koʻproq. Ukraina Karpat togʻlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin oʻrmon mintaqasi, togʻ oʻtloqlari va togʻ torfzorlarida podzollashgan qoʻngʻir tuproqlargacha uchraydi. Shimolidagi aralash oʻrmon zonasida qaragʻay, emanqaragay, oʻrmonli dasht zonasida grabeman, eman, zarangjoʻka oʻrmonlar oʻrmonsiz yaydoq maydonlar bilan almashinib turadi. Umuman Ukraina oʻrmon fondining umumiy maydoni 9990 ming ga. Kora dengiz boʻyi subtropik oʻsimliklar bilan qoplangan. Oʻrmonlarda ayiq, los, bugʻu, toʻngʻiz, oʻrmonli dasht zonasida bugʻu, boʻri, suvsar, olmaxon va boshqa, qushlardan chil, xakka, zargʻaldoq, dasht zonasida yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, toʻrgʻay, bedana va hokazo. yashaydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Tabiiy oʻsimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qoʻriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina dasht, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta togʻoʻrmon, Karpat biosfera, Askaniya Nova, Lugansk qoʻriqxonalari.

Siyosati

tahrir

Davlat tuzumi

tahrir
   
Volodimir Zelenskiy
Prezident
Denis Shmigal
Bosh vazir

Ukraina — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 28-iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2019-yildan Volodimir Zelenskiy), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

2000-yil boshlarida Ukrainada 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat tashkiloti boʻlgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlashma va partiyalari: Ukraina Xalq Pyx (Ukraina Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlashmasi — „Batkivshchina“ („Vatan“, 1999), Sotsialdemokratik partiya (birlashgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Koʻkatparvarlar partiyasi (1990). Ukraina kasaba uyushmalari federatsiyasi (1990) va bir qancha mustaqil tarmoq kasaba uyushmalari ham mavjud.

Iqtisodiyoti

tahrir
 
Kiyev Ukrainaning moliyaviy markazidir.

Ukraina — industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, qishloq xoʻjaligi 14%, xizmat koʻrsatish sohasi 56% ni tashkil etadi.

Ogʻir industriyada ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, ogʻir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik salmoqli oʻrni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning „Zenit“ eltuvchi raketasi yordamida xalqaro „Dengiz starti“ loyihasining amalga oshirilishi taʼminlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr stansiyalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug, Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986-yil Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000-yildagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qoʻyilishi natijasida Ukrainada elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003-yilda 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi.

Ukraina iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim oʻringa ega: toshkoʻmir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qoʻngʻir koʻmir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari choʻyan, poʻlat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi boʻlmish Novokramatorsk mashinasozlik zavodi domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk koʻtarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar ishlab chiqarish rivojlangan. Ukrainada teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug, Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) zavodlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, boʻyoq, sintetik smola, plastmassa, sunʼiy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, qishloq xoʻjaligi va roʻzgʻorda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yogʻ, goʻsht, un, mevasabzavot konservalari ishlab chikaruvchi koʻpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi janubiy viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz boʻyi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat toʻqimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zigʻir tolali gazlama ishlab chiqarish), tikuvchilik, koʻnpoyabzal, chinni zavod va fabrikalarini oʻz ichiga oladi.

Qishloq xoʻjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Ukrainaning qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zigʻir, qoʻnoq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. Oʻrmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli oʻsimliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat togʻlari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi.

Transporti

tahrir
 
HRCS2 elektropoyezdi

Transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 172,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: Odessa, Ilichyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerch. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Ilichyovsk — Varna (Bolgariya) yoʻnalishida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol shahrida xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. Ukraina chetga mashinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (shu jumladan, qandshakar), yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan energiya manbalari, asbobuskuna, isteʼmol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSh, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Belarus, Vengriya, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — grivna.

Demografiyasi

tahrir

Asosiy aholisi — ukrainlar (78% ga yaqin); rus, belarus, moldavan, qrim tatarlari, bolgar, venger, rumin, polyak, yahudiy, gagauz, oʻzbek (12,5 ming) va boshqalar (hammasi 130 millat va elat vakillari) ham yashaydi. Shahar aholisi 68,9%. 1 km kv ga — 77 odam toʻgʻri keladi. Aholining aksariyati xristian (pravoslav va katolik), shuningdek, yahudiylik, islom va boshqa dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kiyev, Xarkov, Odessa, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk, Lvov.

Tibbiy xizmati

tahrir

Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalar bilan birga xususiy tibbiy muassasalar ham rivojlangan. 2000-yil boshlarida 3 mingdan koʻproq davolash muassasida 500 mingga yaqin oʻrin boʻlib, ularda salkam 250 ming tibbiy xodim xizmat qildi. Asosiy kurortlari: Krimning janubiy sohili, Azov dengizi va Odessa atrofidagi kurortlar, Truskavets, Mirgorod, Morshin, Karpat sixatgoxlari.

Madaniyati

tahrir

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

tahrir

2000-yil boshlarida 22 mingga yaqin umumiy taʼlim oʻquv yurtida 6600 mingdan koʻproq oʻquvchi taʼlim oldi, salkam 570 ming oʻqituvchi dare berdi; 665 oliy oʻquv yurtida 560 ming talaba, hunartexnika maktablarida 510 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil oldi. Xususiy taʼlim tizimida 170 oliy oʻquv yurti va 250 umumiy taʼlim muassasasi bor. 20,4 ming ommaviy va universal kutubxonaning umumiy kitob fondi 339 mln. nusxadan iborat, 6 ming kino qurilma mavjud. Klub tipidagi 20,2 ming madaniyat muassasasi, 386 muzey, jumladan, 123 oʻlkashunoslik, 134 tarix va arxeologiya, 63 sanʼatshunoslik, 44 adabiyot muzeyi mavjud.

Ukrainada 1490 tashkilot ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat bilan shugʻullanadi, ularda 10 mingdan ortik, fan doktori va 60 mingdan ziyod fan nomzodi ishlaydi. Milliy Fanlar akademiyasi, Taʼlim va fan vazirligi, Ukraina agrar fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot fanlar akademiyasi, Agrar siyosat vazirligi tizimlaridagi ilmiy muassasalar oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi. Ukraina Milliy fanlar akademiyasi, oliy maktab tizimi va tarmoq vazirliklarida yirik ilmiy muassasalar faoliyat yuritadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Ukrainada 2,5 mingdan koʻproq gazeta, 2,2 mingga yaqin jurnal va boshqa nashr etiladi. Yiriklari: „Golos Ukrashi“ (ukrain tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Uryadoviy kurʻer“ („Hukumat xabarchisi“, ukrain tilidagi gazeta, 1990), „Dzerkalo tijnya“ („Hafta oynasi“, ukrain tilidagi gazeta, 1994), „Den“ („Kun“, rus tilidagi gazeta, 1996), „Lggiraturna Ukrasha“ („Ukraina adabiyoti“, ukrain tilidagi gazeta, 1927), „Fakti i kommentarii“ („Fakt va sharxlar“, rus tilidagi gazeta, 1997), „Vecherniye vesti“ („Kechki xabarlar“, rus tilidagi gazeta, 1998), „Biznes“ (rus tilidagi gazeta, 1992), „Ukrasha moloda“ (ukrain tilidagi gazeta, 1991), „Ukrasha“ (jurnal, 1941), „Suchasshst“ („Zamonaviylik“, ukrain tilidagi jurnal, 1961), „Pol1tichna dumka“ („Siyosiy fikr“, ukrain tilidagi jurnal, 1993), „Dnshro“ (ukrain tilidagi jurnal, 1927), „Galitsyu kontrakti“ („Galitsiya shartnomalari“, ukrain tilidagi jurnal, 1990), „Delovaya Ukraina“ („Ishbilarmon Ukraina“, rus tilidagi jurnal, 1992), „Pol1tika i kultura“ („Siyosat va madaniyat“, ukrain tilidagi jurnal, 1999), „Perets“ („Qalampir“, ukrain tilidagi satirik jurnal, 1927), „Barvshok“ (ukrain tilidagi yoshlar jurnal, 1928).

Ukrainadagi yetakchi axborot agentliklari: „Ukraina milliy axborot agentligi“ (UKRINFORM, 1981-yil tuzilgan, 1990-yildan mustaqil), „Ukraina mustaqil axborot agentligi“ (UNIAN, 1993), „Ukrashsyu novini“ („Ukraina yangiliklari“, 1993). Ukrainada telekoʻrsatuv va radioeshittirish tarmogʻi rivojlangan. 2000-yil boshida 560 dan ortiq tele va radiokompaniya xamda tashkilot faoliyat yuritdi. Yetakchi telekompaniyalar: „Ukraina milliy telekompaniyasi“ (1995), „Inter“ (1995), „Yangi kanal“ (1998), „1 + 1“ (1995), „1CTV“ (1992), „STB“ (1997). Ukrainada radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1951-yildan boshlangan.

Adabiyoti

tahrir
 
Taras Shevchenko

Ukraina adabiyotining ilk manbalari qad. rus pandnasihatlari, avliyoanbiyolar haqidagi rivoyat va qissalar, 11 −13-asrlarga oid yilnomalardan boshlanadi. Kiyevda yaratilgan Ostromir injili (1056-57), „Oʻtgan yillar qissasi“ (taxminan 1113) Kiyev Rusidagi ilk adabiy yodgorliklardir. 14-15-asrlarda yilnoma va voqea-hodisalar tarzidagi adabiy asarlar dunyoga keldi. Keyinroq xalq sheʼriy ijodiyoti, shu jumladan, tarixiy qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, sevgi va mehnat qoʻshiklari, xalq ertaklari paydo boʻldi. 16-17-asrlarda munozarali adabiyot va ilohiyotga doyr adabiyot muhim rol oʻynadi. (Gerasim Smotritskiy, Vasil Surazskiy, Meletiy Smotritskiy (mashhur „Grammatika“ darsligi muallifi, 1619), Yoanikiy Galyatovskiy, Petro Mogila (Sharqiy Yevropadagi dastlabki akademik oʻquv yurti asoschisi; keyinchalik uning nomi bilan KiyevMogila akademiyasi deb nomlangan, 20-asrning 90-yillarida qayta tiklangan), Ivan Vishenskiy, Feofan Prokopovich, Ipatiy Potiy, Zaxar Kopistenskiy va boshqa]. Bu davrda Lvovda Ivan Fyodorov tomonidan Ukraina hududida birinchi kitob — „Apostol“ nashr etildi. Yevropa Uygʻonish davrida adabiyot tez rivojlandi, 17-18-asrlarda adabiy mavzular kengayib, gʻoyaviyuslubiy jixatdan boyidi, xilmaxil janrlardagi asarlar yaratila boshladi. Yozuvchi, shoir va maʼrifatparvar G. S. Skovoroda (1722-94)ning ijodi kad. ukrain adabiyotining xotimasi, yangi ukrain adabiyotining muqaddimasi boʻldi („Xarkov masallari“ toʻplami, „Ilohiy qoʻshiqlar boʻstoni“ sheʼrlar toʻplami).

19-20-asr boshlarida mumtoz ukrain adabiyoti shakllandi. I. Kotlyarevskiy (6 qismdan iborat „Enenda“ dostoni), P. Gulak Artemovskiy, G. Kvitka Osnovyanenko, I. Franko, L. Ukrainka, P. Mirniy, O. Pchilka, N. Gogol, M. Kotsyubinskiy va boshqalarlarning asarlari mashhur boʻldi. Buyuk qoʻbizchi Taras Shevchenko esa yangi ukrain adabiyotiga asos soldi. 20-asrda V. Sosyura, P. Tichina, M. Rilskiy, M. Kulish, O. Gonchar, I. Le, M. Stelmax, P. Zagrebalniy, B. Oleynik, V. Simonenko, M. Bajan, I. Drach, M. Movchan va boshqa koʻpgina adiblar yaratgan nasriy va nazmiy asarlar, A. Korneychuk pyesalari Ukraina adabiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Hozirgi zamon ukrain adabiyoti milliy anʼanalarni zamonaviy Yevropa va jahon madaniyati tajribasi bilan qoʻshish ruhida rivojlanib bormoqda.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir
 
Kiyev shahridagi Avliyo Mixaylovskiy oltin gumbazli monastiri.

Ukraina hududida ilk paleolit davriga mansub turar joy qoldiqlari, odam va hayvon haykalchalari saqlanib qolgan. Dastlabki inshoot va binolar Vizantiya meʼmorligi taʼsirida tiklangan. Kiyevdagi Ayo Sofiya sobori va Oltin darvoza (11-asrning 1yarmi) shu davrga oid yodgorliklardir. Umuman, Ukraina meʼmorligi Yevropa meʼmoriy anʼanalari ruhida rivojlanib kelgan, jumladan, toshdan qalʼa va saroylar qurilgan, tasviriy va amaliy bezak sanʼat asarlari yaratilgan. 14-16-asrlarda Volin, Podolye va Galitsiyada koʻpgina istehkom va monastirlar barpo etildi. 16-asr 2yarmi va 17-asr boshlari Ukraina meʼmorligida Uygʻonish davrining taʼsiri seziladi, xalqchillik unsurlari koʻrina boshladi. 18-asr boshlarida Soʻl sohil Ukrainada barokko uslubi ustunlik qilgan boʻlsa, tez orada rokoko uslubi xam kirib keldi, dunyoviy meʼmorlik sanʼati rivojlandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida esa klassitsizm yetakchi mavqeni egalladi, jumladan, shaharlarni shu uslubda qayta qurishga kirishildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida boshqa meʼmorlik uslublari qoʻshilgan eklektik uslub ustun boʻldi. Sovet davrida mahobatli binolar keng yoyildi, ammo baribir oddiy universal meʼmoriy loyihalar yetakchi oʻrin egalladi.

20-asrning 30-40-yillarida Ukraina shahar va qishloklarini reja asosida qayta qurishda xalq meʼmorligi shakllaridan foydalanildi. 50-60-yillarda shahar va qishloklarni qayta tiklash va yangilarini barpo etishda ulugʻvorlik va bezakdorlikka zoʻr berildi, 70-yillardan boshlab tipovoy blokseksiyalar va yigʻma uy konstruksiyalaridan foydalanishga kirishildi. Hozirgi zamon Ukraina meʼmorligi milliy uslublardan ham, jahon tamoyillaridan ham foydalanib, Ukrainaning yevropacha qiyofasini shakllantirishga intilayotir. V. Gorodetskiy, I. Kavaleridze, Ye. Vuchetich nomlari ukrain meʼmorligi va haykaltaroshligining faxri boʻlib qolgan. Keyingi yillarda xarob ahvolga tushib qolgan tarixiy yodgorliklarni qayta tiklashga katta eʼtibor berildi, jumladan, Kiyev shahridagi Mixaylov Zlatoverx sobori, KiyevPechera lavrasining Uspeniye sobori taʼmirlanib, asl holiga keltirildi. Kiyev, Xarkov, Lvov va boshqa shaharlarda kurkam jamoat va turar joy binolari barpo etildi.

Ukraina rassomligi, avvalo, ibodatxonalarni bezatish ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. 16-asr bezak rassomligi va haykaltaroshlik rivojlandi. Oʻrta asrlar rassomligida kitob miniatyurasi ham katta oʻrin egalladi, yogoch gravyurasi rivojlana boshladi, keramika, yogʻoch oʻymakorligi, chilangarlik, zargarlik, kashtachilik yuksaldi. Taras Shevchenko romantizm usullarini ijodiy oʻzgartirib, portret, manzara va boshqa janrlarda goʻzal asarlar yaratdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshida Ukraina tasviriy sanʼatida klassitsizm taʼsiri seziladi. 19-asrning 2yarmi — 20-asr boshlarida ukrain sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topdi.

Zamonaviy ukrain rassomligida kitob grafikasi, dastgoh grafikasi, siyosiy plakat, teatr va kino bezak sanʼati, portret, manzara kabi janrlar rivojlangan. T. N. Yablonskaya, V. I. Kasiyan, M. G. Lisenko, M. G. Derevus va boshqa mashhur. Sanʼatning barcha turlari boʻyicha kadrlar Kiyev tasviriy sanʼat instituti, Lvov amaliy va bezak sanʼati instituti, Xarkov sanoat rassomligi instituti, Lvovdagi poligrafiya instituti, bir qancha maxsus oʻrta oʻkuv yurtlarida tayyorlanadi. Ukraina mustaqillikka erishgach (1991), 1992-yilda Ukraina rassomlar uyushmasi Ukraina Milliy rassomlar uyushmasi sifatida qayta tuzildi (raisi — V. A. Chepelik). Uyushma tarkibida viloyat boʻlimlari, 4308 aʼzo bor. 1998-yil Ukraina Prezidenti farmoni bilan „Rassomlar kuni“ kasb bayrami taʼsis etilgan.

Musiqasi sharqiy slavyanlar xalq musiqasi asosida vujudga kelgan. Kiyevdagi Sofiya soborining devoriy suratlarida turli sozlarni chalib turgan musiqachilar tasvirlangan. Xalq musiqasi dastlab bir ovozli, keyinchalik koʻp ovozli (geterofoniya va garmoniya tuzilishida) vokal, vokalcholgʻu va cholgʻu shakllarida rivojlangan. Skripka, basolya, kobza, bandura, torban, simbala, lira kabi musiqa asboblari bor.

Ukraina professional musiqasi Kiyev Rusi davridan boshlangan. Knyaz saroylarida, cherkovlarda maxsus qoʻshiqchilar boʻlgan. 16-17-asrlarda shaharlarda musiqachilar uyushmalari, musiqa maktablari tashkil topdi. 18-asrda krepostnoy musiqa kapellalari, orkestrlari, opera va balet truppalari ishlay boshladi. 1810-yil Odessada opera teatri ochildi. 19-asr 2yarmida ukrain professional musiqa maktabi shakllandi. Ukrain mumtoz musiqasi milliy opera asarlari bilan boyidi (S. GulakArtemovskiyning „Dunay ortidagi zaporojyelik“, P. Sokalskiyning „Dubna qamali“, „Mazepa“, M. Arkasning „Katerina“ asarlari va boshqalar). N. Lisenko, K. Stetsenko, M. Leontovich, B. Lyatoshinskiy, L. Revutskiy, V. Kosenko, akauka G. va P. Mayboroda kabi kompozitorlarning faoliyati ukrain mumtoz musiqasi rivojida muhim oʻrin oladi.

20-asrning 2 yarmida musiqa arboblaridan I. Kozlovskiy, B. Gmirya, A. Solovyanenko, Yu. Gulyayev, xalq va estrada qoʻshiklari ijrochilaridan N. Yaremchuk, V. Ivasyuk, N. Matviyenko, S. Rotaru, O. Kovalska, Yu. Bagatikov xalqaro miqyosda mashhur boʻldilar. „Yevrovideniye 2004“ festivalida xonanda Ruslana Lijichko 1oʻrinni oldi. Kiyev, Odessa, Lvovda konservatoriya, Xarkov sanʼat instituti, Donetsk musiqapedagogika instituti, bir qancha madaniyat institutlari, musiqa bilim yurtlari bor. Oʻzbekistonda N. Lisenkoning „Poltavalik Natalka“ (Muqimiy teatrida), G. Mayborodaning „Arsenal“ (Navoiy teatrida) asarlari sahnalashtirilgan, L. Revutskiy Toshkent konservatoriyasida kompozitsiya kafedrasi mudiri (1941 — 1944) boʻlgan, shogirdlari orasida I. I. Akbarov ham bor.

Teatri

tahrir

Ukraina teatr sanʼati sarchashmalari majusiylik davri xalq, rasmrusumlaridan boshlanadi. Xristianlik kabul qilingach, xalq aktyorlari — skomoroxlar ijodi rivojlandi. 16-asr oxirlarida Ukraina hududiga Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan diniy drama astasekin realistik tuye olib, intermediya va interlyudiya janrlari tugʻila boshladi, shu tariqa zamonaviy komediyaga asos solindi. 17-19-asrda „vertep“ deb atalgan xalq qoʻgʻirchoq teatri rivojlandi. Ukrain teatrining vujudga kelib, kamol topishini KiyevMogila akademiyasi bilan bogʻlaydilar (17-asr 2yarmi — 18-asr boshi). 18-asr oxirlarida Soʻl qirgʻoq Ukrainaning dvoryan qoʻrgʻonlarida krepostnoy teatrlar, dvoryan va boshqa tabaka vakillaridan iborat havaskorlik teatrlari ham paydo boʻldi. Professional teatr 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida tashkil etildi. I. Kotlyarevskiyning „Poltavalik Natalka“ va „Moskalcharivnik“ pyesalari Ukraina teatri tarixida yangi davrni boshlab berdi. Birinchi doimiy opera teatri Odessa shahrida ochildi (1809). Keyinchalik bunday teatrlar Kiyev va Xarkovda xam paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Ukraina teatr sanʼati yuksak darajaga koʻtrildi. M. Kropivnitskiy, M. Staritskiy, I. Karpenko-Karogo, N. Lisenko, M. Sadovskiy, Yu. Lavrivskiy va boshqa mumtoz teatrni kamol toptirdilar. 20-asrning 90-yillaridan davlatga karashli boʻlmagan yangi uyushmalar hisobiga professional teatrlar soni koʻpayib, 2000-yilda 130 taga yetdi. Kiyev drama va komediya teatri, Yoshlar teat Riʼ Poeziya teatri, Donetsk, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Sumi yosh tomoshabinlar teatrlari jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan birga maxalliy mualliflarning pyesalarini koʻrsatmoqda. Professional va havaskor jamoalar uchun kadrlar Kiyevdagi I. K. Karpenko-Karogo nomidagi teatr sanʼati institutida, Xarkovdagi I. P. Kotlyarevskiy nomidagi sanʼat institutida, Kiyev, Xarkov, Rovnodagi madaniyat institutlarida tayyorlanadi.

Kinosi

tahrir
 
Rejissor — Kira Muratova.

Ukrainada dastlabki xronika filmlari 19-asrning 90-yillarida yaratilgan. 1896-1906-yillarda xarkovlik fotograf A. K. Fedetskiy xronikal kinolentalarni namoyish etgan. 1911 — 14-yillarda kinooperator D. Saxnenko rejissor N. K. Sadovskiy bilan birga „Poltavalik Natalka“ va boshqa spektakllarni suratga oldi. 1917-19 yillarda Yalta va Odessada xususiy kinoatelyelar ishladi. 1922-yildan muntazam ravishda badiiy filmlar ishlab chiqarila boshladi. 1928-yil Kiyevda katta kinofabrika (hozirgi A. Dovjenko nomidagi Kiyev kinostudiyasi) ochildi. Birinketin A. Dovjenkoning „Muxabbat mevasi“ (1926). „Zvenigora“ (1928), „Yer“ (1930), „Aerograd“ (1935) va boshqa filmlari yaratildi. 50-60-yillarda rejissorlardan I. Savchenko („Taras Shevchenko“, 1951), S. Parajanov („Unutilgan ajdodlarning soyalari“, 1965), V. Ivchenko („Kora ilon“, 1965), shuningdek, Yu. Ilyenko, L. Osika, L. Bikov, K. Muratova, R. Balayan va boshqalarlarning filmlari ekranga chiqarildi. Kino aktyorlaridan I. Mikolaychuk, B. Stupka, M. Yakovchenko, N. Ujviy, L. Chayka, A. Rogovseva, K. Stepankov, Y. Majuga, L. Gurchenko, O. Borisov, B. Benyuk, Zadnipovskiylar sulolasi, Y. Paperniy va boshqalarlarning nomi mashhur boʻldi. Mustaqillik yillarida (20-asrning 90-yillarida) Ukraina kinosi yangi bosqichda rivojlana boshladi.

Oshxona

tahrir

Ukrainaning anʼanaviy dietasi tovuq, choʻchqa goʻshti, mol goʻshti, baliq va qoʻziqorinlarni oʻz ichiga oladi. Ukrainaliklar ham koʻp kartoshka isteʼmol qiladilar; donalar; va yangi, qaynatilgan yoki tuzlangan sabzavotlar. Mashhur anʼanaviy taomlar varenyky (qoʻziqorin, kartoshka, tuzlangan karam, tvorog, olcha yoki rezavorlar bilan qaynatilgan köfte), nalysnyky (tvorog, haşhaş urugʻi, qoʻziqorin, ikra yoki goʻsht bilan krep), kapusnyak (goʻsht, sabzi, kartoshka bilan tayyorlangan karam shoʻrvasi) piyoz, tariq, tomat pastasi, ziravorlar va yangi oʻtlar), borscht (lavlagi, karam va qoʻziqorin yoki goʻshtdan tayyorlangan shoʻrva) va holubtsy (guruch, sabzi, piyoz va qiyma bilan toʻldirilgan karam rulolari).[395] Anʼanaviy non mahsulotlari orasida bezatilgan korovais va pasxa [1]nonlari bor.[2]Ukraina ixtisosligi, shuningdek, Kiev tovuq goʻshti va Kiev tortini oʻz ichiga oladi.

Ukrainaliklar dimlangan mevali kompot, sharbatlar, sut, sariyog ', mineral suv, choy va qahva, pivo, vino va horilka ichishadi.

Manbalar

tahrir

Oʻqish uchun

tahrir
  • UKRAINIAN UPPER PALAEOLITHIC BETWEEN 40/10.000 BP
  • Bilinsky, Yaroslav The Second Soviet Republic: The Ukraine after World War II (Rutgers University Press, 1964) online (Wayback Machine saytida 2020-07-07 sanasida arxivlangan)
  • Hrushevsky, Michael. A History of Ukraine (1986)
  • Katchanovski Ivan; Kohut, Zenon E.; Nebesio, Bohdan Y.; and Yurkevich, Myroslav. Historical Dictionary of Ukraine. Second Edition. Scarecrow Press, 2013. 968 pp.
  • Kononenko, Konstantyn. Ukraine and Russia: A History of the Economic Relations between Ukraine and Russia, 1654-1917 (Marquette University Press 1958) online (Wayback Machine saytida 2020-07-07 sanasida arxivlangan)
  • Luckyj, George S. Towards an Intellectual History of Ukraine: An Anthology of Ukrainian Thought from 1710 to 1995. (1996)
  • Magocsi, Paul Robert, A History of Ukraine. University of Toronto Press, 1996 ISBN 0-8020-7820-6
  • Reid, Anna. Borderland: A Journey Through the History of Ukraine (2003) online edition
  • Subtelny, Orest. Ukraine: A History, 1st edition. Toronto: University of Toronto Press, 1988. ISBN 0-8020-8390-0.
  • Yekelchyk, Serhy. Ukraine: Birth of a Modern Nation (Oxford University Press 2007) online (Wayback Machine saytida 2020-07-07 sanasida arxivlangan)

Havolalar

tahrir
Hukumat