Vercelli
Vercelli (italyancha talaffuzi: [verˈtʃɛlli]; piedmontcha: Vërsèj [varˈsɛj]) – Shimoliy Italiyaning Piedmont viloyatidagi Vercelli provinsiyasida joylashgan shahar va kommuna. 2017-yil 1-yanvar holatiga koʻra shaharda 46 552 nafar aholi istiqomat qiladi. Shimoliy Italiyadagi eng qadimgi shaharlashgan manzillardan biri boʻlgan Vercelli koʻpchilik tarixchilarning fikriga koʻra miloddan avvalgi 600-yillarda tashkil etilgan.
Vercelli Città di Vercelli | |
---|---|
Kommuna | |
45°19′32″N 8°25′23″E / 45.32556°N 8.42306°E | |
Mamlakat | Italiya |
Viloyat | Piedmont |
Provinsiya | Vercelli (provinsiya) |
Frazionilari (kichik qishloqlari) | Brarola, Cappuccini, Larizzate, Bivio Sesia, Boarone, Campora, Canton Biliemme, Carengo, Cascina Mostioli, Cascine Strà, Cominetti, Montonero |
Hukumat | |
• Mayor | Andrea Corsaro |
Maydon | 79.77 km2 (30.80 kv mi) |
Markazi balandligi | 130 m |
Aholisi (2021-yil 1-yanvar) |
45 875 |
Zichligi | 580 kishi/km2 |
Telefon kodi | 0161 |
Pochta indeks(lar)i | 13100 |
Shahar Milan va Turin oʻrtasidagi Po tekisligining Sesia daryosida joylashgan. Bu yer guruch yetishtirishning muhim markazlaridan biri boʻlib, yozda suv bosadigan sholizorlar bilan oʻralgan. Iqlimi sovuq, tumanli qishi Po vodiysinikiga xos (0.4 °C (33 °F) yanvarda) va yoz oylarida jazirama issiq (23.45 °C or 74 °F iyulda). Yomgʻir bahor va kuzda koʻproq yogʻadi; yozda tez-tez momaqaldiroq kuzatiladi.
Vercelli aholisi soʻzlashadigan tillar, asosan, italyan va piedmont tillaridir. Shaharda shakllangan piedmont tilining xillari (sheva) Varsleis deb ataladi.
1228-yilda Vercelli shahrida davlat pullari hisobidan moliyalashtiriladigan dunyodagi birinchi universitet tashkil etilgan (Italiyada tashkil etilgan yettinchi universitet), lekin bu muassasa 1372-yilda yopilgan. Bugungi kunda shaharda Università del Piemonte Orientale tarkibida Adabiyot va falsafa universiteti va Politecnico di Torino sunʼiy yoʻldosh kampusi faoliyat olib bormoqda.
Tarixi
tahrirVercellae (yoki Vercelum) Liguriya qabilasi istiqomat qilgan Libici yoki Lebecilining poytaxti boʻlgan; eramizdan avvalgi 101-yilda Vercellae jangida bu manzil Gaius Marius Kimvrlar va Tevtonlarni magʻlub etgan muhim munitsipiumga aylandi.
Oradan 500 yil oʻtgach imperiya qoʻmondoni Flavius Stilicho u yerda Gothlarni tor-mor qiladi. Shahar avliyo Jerome davrida yarim vayronaga aylangan. Langobardlar istilosidan keyin Vercelli Ivrea gersogligiga tegishli boʻldi. 885-yildan boshlab u imperiya grafi boʻlgan knyaz-yepiskopning yurisdiksiyasi tarkibiga oʻtdi.
Vercelli 1120-yilda mustaqil kommuna boʻldi va birinchi hamda ikkinchi Lombard ligalariga qoʻshildi. Uning qonunlari oʻrta asr respublikalari ichida eng qiziqarlilaridan hisoblanadi. 1197-yilda kommunada glebe qulligi bekor qilindi. 1228-yilda Pavia universiteti Vercelli shahriga koʻchirildi, u yerda XIV asrga qadar faoliyat olib borgan, lekin unchalik mashhur boʻlmagan; bugungi davrga qadar universitetning huquq maktabi saqlanib qolgan.
1307-yilda kommunada dulsiniyaliklar rahbari Fra Dolcino qiynoqqa solingan va ustunga osib yoqib yuborilgan.
XIII asrdagi qiyinchiliklar paytida kommuna Montferrato markizasi (1277) milanlik Della Torre (1263) hokimiyati tarkibiga oʻtib, unga Matteo I Visconti (1290–1299) kapitan etib tayinlandi. Tizzoni (Gibellinlar) va Avogadri (Gvelflar) 1301-yildan 1334-yilgacha shaharni talashib urush olib borgan. Gvelflar Vercellidan bir necha marta haydab chiqarildi, bu esa Montferrato markizligiga Vercellini (1328) qayta egallashga imkon berdi. Shahar 1334-yilda ixtiyoriy ravishda Milan vikontligi tarkibiga oʻtgan. 1373-yilda yepiskop Giovanni Fieschi Viscontini quvib chiqardi, ammo Matteo shaharni qayta egalladi. Giovanni Maria va Filippo Maria Visconti oʻrtasidagi janjaldan foyda koʻrgan Facino Cane (1402) Vercellini egallab oldi, ammo keyinchalik montferratolik Theodore II tomonidan quvib chiqarildi (1404). 1427-yilda shahar Savoy gersogligi qoʻl ostiga oʻtdi.
1499– va 1553-yillarda Vercelli fransuzlar, 1616– va 1678-yillarda ispanlar tomonidan bosib olindi. 1704-yilda shahar fransuzlar tomonidan uyushtirilgan kuchli qamal ostida qoldi, ammo ular qalʼani vayron qila olmadilar, shundan soʻng u yana Savoy tarkibiga oʻtishni tanladi. 1821-yilda Vercelli Konstitutsiya qabul qildi.
Asosiy diqqatga sazovor joylari
tahrirVercellida Rim davrining koʻplab yodgorliklari, masalan, amfiteatr, gippodrom, sarkofag va baʼzilari xristianlarga tegishli koʻplab muhim tarixiy qoʻlyozmalar mavjud.
Shaharda yettita diqqatga sazovor minora bor, ulardan eng muhimlari eski bozor maydoni ustida joylashgan Torre dell’Angelo va Via Gioberti shahridagi Torre di Città minoralaridir.
Ilgari qimmatbaho ustunlar va mozaikalar bilan bezatilgan Vercelli sobori vercellilik avliyo Eusebius tomonidan qurilgan va kengaytirilgan boʻlib, vafotidan keyin sobor unga bagʻishlangan. Bino IX asrda qayta qurilgan va XVIII asrda graf Alfieri tomonidan tubdan oʻzgartirilgan. Shahardagi boshqa cherkovlar singari, u qimmatli rasmlar bilan bezatilgan, ayniqsa, ularning ichida Vercelli aholisidan boʻlgan Gaudenzio Ferrari, Gerolamo Giovenone va Bernardino Laninoning rasmlari katta oʻrin egallagan.
Soborning Capitulary kutubxonasida qimmatbaho qoʻlyozmalar mavjud. Uning diniy matnlari IV asrning yevangeliariumi hisoblangan Codex Vercellensisni, hammasi ham oʻrganilmagan agiografik qoʻlyozmalarni va muallifi John Gersen deb gumon qilinadigan Imitation of Christ kitobining juda eski nusxasini oʻz ichiga oladi. Qoʻlyozmalarning dunyoviy matnlari orasida Yustinianning romanlari va VIII asrga tegishli Leges Langobardorum (nemischa; tarjimasi: Lombardlar qonunlari) mavjud. Va nihoyat, kutubxonada mashhur Vercelli kitobi ham saqlanadi. Bu kitob qadimgi ingliz qoʻlyozmasi boʻlib, The Dreasm of the Rood deb nomlangan mashhur alliterativ sheʼrni oʻz ichiga olgan. Fuqarolik arxivlari muhim ahamiyatga ega emas, bulardan tashqari 882-yilga oid hujjatlar ham mavjud.
Basilica di SantʼAndrea 1219-yilda kardinal Guala Bicchieri tomonidan qurilgan. Qadimgi sistersiy monastiri bilan birgalikda u Italiyadagi eng chiroyli va eng yaxshi saqlanib qolgan Romanesk yodgorliklaridan biridir. Shahardagi boshqa diqqatga sazovor cherkovlar qatoriga Santa Maria Maggioreni ham kiritish mumkin.
Vercelli sinagogasi Moorish Uygʻonish davri arxitekturasining namunasi hisoblanadi. Bino Via Foà 70 va Corso Randaccio 24 dagi shaharning yahudiy qabristoni orasida joylashgan[1]. 2013-yil 23-noyabrda, antisemitizm harakatidan soʻng, sinagoga devorlariga chizilgan ikkita svastika topilgan[2].
Beaux-Arts institutidada vercellilik rassomlarining rasmlari mavjud.
Shaharda qadimdan faoliyat olib boradigan xayriya muassasalari hozirgacha ishlab turadi, masalan, kardinal Guala Bicchieri (1224) asos solgan, yillik daromadi 600 000 lira (117 000 dollar)dan ortiq boʻlgan kasalxona va yetim qizlar (1553) hamda oʻgʻil bolalar uchun (1542) bolalar uyi shular qatoriga kiradi.
Vercellida Viotti xalqaro musiqa tanlovi oʻtkaziladi.
Demografiyasi
tahrir2007-yilda Vercellida 44 475 nafar kishi istiqomat qilgan, ularning 47,3 foizi erkaklar va 52,7 foizi ayollardan iborat edi. Voyaga yetmaganlar (18 va undan kichik yoshdagi bolalar) aholining 14,41 foizini, nafaqaxoʻrlar esa 25,83 foizini; umumiy milliy oʻrtacha yoshdagilar koʻrsatkichlari mos ravishda 18,06% va 19,94% ni tashkil qiladi. Vercelli aholisining oʻrtacha yoshi 47 (milliy oʻrtacha hisoblangan 42 yoshdan besh yil koʻp) va tugʻilish darajasi 1 000 aholiga 8,69 tugʻilish koʻrsatkichini (milliy oʻrtacha 1 000 aholiga 9,45 tugʻilish) tashkil qilar edi. 2002-yildan 2007-yilgacha boʻlgan besh yil ichida Vercelli aholisi 1,31 foizga kamaydi, milliy aholi esa 3,56 foizga oʻsdi[3].
2006-yil holatiga koʻra, aholining 92.38 foiz qismi italyanlardir. Qolganlari Albaniya va Ruminiya (3,48%), Shimoliy Afrika (2,21%) va Sahroi Kabirdan (0,64%) kelganlar edi. Vercellida tugʻilgan har olti chaqaloqning taxminan bittasining yoki otasi, yoki onasi, yoki ikkisi ham chet ellikdir[4].
Muzeylari
tahrirTaniqli shaxslari
tahrir- Vercellilik Eusebius (taxminan 283–371) – Vercelli shahridagi birinchi yepiskop (340-yillarning oʻrtalarida) va avliyo;
- Vercellilik Atto II (taxminan 885–961) – langobard, 924-yilda Vercelli episkopi boʻlgan;
- Monteverginelik William (1085–1142) – darvesh, asket va bir qator monastir uylarining asoschisi;
- Guala Bicchieri (taxminan 1150–1227) – diplomat va kardinal;
- Emilia Bicchieri (1238–1314) – Rim-katolik rohibasi;
- Fra Dolcino (taxminan 1250–1307) – Dulcinian islohotchi harakatining ikkinchi rahbari. U olovda yoqib yuborilgan;
- Giovanni Antonio Bazzi (1477–1549) – Il Sodoma nomi bilan ham tanilgan Uygʻonish davri rassomi[6];
- Francesco Antonio Vallotti (1697–1780) – bastakor, musiqa nazariyotchisi va organist;
- Giacomo Abbondo (1720–1788) – Rim-katolik ruhoniysi;
- Eusebio Bava (1790–1854) – birinchi Italiya mustaqillik urushida qatnashgan armiya generali;
- Edoardo Arborio Mella (1808–1884) – arxitektor, restavrator va olim;
- Angelo Agostini (1843–1910) – rassom, jurnalist va birinchi braziliyalik multfilm yaratuvchisi;
- Luigi Galleani (1861–1931) – AQShdagi anarxist;
- Lucia Contini Anselmi (1876–1913-yildan keyin) – pianinochi va bastakor;
- Ennio Baiardi (1928–2014) – siyosatchi, 1975–1983-yillarda Vercelli meri;
- Fiorenza Cossotto (1935-yilda tugʻilgan) – mezzo-soprano operachi;
- Angelo Gilardino (1941–2022) – bastakor va klassik gitarachi;
- Anita Caprioli (1973-yilda tugʻilgan) – teatr va kino aktrisasi.
Sport
tahrir- Marcello Bertinetti (1885–1967) – qilichboz, 1908–, 1924– va 1928-yillardagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medal sohibi;
- Virginio Rosetta (1902–1975) – 423 marta klub uchun va 52 marta Italiya terma jamoasi uchun oʻyin oʻtkazgan futbolchi;
- Pietro Ferraris (1912–1991) – 533 marta klub uchun va 14 marta Italiya terma jamoasi uchun oʻyin oʻtkazgan futbolchi;
- Silvio Piola (1913–1996) – 619 marta klub uchun va 34 marta Italiya terma jamoasi uchun oʻyin oʻtkazgan futbolchi;
- Teobaldo Depetrini (1914–1996) – 450 marta klub uchun va 12 marta Italiya terma jamoasi uchun oʻyin oʻtkazgan futbolchi;
- Franco Bertinetti (1923–1995) – qilichboz, 1952– va 1956-yillardagi yozgi Olimpiada oʻyinlarining oltin medali sovrindori;
- Elisabetta Perrone (1968-yilda tugʻilgan) – poygachi va bir necha medal sovrindori;
- Giovanni Pellielo (1970-yilda tugʻilgan) – otishma sportida toʻrt karra Olimpiada oʻyinlari sovrindori;
- Vittorio Mero (1974–2002) – 200 dan ortiq klub oʻyinlarida ishtirok etgan futbolchi;
- Moise Kean (2000-yilda tugʻilgan) – hozirgacha 100 dan ortiq klub oʻyinlarida va Italiya terma jamoasida 12 ta oʻyinda qatnashgan futbolchi.
Oshxonasi
tahrirOdatiy taomlari sirasiga loviya qoʻshilgan guruch, panissa (Arborio, Baldo yoki Maratelli guruchidan tayyorlangan), tartufata (toʻrt) va bicciolani deb ataluvchi pechenye turi kiradi. Oddiy sharobi Gattinara DOCG deb ataladigan Piedmontning klassik qizil sharobi boʻlib, u asosan Gattinara kommunasidagi nebbiolo uzumidan (mahalliy miqyosda spanna nomi bilan tanilgan) tayyorlanadi. Bu yerda Rim davridan beri uzum yetishtirilganligi haqida arxeologik dalillar mavjud.
Sporti
tahrirUnione Sportiva Pro Vercelli XX asr boshlarida Italiyaning eng muvaffaqiyatli futbol klublaridan biri boʻlib, 1908–1922-yillar oraligʻida 7 marta milliy chempionatda gʻolib chiqqan. Biroq klub 2010-yilning yozida katta qarzi tufayli ligaga qabul qilinmagan.
A. S. Pro Belvedere Vercelli klub tarixini davom ettiradi va nomini F. C. Pro Vercelli 1892ga oʻzgartiradi. Hozirda u C seriyada oʻynaydi.
Birodarlashgan shaharlar
tahrirIqlimi
tahrirVercelli (1991–2020) iqlim koʻrsatkichlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oy | Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr | Yil |
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) | 7.2 (45.0) |
10.1 (50.2) |
15.3 (59.5) |
19.0 (66.2) |
23.2 (73.8) |
27.5 (81.5) |
29.4 (84.9) |
28.6 (83.5) |
24.2 (75.6) |
18.2 (64.8) |
11.9 (53.4) |
7.4 (45.3) |
18.5 (65.3) |
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) | 2.7 (36.9) |
4.5 (40.1) |
8.9 (48.0) |
13.4 (56.1) |
17.9 (64.2) |
21.9 (71.4) |
23.5 (74.3) |
22.6 (72.7) |
18.2 (64.8) |
13.1 (55.6) |
7.7 (45.9) |
3.2 (37.8) |
13.1 (55.7) |
Oʻrtacha past harorat °C (°F) | −1.9 (28.6) |
−1.2 (29.8) |
2.5 (36.5) |
7.9 (46.2) |
12.7 (54.9) |
16.3 (61.3) |
17.6 (63.7) |
16.7 (62.1) |
12.1 (53.8) |
8.0 (46.4) |
3.4 (38.1) |
−0.9 (30.4) |
7.8 (46.0) |
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) | 4.54 (0.18) |
5.04 (0.20) |
5.25 (0.21) |
8.40 (0.33) |
9.67 (0.38) |
6.07 (0.24) |
5.54 (0.22) |
6.67 (0.26) |
8.03 (0.32) |
7.65 (0.30) |
11.61 (0.46) |
5.67 (0.22) |
84.14 (3.32) |
Yogʻingarchilik kuzatiladigan oʻrtacha kunlar (≥ 1.0 mm) | 5.0 | 4.2 | 4.5 | 7.7 | 8.5 | 6.0 | 4.9 | 5.8 | 5.8 | 7.0 | 8.1 | 5.1 | 72.6 |
Manba: Istituto Superiore per la Protezione e la Ricerca Ambientale[7] |
Manbalar
tahrir- ↑ „Jewish Cemeteries“. Chabad Travel Guide. Qaraldi: 2013-yil 12-yanvar.
- ↑ „Vercelli, svastiche sul cimitero ebraico L'incursione è stata compiuta nella notte“. L'UNIONE SARDA.it. 2014-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-yanvar.
- ↑ „Statistiche demografiche ISTAT (2002)“. demo.istat.it.
„Statistiche demografiche ISTAT (2007)“. demo.istat.it. - ↑ „Statistiche demografiche ISTAT (2006)“. demo.istat.it. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
- ↑ „Museo Leone Vercelli | Home“. www.museoleone.it.
- ↑ Rossetti, William Michael (1911) "Sodoma, Il" Encyclopædia Britannica 25 (11chi nashri) p. 343
- ↑ „Valori climatici normali in Italia“. Istituto Superiore per la Protezione e la Ricerca Ambientale. 2023-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
Adabiyotlar
tahrir- Vercelli (Wayback Machine saytida 2012-02-05 sanasida arxivlangan) Gruppo Archeologico Vercellese saytidan shahar tarixi va arxeologiyasiga oid ingliz tilidagi qisqa maqola. Archeovercelli.it saytidan arxivlangan.
- dumsinandi.com Ilohiy komediyani ingliz, italyan va mahalliy piedmont lahjasi boʻlgan vercellese tillarida taqdim etadi.
Havolalar
tahrir- Vercelli
- Alta Macadam (1997). Blue Guide. Northern Italy: from the Alps to Bologna. London: A & C Black. ISBN 0-7136-4294-7ISBN 0-7136-4294-7
- Umberto Benigni: "Archdiocese of Vercelli". Catholic Encyclopedia. 15. 1912.
- Borgogna muzeyi
- Museo del Tesoro del Duomo
- Camillo Leone muzeyi
- Vini Italiani DOCG: Gattinara DOCG
- Riso Maratelli