Vikipediya:Vikipediya nima emas

(Vikipediya:ARXIVEMASdan yoʻnaltirildi)

Vikipediya — bu onlayn ensiklopediya va yuqori sifatli ensiklopediya yaratishga qiziqqan, oʻzaro hurmat ruhiga asoslangan tarmoq hamjamiyatidir. Oʻzbekcha Vikipediyaning maqsadi — oʻzbek tilida toʻliq, aniq, erkin ensiklopediya yaratishdir. Shular sababli, Vikipediya boʻlib sanalmaydigan tushunchalar mavjuddir.

Vikipediya nima emas

tahrir

Vikipediya — qogʻoz ensiklopediya emas

tahrir

Vikipediya — qogʻoz ensiklopediya emas. Bu degani, biz qamrab oladigan mavzular soni va maqolalarning umumiy hajmi ushbu sahifada keltirilgan faktlarni tekshirish mezonlari va boshqa tamoyillardan boshqa amaliy fikrlar bilan chegaralanmagan.

Shu bilan birga, past tezlikli ulanishdan (masalan, mobil telefon orqali) yoki uzatilgan maʼlumot hajmi uchun toʻlovli ulanishdan foydalanuvchi oʻquvchilarimiz uchun sahifani yuklash qulayligi bilan belgilangan alohida maqolalarning uzunligiga maʼlum oqilona chegara mavjud (qarang, Vikipediya:Maqolalar hajmi). Vaqt oʻtib maqola hajmining kengayishi, uni torroq mavzular boʻyicha bir nechta alohida maqolalarga ajratishga olib keladi (shu bilan birga, ularning qisqacha xulosalari asosiy maqola matnida saqlanib qoladi).

Bosma ensiklopediyalardagi baʼzi mavzular statik taqdimotda qisqa va quruq maqolalar bilan yoritilgan, ammo Vikipediya qogʻozni tejashni talab qilmagani uchun, biz har qanday mavzuni batafsilroq yoritib berishimiz, istalgan havolalarni qoʻshishimiz, maqolaning mazmunini muntazam yangilab turishimiz va h.k. bajarishimiz mumkin. Aynan shu sababga koʻra, qogʻoz ensiklopediyalarida keng tarqalgan qisqartmalardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Xususan, maqolaning matnida zikr qilinayotganda sarlavhani qisqartirish bilan almashtirishning hojati yoʻq. Agarda siz maqola yozish uchun koʻp sonli qisqartirilgan materiallardan foydalansangiz, ularni toʻliq soʻzlar bilan almashtirishga harakat qiling. Faqat eng keng tarqalgan qisqartmalar yoki abreviaturalar istisno holat boʻlib xizmat qilishi mumkin: „va h.k.“, „ingl.“, „arab.“, „SSSR“ … .

Bu yana shuni anglatadi-ki, bir-biriga oʻxshash mavzudagi maqolalarni, ulardan birining nomi keng tarqalganligi sababli, birlashtirish, birinchisidan ikkinchisiga yoʻnaltirish shart emas. Oʻquvchiga mavzu boʻyicha maʼlumotlar bilan toʻliqroq tanishishga imkon yaratish maqsadida, baʼzan bunday maqolalarni „Shuningdek qarang“ havolalari bilan bogʻlash yaxshiroqdir.

Vikipediya — lugʻat emas

tahrir

Vikipediya — lugʻat emas. U shuningdek, soʻz yoki iboralarni ishlatish boʻyicha qoʻllanma ham emas. Vikipediya maqolalari quyidagicha boʻlmasligi kerak:

  1. Lugʻat taʼriflari. Vikipediya lugʻat emasligi sabli, atamani aniqlash maqsadida yangi maqola yaratish yaramaydi. Toʻgʻri berilgan taʼrif — bu faqatgina maqolaning boshlanishidir; agar siz faqat bitta taʼrifdan iborat maqolaga duch kelsangiz, uni ensiklopediyaga mos maʼlumotlar bilan toʻldirishga harakat qiling. Faqatgina maʼlum sonlarning madaniy maʼnosi haqidagi maqolalar bu qoidadan istisno boʻla oladi.
  2. Lugʻat taʼriflari roʻyxati. Shu bilan birga, Vikipediyada boshqa maqolalarga havolalardan tashkil topgan farqlash sahifalari mavjud; ular bitta soʻzning (iboraning) har xil maʼnolariga bagʻishlangan maqolalarni farqlashga moʻljallangan. Vikipediyada, shuningdek, baʼzi bir sohalar uchun glossariy sahifalari mavjud.
  3. Soʻzlarni, jargon va frazeologik iboralarni ishlatish boʻyicha qoʻllanmalar. Vikipediya maʼlum soʻzlar, iboralar va boshqalarni nutqda qanday ishlatish kerakligini tushuntirishni maqsad qilmagan. Shunga qaramay, baʼzida ensiklopedik maqola kontekstida oʻxshash va koʻpincha chalkash tushunchalar orasidagi farqni taʼkidlash uchun maʼlum bir soʻz qanday ishlatilishiga aniqlik kiritish kerak boʻladi. Baʼzi hollarda jargonning muhim elementi haqida maqola tuzishga ruxsat beriladi.

Vikipediyada lugʻat va boshqa lingvistik taʼriflarni tuzish uchun viki-texnologiyasiga asoslangan lugʻat — Vikilugʻat loyihasi mavjud.

Vikipediya — yangi gʻoyalarni tarqatish vositasi emas

tahrir

Vikipediya — oʻz gʻoyalaringiz va tahliliy tadqiqotlaringiz natijalarini eʼlon qilish yoki boshqa joyda chop etilmagan yangi maʼlumotlarni joylashtirish joyi emas. Shuning uchun, Vikipediyadan quyidagilarni joylashtirish uchun foydalanmaslik kerak:

  1. Birlamchi (original) tadqiqot natijalari, yaʼni yangi nazariyalar, yangi yechimlar, original gʻoyalar, mavjud atamalarning gʻayrioddiy taʼriflari, yangi yaratilgan atamalar va boshqalarni taqdim etish (qarang, Vikipediya:Original tadqiqotlarga yoʻl qoʻyilmasligi). Agar siz biron bir mavzu boʻyicha original tadqiqotlar oʻtkazgan boʻlsangiz, uni boshqa joyda, masalan, jurnallar, bosma nashrlar yoki internetdagi nufuzli veb-saytlarda nashr etishga harakat qiling. Vikipediyada sizning ishingiz natijalari haqidagi xabar faqat umumiy qabul qilingan bilimlarning bir qismiga aylangandagina paydo boʻladi. Taqrizlanuvchi jurnallar, albatta, Vikipediyadagi yagona maʼlumot manbai emas, lekin siz kiritgan maʼlumotlar ishonchli boʻlishiga harakat qilishingiz kerak. Ularni tekshirish imkoniyati boʻlishi shart. Agar siz kitob, bosma nashr yoki ishonchli veb-resurs materiallariga ishorat qilsangiz, bu sizning maʼlumotlaringizni tekshirish mumkinligini va sizning maʼlumotlaringiz faqat sizning shaxsiy fikringizga asoslanmaganligini koʻrsatadi.
  2. Original ixtirolar. Agar siz yangi termin (aytaylik, „kibersuperpostfuturistik oʻzaro taʼsir“) yoki yangi raqsni kashf qilgan boʻlsangiz, boshqa bir manba bu toʻgʻrida maʼlumot bermaguncha, sizning ixtiroingiz maqolaga loyiq boʻlmaydi.
  3. Adabiyot va sanʼat haqida oʻz qarashlari. Sanʼat ahlining tarjimai holi va ularning asarlari haqidagi maqolalar ensiklopedik xarakterga ega boʻlishi va nufuzlu manbalarga asoslangan boʻlishi shart. Quyidagi 5-bandga qarang.
  4. Shaxsiy esse va bloglar, maʼlum bir mavzu boʻyicha shaxsiy fikrlaringizning bayoni. Vikipediya insoniyat haqidagi bilimlarni toʻplashga moʻljallangan. Bu kimningdir shaxsiy fikrini inson bilimining bir qismiga aylantirish vositasi emas. „Vikipediya:Original tadqiqotlar toʻgʻrisida“ga qarang. Kamdan-kam holatlarda, shaxsning fikri munozara mavzusiga aylanishi uchun yetarlicha muhim boʻlishi mumkin, albatta, bu toʻgʻrida boshqa kishilar yozishgan boʻlishsa (uning oʻzi emas). Vikipediya bilan bogʻliq mavzular boʻyicha shaxsiy fikrlar Meta-vikida qabul qilinadi.
  5. Hozirgi voqealar haqidagi fikrlar (oldingi bandning alohida holati sifatida). Hozirgi voqealar odamlarni „tribunada turishga“ undaydi, (yaʼni, oʻz nuqtai nazarini ishtiyoq bilan himoya qilishga) turtki beradi, Vikipediya esa buning uchun vosita emas. Maqolalar maʼlum darajada ajralgan holda sodir boʻlayotgan voqealarni hisobga olgan holda muvozanatli ohangda boʻlishi kerak. Qolaversa, bunday maqolalarni yaqin kelajakda eskirmaydigan qilib yozishga harakat qilish kerak.
  6. Munozara forumlari. Esda tutingki, bizning asosiy maqsadimiz — ensiklopediya yaratish. Shuning uchun, maqolalarning munozara sahifalarini mavhum, ish bilan bogʻliq boʻlmagan munozaralar yoki ular haqida shaxsiy qarashlaringiz bayoni uchun ishlatmasligingiz kerak. Siz Vikihamkasblaringiz bilan ularning munozara sahifalarida yozishishingiz mumkin, lekin bu muloqot ham Vikipediyada ishlash bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Eng asosiysi, munozaralarni maqolalarning matnlariga koʻchirmaslik kerak (garchi nufuzli manbalarda mutaxassislarning munozaralari haqidagi maʼlumotlar, albatta, maqolalarga kiritilishi mumkin va kiritilishi ham kerak).
  7. Yangiliklar reportajlari. Vikipediya joriy voqealar haqidagi yangiliklarning asosiy manbai boʻlmasligi kerak. Vikipediya — birlamchi (asosiy) manba emas. Buning uchun Vikiyangiliklar loyihasi mavjud boʻlib, u birlamchi manba sifatida foydalanish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, Vikipediyada hozirgi voqealar bilan bogʻliq tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab ensiklopediya maqolalari mavjud boʻlib, bu Vikipediyani boshqa maʼlumotnomalarga qaraganda zamonaviy voqelikka ancha yaqinlashtiradi, chunki Vikipediya hamjamiyati yangi faktlar va davom etayotgan voqealar paydo boʻlganda maʼlumotni yangilashga qodir.

Vikipediya — minbar emas

tahrir

Vikipediya — minbar yoki targʻibot yoki reklama vositasi emas. Bundan kelib chiqadiki, Vikipediya sahifalarida quyidagilar boʻlmasligi kerak:

  1. Har qanday narsa va hodisaga rozi yoki qarshi tarafdorlik yoki targʻibot. Albatta, maqolada bunday nutqtai nazarlar haqida ob’ektiv maʼlumotlar keltirilgan boʻlishi mumkin — shu bilan birga, tekshirish tamoyillari va neytral nuqtai nazarga iloji boricha qatʼiy rioya qilish zarur. Agar siz kishilarni oʻz nuqtai nazaringizga ishontirishni xohlasangiz, shu maqsadda blog ochishingiz, forumlarda gaplashishingiz, buning uchun maxsus moʻljallangan boshqa vositalardan foydalanishingiz mumkin. Ammo Vikipediya shaxsiy fikrlarni emas, balki faktlarni taqdim etish uchun moʻljallangan. Biroq, siz yana Vikipediyaning Vikiyangiliklar loyihasida original reportaj yozishingiz mumkin.
  2. Oʻzini reklama qilish. Siz oʻzingiz yoki faol ishtirok etayotgan loyihalaringiz haqida yozish huquqiga egasiz. Ammo shuni yodda tutingki, barcha ensiklopedik maqolalarga qoʻyiladigan standart talablar boshqa maqolalarga oʻxshash shunday maqolalarga ham tegishlidir. Shu jumladan oʻzingiz haqingizda gapirganda neytral nuqtai nazar tamoyiliga rioya qilish qiyin boʻladi. Maqolalarga avtobiografik maqolalarga boʻlgan juda koʻp ishoratlarni kiritishga ham yoʻl qoʻyilmaydi, bunga shoshilinch zarurat ham yoʻq.
  3. Reklama. Kompaniyalar va ularning mahsulotlari haqidagi maqolalar, agar ular neytral nuqtai nazar tamoyiliga mos kelsa, qabul qilinadi. Bundan tashqari, maqolada koʻrsatilgan maʼlumotlarga ishoratlarni uchinchi shaxslar tomonidan mustaqil tekshirilishi imkon yaratilgan boʻlishi lozim. Shuning uchun, kichik „garaj korxonalari“ yoki mahalliy korxonalar haqidagi maqolalar odatda qabul qilinmaydi. Tijorat tashkilotlariga tashqi havolalar faqat maqola mavzusi bilan bogʻliq yirik kompaniyalarni koʻrsatganda qabul qilinadi. Eʼtibor bering, Vikipediya hech qanday kompaniyalar foydasiga tavsiyalar bermaydi.

Vikipediya — shikoyatlar va takliflar kitobi emas

tahrir

Vikipediyada firmalar va ularning mahsulotlariga taʼrif keltirilishi mumkin, lekin ular haqidagi maqolalar faqat maʼlumotli, tavsifli xarakterda bayon qilingan boʻlishi kerak. Bu maqolalarning mavjudligi ularda yoki ularning munozara sahifalarida foydalanuvchilarning shaxsiy taassurotlarini joylashtirish uchun taklif boʻlib xizmat qilmaydi. Bunday taassurotlarni oʻz ichiga olgan tahrirlar bekor qilinadi, chunki ular original tadqiqot va tekshirish imkoniyati boʻlmagan maʼlumotlardir.

Vikipediya — oynali server emas, fayllar arxivi yoki havolalar katalogi emas

tahrir

Vikipediya — bu oynalar serveri yoki havolalar, rasmlar yoki media fayllarni saqlash uchun ombor emas. Vikipediyada joylashtirilgan hamma narsa ensiklopediyada foydalanish uchun shafqatsizlarcha qayta tahrir qilinishi mumkin. Vikipediyada biror narsa joylashtirib, siz uni CC-BY-SA va GFDL litsenziyalari ostida ommaga erkin tarqatishga rozilik bildirasiz[1]. Vikipediya maqolalari quyidagicha boʻlmasligi kerak:

  1. Tashqi havolalar yoki internet-kataloglar toʻplamlari. Maqolaning mazmuniga mos keladigan bir yoki bir nechta foydali havolalarni qoʻyishning hech qanday yomon joyi yoʻq, lekin haddan tashqari katta roʻyxatlar maqolalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi va Vikipediyaning asosiy maqsadidan chalgʻitadi. Mavzu boʻyicha koʻplab saytlar boʻlgan maqolada bitta katta saytga havola qoʻshgan maʼqul. Vikipediya:Tashqi havolalar qoidasiga yoki Meta vikida External links sahifasidagi baʼzi-bir qoʻllanmalarga qarang.
  2. Ichki havolalar toʻplamlari. Shunga oʻxshash sarlavhali maqolalar orasidagi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni hal qilish uchun moʻljallangan, farqlash sahifalari va maqolalarni tartibga solishga yordam beradigan roʻyxatlar bundan mustasno.
  3. Ijtimoiy mulk boʻlgan manba materiallar va maʼlumotlar toʻplamlari. Kitoblarning toʻliq matnlari, manba kodlari, asl tarixiy hujjatlar, xatlar, qonunlar, eʼlonlar va boshqa qimmatli materiallarning oʻzgarmagan holda asl nusxasi. Asl manbalarning toʻliq matnlarini (shu jumladan matematik va astronomik jadvallar, dasturlarning manba kodlarini) Vikimanbaga kiriting. Boshqa tomondan, 1911 yilgi „Encyclopædia Britannica“ nashri kabi ijtimoiy mulk boʻlgan resurslardan foydalangan holda maqolalarga maʼlumot qoʻshishning hech qanday yomon tomoni yoʻq.
  4. Fotografiya va mediafayllar toʻplamlari, agarda ular qoʻshma matnsiz boʻlsa. Agar oʻzingiz yaratgan fotografiya yoki tasvirlarni nashr qilmoqchi boʻlsangiz, fotosuratingiz atrofida ensiklopedik kontekstni yaratadigan maqola yozing yoki kerak boʻlgan taqdirda barcha boʻlim muharrirlari ulardan foydalana olishlari uchun fotosuratni Vikiomborga joylashtiring.

Vikipediya — bepul hosting, blog yoki veb-xizmat koʻrsatuvchi yoki ijtimoiy tarmoq emas

tahrir

Vikipediya ensiklopediya ishiga aloqador boʻlmagan materiallarni saqlash xizmatlarini koʻrsatmaydi. Siz bu yerda oʻz veb -saytingizni, blogingizni yoki vikini joylashtira olmaysiz. Vikipediya quyidagilarning joylashuv joyi sifatida qaralmasligi kerak:

  1. Shaxsiy sahifalar. Vikipediya foydalanuvchilarining oʻz shaxsiy sahifalari mavjud, lekin ulardan faqat ensiklopediyada ish bilan bogʻliq maʼlumotlarni joylashtirish uchun foydalanish mumkin. Agar siz shaxsiy veb-sahifa yoki blog yaratish uchun joy qidirmoqchi boʻlsangiz, internetda bunday xizmatlarni tekin koʻrsatadigan koʻplab provayderlardan biriga murojaat qiling. Vikipediyada foydalanuvchi sahifangiz boʻlishining asosiy maqsadi boshqa ishtirokchilar bilan shaxsiy muloqot emas, balki ensiklopediya ustida ishlashda samarali hamkorlik qilish uchun zamin yaratish boʻlishi kerak.
  2. Shaxsiy fayllar. Iltimos, Vikipediyaga faqat ensiklopediya maqolalarida yoki loyiha sahifalarida ishlatiladigan fayllarni yuklang; qolgan hamma narsa oʻchiriladi. Agar sizda mos rasmlar yoki boshqa materiallar boʻlsa, ularni Vikiomborga yuklang, u yerda ularga Vikipediyadan havola qilish mumkin boʻladi. Agar siz Vikipediyadan boshqa narsalar bilan hamkorlik qilish uchun Viki-texnologiyasidan foydalanmoqchi boʻlsangiz, u faqat bitta sahifada boʻlsa ham, buni Vikipediyada boshlamasligingiz kerak. Viki-xostingni taklif qiladigan boshqa koʻplab (tekin yoki pullik) saytlar mavjud. Viki dasturini oʻz serveringizga ham oʻrnatishingiz mumkin.

Vikipediya — katalog emas

tahrir

Vikipediya — mavjud yoki mavjud boʻlgan hamma narsalarning katalogi emas. Vikipediya maqolalari quyidagicha boʻlmasligi kerak:

  1. Oʻzaro bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarning roʻyxati va ombori, agarda ular iqtiboslar, aforizmlar, real shaxslar yoki badiiy qahramonlar haqidagi maʼlumotlar haqida boʻlsa. Agar siz iqtiboslar roʻyxatini yaratmoqchi boʻlsangiz, uni Vikiiqtibosga joylashtiring. Albatta, mazmuni maqola mavzusiga jiddiy aloqador boʻlgan yoki uni sezilarli darajada toʻldiradigan roʻyxatning mavjudligining hech qanday yomon tomoni yoʻq. Vikipediyada, shuningdek, maʼlumot topishni osonlashtiradigan maʼlumot jadvallari va boshqa jadvalli maʼlumotlar ham mavjud. Albatta, umumiy mavzuga oid kichik maqolalarning birlashgan guruhlariga ham ruxsat beriladi.
  2. Genealogiya daraxtlari yoki telefon maʼlumotnomalari. Tarjimai hol haqida maqolalar faqatgina yetarlicha taniqli boʻlgan yoki yutuqlari bilan mashhur boʻlgan shaxslar (shu jumladan, janjalli mashurlikka erishganlar) haqida yaratilishiga ruxsat etiladi. Kishining mashhurlik mezonlaridan biri, bu u haqida tashqi manbalarda (tarmoq yoki bosma) maʼlumotlarning mavjudligidir. Unchalik taniqli boʻlmagan shaxslar, ular tegishli boʻlgan maqolalarda yoki mavzularda tilga olinishi mumkin. Barcha odamlar haqidagi genealogik va biografik maʼlumotlarni saqlash uchun maxsus yaratilgan loyihalar mavjud. Vikipediya buning uchun moʻljallanmagan.
  3. Kataloglar, qoʻllanmalar yoki teledasturlar, shuningdek biznesni qoʻllab-quvvatlash resurslari. Masalan, radiostansiya haqidagi maqolada, qoida tariqasida, boʻlajak voqealar, kadrlar oʻzgarishi, telefon raqamlari, dastur eʼlonlari va boshqalarni sanab oʻtmaslik kerak (maqolada muhim kadrlar harakati va muhim voqealar tasvirlanishi mumkin). Bunday maqolaning munozara sahifasi, shuningdek, maqolaning mavzusi bilan bogʻliq tijorat faoliyati uchun emas, balki maqolaning oʻzini muhokama qilish uchun moʻljallangan. Vikipediya „sariq sahifalar“ emas.

Vikipediya — tartibsiz maʼlumotlar axlatxonasi emas

tahrir

Vikipediya — axborot materiallarining tartibsiz kolleksiyasi emas. Baʼzi bir maʼlumotlar 100 % haqiqat ekanligi maʼlum boʻlshidan oʻlaroq, bu uni ensiklopediyaga kiritish kerak degan xulosaga olib kelmaydi. Entsiklopediyaga har xil maʼlumotlar toifalarini kiritishning afzalliklari haqida munozaralar hali ham davom etayotgan boʻlsa-da, Vikipediya maqolalari haqida quyidagilarga kelishib olingan. Vikipediya maqolalari

  1. Javoblari bilan tez-tez soʻraladigan savollar roʻyxati emas. Tez-tez beriladigan savollarga toʻxtalib oʻtish yaramaydi — buning oʻrniga maqoladagi maʼlumotlarni shunday taqdim etingki, u maqola mavzusiga oid intonatsion hikoyali (ritorik savollar bilan uzilmagan) taqdimot mavzusi haqida hikoyani oʻzida jamlasin.
  2. Sayohatchilar uchun sayohat qoʻllanmalari emas. Parij haqidagi maqolada Eyfel minorasi yoki Luvr kabi diqqatga sazovor joylarni eslatib oʻtish oʻrinli, lekin sevimli mehmonxonangizning telefon raqami va manzili yoki Yelisey maydonidagi sutli qahvaning narxini emas. Shunga oʻxshash tafsilotlar Vikigidda juda yaxshi qabul qilinadi.
  3. Memoriallar emas. Vikipediya oʻlgan doʻstlari va yaqinlarini esga oladigan joy emas. Ensiklopediya maqolasida tasvirlangan odam mashhur boʻlishi kerak, faqat oʻzi haqida yaxshi xotirani qoldirmasligi kerak.
  4. Qoʻllanmalar emas, retseptlar emas, koʻrsatmalar emas. Vikipediyada odamlar, joylar, obyektlar tavsiflari boʻlishi mumkin boʻlsa-da, yoʻriqnomalar, maslahatlar (yuridik yoki tibbiy) yoki koʻrsatmalarga oʻxshamasligi yoki bosqichma-bosqich („qanday qilish kerak“ uslubida) koʻrsatmalarni, shu jumladan qadamma-qadam oʻquv qoʻllanmalar, ekspluatasiya yoʻriqnomasi, kompyuter oʻyinlarini oʻtish boʻyicha maslahatlar va retseptlarni oʻz ichiga olmasligi shart. Bu cheklov Vikipediya nomfazolarida buzilishi mumkin, bu yerda Vikipediyada ishlash bilan bogʻliq „Vikipediya:Maqola qanday yoziladi?“ga oʻxhash koʻrsatmalar amal qiladi. Bosqichma-bosqich koʻrsatmalarni („qanday qilish“ boʻyicha koʻrsatmalarni) joylashtirish uchun Vikikitob loyihasi mavjud.
  5. Butunjahon oʻrgimchak toʻri saytlari uchun qoʻllanma emas. Vikipediya maqolasi saytning maqsadi, tuzilishi va xizmatlarini tasvirlash bilan chegaralanib qolmasligi, yutuqlar, mashhurlik va tarixiy ahamiyatiga eʼtibor berib, saytni ensiklopedik tarzda tasvirlashi kerak. Saytlar haqidagi bunday maʼlumotlar boshqa manbalarga qaraganda ancha yangi boʻlib qolishi mumkin, chunki biz maqolaga yangi faktlar va maʼlumotlarni mavjud boʻlganda kiritishimiz mumkin.
  6. Kitoblarning matnlari ham, ularga sharhlar ham emas — buning uchun Vikimanba mavjud.
  7. Syujetlar koʻrgazmasi emas. Sanʼat asarlari va kompyuter oʻyinlari haqidagi maqolalar, shuningdek, fantastika olamlari ob’ektlari faqat syujetning bitta taqdimotidan iborat boʻlishi mumkin emas, ular manbalarni tadqiq qilish natijasida olingan asar, uning xususiyatlari, tabiati va tarixiy ahamiyatini tahlil qilishni taklif qilishlari kerak[2].
  8. Kulinar retseptlar kitobi emas. Buning uchun Vikikitobda Kulinar_kitob sahifasini yaratishingiz mumkin.
  9. Transport jadvali emas. Temir yoʻl stansiyalar, platformalar va vokzallar, avtostansiya va avtovokzallar, daryo va dengiz portlari, aeroportlar jadvali emas. Bunday maʼlumotlarni Vikipediyada faqat umumlashtirilgan va tahlil qilingan shaklda joylashtirish mumkin[3].
  10. Sariq matbuot emas. Vikipediya maqolalar mavzularini ensiklopedik tarzda, neytral nuqtai nazardan tasvirlaydi; mish -mishlar, gʻiybat va odamlarning shaxsiy hayotining „sensatsion“ tafsilotlarini tarqatish uning vazifasiga kirmaydi. Ayniqsa, hozirda hayot boʻlgan kishilar haqidagi maʼlumotlarga ehtiyot boʻlish zarur; ular haqida shubhali maʼlumotlarni joylashtirish ularga zarar etkazishi va sudga asos boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, agar biron bir janjalli epizod odamning tarjimai holi uchun muhim boʻlsa (masalan, bu uning kasbiy faoliyatiga taʼsir qilgan) va ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bu haqda maʼlumotni maqolaga kiritish mumkin. Umuman olganda, zamondoshlar haqida maʼlumot qoʻshganda, Vikipediya:Zamondoshlarning tarjimai holi qoidasiga amal qilish kerak.

Vikipediya — choyxona emas

tahrir

Vikipediya bashoratlar va tasdiqlanmaydigan taxminlar toʻplami emas. Kelgusi voqealarning boshlanishini kutayotgan barcha maqolalar tekshirilishi kerak va maqola mavzusi, sodir boʻlgan voqea haqida maqola yaratishga asos boʻlganidan koʻra, katta qiziqish uygʻotishi kerak. Jumladan:

  1. Kelajakda kutilgan yoki boʻlishi mumkin boʻlgan baʼzi voqealar taʼrifga loyiq boʻlishi mumkin, agarda voqea haqida biror narsa maʼlum boʻlsa va u albatta yoki katta ehtimol bilan sodir boʻlsa. 2032 yilgi Olimpiya oʻyinlari bunga misol boʻla oladi. Kelgusida kutilayotgan real voqealar roʻyxati ham tasdiqlangan ahamiyati boʻlsa maʼqullanadi. Ammo, aytaylik, 3032-yilgi Olimpiya oʻyinlari maqola uchun yaroqli mavzu emas, chunki bu voqea toʻgʻrisida hali biror nima maʼlum emas.
  2. Xuddi shunday, boʻlajak voqealar yoki kashfiyotlar uchun oldindan belgilangan roʻyxatdagi alohida elementlar yoki maʼlum nom berish tizimi, agar ular haqida umumiy maʼlumotdan boshqa hech narsa maʼlum boʻlmasa, vikimaqola uchun yaroqli mavzular hisoblanmaydi. Masalan, „Tropik sikl nomlari roʻyxati“ ensiklopedik ahamiyatga ega, ammo „Aleks boʻroni (2022)“ esa buning teskarisi, lekin maʼlumki, Shimoliy Atlantikada shunday nomdagi boʻron paydo boʻladi va soat yoʻnalishidan farqli oʻlaroq aylanadi. Raqamlarni nomlashning standart tizimiga muvofiq tuzilgan soʻzlar haqidagi maqolalar (masalan, „megagigaterabayt“), agar ular nufuzli manbada aniqlanmagan yoki keng qoʻllanilmasa, ansiklopedik ahamiyatga ega emas. Ammo baʼzi ilmiy bashoratlar — masalan, IUPAC (en:International Union of Pure and Applied Chemistry) tomonidan hujjatlashtirilgan, ammo laboratoriya sharoitida hali ajratilmagan kimyoviy elementlar ensiklopedik ahamiyatli hisoblanadi.
  3. Bashoratlar, taxminlar va „kelajak tarixi“ni taqdim etadigan maqolalar original tadqiqotdir va shuning uchun ularni keraksizdir. Garchi, albatta, kelajakni tasvirlaydigan muhim sanʼat asarlari, taxminlar va bashoratlarni oʻz ichiga olgan insholar yoki ilmiy tadqiqotlar va boshqalar haqida maqolalar mavjud va yaratilishi mumkin boʻlsa-da, bunday maqolalar mavzuzi allaqachon mavjud, aslida kelajakka emas, balki hozirgi kunga bagʻishlangan.

Agar siz Vikipediyada „kelajak tarixi“ ni muhokama qilmoqchi boʻlsangiz, Wikia Futurega(ingl.) tashrif buyuring.

Rivojlanish istiqbollari va hali tugallanmagan loyihalar va ishlanmalarning muvaffaqiyati haqidagi munozara va mulohazalarni taʼriflashga ruxsat beriladi, agar bunday munozaraga ishorat berilgan boʻlsa. Ammo muharrir materialni oʻz tahlillari yoki sharhlari bilan toʻldira olmaydi, chunki bu Vikipediyada taqiqlangan original tadqiqot boʻladi. Hali olam yuzini koʻrmagan mahsulotlarni (filmlar, oʻyinlar va h.k.) tavsiflovchi maqolalar uchun ularning reklama emasligiga ishonch hosil qilish kerak.

Vikipediyada senzura yoʻq

tahrir

Vikipediyada baʼzilar uchun munozarali yoki haqoratli koʻrinishi mumkin boʻlgan materiallar boʻlishi mumkin. Har qanday Vikipediya oʻquvchisi maqolalarni tahrirlashi mumkin (agar ular, masalan, vandalizmdan himoyalanmagan boʻlsa) va uning oʻzgarishi ruxsat etilganligini tekshirmasdan darhol koʻrsatiladi (alohida holatlardan tashqari), shuning uchun Vikipediya maqolalar yoki rasmlar barcha foydalanuvchilar uchun maqbul boʻlishini yoki maʼlum ijtimoiy yoki diniy meʼyor va talablarga mos kelishini kafolatlamaydi. Garchi nooʻrin kontent (masalan, hayratlanarli saytlarga keraksiz havolalar) odatda darhol oʻchirilsa-da, baʼzi maqolalarda bahsli matn, rasmlar yoki bahsli materiallarga ega boʻlgan saytlarga havolalar boʻlishi mumkin (masalan, pornografiya mavzusidagi maqolalar); bu ruxsat berilgan, faqat amaldagi qoidalarga, neytral nuqtai nazar tamoyiliga va Vikipediya serverlari joylashgan Amerika Qo'shma Shtatlari qonunlari zid boʻlgan hollar bundan mustasno (bunday istisnoga misol: bolalar pornografiyasini joylash bu hodisa haqidagi maqolada ham taqiqlangan, chunki bu AQSh qonunlariga ziddir).

Vikipediya hamjamiyati nima emas

tahrir

Vikipediya — jang maydoni emas

tahrir

Har bir foydalanuvchi boshqalar bilan muloyim, xotirjam va hamkorlikda muloqot qilishi kerak. Fikri sizga maʼqul boʻlmagan foydalanuvchilarni haqorat qilmang, ularga hujum qilmang yoki ularni qoʻrqitishga harakat qilmang. Buning oʻrniga, kelishmovchilikka aql bilan yondashing va uni xotirjam va muloyim munozarada aniqlashtiring. Agar boshqa foydalanuvchi oʻzini beadab, tajovuzkor tutsa, hamkorlik qilishni istamasa, haqorat qilsa, qoʻrqitsa — bu unga nisbatan xuddi shunday yoʻl tutish huquqini bermaydi. Faqat raqibingiz keltirgan dalillarga toʻgʻri javob bering, nooʻrin hujumlarga eʼtibor bermang yoki nooʻrin gapni umuman eʼtiborsiz qoldiring.

Agar ziddiyat davom etsa, nizolarni hal qilish tartibidan foydalaning. Har doim vositachi boʻladigan va nizoni hal qilishga yordam beradigan foydalanuvchilar topiladi.

Bundan tashqari, maqolalarni raqibning notoʻgʻri ekanligini koʻrsatish uchun yaratmang yoki oʻzgartirmang. Vikipediyani unga, uning foydalanuvchilariga yoki Vikimediya fondiga qonuniy yoki boshqa tahdid qilish uchun ishlatmang. Huquqiy muammolar haqida xabar berishning boshqa usullari mavjud[4]. Tahdidlar qilinishi mumkin emas va Vikipediya sahifalarini tahrirlashingizni bloklanishiga olib kelishi mumkin.

Vikipediya — anarxiya sohasida tajriba emas

tahrir

Vikipediya — erkin va ochiq manbadir, lekin ular asosiy maqsad — ensiklopediya yaratishga zid kela boshlaganda bu erkinlik va ochiqlikni cheklaydi. Shunga koʻra, Vikipediya hamma xohlagan narsani aytadigan joy emas. Vikipediya ochiq, oʻzini oʻzi boshqaradigan loyiha ekanligi, bu anarxist jamoalarning hayotiyligini oʻrganishga qaratilgan degani emas. Bizning vazifamiz — anarxizmning maqbul chegaralarini aniqlash emas, balki ensiklopediya yaratishdir.

Vikipediya — demokratiya sohasida tajriba emas

tahrir

Vikipediya — demokratiya yoki jamiyatni boshqa siyosiy tashkil etish tajribasi emas. Konsensusga erishishning asosiy usuli — bu munozara, ovozga qoʻyish va alohida administratorlarning oʻzboshimchaliklari emas. Qiyin holatlarda, konsensusga erishish uchun tanlov soʻrovlari oʻtkazilishi mumkin. Bunday soʻrovlar ehtiyotkorlik bilan oʻtkazilishi va ularning natijalari muammoning yechimi sifatida tan olinmasligi kerak. Demokratiya bilan tajriba oʻtkazish uchun WikiDemocracy(ingl.) loyihasiga tashrif buyuring.

Vikipediya — qonun ijodkorligida tajriba emas

tahrir

Vikipediya — bu huquqshunoslar maktabi emas, uning qoidalari maqsad emas, balki hayotni yengillashtirish vositasi, shuning uchun iloji boricha byurokratik protseduralardan aylanib oʻtish kerak. Rasmiy tartibni buzish (masalan, biror narsani taklif qilish yoki nomzod koʻrsatishda) taklifni rad etish uchun sabab boʻlmaydi. Qoidalar, siyosat va koʻrsatmalarning harfiga emas, balki ruhga amal qiling. Har qanday kelishmovchilik qoidalar va protseduralarga byurokratik rioya qilish bilan emas, balki munozara yoʻli bilan hal qilinishi kerak.

Nima qilish kerakligi aniq boʻlmaganda

tahrir

Maqolada biror narsa boʻlishi kerakmi yoki yoʻqmi, degan shubhangiz boʻlsa, oʻquvchi ensiklopediyada shunday sarlavha ostida nimani koʻrishdan umid qilardi deya oʻzingizga savol bering. Vikipediya:Oʻchirishga soʻrovlar arxivi rasmiy siyosatning bir qismi emas, lekin undan ilgari ensiklopedik deb tan olingan yoki tan olinmagan narsalar haqida maʼlumot manbai sifatida foydalanish mumkin.

Agar siz yuqoridagi qoidalar buzilganligiga shubha qilsangiz, quyidagi imkoniyatlarni koʻrib chiqing:

  • Maqolaning mazmunini oʻzgartiring (oddiy tahrir).
  • Tarixni saqlab qolgan holda, sahifa tarkibini qayta yoʻnaltirish bilan almashtiring.
  • Sahifalarni oʻchirish qoidalariga koʻra, taklifingiz asosli boʻlsa, sahifani oʻchirishga soʻrov bering. Qaysi hissa oʻchirilishi xavfi borligini tushunish uchun maqolaga bogʻliq munozaralarni muntazam kuzatib boring.
  • Ushbu sahifadagi qoidalarni oʻzgartirishni faqat munozara sahifasida, boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashib, konsensus orqali amalga oshirish mumkin. Yangi mavzularni qoʻshganda, iloji boricha aniqroq boʻling va shunga qaramay, maqbul boʻlgan kontentga misollar keltiring.

Sizning foydalanuvchi sahifangiz nima emas

tahrir

Bu yerda sanab oʻtilgan koʻplab qoidalar sizning foydalanuvchi sahifangizga bir xil darajada qoʻllaniladi. Sizning foydalanuvchi sahifangiz — shaxsiy sayt yoki shaxsiy blog emas. Sizning foydalanuvchi sahifangiz — Vikipediya tarkibiga kiradi va oʻz-oʻzini reklama qilish uchun emas, balki boshqa Vikipediya ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish uchun mavjuddir.

Izohlar

tahrir
  1. Bundan tashqari, Vikipediya maqolalarida rasmlar va iqtiboslar boʻlishi mumkin, lekin ular koʻrsatilgan litsenziyalar ostida maqolalarga kiritilgan boʻlsa-da, boshqa shartlarda (shu jumladan „adolatli foydalanish“ ["fair use"]) huquqi asosida) ishlatilishi mumkin. Baʼzi materiallar faqat CC-BY-SA litsenziyasi ostida tarqatiladi-bunday hollarda, maqolaning oʻzi, uning oʻzgarishlar tarixida yoki munozara sahifasida tegishli ravishda belgilanishi kerak
  2. Shuningdek Vikipediya:Syujetlar koʻrgazmasi emas essesiga qarang
  3. Yuqoridagilar ushbu yoʻnalishlarga bagʻishlangan maqolalarda alohida muhim transport yoʻnalishlarining tavsifiga taalluqli emas
  4. Agar siz qonuniy huquqlaringiz buzilmoqda deb hisoblasangiz, uni boshqa tegishli foydalanuvchilar bilan muhokama qilishingiz, pochta roʻyxati bilan bogʻlanishingiz, Wikimedia Foundation bilan bogʻlanishingiz yoki mualliflik huquqi buzilgan taqdirda bizga xabar berishingiz mumkin WP:Request for immediate removal of copyright violation(ingl.).